Robotics Academy
303 subscribers
550 photos
311 videos
11 files
152 links
Robototexnika sohasidagi yangiliklar, Respublika va Xalqaro musobaqalar haqida ma'lumotlar

Murojaat uchun:
📞+99891 951 50 55
📩@bobur_imomov
Download Telegram
🛰 O’zbekiston jamoasi Rossiyada bo’lib “Xalqaro kosmik musoboqa”da birinchi o’rinni qo’lga kiritdi!

🌍 Ushbu musoboqada 4 davlatdan ishtirokchilar stratosferga kichik aerostatlarni uchirishdi!

👩🏻‍🚀 Jamoamiz a’zosi E’zoza Yo’ldosheva ham O’zbekiston jamoasi tarkibida harakat qilib, g’alabaga o’z hissasini qo’shdi!

4 kichik sun'iy yo'ldoshlar yer sathidan 20km balandlikka ko'tarildi va yerdagi stansiya bilan ma'lumotlarni almashib turdi!

🏆 E'zozani tabriklaymiz, aerokosmik muhandislik faoliyatida omad tilaymiz!

🕊 Telegram | 👥 Linkedin |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
O‘zbekiston jamoasi kelajak innovatorlarini chorlamoqda

O‘zbekiston Milliy Robototexnika jamoasining murabbiyi sifatida e’lon qilamanki, Panamada bo‘lib o‘tadigan FIRST Global Challenge 2025 musobaqasida mamlakatimiz nomidan ishtirok etadigan talabgor o‘quvchilar uchun tanlov ochildi. 🇺🇿🤖🇵🇦

Har yili FIRST Global dunyoning turli burchaklaridan kelgan iqtidorli yoshlarni birlashtiradi — bu faqat robototexnika musobaqasi emas, balki haqiqiy muammolarni hal qilish, madaniyatlarni almashish va umrboqiy do‘stliklar yaratish maydonidir.

Bu oddiy musobaqa emas. Bu:
Yaratuvchanlik va innovatsiyangizni namoyish etish platformasi
Sizning chidamlilik va jamoaviy ish qobiliyatingizni sinovdan o‘tkazuvchi sahna
Global miqyosda yetakchilik qilish, o‘rganish va rivojlanish imkoniyati

Biz endi quyidagilarga tayyor bo‘lgan iqtidorli va fidoyi yoshlarni izlamoqdamiz:
• Katta g‘oyalarni ulkan ta’sirga aylantirish
• Faqatgina detallar bilan emas, balki maqsad bilan qurish
• O‘zbekistonni g‘urur va mahorat bilan munosib ifoda e
tish

👉 Hozirning o‘zida ariza topshiring: https://lnkd.in/dAgchTp8

Arizangizda bizga o‘zingiz haqida so‘zlab bering: yutuqlaringiz, orzularingiz va nima uchun Team Uzbekistan 2025 tarkibida bo‘lishga loyiq ekansiz.

💡 Bu siz uchun kattaroq narsaning bir qismi bo‘lish imkoniyati — robototexnika faqat texnologiya emas, balki kelajakni yaratish haqida ekanligiga ishonadigan yosh liderlar harakatiga qo‘shilish imkonidir.

🕊 Telegram | 👥 Linkedin |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum kanalimiz a'zolari!
Barchangizga Mustaqilligimizning 34 yilligi muborak bo'lsin! Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin! 🇺🇿
3👍1
Forwarded from CyberScience.uz
🤖 ROBO FEST AUTUMN 2025 by Cyber Park ro‘yxatdan o‘tish ochildi!

5️⃣ Yo‘nalish:

1️⃣ Robo-futbol;
2️⃣ Robo-jang;
3️⃣ Dron yordamida yuk tashish;
4️⃣ FPV dron poygalari;
5️⃣ Kordli aviomodellar jangi.

🆓 Ishtirok etish bepul.
👥 Yosh cheklovi: 12–30 yosh.
🛠 Faqat o‘z dron va robot modellari bilan ishtirok etiladi.
🏋️ Treninglar faqat tegishli yo‘nalish reglamentida ko‘zda tutilgan bo‘lsa.

🏆 Sovrin jamg‘armasi — 45 000 000 so‘m:
🟢 1-o‘rin 5 000 000 so‘m
🟢 2-o‘rin 3 000 000 so‘m
🟢 3-o‘rin 1 000 000 so‘m

📝 Ro‘yxatdan o‘tish 16-sentabrdan 25-sentabrgacha (shu kuni ham) ochiq.

🚨Har bir yo‘nalishda ishtirokchilar soni cheklangan ariza topshirishga shoshiling!

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: https://cyberfest.uz/
📞 Savollar bo‘lsa, qo‘ng‘iroq qiling: 77 379-38-04 / 99 028-89-88
📱 Telegram: https://t.me/cyberscience_info

🗓 Sana: 26 sentabr 2025 (juma)
Boshlanish: 10:00
📍 Manzil: Taras Shevchenko ko‘chasi, 20
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#соҳага_доир_ҳужжатлар

📣 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida muhandislik maktablari tashkil etiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi avlod muhandislarini tayyorlash va muhandislik taʼlimini rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra:

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida “Yangi Oʻzbekiston” universiteti hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab tajribasi asosida muhandislik maktablari tashkil etiladi.

👉 2026-2027-oʻquv yilidan boshlab:

mazkur maktablarga oʻquvchilarni saralab olish va qabul qilish boshlanadi hamda bir sinfda oʻquvchilar soni 24 nafar, umumiy cheklangan soni 240 nafar etib belgilanadi;

birinchi oʻquv yilida 7-10-sinflarga, ikkinchi oʻquv yilidan boshlab umumtaʼlim maktablarining 6-sinf bitiruvchilari orasidan 7-sinfga qabul qilinadi;

oʻquv jarayoni 5 yillik dastur asosida STEM modeli boʻyicha tashkil etiladi hamda dastlabki 3 yilda fizika, matematika va xorijiy til fanlaridan, keyingi 2 yilda muhandislik fanlari boʻyicha boshlangʻich tayyorgarlikka eʼtibor qaratiladi;

muhandislik maktablarining 11-sinf oʻquvchilari uchun ikki oylik majburiy ishlab chiqarish amaliyoti (stajirovka) joriy etiladi;

muhandislik maktablarida oʻquv jarayonini tashkil etish va boshqarish boʻyicha akademik direktor lavozimi joriy etiladi;

👉 2026-yil 1-yanvardan boshlab:

har yili umumtaʼlim maktablari oʻrtasida Prezident sovrini uchun “Ilgʻor muhandislik maktabi” milliy tanlovi oʻtkaziladi;

tanlovning Respublika bosqichi gʻoliblari uchun xorijiy davlatlarga taʼlim sayohati tashkil etiladi;

tanlovning Respublika bosqichida 1-oʻrinni egallagan maktabga muhandislikka oid laboratoriyalar jamlanmasini oʻz ichiga olgan Innovatsion texnopark tashkil etish uchun 1 milliard soʻm miqdorida mablagʻ ajratiladi.

👉 Qarorning to‘liq matni

Bizni kuzating

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
👍2
🏆 Teknofest tarixida O‘zbekiston jamoasining ilk medali!

Teknofest musobaqalari tarixida ilk bor O‘zbekiston jamoasi faxrli o‘rindan joy oldi. Jamoamiz dunyoning eng nufuzli texnologiya tanlovlaridan birida sun’iy yo‘ldosh yo‘nalishida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

🛰️ To‘qqiz oy davomida jamoamiz katta yo‘lni bosib o‘tdi — dastlabki konseptni ishlab chiqishdan tortib, uni amaliyotga tatbiq etish, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish va doimiy ravishda takomillashtirishgacha. Shu jarayonda biz kichik sun’iy yo‘ldoshimizning imkoniyatlari va ishlash mexanizmini batafsil yoritgan 100 sahifalik hisobot tayyorladik.

🇺🇿 104 ta xalqaro jamoa orasida O‘zbekistondan biz yagona ishtirokchi sifatida qatnashdi. Musobaqa davomida yer stansiyalarimiz orqali 186 735 ta ma’lumot muvaffaqiyatli qabul qilindi, sun’iy yo‘ldoshimiz bilan 2,5 soat davomida uzluksiz aloqa olib borildi va u yerga qaytib tushguniga qadar kuzatildi. Eng e’tiborlisi, sun’iy yo‘ldoshimiz 35 530 metr balandlikka ko‘tarilib, Teknofest tarixida yangi rekord o‘rnatdi.

⭐️ Bugun o‘zbekistonlik yoshlar nafaqat boks, futbol balki sun’iy yo‘ldosh va ilg‘or texnologiyalar sohasida ham yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarishga muvaffaq bo‘lmoqda.

🕊 Telegram | 👥 Linkedin |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏31👍1
Forwarded from IFO Uzbekistan
📣📣📣📣📣

XALQARO FIBONACCI ROBOTOTEXNIKA OLIMPIADASI — Rim, Italiya!

🤖Agar siz robototexnika bo‘yicha olimpiada va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan bo‘lsangiz — bu imkoniyat aynan SIZ uchun!

Final bosqichi joriy yilning 21-25-noyabr kunlari Italiyaning Rim shahrida bo‘lib o‘tishi belgilangan. Ushbu olimpiada orqali siz nafaqat o‘z bilim va ko‘nikmalaringizni xalqaro darajada sinovdan o‘tkazasiz, balki ta’lim grantlari, ko‘plab imkoniyatlar va yutuqlarga ega bo‘lasiz.

🇺🇿O‘zbekiston terma jamoasi joriy yil Turkiyada bo‘lib o‘tgan bosqichda yuqori natija qayd etgani sababli Xalqaro Fibonacci olimpiadasi tashkiloti O‘zbekiston uchun 7-11-sinf o‘quvchilaridan qo‘shimcha 6 nafar ishtirokchi qatnashishiga imkoniyat yaratib berdi.

Qatnashmoqchi bo‘lgan o‘quvchilar 24-oktyabr 23:59 gacha ro‘yxatdan o‘tishlari lozim. Hozirgacha olimpiada va tanlovlarda eng yaxshi natijalar qayd etgan 6 nafar ishtirokchilar final bosqichi uchun saralab olinadi.

🔗RO‘YXATDAN O‘TISH

🔔Eslatma, ushbu olimpiadaning final bosqichida qatnashish to‘lovi, borib-kelish va yashash xarajatlari ishtirokchi tomonidan qoplanadi.


Bunday
imkoniyatni aslo qo‘ldan boy bermang!

📱 Telegram |📱 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
🇵🇦 Kecha tunda Robototexnika bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasi First Global challenge 2025 (Jahon chempionati)da ishtirok etish uchun Panamaga jo’nab ketti!

🏆 Ma’lumot uchun, ushbu musoboqa har yili o’tkazilib, unda dunyoning 195ga yaqin davlatlaridan terma jamoalar ishtirok etishadi!

🇺🇿 Milliy robototexnika jamoamizga jahon chempionatida omad tilaymiz!

🕊 Telegram | 👥 Linkedin |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏71
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿O‘zbekiston yoshlari dunyo sahnasida!

Panama shahrida bo‘lib o‘tgan “FGC 2025” robototexnika jahon chempionatida yurtimiz yoshlari faxrli natijalarni qayd etdi!

⚡️Yoshlarimiz musobaqa davomida AQSH, Yaponiya, Janubiy Koreya, Isroil va Buyuk Britaniya kabi kuchli jamoalarni ortda qoldirib, 190 davlat orasidan 4-o‘rinni egalladi! Bu nafaqat g‘alaba, balki O‘zbekiston yoshlari global maydonda raqobatlasha olishini isbotlagan natija.

👏Bu natija yangi marralar sari turtki!

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
Forwarded from CyberScience.uz
☄️ CYBERUNI PARK CUP 2025 – Talaba va Yoshlar Festivali!

Ushbu festival kiberxavfsizlik, robototexnika, dron va kordli samolyotlarga qiziqqan 12–30 yoshdagi yoshlar va talabalar uchun tashkil qilinmoqda.

🖥 17-noyabr, 10:00–15:00
📍 Cyber University, Nurafshon sh.

🛡 Musobaqalar yo‘nalishlari:
1. CTF (Capture the Flag)
2. Robo-Battle (Robototexnika)
3. Robo-Football
4. Drone Cargo Delivery Race
5. Tethered Aircraft Combat (Kordli aviamodellar jangi)
6. FPV Drone Racing


💵 Mukofotlar:
• 1-o‘rin – 5 000 000 so‘m + sertifikat
• 2-o‘rin – 3 000 000 so‘m + sertifikat
• 3-o‘rin – 1 000 000 so‘m + sertifikat

💡 Maqsad: Yoshlar va talabalar o‘rtasida amaliy ko‘nikmalar va ilmiy-texnik ijodkorlikni rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarga qiziqtirish hamda ularni xalqaro musobaqalarga tayyorlash.

📌 Ro‘yxatdan o‘tish va musobaqa nizomlari bilan tanishuv quyidagi havola orqali amalga oshiriladi: http://ctf.csu.uz

🌐Website 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook 🎬Youtube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌟 "Raqamli Avlod IT Haftaligi - 2025"

🔧 Foydali ixtirolar – o‘zingiz yaratgan qurilma, gadjet yoki innovatsion g‘oyangizni taqdim eting.

🟡11-dekabr — Foydali ixtirolar bo'yicha musobaqalar bo'lib o'tadi

🔸Innovatsionlik va yangilik darajasi;

🔸Loyihaning prototipi mavjudligi hamda uning ishga tayyorligi;

🔸Loyihaning bozordagi yoki ilmiy ishlardagi mavjud analoglardan farqlanishi;

🔸Atrof-muhitga yetkaziladigan zarar darajasining pastligi;

🔸Loyihani tushuntirishning aniqligi.

💁🏼‍♂️ Loyihani har kim o'z qo'li bilan yasagan bo'lishi hamda analoglari bo'lsa analogilaridan ustun taraflarini aytishi kerak

🎁 G'oliblarni qimmatbaho sovg'alar kutmoqda!


Ro'yxatdan o'tish uchun:
online.raqamliavlod.uz

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Forwarded from Muhandiss.uz
Yosh muhandislar hakatoni!

Tayoqchalar va elim yordamida haqiqiy ko‘prik qurib, uni sinovdan o‘tkazishni xohlaysizmi?

RoboX va Muhandiss.uz sizlar uchun maxsus hakaton tashkil qilmoqda.

Vazifa shundan iborat:
O'quvchilar 3 kishilik jamoa bo'lib faqatgina tayoqchalar va yelimdan foydalanib ko'prik qurishadi va uni real og'irlik bilan sinovdan o'tkazishadi.


Kimlar qatnasha oladi?
12–16 yoshdagi, muhandislikka qiziqqan barcha o‘quvchilar.

✔️Barcha materiallar ta'minlanadi
🏆G'olib 3 jamoa qimmatbaho sovg'alar bilan mukofotlanadi.

Ro'yxatdan o'ting: Link
Ro'yxatdan o'tishning so'nggi muddati: 3-dekabr

Homiy Rahimov School xususiy maktabi

📱Telegram 📱Muhandiss
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Uzcosmos
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻 Uzсosmos TATU bilan hamkorlikda Fransiya va Yevropa kosmik agentliklari tomonidan tashkil etilgan xalqaro ActInSpace hakatoniga start berdi.

✔️ Agar siz 18 yoshdan katta bo‘lsangiz, jamoangizni tuzing, haqiqiy kosmik vazifani bajaring va final bosqichida - Fransiyaning Bordo shahrida - yurtimiz nomidan ishtirok eting.

Jamoaning barcha ishtirokchilari ro’yxatdan o’tishlari zarur.
Joylar soni chegaralangan.


🔗 Ro'yxatdan o'tish boshlandi: https://actinspace.org/register

———

👨‍💻 Uzсosmos совместно с ТУИТ запускает международный хакатон ActInSpace – проект Французского и Европейского космических агентств.

✔️ Если вам больше 18, соберите свою команду, решите реальную космическую задачу и представьте нашу страну в финале в городе Бордо, Франция.

Все участники команды должны пройти регистрацию.
Число участников ограничено.


🔗 Регистрация открыта: https://actinspace.org/register

📱 Instagram 📱 LinkedIn
📱 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM