ReadingMindss 🪬
211 subscribers
885 photos
130 videos
12 files
194 links
About books, thoughts and feelings
Download Telegram
Alloh taolo aytadi: "O‘zlaringizni Mashriq va Mag‘rib tomonlariga burishingiz (ibodat qilishingizning) o‘zi to‘la yaxshilik emas, balki Allohga, oxirat kuniga, farishtalarga, kitoblarga, payg‘ambarlarga imon keltirgan, o‘zi yaxshi ko‘rgan molidan qarindoshlariga, yetimlarga, miskinlarga, yo‘lovchiga, tilanchilarga va qullarni ozod qilish yo‘lida beradigan, namozni to‘kis ado etib, zakotni to‘lab yuradigan kishi va kelishilgan ahdlariga vafo qiluvchilar, shuningdek, og‘ir-engil kunlarda va tang paytida sabr qiluvchilar yaxshilik (ahli)dir. Aynan o‘shalar (imonlarida) sodiqdirlar va taqvodorlardir"

"Baqara" surasi, 177-oyat.
❤‍🔥83🔥21
ReadingMindss 🪬
Photo
Yana bir zo'r xadis bor ekan: - "Qo'li va tili bilan o'zgalarga ozor bermagan kishi musulmondir. Alloh taolo man etgan narsalardan qaytgan kishi Xudo yo'lida xijrat qilgan kishidir."

Rosululloh (sav)dan so'radilar: "Yo Rosululloh, musulmonlarning afzali qaysi kishidir?" U zot (sav) "qo'lidan va tilidan boshqa musulmonlar ozor topmagan kishidir", - deb javob berdilar

Sahihi Buxoriy
🔥93💘21
Rosululloh (sav) aytdilar: "Shunday davrlar keladiki, musulmon odam o'z dinini fitnalardan asrash maqsadida tog'-u toshlarga qo'y haydab chiqib ketishini afzal ko'rsa, ajab emas".

Sahihi Buxoriy
🔥94🕊2🍓2👍1💘1
Rosululloh (sav) aytdilar: "Tushimda ko'rsam, odamlarning ko'ylaklari etagi ko'kraklari barobarida, ba'zi birlariniki esa undan ham kalta. Ularning oralarida Umar ham bor, uning ko'ylagi uzun, hatto yerda sudralib yuribdi". Sahobalar so'radilar: "Nimaga yoydingiz?". "Dinga", - dedilar Rosululloh (sav)

Sahihi Buxoriy
🔥93🕊31👍1💔1🆒1
Rasululloh (sav) aytdilar: "Menga do‘zax ko‘rsatildi, qarasam, undagi odamlarning ko‘pi inkor qiluvchi xotinlar ekan". Sahobalar: "Allohni inkor qilganmi?" - deb so‘radilar. "Erining yaxshiligini inkor qilganlar, erining qadriga yetmaganlar. Agar bularning bittasiga bir umr yaxshilik qilsang-u, keyin sendan bir kichik yomonlik ko‘rsa: "Sendan nima ko‘rdim, hech yaxshilik ko‘rmadim", - deb aytadi", - deb javob berdilar.

Sahihi Buxoriy
💔85🔥4👍1
Umar ibn Hattob (rz.) dan: "Yahudiylardan bir kishi menga: "Ey Amir al-mo‘minin, Kitobingizda bir oyat bordir, sizlar uni o‘qiysizlar, agar shu oyat bizga nozil bo‘lganda o‘sha kunni biz bayram qilgan bo‘lar edik", - dedi.

Men: "Qaysi oyat?"- deb so‘radim.

U: "Ana, endi bugun diningizni kamoliga yetkazdim, ne’matimni tamomila berdim va sizlar uchun Islomning din bo‘lishiga rozi bo‘ldim" ("Moida" surasi, 3-oyat) degan oyat", - deb aytdi.

"Ha, biz o‘sha oyati karima tushgan kunni va tushgan joyni bilamiz. Juma kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Arafotda turganlarida nozil bo‘lgan", - dedim. (O‘sha oyati karima tushgan kun sharafiga bizda bir emas, ikki marta bayram qilinadi; har juma kuni va Qurbon hayitida.)

✏️Sahihi Buxoriy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
73👍1🔥1💯1
ReadingMindss 🪬
Umar ibn Hattob (rz.) dan: "Yahudiylardan bir kishi menga: "Ey Amir al-mo‘minin, Kitobingizda bir oyat bordir, sizlar uni o‘qiysizlar, agar shu oyat bizga nozil bo‘lganda o‘sha kunni biz bayram qilgan bo‘lar edik", - dedi. Men: "Qaysi oyat?"- deb so‘radim.…
Har bir podshohning qo'riqxonasi bor! Ogoh bo'linglar! Allohning yerdagi qo'riqxonasi - Uning xarom qilgan narsalaridir! Ogoh bo'ling! Jasadda bir parcha go'sht bor, agar u sog'lom bo'lsa, butun tana sog'lom bo'ladi, agar u buzilsa, butun tana buziladi. Ana o'sha qalbdir!

Sahihi Buxoriy
❤‍🔥53🔥3👍1💯1
Ibn Umar (r.a.) rivoyat qiladilar:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:

"Daraxtlar orasida bir daraxt bor bo‘lib, bargini tashlamaydi, u musulmonga o‘xshaydi (ya’ni, musulmonlik daraxtining bargi - imondir). Ayting-chi, bu qaysi daraxt?"

Odamlar o‘z qishloqlaridagi barcha daraxtlarning nomlarini ayta boshladilar. Abdulloh ibn Umar aytadilar:

"Ko‘nglimga, bu xurmo daraxti bo‘lsa kerak, degan fikr keldi (uyalib aytmadim, aytishga uyaldim)."

Odamlar: "O‘zingiz aytib bering, ey Rasululloh", - deyishdi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

"U xurmo daraxtidir", - dedilar.


✏️Sahihi Buxoriy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥421👍1
Do'stingni o'rtacha yaxshi ko'rgin. Bir kun kelib u seni dushmaningga aylanib qolishi mumkin. Dushmaningni o'rtacha yomon ko'rgin, ehtimol bir kun u do'stingga aylanib qolishi mumkin.
5🔥5💯4🤔1
Abu Hurayra (r.a.): Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Farzandlaringizga ismimni qo‘yinglar, Abulqosim deb kunyamni qo‘ymanglar! Kimki meni tushida ko‘rsa, o‘zimni ko‘ribdi, chunki shayton mening suratimga kira olmaydi, kimki mening nomimdan yolg‘on so‘zlasa, do‘zaxdan o‘ziga joy tayyorlayversin!" deganlar, - deydilar.

✏️ Sahihi Buxoriy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4❤‍🔥22🔥2👍1💯1😇1
Anas ibn Molikdan: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Muoz ibn Jabalni ulovlariga mingashtirib ketayotganlarida bunday dedilar: "Ey Muoz ibn Jabal!"

"Labbayka va sa'dayka, ey Rasululloh (men shu yerdaman, xizmatingizga tayyorman)", - dedi Muoz.

"Ey Muoz!" ' dedilar yana.

"Labbayka va sa'dayka, ey Rasululloh", - deb javob berdi Muoz.

Shu gapni uch bor qaytarganlaridan keyin: “Ashhadu alla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan 'abduhu va rasuluhu" ni aytgan odam borki, Alloh taolo uni do‘zax o‘tiga harom qiladi", - dedilar.

Muoz dedi: "Ey Rasululloh, odamlarga buni xabar qilaymi, xursand bo‘lishsin?"

Rasululloh: "Yo‘q, u holda suyanib qolishadi", - dedilar.

Muoz bu gapni vafotlari oldidan (hadisni yashirib gunohkor bo‘lib qolishdan qo‘rqib) to‘liq aytib bergan.


✏️ Sahihi Buxoriy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5❤‍🔥2🔥21👍1🙏1💯1😇1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🥊 UFC 330 Countdown - Makhachev vs Garry
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21
Forwarded from UFC Eurasia
⚡️ Начинается неделя турнира #UFC330!

Делитесь вашими ожиданиями в комментариях 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿Dyuzdo bo'yicha 3 karra Olimpiya chempioni, 2 karra Jahon chempioni va ko'plab turnirlar g'olibi, O'zbekiston sport ustasi, O'zbekiston fahri Rishod Sobirov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1
Forwarded from UFC Eurasia
🗣️ Дана Уайт уверен, что Хабиб мог стать величайшим бойцом в истории. Согласны?

Ислам достиг большего, чем Хабиб, потому что бился дольше. Кто знает, чего Хабиб мог бы достичь, если бы продолжил карьеру… Если бы Хабиб сделал то, на что он, как мы все знаем, был способен, то он определенно стал бы величайшим бойцом всех времен.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥1🥰1