Qashqadaryo kadastr_press
2.42K subscribers
10.6K photos
1.48K videos
4 files
5.84K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Davlat tilida ish yuritish

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasida xodimlar uchun “Davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq ish yuritish” mavzusida seminar tashkil etildi.

Unda boshqarmaning Murojaatlar bilan ishlash sho‘basi mas'ullari mavzuga oid targ‘ibot materiallaridan samarali foydalangan holda O‘zbek tili yozuvining tarixi, uning davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish bo‘yicha qabul qilingan hujjatlar haqida tinglovchilarga ma’lumot berishdi.

Shubhasiz, bu kabi seminarlar davlat xizmatchilarining davlat tilida ish yuritish borasidagi bilimlarini yanada oshirishga muhim hissa qo‘shadi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAVDA_KADASTR_MATBUOT_ANJUMANI

Qarshi shahrida o'tkazilgan matbuot anjumanida 6 oy ichida yer nazorati, kadastr xizmatlarini ko'rsatish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma'lumot berildi.

Jumladan, yanvar-iyun oylari davomida Kadastr xodimlari tomonidan viloyatda o‘tkazilgan monitoringlar davomida 2075 ta holatda 510,7 gektar yer uchastkalarida qonunbuzarlik holatlari aniqlangani ta'kidlandi.

Shuningdek, 6 oy ichida 21 mingdan ziyod jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo'lgan yer uchastkalari va ko'chmas mulklariga kadastr pasportlari tayyorlangani ham ma'lum qilindi.

Tafsilotlar Nasaf telekanalining "XABARLAR" informatsion dasturi lavhasida

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
#Intervyu_Kadastr #Qashqadaryo

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i G'ayrat Hamroyev o'tgan 6 oy ichida Kadastr sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan O'zbekiston 24 telekanaliga intervyu berdi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Matbuot anjumani: Jasur Usmonov va G'ayrat Hamroyev yarim yillik natijalar borasida ma'lumot berishdi

Tafsilotlar bilan batafsil Qashqadaryo gazetasida chop etilgan maqolada tanishing

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Kadastr xalq xizmatida

"Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida" tamoyili asosida Davlat kadastrlar palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Yakkabog' tumani filialida ham muntazam ravishda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Yakkabog' tumani filiali xodimlari tomonidan Oqtosh, Qo'shchinor va Mevazor mahallalarida aholi va tadbirkorlarning Kadastr bilan bog‘liq murojaatlari qonuniy tartibda o‘rganib chiqilib, vakolat doirasidagi murojaatlar ijobiy hal etildi.

❗️Yil boshidan hozirgi kunga qadar Yakkabog' tumani filialiga 140 dan ziyod murojaatlar kelib tushgan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
#Kadastr #Sayyor_qabul

DIQQAT EʼLON

Hurmatli Nishon tumani aholisi
!

Aholining Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Nishon tumanida sayyor qabul o‘tkaziladi.

Kadastr hujjatini tayyorlash, ko'chmas mulkka oid huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish bo‘yicha va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 30-iyul kuni soat 11:00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

Sayyor qabul Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i G'ayrat Hamroyev boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Nishon tumani, Ibn Sino mfy binosi

☎️ Murojaat uchun telefon: 75-227-51-13

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Qarshi shahar filialida 5 mingdan ziyod ko'chmas mulklarning hujjatlari qayta ko'rib, o'rganib chiqildi

Davlat kadastrlari palatasi Qarshi shahar filiali arxivida jami 72 501 ta ko‘chmas mulkka tegishli hujjatlar saqlanmoqda.

Shundan

➡️ Ko'p qavatli turar joylar arxiv hujjatlari - 31 460 ta

➡️ Yakka tartibdagi uy-joylar arxiv hujjatlari 35 506 ta

➡️ Noturar joylar arxiv hujjatlari -5 535 ta

Bugungi kunga qadar 5000 dan ziyod hujjatlar qayta ko'rib, o'rganib chiqildi.

Qolgan obyektlar hujjatlarini o‘rganish va raqamlar bo‘yicha tartiblashtirish ishlari davom etmoqda

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Bo'sh turgan yerlarni egallab olmang! Javobgarlik bor

Kadastr agentligining Nishon tumani bo'limi tomonidan "Kimyogar" MFY hududida yer nazorati tadbiri o'tkazilganida fuqaro 4 sotix yer maydoniga nisbatan hech qanday huquqiy hujjatlari mavjud bo'lmasada, yerni o'zboshimchalik bilan egallab olib noqonuniy ravishda beton poydevor qurib,qurilish ishlarini davom ettirayotgani holati aniqlandi.

Huquqbuzarga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima jazosi belgilandi.

Qonunbuzarlikning huquqiy oqibatini to'g'ri anglab yetgan shaxs noqonuniy qurilish holatini ixtiyoriy bartaraf etdi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan quyidagi huquqlar yoki cheklovlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim:

◾️ mulk huquqi;
◾️ doimiy egalik qilish huquqi;
◾️ doimiy foydalanish huquqi;
◾️ meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;
◾️ ijara huquqi;
◾️ ikkilamchi ijara huquqi;
◾️ xo‘jalik yuritish huquqi;
◾️ operativ boshqarish huquqi;
◾️ ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarish huquqi;
◾️ bepul foydalanish huquqi;
◾️ renta;
◾️ ipoteka;
◾️ servitut;
◾️ ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarga nisbatan qonundan kelib chiqadigan yoki vakolatli davlat organlari tomonidan qo‘yilgan (belgilangan) cheklovlar.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Yer hisobini raqamlashtirish. Mirishkor va Qamashi tumani filiallarida o'rganishlar o'tkazildi

Davlat kadastrlari palatasi tomonidan «Yer hisobot» ААT dasturi ishga tushirilgan.

Ushbu tizimga yer fondi toifalari, turlari va ulardagi o‘zgarishlar, yer uchastkalarining o‘rni va maydonlari, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar o‘rtasida yerning taqsimlanishi to‘g‘risidagi maʼlumotlar kiritilmoqda.

Maʼlumotlarni huquqiy hujjatlar asosida to‘g‘ri va sifatli kiritilishi, kiritilgan maʼlumotlarda aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etish bo‘yicha Boshqarmasining Davlat yer kadastrini yuritish sho‘basi mas'ullari Qamashi va Mirishkor tumani filiallarida o‘rganishlar o‘tkazishdi.

Kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mutaxassislarga topshiriqlar berildi.

Yer hisobotiga oid barcha maʼlumotlarni arxivlarda sifatli saqlash, "Uzkad" axborot tizimidagi yer balanschi rolidagi jarayonlarni muddatida ijrosini taʼminlash bo‘yicha ham kelishib olindi

Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA #KADASTR_QASHQADARYO

O'zbekiston 24 telekanalida Qashqadaryo viloyatida aholi bandligini ta'minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish borasida 1-yarim yillikda erishilgan natijalar va 2-yarim yarim yillikdagi rejalar to‘g‘risida Maxsus reportaj ko'rsatuvi efirga uzatildi.

Ko'rsatuvda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan o'tgan 6 oy ichida Kadastr sohasida amalga oshirilgan ishlar haqida ham ma'lumot berilgan.

"Viloyatimiz hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatdagi M39 hamda A380 avtomobil yo‘llari bo‘ylab zamonaviy infratuzilmani barpo etish, savdo va servis obyektlarini joylashtirish uchun tuman (shahar) Kadastr filiallari tomonidan o'tkazilgan xatlovlar natijasida 10 gektardan ziyod bo'sh yer uchastkalari aniqlandi"- deydi Boshqarma boshlig'i G'ayrat Hamroyev O'zbekiston 24 telekanali muxbbiri bilan bo'lgan suhbatda.

Telegram | Instagram | Facebook