#RealCoderUz - IT Blog👨‍💻
273 subscribers
146 photos
10 videos
8 files
57 links
Saidqodirxon Rahimov

Harakat qilayotgan lekin hali hech narsaga erishmagan oddiy dasturchining IT blogi

Linkedin: linkedin.com/in/saidqodirxon
Ijodiy blog : @SaidQodiriy
#tirikchilik : t.me/alCODERSUZ/4

Murojaat uchun : @Saidqodirxon
Download Telegram
#work #codding #personal

Alhamdulliah, bugungi kun juda darajada a'lo o'tdi men uchun)
Quvnoq jamoa bilan birgalikda tushlik.
Qiziqarli buglar. Yoqimli muhit.

O'zimni to'g'ri vaqtda to'g'ri joyda ekanligimni his qildim).

Endi ish bo'yicha va umuman IT blogimga nimadirlar tashash rejasi oldindan bor edi. Bilmadim yana fikrimdan qaytmasam yozib turaman. IT olami bo'yicha...

@RealCoderUz
#work #codding #personal

Yana bir ajoyib kun oʻtdi azizlar.
Bugun ikkinchi kichik loyihamni muvaffaqiyatli topshirdim.
Birinchi loyiha topshirish jarayonida boʻlsa, uchinchisi esa yozish jarayonida…
Alhamdulliah
🫠

@RealCoderUz 💻
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#work #codding

NextTs ga 8gb ram yetmayabti notebook yomonam qotayabti
🥲
+8 qilish kerak ekan yana
😃
Haa boyib ketsak qilarman
😁

@RealCoderUz 👨‍💻
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#personal #work #codding

Haa, bu loyiha figmasi edi...

@RealCoderUz💻
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#personal #codding

Dasturchini notebookiga nimadir boʻlsa u hech kim boʻlmay qoladi)

@RealCoderUz
#personal #work #codding

Ha yana bir ajoyib ish kunini ham tugatib oldim.
Hammasi zoʻr, alhamdulliah)

@RealCoderUz
#personal #work #codding

Yana bir kun boshlandi.
Ha bizda 10dan boshlanadi
😅

@RealCoderUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#personal #codding

Anchadan beri asosiy github profilimga kira olmayotgan edim. Moderatorlar bloklab qo'yishgandi. Qaytarib oldim. Faqat (followers) obunachilarimni hammasini tozalab yuboribti. Ha unisi muhim emas muhimi kodlarim, tiklandi
😅.
To'g'risi juda hursand bo'ldim)

Obuna bo'lmoqchi bo'lsangiz bemalol (qaytaraman):
https://github.com/SaidqodirxonUz

@RealCoderUz 💻
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
IT faqat kod emas!

Hozirda dunyoning qayeriga bormang, bitta so‘z qulog‘ingizga chalinadi:
“IT”

Yaqin-yaqingacha, hatto hozir ham bu so‘z eshitilishi bilan ko‘pchilikning hayoliga faqat katta miqdordagi pul va kod yozish keladi.
Aslida esa bu — noto‘g‘ri va tor qarash.

🔍 IT — bu faqat dasturlash emas!
IT olami — bu ekotizim, va uning ichida har kim uchun joy bor.

Quyidagi hozir biz ko'rib chiqayotgan sohalar ham IT'ning ajralmas bo‘lagi hisoblanadi:

🎨 UI/UX Dizayn
— Foydalanuvchining ilova yoki sayt bilan qanday tajriba olishini loyihalaydi.
— Dizaynerlar nafaqat chiroyli ko‘rinish, balki qulaylik ustida ishlaydi.

🧪 QA (Testlash)
— Dasturda xatolik yo‘qligini tekshiradi.
— “Kod ishlayaptimi?” emas, “Kod to‘g‘ri ishlayaptimi?” degan savol bilan ishlaydi.

⚙️ DevOps
— Dastur yaratish, sinash va ishga tushirish jarayonini avtomatlashtiradi.
— Dasturchi va server o‘rtasidagi ko‘prik.

📊 Data Analyst / Data Scientist
— Katta hajmdagi ma’lumotlardan mantiqiy xulosa chiqaradi.
— “Nima qilish kerak?” degan savolga raqamlar orqali javob beradi.

📋 Project Manager (PM)
— Loyiha jarayonini rejalashtiradi, boshqaradi, jamoani birlashtiradi.
— Kod yozmaydi, lekin hamma kod to‘g‘ri yozilishi uchun sharoit yaratadi.

📢 Digital Marketing / SMM
— IT mahsulotlarini auditoriyaga yetkazadi.
— Ko‘proq foydalanuvchi = ko‘proq foyda.

🤖 AI & Machine Learning
— Kompyuterlarga o‘rganishni o‘rgatadi.
— ChatGPT, yuzni aniqlash, ovoz bilan boshqarish — barchasi AI mahsuli.

💡 Xulosa:
IT — bu katta ekotizim. Har kim o‘ziga mos rolni topishi mumkin.
Shunchaki “kod yozmayman” deb chekinmang.
Ehtimol, siz IT’ning boshqa, lekin ayni kerakli nuqtasidirsiz.

💬 Siz nima deb o‘ylaysiz?
Qaysi yo‘nalish qolib ketdi va qay biri sizga yaqin?
Izohlarda yozib qoldiring.
👇

#actual #codding

@RealCoderUz 💻
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉2❤‍🔥1🔥1
🧑‍💻 Dasturchi bo‘lish uchun diplom shartmi? 🎓

💭 Ko‘pchilik hali ham shunday o‘ylaydi:
“Dasturchi bo‘lish uchun universitetni bitirish kerak...”
“Diplomsiz hech kim ishga olmaydi...”

Aslida esa IT sohasi bu stereotiplarga bo‘ysinmaydi.

🚀 Aslida IT’da 4 ta asosiy yo‘l bor:

🎓 Universitet — chuqur nazariya va fundamental bilimlar uchun.

👨‍🏫 Kurs / Bootcamp — qisqa va intensiv ta’lim orqali amaliyotga tez kirish.

📚 Self-taught (o‘z-o‘zini o‘qitish) — mustaqil izlanish orqali o‘rganishni yoqtiradiganlar uchun.

🧪 Real loyihalarda tajriba — haqiqiy o‘sish aynan shu yerda boshlanadi.

🧠 Mening yo‘lim qanday edi?
Dastlab men Texnik muhandisi bo‘lishni xohlardim. Kompyuterning ichki qismlarini yig‘ish, sozlash — menga qiziq tuyulardi.
So‘ng tayyor kodlarni ishlatish Telegram botlar orqali kod yozish olamiga kirib qoldim. HTML, CSS’ni mustaqil o‘rganib, bu yo‘l aslida meniki ekanini angladim.

🔁 Keyinchalik Najot Ta’lim’da Full Stack Web Programming kursiga yozildim.
Dastlab HTML, CSS, JavaScript — keyin esa React, Next.js, Node.js, Express, NestJS’larni o‘rgandim.
Kursni tugatmay turib,
SuperSite.uz IT kompaniyasida real loyihalarda qatnashib, o‘zimga ishonch hosil qildim.

😶 Orada qattiq depressiyaga ham tushib, dasturlashdan voz kechdim.
Lekin oradan vaqt o‘tib, o‘z ustimda yana ishladim va yana qaytdim.
Bu safar aniq yo‘nalish bilan: Frontend.

📌 Bugungi kunda men Hypernova.uz IT kompaniyasida Frontend dasturchi sifatida ishlayman.
Universitetda esa sirtqi Kiberxavfsizlik yo‘nalishida o‘qiyman. Diplom? Uydagilar qistovi bilan. Ha mayli diplom zarar qilmaydi :)
Ammo hayotda eng katta bilim va imkoniyatni aynan amaliyot va tajriba berdi.
Batafsik ma’lumot uchun
LinkedIn profil.

Xulosa:
IT’da natija va mehnat muhim. Diplom emas.
Har kim o‘z yo‘lini topadi. Muhimi — to‘xtamaslik va o‘rganishni davom ettirish.

💬 Sizchi?
Siz hozir qaysi yo‘ldasiz?
Yoki qaysi yo‘lni tanlash haqida o‘ylayapsiz?

Izohlarda yozib qoldiring, savol bo‘lsa ham bemalol yozing — fikr almashamiz!
👇


#actual #codding

@RealCoderUz 💻
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
Junior Front End dasturchi bo‘lish uchun qanday bilimlar kerak? 👨‍💻
Yangi boshlayotgan har bir kishi uchun asosiy savol:

“Nimadan boshlayman?”
“Junior bo‘lish uchun qanday texnologiyalarni bilishim kerak?”

Bugun siz bilan shularni tizimli ko‘rib chiqamiz.

🚀 Junior Frontend dasturchiga kerak bo‘lgan asosiy bilimlar:
⚙️ HTML
— Veb sahifaning “tanasini” qurish: taglar, semantik struktura, formalar.

⚙️ CSS & SASS/SCSS
— Sahifa dizayni, layoutlar (flex, grid), hover effektlar.
— SCSS orqali qayta foydalaniladigan kod, mixins, variables, nesting.

🎨UI kutubxonalari va frameworklar
Tailwind CSS — classlar asosida tez va moslashuvchan dizayn.
Bootstrap — klassik komponentlar to‘plami: button, grid, modal.
MUI (Material UI) — React uchun tayyor dizayn tizimi, zamonaviy komponentlar.
Ant Design — biznes va admin panel loyihalari uchun juda qulay UI kutubxonasi.

JavaScript (
⚙️) + TypeScript (⚙️)
— Sahifaga interaktivlik qo‘shish: DOM, funksiyalar, array methods, async/await, fetch.
— TypeScript esa JS asosida ishlaydi, lekin qat'iy tiplash orqali xatolarni oldindan aniqlash imkonini beradi.
— Katta loyihalarda barqarorlik va aniqlikni oshiradi.

⚙️ React.js
— Komponentlar, props, state, useEffect, form handling.
— Reaktiv interfeyslar yaratish.

⚙️ Figma
— UI/UX dizayn yaratish uchun eng mashhur onlayn vosita.
— Dizaynerlar va dasturchilar birgalikda real vaqtda ishlay oladi.
— Komponentlar, responsive dizayn va prototiplash uchun qulay.

⚙️ State Management
— Redux, Redux Toolkit, yoki Context API orqali global state’ni boshqarish.

👩‍💻 👩‍💻Git & GitHub
— Versiya nazorati: commit, push, pull, branchlar, merge qilish.

👩‍💻 REST API tushunchalari
— Front va back o‘rtasidagi bog‘lanish: GET, POST, PUT, DELETE.

📱 Responsive dizayn
— Har xil ekran o‘lchamlarida to‘g‘ri ishlaydigan sahifalar yaratish (media queries, flex, grid, Tailwind breakpoints).

🇬🇧 Ingliz tili (kamida o‘rta daraja)
— Documentatsiya, StackOverflow, GitHub’ni tushunish va foydalana olish uchun zarur.

🔧 Men qanday boshladim?
Men ham HTML va CSS’dan boshladim. So‘ng JS asoslarini o‘rganib, keyin React, Next.js, va Node.js’ga o‘tdim.
UI kutubxonalar ichida esa Tailwind va Ant Design menga juda qulay bo‘lgan.
Najot Ta’limda Full Stack kursni o‘qishim bilan birga real loyihalarda ishlashni boshladim.
Amaliyot — eng katta ustoz!

🧭 AI yo'qligida ham hozir ham juda mashxur va foydali bo'lgan resurslar:
🌐 freecodecamp.org

📘 MDN Web Docs

💬 Telegram IT community’lari

Xulosa:
Junior bo‘lish uchun sizdan mukammallik emas, asoslarni puxta tushunish va doimiy mashq qilish talab qilinadi.

Texnologiyalar ko‘p — lekin siz o‘z yo‘lingizni tanlang va bosqichma-bosqich harakat qiling.

💬 Sizchi?
Siz hozir nimalarni o‘rganyapsiz yoki boshlamoqchisizmi?

Izohlarda yozib qoldiring — savol bo‘lsa ham bemalol so‘rashingiz mumkin!
👇


#actual #codding

@RealCoderUz 💻
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Portfolio nima va uni qanday tuzish kerak? 🧰
Dasturchi sifatida portfolio bu — sizning raqamli ishingiz, ya’ni tajribangizni ko‘rsatib turadigan sahifa.

📌 Portfolio nima uchun kerak?
Portfolio ish beruvchiga yoki mijozga siz haqingizda:
❗️ “Bu odam kod yoza oladimi?”
❗️ “Dizaynni to‘g‘ri tushunadimi?”
❗️ “Real loyihada ishlaganmi?”
kabi savollarga jim holatda javob beradigan asosiy vosita hisoblanadi.

🛠 Portfolio qanday bo‘lishi kerak?
1. Toza va tartibli dizayn — ko‘zga chiroyli va o‘qilishi oson bo‘lsin.
2. Loyihalar tavsifi — nima qildingiz, qanday texnologiya ishlatdingiz, qaysi rolni bajardingiz.
3. Ishlaydigan linklar — GitHub, Vercel yoki Netlify deployed versiyalari.
4. Texnologiyalar ro‘yxati — HTML, CSS, React, TypeScript, API va hokazo.
5. Kontaktlar — LinkedIn, GitHub, Telegram, Email.

👨‍💻 Mening portfolio yo‘lim qanday bo‘lgan?
Najot Ta’lim’da o‘qib yurgan paytimda 10+ kichik, ammo funksional loyihalar yaratganman:
🧮 Kalkulyator, 📅 To-Do App, 🌍 Weather App, 🎬 Movie Search, 📦 CRUD loyihalari va boshqalar.

Har bir loyihaga qisqa tavsif va ishlatilgan texnologiyalarni yozib chiqdim.
Bularni kichik portfolio saytga to‘pladim.
Aynan shu loyihalar orqali men
SuperSite.uz loyihasida ish boshlash imkoniga ega bo‘ldim.

🔗 Web sahifa joylash uchun bepul platformalar:
GitHub Pages
Netlify
Vercel

📄 Rezyume (CV) ham muhim!
Portfolio — bu amaliyot.
Rezyume — bu siz haqingizdagi qisqa va rasmiy ko‘rinishdagi hujjat.

Rezyumeda nimalar bo‘lishi kerak:

Shaxsiy ma’lumotlar
Texnologik skill'lar (texnologiyalar ro‘yxati)
Ish tajribasi yoki kurs loyihalari
Ta’lim (hatto kurslar ham yozilishi mumkin)
Kontaktlar: telefon, email, GitHub, LinkedIn

📝 Rezyume uchun: canva.com va cvwizard.com orqali — bepul va chiroyli CV shablonlarini yaratishingiz mavjud.

Xulosa:
Portfolio bu — sizning “jim yuradigan rezume”ingiz.
Rezyume esa — sizni tanishtiradigan rasmiy hujjat.
Ikkalasini birgalikda tayyorlagan dasturchi — intervyuda bir qadam oldinda.

💬 Sizchi?
Sizning portfoliongizda qanday loyihalar bor?
Rezyumeni tayyorlab bo‘ldingizmi?

Izohlarda yozib qoldiring — savol bo‘lsa ham bemalol so‘rashingiz mumkin!
👇

#actual #codding

@RealCoderUz 💻
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Frontend, Backend va Full-Stack — farqi nimada?
💡 Qaysi biri sizga to‘g‘ri keladi?

IT sohasiga kirgan har bir odam bu 3 atamani albatta eshitgan:
Frontend | Backend | Full-Stack

Ammo ularning vazifasi, farqlari va aynan sizga qaysi biri mos kelishini tushunish — muvaffaqiyatli yo‘l tanlovi uchun juda muhim.

🎨 Frontend — foydalanuvchining ko‘rayotgan qismi
UI, dizayn, tugmalar, animatsiyalar, interaktivlik — barchasi frontend’ning vazifasi.

👨‍💻 Texnologiyalar:

HTML, CSS, JavaScript

React.js, Next.js, Vue.js

Tailwind, SCSS, MUI, Ant Design

🎯 Kimlar uchun?

Dizayn va vizual ko‘rinishga qiziqqanlar

Foydalanuvchi tajribasi (UX) bilan ishlashni yoqtiradiganlar

⚙️ Backend — “ko‘zga ko‘rinmaydigan mantiq”
Ma’lumotlar bazasi, server, autentifikatsiya, hisob-kitob va xavfsizlik.

🧠 Texnologiyalar:

Node.js, Express.js, NestJS

MongoDB, PostgreSQL, MySQL

API (REST, GraphQL), JWT,
Socket.io

🎯 Kimlar uchun?

Mantiqiy va tizimli fikrlovchilar

Server, xavfsizlik, arxitekturaga qiziqqanlar

🔁 Full-Stack — ikkalasini ham biladigan dasturchi
Foydalanuvchi interfeysidan tortib, server va bazagacha bo‘lgan butun jarayonni tushunadi va boshqaradi.

💻 Eng mashhur stacklardan biri: MERN

MongoDB

Express.js

React.js

Node.js

🎯 Kimlar uchun?

Har tomonlama rivojlanishni istaydiganlar

Yakka holda to‘liq loyiha qilishni xohlovchilar

👨‍💻 Mening yo‘lim qanday bo‘lgan?
Men dasturlashga HTML va CSS orqali kirganman — bu frontend olamiga kirishim edi.
So‘ng React.js va Next.js orqali interaktivlik, SEO, API routes bilan tanishdim.
Keyin esa Node.js, Express, MongoDB orqali backend qismga o‘tdim.
Natijada — MERN Stack’ni to‘liq o‘zlashtirdim va real loyihalarda ishlashni boshladim.

Hozir esa Frontend yo‘nalishiga ixtisoslashganman, ayniqsa UI/UX, interaktivlik va animatsiya tomonida chuqurlashganman.

Xulosa:
Har bir yo‘nalish — o‘ziga xos.
Muhimi — qiziqishingizga mos yo‘lni tanlash va shu yo‘lda chuqur o‘sish.
Ko‘pchilik uchun “Frontend → Full-Stack” evolyutsiyasi — tabiiy va foydali bosqich.

💬 Sizchi?
Siz hozir qaysi bosqichdasiz?
Frontendga ko‘proq qiziqasizmi yoki backend sizga yaqinroqmi?
Yoki siz ham full-stack bo‘lishni xohlaysizmi?

Izohlarda yozib qoldiring — savol bo‘lsa ham bemalol so‘rashingiz mumkin!
👇

#actual #codding

@RealCoderUz 💻
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Dam olish kuni ham ish...
Aslida bu quvonarli holat, sababi moliyaviy holatni yaxshilas kerak-ku baribir.

#personal #school21 #codding

@RealCoderUz 💻
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hamma yomon bo'lsa ham iltimos siz yomon bo'lmang,
Qisqa qilib tushuntirganda hamma inson bo'lishmasin lekin siz inson bo'ling...
Atrofdagilarni, jamiyatni 1gram bo'lsa ham o'ylaylik...

#codding #work #personal #insof

@RealCoderUz 💻
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Agar siz rasmlarni orqasini shaffof qilishingiz kerak bo'lsa va undan tashqari rasmni kesishingiz ham kerak bo'lsa uni ustiga menga o'xshab erinchoq bo'lsangiz bu sayt aynan "bizdakalar" uchun...
Bir vaqtning o'zida ham ortini shaffof yoki oq, qora qilish mumkin. Agar ma'qul topsangiz kesib olishingiz ham mumkin. Undan tashqari bir nechta (multiple) rasm yuklab, arxivda (.zip) yuklab olish imkoniyatini beradi.
Sayt to'liq bepul emas! Lekin amallab ishlatsa bo'ladi...

Havola

#codding #work

Foydali deb topgan bo'lsangiz reaksiya qoldiring
👍

@RealCoderUz 💻
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3
📰CSS da yangi narsani o'zim uchun kashf qildim.

Bu clamp() — bu CSS funksiyasi bo‘lib, buni istalgan o'lcham beradigan joyda ishlatish mumkin va u uchta qiymat oladi:
clamp(MIN, PREFERRED, MAX)

MIN – eng kichik ruxsat etilgan qiymat (pastki chegara)
PREFERRED – odatiy (ideal) qiymat, odatda vw yoki vh kabi moslashuvchan birlik bilan
MAX – eng katta ruxsat etilgan qiymat (yuqori chegara)

Masalan
:
clamp(26px, 5vw + 10px, 44px)

Ma’nosi:
26px — sarlavha o‘lchami bundan kichik bo‘lolmaydi.
5vw + 10px — ekranning kengligiga qarab o‘zgaradigan moslashuvchan qiymat (5% kenglik + 10px).
44px — sarlavha bundan katta bo‘lolmaydi.

Qanday ishlaydi?
Agar ekran juda kichik bo‘lsa, 5vw + 10px 26px dan kichik chiqadi → brauzer 26px ni oladi.
Agar ekran o‘rtacha bo‘lsa, 5vw + 10px ishlaydi → shrift moslashadi.
Agar ekran juda katta bo‘lsa, 5vw + 10px 44px dan katta chiqadi → 44px ni oladi.

Afzalligi: clamp() bilan responsive dizayn uchun min, moslashuvchan va max qiymatni bitta qatorda yozish mumkin, @media qoidalarini ko‘paytirish shart emas.


#codding #work

Foydali deb topgan bo'lsangiz reaksiya qoldiring
👍

@RealCoderUz 💻
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
HTMLdagi aria-hidden="true" nima degani?

Bu atribut elementni ekranni o‘qib beruvchi dasturlardan (screen reader) yashiradi. Ya’ni, vizualda ko‘rinsa ham, Accessibility Tree ga kirmaydi va o‘qilmaydi.

Qachon ishlatamiz?
🎨 Faqat dekor uchun bo‘lgan ikonkalar/SVG’lar
🔁 Mazmuni allaqachon matnda bor bo‘lgan takroriy elementlar
🧱 Orqa fondagi bezaklar (pattern, gradient, chevron chiziqlari)

Qachon ishlatmaymiz?
🔘 Tugma, link, input kabi interaktiv elementlarda
🖼 Mazmunli rasm (diagramma, fotosurat)larda
🧩 Ikona yagona ma’no berayotgan holatda
(masalan, “Izlash” matnisiz 🔍 tugma)

To‘g‘ri / noto‘g‘ri misollar

To‘g‘ri (dekorativ ikona):
<button type="submit">
<span aria-hidden="true">🔍</span>
Izlash
</button>


Noto‘g‘ri (ma’no beruvchi ikona yashirilgan):
<button aria-label="Izlash">
<span aria-hidden="true">🔍</span>
</button>

Bu yerda ikonaning o‘zi ma’no beradi. Yaxshisi aria-label ni qoldiring, ikonani yashirish shart emas.

Dekorativ rasm:
<img src="bg-shape.svg" alt="" aria-hidden="true">


Interaktiv elementda:
<a href="/download" aria-hidden="true">Yuklab olish</a> <!-- yaramaydi -->


Pro tiplar
aria-hidden="true" ni fokuslanadigan (tabindex, <a>, <button>) elementlarga bermang.
Dekorativ <img> uchun alt="" va aria-hidden="true" birga ishlatilsa ham bo‘ladi.
Ikonka-only tugmalarda matn yo‘q bo‘lsa, aria-label="..." bering, aria-hidden emas.
Tekshirish: Chrome DevTools → Accessibility panel, yoki Lighthouse Accessibility auditi.



#codding #work

Foydali deb topgan bo'lsangiz reaksiya qoldiring
👍

@RealCoderUz 💻
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Qiziq CSS xossasi

1-rasmda default rasm, agar siz ikkinchi rasmdagi kabi o'girmoqchi bo'lsangiz.
Shu styleni ishlatsangiz bo'ladi.

transform: scaleX(-1)


🔍 Qanday ishlaydi?

scaleX() → elementni gorizontal o‘qda kattalashtiradi yoki kichraytiradi.

Musbat qiymat (masalan scaleX(1)) — asl holat.

Manfiy qiymat (scaleX(-1)) — rasmni chap
↔️ o‘ng tomonga teskari aylantiradi (mirror effect).


#codding #work

Foydali deb topgan bo'lsangiz reaksiya qoldiring
👍

@RealCoderUz 💻
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1