Qashqadaryo kadastr_press
2.1K subscribers
9.35K photos
1.34K videos
4 files
5.24K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Yer nazorati

Muborak tumanida yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olish va noqonuniy qurilish qilish holatlari dronlar yordamida aniqlandi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
9-may — Xotira va qadrlash kuni

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalari jamoasi umumiy tarixiy xotira orqali birdamlik va hamjihatlikka chorlovchi ushbu kun bilan barchani samimiy muborakbod etadi!

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
"E-auksion" platformasida koʻchma savdo joylarni sotib oling!

🔹 G'uzor tumanidan (ko'rish)
🔹 Dehqonobod tumanidan (ko'rish)
🔹 Qamashi tumanidan (ko'rish)
🔹 Qarshi tumanidan (ko'rish)
🔹 Koson tumanidan (ko'rish)
🔹 Kitob tumanidan (ko'rish)
🔹 Mirishkor tumanidan (ko'rish)
🔹 Muborak tumanidan (ko'rish)
🔹 Nishon tumanidan (ko'rish)
🔹 Kasbi tumanidan (ko'rish)
🔹 Ko'kdala tumanidan (ko'rish)
🔹 Chiroqchi tumanidan (ko'rish)
🔹 Shahrisabz tumanidan (ko'rish)
🔹 Yakkabog' tumanidan (ko'rish)
🔹 Qarshi shahridan (ko'rish)
🔹 Shahrisabz shahridan (ko'rish)

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimlari bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi navbatdagi «Siyosiy (ma’rifat) o‘quv soati»da ishtirok etishdi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Xumdon MFYda yer nazorati tadbirlari

G'uzor tumanidagi "Xumdon" hududida yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olish va noqonuniy qurilish qilish holatlari dronlar yordamida aniqlanmoqda.

⚠️ Unutmang! Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish va noqonuniy qurilmalar qurish ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Turar joyning maydoni to‘g‘risida ma’lumotnoma

Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi.

Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy shaxs

Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:

So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi)
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari);
ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
yashash manzili;
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;
obyektning kadastr raqami.

Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo‘lsa).

Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Bepul

Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:
3 ish kuni

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
#Diqqat ! Yer nazorati tadbirlari davom etmoqda!

Mirishkor tumanining Vori hamda Pomuq mahallari hududida noqonuniy qurilishlarni aniqlash hamda bartaraf etish maqsadida drondan foydalangan holatda monitoring ishlari amalga oshirildi.

O’rganish davomida, 5 ta holatda noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilganligi aniqlandi.

Mutaxassislar tomonidan ushbu o’zboshimchalik bilan egallangan yer maydoni hamda qurilmalarning o’lchamlari olinib, qurilish ishlarini amalga oshirgan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritish ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari shu kuni fuqaro P.O.ga 0.12 gektar yer maydonini o’zboshimchalik bilan egallab olib, uy-joy qilish maqsadida amalga oshirgan qurilishlarini 15 kunlik muddat ichida ixtiyoriy bartaraf etmaganligi sababli qurilishni bartaraf etish bo'yicha sudga da’vo arizasi kiritilishi haqida tegishli tushuntirishlar ham berildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan quyidagi huquqlar yoki cheklovlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi KERAK

mulk huquqi;
doimiy egalik qilish huquqi;
doimiy foydalanish huquqi;
meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;
ijara huquqi;
ikkilamchi ijara huquqi;
xo‘jalik yuritish huquqi;
operativ boshqarish huquqi;
ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarish huquqi;
bepul foydalanish huquqi;
renta;
ipoteka;
servitut;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarga nisbatan qonundan kelib chiqadigan yoki vakolatli davlat organlari tomonidan qo‘yilgan (belgilangan) cheklovlar

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Qashqadaryoda 4 oy ichida100 gektarga yaqin bo’sh yer uchastkalari aniqlanib "Yerelektron" tizimiga kiritildi

4 oy ichida Qashqadaryo viloyati bo‘yicha 1607 ta (98,6 gektar) bo‘sh yer uchastkalari xatlov natijasida aniqlandi.

Bo'sh yer uchastkalari "YERELEKTRON" tizimiga kiritilgan va tegishli tashkilotlar tomonidan ijobiy xulosa berilgan 711 ta ya'ni 76,1 ga yer uchastkalari Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markaziga yuborilgan.

Yil boshidan beri 229 ta ya'ni (2,5 ga) bo'sh yer uchastkalari onlayn auksion savdosida tadbirkorlarga sotilgan.

Tadbirkorlik uchun eng ko'p bo'sh yer uchastkalari Yakkabog' tumani hududida aniqlangan. 170 ta ya'ni 3,0 gektar.

G’uzorda esa eng ko'p bo'sh yer uchastkalari auksion savdolariga chiqarilgan 161 ta ya'ni 11, 5 gektar.

Eng ko'p bo'sh yer uchastkalari auksionda sotilgan hudud — Qarshi tumani.Tumanda 24 ta 0,12 gektar yer uchastkalari auksion savdolarida tadbirkorlarga sotilgan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
"Bir jamoada ezgu maqsadlar sari". Qashqadaryoda kadastr xodimlari o'rtasida mazkur shior ostida sport musobaqalari o'tkaziladi

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan boshqarma va uning tuman(shahar) filiallarida faoliyat olib borayotgan kadastr xodimlari o'rtasida 15-16-17-18- may kunlari Qarshi shahrida mini-futbol musobaqasi o'tkaziladi.

Ishtirokchilar 4 guruhga bo'lingan holda,markazlashgan tarzda bellashadilar.

Shuningdek, kadastr xodimalari o'rtasida arqon tortish,uzunlikka sakrash va shashka bo'yicha sport musobaqalari o'tkaziladi.

🥇🥈🥉Hammaga omad yor bo'lsin !

🇺🇿 telegram | instagram | facebook