Руўхый-ағартыўшылық орайы Қарақалпақстан бөлими
1.26K subscribers
10.4K photos
931 videos
10 files
1.05K links
Республикалық Руўхый-ағартыўшылық орайы Қарақалпақстан бөлиминиң телеграмм мессенжериндеги рәсмий каналы
Download Telegram
Forwarded from MA'RIFAT TARG‘IBOTCHILAR JAMIYATI (Nodirbek Abdumannonov)
#Qoraqalpogʻiston_Respublikasi
#Xalq_Konstitutsiyasi_bilan_xalqchil_davlat_sari
#Maʻnaviyat_festivali

🔰"Maʼnaviyat festivali" doirasida “Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari” shiori ostida Nukus tumanidagi Maʼnaviyat va Maʼrifat maskanida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

🔹Tadbirda O'zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti dеvoni sho'ba mudiri Abduhalil Mavrulov, "Ma'rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a'zolari, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti dotsenti Olimjon Toshboyev, Falsafa fanlari doktori, Munira Qahhorova, jurnalist Gulnora Ahmedova, xonanda Bekzod Eshonovlar ishtirok etishdi.

♻️Tadbirda so‘z olgan “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari tomonidan Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, eng avvalo inson manfaatlariga xizmat qilishi bilan ahamiyatli ekanligini qayd etishdi hamda yangi Qomusimiz, yorqin kelajagimiz ekanligi haqida batafsil ma’lumot berildi.

🌐 @marifat_jamiyati
#Qoraqalpogʻiston_Respublikasi
#Xalq_Konstitutsiyasi_bilan_xalqchil_davlat_sari
#Maʻnaviyat_festivali

🔰 "Maʼrifat" targʻibotchilar guruhi aʼzolari "Maʼnaviyat festivali" doirasida “Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari” shiori ostida Nukus tumanida ochilgan yangi kutubxona bilan tanishishdi.

🔹Bugungi kunda milliy qadriyatlar va jahon madaniyati, amaliy va fundamental bilimlardan bahramand bo‘lishini ta’minlaydigan aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatishning sifat jihatdan yangi tizimini yaratish, kutubxonalarda saqlanayotgan milliy madaniy merosni asrab-avaylash va boyitish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish hisobiga axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini tashkil etish ustuvor vazifaga aylanmoqda.

🌐 @marifat_jamiyati