Toşkentdan gapiramiz...
27.8K subscribers
6.61K photos
3.61K videos
9 files
6.46K links
🌐 Eng sara media materiallar
📲 Yangiliklar
📚 Foydali maʼlumotlar

Instagram: https: //www.instagram.com/shosh_media?igsh=MW95ejBkbjFvY25zMA==

Facebook: https://www.facebook.com/share/16eEbLbF79/

Reklama va hamkorlik uchun: @RMMMTshB1
Download Telegram
#yangiruhiyat
#iqtibos

“O‘zbek tili kambag‘al emas, balki o‘zbek tilini kambag‘al deguvchilarning o‘zi kambag‘al. Ular o‘z nodonliklarini o‘zbek tiliga to‘nkamasinlar”.
✍️Abdulla Qodiriy


👉Rasmiy sahifalarimiz:
TELEGRAM  | INSTAGRAM | FACEBOOK | YOU TUBE
Para Osiyo o‘yinlarining ilk kunida O‘zbekiston 23 ta medal va rekordlarni qo‘lga kiritdi

Sportchilar musobaqaning dastlabki kunini 6 ta oltin, 10 ta kumush va 7 ta bronza bilan boshlab berdi.

BATAFSIL

👉Rasmiy sahifalarimiz:
TELEGRAM  | INSTAGRAM | FACEBOOK | YOU TUBE
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Samarqandda O‘zbekiston va AQSh hamkorligi uchun ochilgan yangi imkoniyatlar ikki mamlakat kompaniyalarining qo‘shma korxonalar tashkil etishi, texnologiyalar almashishi va yangi bozorlarga birgalikda chiqishiga kuchli sur’at bag‘ishlaydi.

👉Rasmiy sahifalarimiz:
TELEGRAM  | INSTAGRAM | FACEBOOK | YOU TUBE
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangiruhiyat
#jonajon_tilim

Siz ham oʻz fikrlaringizni izohda yozib qoldiring!

👉Rasmiy sahifalarimiz:
TELEGRAM  | INSTAGRAM | FACEBOOK | YOU TUBE
👍5⚡1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun O‘zbek tili bayrami kuni!

O‘zbek tilining nufuzini oshirish, uni qadrini yuksaltirishda tarixda bobolarimiz, yozuvchi, shoirlar, har bir millat vakili o‘z jasoratini ko‘rsatgan.

Orada tilimiz kesildi, cheklandi. Lekin yana qayta dunyoga kuch, jasorat bilan kirib keldi. Bu jasorat har birimizning qonimizda bo‘lishi, uni avaylab-asrashimiz eng katta mas’uliyatimizdir.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan O‘zbek tili bayrami kuni belgilandi, jahon minbarlarida yangray boshladi. Ilm, texnika, raqamli tilga aylanmoqda.

Bayram arafasida biz o‘zbek tilining kechasi va bugunini shoirlarimiz satrlari orqali ifodalashga harakat qildik.

Alisher Navoiy, Rauf Parfi, Xurshid Davron, Halima Xudoyberdiyeva, Muhammad Yusuf, Erkin Vohidovning satrlarini bir qo‘shiqqa jamladik.

Sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda yaratilgan qo‘shiq va videorolik zamonaviy texnologiyalar hamda ona tilimizning ko‘p asrlik taraqqiyoti uyg‘unligining go‘zal namunasidir.

Bugun bayram arafasi yaqinlaringizga bu media mahsulotimizni ulashing, bayram bilan tabriklang.

Sifatli formatda bu yerda ko‘rishingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=ipPyTus6LS4

@otabek_khasanov
#tabrik
#jonajon_tilim

🇺🇿 21-OKTABR — O‘ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGAN KUN MUBORAK BO‘lSIN!

O‘zbek tili — milliy o‘zligimiz, ma’naviy qadriyatlarimiz va boy tariximizning yorqin ifodasidir. Ona tilimizni asrab-avaylash, uning sofligini saqlash, nufuzini oshirish va kelajak avlodga boy meros sifatida yetkazish har birimizning sharafli burchimizdir.
Tilga ehtirom — elga ehtirom. Ona tilimizga bo‘lgan hurmatimizni kundalik hayotimizda, nutqimizda va faoliyatimizda namoyon etaylik!

Barchangizni O‘zbek tili bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz!

Ona tilimizning nufuzi yuksalib, qadri va jozibasi hamisha ziyoda bo‘lsin! 🇺🇿

✉️ Telegram 📷 Instagram 🗳Facebook 📱 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#jonajon_tilim

Afsuski, ko‘plab xorijiy so‘zlarni o‘zlashtirib, o‘z so‘zimizdek qilib olganmiz. Oqibatda ona tilimizdagi asl muqobillar go‘yo yotdek bo‘lib qolgan. Til — millatning o‘zligi bo‘lib, o‘zlashma so‘zlar bosqini ona tilimizning asl ildizlarini yemiradi.


✉️ Telegram 📷 Instagram 🗳Facebook 📱 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Nihoyat, uzoq yillik tarixiy xato tuzatildi. Bugun Prezidentimiz lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonunni imzoladilar.

Bu yillar davomida bahslarga sabab bölayotgan va oxiri körinmayotgan masala edi. 2023-yil 11-dekabrda jadidlar merosiga bağişlangan konferensiyadagi nutqimda alifboni tuzatiş taşabbusini ilgari surgan holda, mazkur bahslarga nuqta qöyiş vaqti kelganini aytgan edim.

Albatta, özgarişlar oson keçmaydi, kimlardadir e’tiroz yoki xavotir uyğotişi ham tabiiy. Lekin, işoning, yozuvimizdagi noqulayliklarga barham beriş va tilimizning raqamli makondagi örnini mustahkamlaş uçun boşqa yöl yöq edi.

Endi hamma hujjatlar yangidan qilinadimi? Yöq, aslo! Biz xarajatlarni eng minimal darajaga tuşiriş yölini tanladik: amaldagi barça hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlar öz kuçida qoladi, darslik, peşlavha va körsatkiçlar esa yaroqlilik muddati tugagaç, bosqiçma-bosqiç almaştiriladi.

Uşbu qonunning 21-oktyabr kuni qabul qilinişida çuqur ramziy ma’no bor. Tuzatilgan alifbomiz ma’rifatparvar ajdodlarimiz orzusi, yoşlarimiz savodxonligi va tilimiz mavqeini yuksaltirişga xizmat qilişiga işonaman.

Barçangizni Özbek tili bayrami kuni bilan tabriklayman!

—

Наконец исправлена многолетняя историческая ошибка. Сегодня наш Президент подписал закон о совершенствовании узбекского алфавита, основанного на латинской графике.

Этот вопрос вызывал споры на протяжении многих лет, и конца им не было видно. Выступая 11 декабря 2023 года на конференции, посвящённой наследию джадидов, я выдвинула инициативу по доработке алфавита и высказала мнение, что пришло время поставить точку в этих дискуссиях.

Конечно, перемены всегда даются нелегко, и совершенно естественно, что они могут вызывать возражения или опасения. Но, поверьте, иного пути устранить недостатки нашей письменности и укрепить позиции родного языка в цифровом пространстве у нас не было

Придётся ли теперь менять все документы? Вовсе нет. Мы выбрали путь минимизации затрат: все действующие документы, национальная валюта и ценные бумаги сохранят свою силу, а учебники, вывески и указатели будут заменяться поэтапно, по мере истечения срока их службы.

Принятие этого закона именно 21 октября несёт в себе глубокий символический смысл. Уверена, что наш усовершенствованный алфавит послужит воплощению мечты предков-просветителей — повышению грамотности молодёжи и укреплению авторитета нашего языка.

Поздравляю всех вас с Днём узбекского языка!
❤2❤‍🔥1⚡1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari Qashqadaryodagi qiymati 6 milliard dollardan ziyod obyektlarning faoliyati va qurilishini boshlab berdi.
—
Глава нашего государства дал старт деятельности и строительству объектов в Кашкадарье стоимостью более 6 миллиардов долларов.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
❤1🔥1🥰1👏1
#Toshkent_shahar
#21Oktyabr
#jonajon_tilim

📚 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent shahar bo‘limi tomonidan tayyorlangan roliklar shahar bo‘ylab joylashgan LED ekranlarda namoyish etildi.

📺 Jumladan, “Toshkent metropoliteni” AJ tizimidagi metro vagonlarining ichki monitorlari, yer osti va yer usti bekatlaridagi LED ekranlar, aholiga xizmat ko‘rsatuvchi jamoat transportlari — avtobuslar monitorlari, savdo markazlari, bozorlar hamda boshqa obyektlar ekranlarida mazkur videoroliklar namoyish qilindi.

👍 Ushbu tashabbus orqali o‘zbek tilining davlat va jamiyat hayotidagi o‘rnini keng targ‘ib qilish, ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yuksaltirish, shuningdek, milliy qadriyatlarimiz va ma’naviy merosimizga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash maqsad qilingan.

✉️ Telegram 📷 Instagram 🗳Facebook 📱 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3🔥2❤‍🔥1🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangiruhiyat
#birdamjamiyat

Har bir inson — taraqqiyotga hissa.

O‘zbekiston — turli millat va elat vakillari yagona maqsad — yurt ravnaqi yo‘lida birgalikda mehnat qilayotgan bag‘rikeng diyor.

✉️ Telegram 📷 Instagram 🗳Facebook 📱 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥1❤1🔥1👏1