Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, MUSTAQILLIGIMIZ abadiy bo'lsin!!!
Bayram barchaga muborak bo‘lsin!!!
@Rahmatjon_Rabbimov
Bayram barchaga muborak bo‘lsin!!!
@Rahmatjon_Rabbimov
❤13👍6👏6🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Islom Karimovning bolalik va o‘smirlik yillari haqida film.
Bugun, 2 sentyabr – O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning vafot etgan kuni.
Islom Karimov – mustaqil O‘zbekiston davlatchiligining asoschisi, xalqni qiyin tarixiy burilish pallalarida birlashtira olgan, mamlakatning mustaqil taraqqiyot yo‘lini belgilab bergan siyosatchi edi. Uning xotirasi – nafaqat siyosiy meros, balki milliy o‘zlik va istiqlol uchun kurash timsolidir. Karimovning nomi O‘zbekiston tarixida erkinlik, mustaqillik va davlat suverenitetini barpo etish jarayonining boshida turgan rahbar sifatida abadiy qoladi.

🔥9👍4❤3
Umar Xayyom
@Rahmatjon_Rabbimov
Biz kelib ketuvchi to‘garak jahon,
Na boshi ma’lum na so‘ngi ayon.
Hech kimsa rostini aytib berolmas,
Biz qaydan keldigu ketarmiz qayon.
Keksa yosh hayotga har kimki yetar,
Hammasi izma-iz birma-bir o‘tar.
Bu dunyo hech kimga qolmas abadiy,
Ketdilar, ketamiz, kelishar, ketar.
Kelmoq qo‘lda bo‘lsa kelmasdim bir dam,
Ketmoq qo‘lda bo‘lsa ketmas edim ham.
Juda soz bo‘lardi bu g‘amxonaga,
Kelmasam, turmasam, kelib ketmasam.
Afsuski yigitchilik mavsumi bitdi,
Ko‘klam o‘tib ketdi, qish kelib yetdi.
Yoshlik deb atalgan u sevinch qushi,
Bilmadim qachonlar keldiyu ketdi.
@Rahmatjon_Rabbimov
👍11🔥5❤2
Noyobjon o'g'lim!
Bugun sen dunyoga kelgan eng baxtli kun. Hayoting davomida sog‘lom, bardam, ilmli va odobli bo‘lib ulg‘ayishingni tilayman. Sen mening eng katta quvonchim, eng katta orzuimning ro‘yobisan. Kelajakda yaxshi inson bo‘lib, yurtga ham, oilaga ham munosib xizmat qilishingni Allohdan so‘rayman.

❤21👍16🔥6
Umar Xayyom
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.
@Rahmatjon_Rabbimov
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.
@Rahmatjon_Rabbimov
👍13🔥3❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu aleykum aziz ustoz va murabbiylar!
Sizlarni 1-oktabr — O'qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman! Sizlarning mehringiz, sabringiz va ibratingiz tufayli biz hayotda o‘z yo‘limizni topmoqdamiz. Sizlarga sihat-salomatlik, baxt va zafarlar tilayman.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!

👏16🔥7❤4👍4🥰2
TAJOHILUL ORIF
Qish edi.
O‘ttiz jon sovuqxonada,
Adabiyot darsin tinglar edik jim.
Muallim savollar berar gohida:
“Xamsa”ni kim yozgan,
“Jangchi Tursun” kim?
Qo‘llar ko‘tarilar basma-basiga,
Aytmasang, ko‘ksingdan chiqib ketar jon.
O‘ttiz ovoz yangrar qasdma-qasdiga,
“Navoiy”, “Navoiy”, “Hamid Olimjon!”
Shunday chanqoq edik, darsdan qolmasdik,
“Paskal”ni bilardik, daho “Nyuton”ni.
Ammo ba’zi do‘stlar topa olmasdi,
Dunyo kartasidan O‘zbekistonni.
Ular ko‘p pand yedi ko‘z o‘ngimizda,
Bosh egib, burchakda tik turdi mag‘rur.
Biz esa maqtandik o‘z-o‘zimizcha,
Buning-chun jo‘ralar, ming bora uzr.
Eslayman, bu e’lon “Uchinchi B”ga:
– Ertaga o‘n so‘mdan keltiring, tamom.
Parta jildga denglar, keyin “bayram”ga,
Yana “kraska”ga, so‘ngra “metallom”.
O‘shanda pulim yo‘q, ichim yonardi,
Nazoratchi qistar, qarab ro‘yxatga.
Adabiyot. Ustoz ta’rif berardi,
“Tajohilul orif” degan san’atga.
Uyimda qolgandi o‘sha kun ovqat,
Qornim och, so‘mkamda non yo‘q yegani.
Ustoz takrorlardi tinmay bu san’at:
“Bilib bilmaslikka olish” degani.
Yodimdan o‘chmaydi hech qachon bu hol,
Muallim yelkamga asta qo‘ydi qo‘l.
Hech kimga bildirmay, hech kimga, alhol,
Cho‘ntagimga buklab soldi o‘n so‘m pul.
O‘ttiz qora ko‘zga izza bo‘lish, voh,
Sezdingiz, ko‘nglimni yomon o‘rtardi.
Do‘stlar, urib turgan yuragim guvoh,
Bir inson o‘ksishdan meni qutqardi.
O‘sha dars hali ham berar ko‘p saboq,
Qornim och, so‘mkamda non yo‘q yegani.
“Tajohilul orif” – ey aziz ustoz:
“Bilib bilmaslikka olish degani”.
Garchi o‘zingiz ham maoshga yashab,
Ba’zan yetkazolmay bo‘lgansiz abgor.
Yurmas edingiz hech to‘kinga o‘xshab,
Sizda yo‘q edimi bolalar, ro‘zg‘or?
Na ehson edi u, na qarz edi u,
O‘ylasam, bu holning yo‘qdir javobi.
Bir murg‘ak qalbiga sajda edi bu,
Bir ko‘ngil uyining pinhon tavofi.
She’r bitdi.
Men hamon qidirib taskin,
Olis maktabimga yo‘l olaman jim.
Bilmayman, bu yurtda ustoz sharafin
Bilib, bilmaslikka olayotgan kim?!
© Bobur Elmurodov

👍14🔥12❤2👏2🙏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇦🇿🇰🇬🇰🇿🇹🇯🇹🇲🇺🇿
Do‘stlik va birodarlik hatto diplomatik protokol qoidalaridan ustun keldi.
Odatda xalqaro tadbirlarda mezbon davlat rahbari — bayroq bilan birga — markazda turishi qat’iy diplomatik protokol talabidir. Ammo Prezident Shavkat Mirziyoyev bugungi Maslahat uchrashuvida bu an’anani yangiladi: u sahnaning eng sharafli nuqtasini qardosh davlatlar rahbarlariga bo‘shatib berdi.
Nafaqat diplomatiya, balki media nuqtai nazaridan bu oddiy vaziyat emas. Bu — Markaziy Osiyoda ortib borayotgan ishonch, hurmat va tenglikning eng yorqin ramzi.
Tashqi siyosatda “katta-kichik” qoidasi emas, balki birodarlik qadri ustuvor ekanini ko‘rsatgan tarixiy lahza.
Toshkent bugun nafaqat uchrashuvga mezbonlik qildi, balki mintaqaviy birlikning yangi mezonini ham belgiladi.
@Rahmatjon_Rabbimov
Manba

👍11❤3🔥1👏1
KO'NGIL
“Kechga... ishdan kelay,
maylimi..?”
Eshikni yopasan — ketasan.
“Charchadim.
Ishim ko‘p, vaqtim yo‘q...
Tong otsin, maylimi..?”
Yotasan...
Qo‘lingda — bozorlik.
Yo‘l tirband,
Qor bosib kelasan, etik ho‘l...
Telefon asabiy jiringlar,
“Yo‘ldaman.
Borayin...
Uyda bo‘l...”
...Chigirtka chirillar shom chog‘i,
Yoz qachon keldiykin — o‘ylaysan...
Bir marta, bir marta bo‘lsa ham,
Sen mening holimni so‘rmaysan...
Sen mening ko‘nglimni bilmaysan...
© Shodmonqul Salom
@Rahmatjon_Rabbimov
“Kechga... ishdan kelay,
maylimi..?”
Eshikni yopasan — ketasan.
“Charchadim.
Ishim ko‘p, vaqtim yo‘q...
Tong otsin, maylimi..?”
Yotasan...
Qo‘lingda — bozorlik.
Yo‘l tirband,
Qor bosib kelasan, etik ho‘l...
Telefon asabiy jiringlar,
“Yo‘ldaman.
Borayin...
Uyda bo‘l...”
...Chigirtka chirillar shom chog‘i,
Yoz qachon keldiykin — o‘ylaysan...
Bir marta, bir marta bo‘lsa ham,
Sen mening holimni so‘rmaysan...
Sen mening ko‘nglimni bilmaysan...
© Shodmonqul Salom
@Rahmatjon_Rabbimov
👍10👏2❤1🔥1
Dadajon, Siz eng zo‘r insonsiz. Saxiyligingiz, mehribonligingiz, oilamizga bo‘lgan g‘amxo‘rligingiz bilan doimo ibrat bo‘lib kelasiz. Ayajonimning eng ishonchli suyanchlari, farzandlaringizning eng mehribon otasi, nevaralarning sevimli bobosi, kelinlarning hurmatli dadajonisiz.
Bunday insonning farzandi bo‘lish biz uchun haqiqiy baxtdir. Tavallud kuningiz muborak bo‘lsin, Dadajon! Ilohiy qudrat Sizni doimo sog‘-omon asrasin.
Biz Sizni yaxshi ko'ramiz!
Bunday insonning farzandi bo‘lish biz uchun haqiqiy baxtdir. Tavallud kuningiz muborak bo‘lsin, Dadajon! Ilohiy qudrat Sizni doimo sog‘-omon asrasin.
Biz Sizni yaxshi ko'ramiz!
👍15❤12🔥8👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toyloq tuman 58-maktab 3-A sinf o'quvchisi Akramjonova E'zoza Rahmatjonovnaning 8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan bayram tabrigi.
👍23❤8🔥5🥰1
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomani taqdim etadi.
Murojaatnomaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyasini soat 11:00 dan boshlab:
“O‘zbekiston 24”, “O‘zbekiston” (surdotarjima bilan), “Mahalla”, “Madaniyat va ma’rifat”, “O‘zbekiston tarixi”, “Mening yurtim”, “Sevimli”, “Milliy”, “Zo‘r TV”, “Renessans TV”;
“Toshkent” va “Dunyo bo‘ylab” (ruscha tarjimasi bilan);
“Yoshlar” va “Uzreport TV” (inglizcha tarjimasi bilan) telekanallarida;
Prezident matbuot xizmatining Telegram, Facebookdagi sahifalari hamda YouTubedagi rasmiy kanalida tomosha qiling.

👍11❤1
Hurmatli aziz Qadrdonim!
Kirib kelayotgan 2026-yil sihat-salomatlik, oilaviy totuvlik, tinchlik va farovonlik olib kelsin.
Yangi yil hayotingizda yangi imkoniyatlar, ulkan yutuqlar va ezgu maqsadlar sari dadil qadamlar bilan kirib kelishini tilayman.
Har bir kuningiz quvonchga, har bir rejangiz muvaffaqiyatga to‘lsin.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xonadonlaringiz fayz-u barakaga boy bo‘lsin.
Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,

🔥4👍3❤2