Qarshi davlat texnika universiteti
5.1K subscribers
26K photos
2.27K videos
333 files
8.96K links
🏛 Qarshi davlat texnika universiteti kanali

Qarshi davlat texnika universiteti
www.kstu.uz
☎️ +99875 221-09-23
📫 180100, Qashqadaryo vil. Qarshi sh.
Mustaqillik ko‘chasi 225-uy
Download Telegram
Assalomu alaykum!
Bahorning ilk kuni muborak bo‘lsin!
Kuningiz xayrli o‘tsin!
#Kun_tarixi

🗓 Bugun 1-mart, Grigoriy taqvimida yilning 60-kuni.

📜 Kunning muhim voqealari:
Dmitriy Mendeleyev atomlar og‘irligi va kimyoviy o‘xshashligi asosida elementlar tizimining jadvalini tuzdi (1869-yil).
AQShda dunyodagi birinchi milliy bogʻ – Yelloustoun bogʻi oʻz faoliyatini boshladi (1872-yil).
Albert Berri Sent-Luisda uchayotgan samolyotdan (460 metr balandlikdan) birinchi bor parashyutda sakrab tushgan (1912-yil).
Dunyodagi birinchi Milliy bogʻ ochilgan kun

Ushbu sanada nishonlanadi:
BMTning Kamsitishga qarshi kuni ("Zero discrimination" day).
Butunjahon fuqarolik mudofaasi kuni.

Bugun tug‘ilganlar:
Friderik Shopen – polshalik bastakor (1810-yil).
Ryunoske Akutagava – yapon yozuvchisi (1892-yil).
Vera Menchik – ayollar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha birinchi jahon chempioni (1906-yil).
Archer Djon Porter Martin – angliyalik biokimyogar va fizik, Nobel mukofoti sohibi (1906-yil).
Zulfiyaxonim – O‘zbekiston xalq shoirasi (1915-yil).

QarMII axborot xizmati. ✍️
#Muloqot

Institut rektori Orifjon Bozorov tyutorlar (guruh murabbiylari) bilan muloqot o‘tkazdi.

🖋 Ma’lumki, keyingi yillarda oliy ta’lim tizimida amalga oshirilgan o‘zgarishlardan biri tyutorlar faoliyatining tashkil etilganligidir. Mazkur yo‘nalish ta’lim va tarbiyani yanada kuchaytirish va ularni birgalikda olib borish siyosatini hayotga tatbiq etishda o‘ziga xos maktab vazifasini o‘taydi.

Batafsil 👉 bu yerda.

QarMII axborot xizmati. ✍️
#Taqdirlash

🥇 Institut o‘qituvchilari “Ta’lim sohasidagi xizmatlari uchun” ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovi g‘olibi bo‘ldilar.

📚 Kuni kecha o‘tkazilgan taqdirlash marosimida e’tirof qozonganlar orasida vakillarimiz – Zuhriddin Xoliqov, Zubayda Xolmurodova, Xurshida Xoliqova,nomi zikr etildi.

🖋 Ushbu tadbir xalqaro e’tirofga erishish, ta’lim jarayonini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish uchun pedagog-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar, ta’limning turli yo‘nalishlarida tahsil oluvchilar o‘rtasida “Ta’lim sohasini rivojlantirishda zamonaviy yondashuvlar va unga qaratilgan yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy amaliy konferensiya doirasida o‘tkazildi.

⚡️ Eslatib o‘tamiz, yaqinda Xurshida Xoliqova va Eldor Do‘stqobilov Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi miqyosida tashkil etilgan “Intellektual izlanuvchi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan edi.

QarMII axborot xizmati. ✍️
#Xushxabar

📌 Shu kunlarda "Mirzo Ulug‘bek vorislari" respublika tanlovining dastlabki – shahar va tuman bosqichlari o‘tkazilmoqda. Unda QarMII talabalari ham an’anaviy tarzda g‘oliblar safidan o‘rin egallamoqdalar.

⚡️ Batafsil 👉 ushbu ilovada.

QarMII axborot xizmati. ✍️
#Tashabbusimiz_iqtidorimiz_kuch_qudratimiz_Vatan_uchun

🌸 Bahor naqadar go‘zal fasl. Bejizga biz bahorni go‘zallik fasli deb atamaymiz. Buning sababi yasharish va yangilanish fasli bo‘lmish bahor oyi xuddi go‘zal qizlarimiz va ayollarimizga o‘xshaydi.

💐 Bugun, 1-mart – Zulfiyaxonim tavalludi hamda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti hamda akademik litseyi “Qizlarjon” klubi talaba-qizlari tomonidan tayyorlangan “O‘zbegimning qizlari” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Batafsil 👉 bu yerda.

QarMII axborot xizmati. ✍️