Qarshi davlat texnika universiteti
5.34K subscribers
26.8K photos
2.34K videos
337 files
9.2K links
🏛 Qarshi davlat texnika universiteti kanali

Qarshi davlat texnika universiteti
www.kstu.uz

📫 180100, Qashqadaryo vil. Qarshi sh.
Mustaqillik ko‘chasi 225-uy
Download Telegram
#Jarayon
#Dayjest

Universitet talaba qizlari oʻrtasida milliy oʻyinlarimizni targʻib qilish maqsadida etnosport musobaqalari tashkil etildi.


Iqtisodiyot va boshqaruv hamda Energetika muhandisligi fakultetlari dekan maslahatchilari M.Alimova va R.Beytullayeva tashabbuskorligida oʻtkazilgan mazkur sport bellashuvlarida qizlar "Besh tosh", "Arqon tortish", "Oq terakmi, koʻk terak?", “Lanka” kabi milliy harakatli oʻyinlar boʻyicha o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.

* * *

1-talabalar turar joyida talaba qizlar ishtirokida “Pazanda” tadbiri oʻtkazildi.

Energetika muhandisligi fakulteti dekan maslahatchisi R.Beytullayeva va tyutor N.Istatova saʼy-harakati bilan tashkil qilingan bu tadbir qatnashchilari milliy taomlar tayyorlash boʻyicha oʻzaro bellashdilar va tajriba almashdilar.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram

QarDTU axborot xizmati ✍️
#2025_OAVda_biz
#Dayjest

📻 “Oltin voha” radiosining “Kelajak bunyodkorlari” eshittirishida Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt fakulteti talabalari Shahboz Pо‘latov va Samandar Murodov bilan yurtimizda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyat va imtiyozlar, yuqori natijalarga erishayotgan talabalar faoliyati xususida suhbat berildi.


📺 Qashqadaryo televideniyesi orqali namoyish etilgan “Fayzli kun” musiqiy-dam olish dasturida Qarshi davlat texnika universiteti talabasi – viloyat turizm boshqarmasi axborot xizmati rahbari Gulzoda Shodmonova ishtirok etdi.


📻 “Oltin voha” radiosining "Ochiq muloqot" eshittirishida oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan “Zakovat” turniri respublika bosqichi gʻolibi – Qarshi davlat texnika universiteti “Nuriston” akademik litseyi jamoasi vakillari Marjona Sheraliyeva, Zarina Saodatova, Fayzulla Qosimjonov, Shahzod Sayfiyev bilan muloqot oʻtkazildi.

QarDTU axborot xizmati ✍️
#Faoliyat
#Dayjest

"Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi" kafedrasida tomonidan “Farovon oila – kelajak poydevori” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi G.Eshonqulova, dotsent M.Azimova, assistent G.Oʻrinova, dekan maslahatchisi S.Siddiqova, tyutor D.Murodova ishtirok etdilar.
Muloqot davomida oila jamiyatning kichik bir boʻlagi ekani, uning tinchligi, obodligi, farovonligi va bilimli farzandlar yurt taqdiriga daxldor ekani taʼkidlandi.

* * *

Iqtisodiyot fakultetida “Mening oilam – mening faxrim” mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi.

“Xorijiy tillar” kafedrasi oʻqituvchilari G.Doniyorova, M.Diyorova, Sh.Ashurova, D.Jabbarova tashabbusi bilan oʻtkazilgan tadbirda oila qadriyatlari haqida soʻz yuritildi.

Talabalar tomonidan qiz farzandlarning jamiyatdagi oʻrni haqida sahna koʻrinishi namoyish etildi. Sheʼrlar oʻqildi. Savol-javob bellashuvlari tashkil qilindi.

QarDTU axborot xizmati ✍️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Bugun, 25-may kuni Qarshi davlat texnika universiteti rektori Sherzod Nematov Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakultetida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.


Rektor fakultetda yangidan qurilayotgan oʻquv binosini hamda talabalar turar joyini koʻzdan kechirdi. Shart-sharoitlarni oʻrgandi. Masʼullar va talabalar bilan suhbatlashdi. Tegishli topshiriq va koʻrsatmalar berdi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram | 💻 YouTube

QarDTU axborot xizmati ✍️