𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎
247 subscribers
911 photos
125 videos
1 file
371 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Download Telegram
Kleptomaniya o’g’irlikka moyillikdan iborat ruhiy kasallikdir.

Kleptomaniyada o‘g‘irlikka beriluvchanlikning tagida moddiy manfaat yoki qimmatbaho buyumlarga ega bo‘lish istagi yotmaydi. Aslida kleptomanga buyum emas, balki uni o’g’irlash jarayoni qiziqroq bo’lib tuyiladi. Kleptomaniyaga chalingan odam o’g’irlikka qo’l urishdan oldin o’zini ruhan tajang, undan so’ng esa ruhan yengil va qoniqqan his qiladi. Ammo bu hissiyotlar nariga bormaydi. Ular o’rnini ruhiy tushkunlik va aybdorlik hissi egallaydi.

Psychology Today’da yozilishicha, kleptomaniya hastaligi erkaklarga qaraganda ayollarda ko’proq uchraydi. *

Genri Slizer’ning “O’g’ri ayol” hikoyasida Rud ismli ayol ham o’z xatti-harakatlari ustidan hukm qilishga ojizligi sababdan mayda va arzimas o’g’irliklarga qo’l uradi.

Ayolning bu ojiz tomonini payqagan vijdonsiz kimsalar undan o’z manfaatlari yo’lida foydalanmoqchi bo’ladi. Rud turmush o’rtog’ini himoya qilish maqsadida o’z ixtiyori bilan qimmatbaho buyumni o’g’irlashda ishtirok etishga majbur bo’ladi. Buni qarangki, tashqaridan juda ma’suma bo’lib ko’ringan bu ayol, haqiqiy o’g’rilarni ham dog’da qoldiradi. U ongsiz ravishda o’zgalarning sirini o’g’irlaydi.

Kleptomaniyaga o’xshash murakkab va tushunarsiz xatti-harakatlar zamirida, aslida oddiy ruhiy ehtiyojlar yashiringan bo’ladi. Yozuvchi buni o’z hikoyasida o’ta mohirona tasvirlagan.
#asardan_parcha

Aldoqchilik insonni boshqa barcha mavjudotlardan ustun qilib turadigan birdan-bir narsa. Aldasang, haqiqatga yetib borasan! Men aldoqchilik qilganim uchungina odamman. Oldindan oʻn toʻrt marotaba aldamasdan turib bironta haqiqatga yetib bormaganlar, balki bir yuzu oʻn toʻrt marotaba aldagandirlar, bu esa oʻz navbatida ancha faxrlansa arziydigan narsa; biz boʻlsak, oʻz aqlimiz bilan aldashni ham bilmaymiz! Sen meni alda, lekin aldaganda oʻz aqling bilan alda, ana oʻshanda men seni balkim oʻpib qoʻyaman. Oʻz aqling bilan aldash bu boshqalarning aqli bilan haqiqatni soʻylashdan ming karra yaxshiroq; oʻz aqling bilan aldasang, sen odamsan, boʻlmasa sen parrexta parrandasan! Haqiqat qochib ketmaydi, hayotni esa boy berib qoʻyish mumkin; koʻrganmiz. Xoʻsh, hozirgi ahvolimizda bizni kim deyish mumkin? Hech bir istisnosiz bizning hammamiz fan, taraqqiyot, tafakkur, kashfiyotlar, ideallar, istaklar, koʻngilchanlik, aql-idrok, tajriba va hokazo, va hokazo hamma, hamma, hamma, hamma masalalarda gimnaziyaning birinchi tayyorlov sinfida oʻtiribmiz! Boshqalarning aqli bilan tirikchilik qilish juda yoqib qolgan, toʻyib ketdik! Shundaymasmi? Men rost gapiryapmanmi?

~ Dostoyevskiy “Jinoyat va jazo”
❤4
“Inson nima uchun yashaydi?” asari haqida

Ushbu kitob hayotning eng muhim shu uchta savoliga javob izlaydi:

Insonni nima boshqaradi?
Nima insonning qo'lida emas?
Inson nima uchun yashaydi?


Tolstoy inson tabiatini 4 hikoyada ochib beradi. Asar tikuvchi Semyonning mashaqqatli hayoti tasviri bilan boshlanadi. U o‘z qiyinchiliklari ichida adashgan pallada mehr va insoniylik orqali chorasizlikdan qutuladi. Begona kishiga yordam qo’lini cho’zishi uning hayotiga nur olib kiradi.
“Suratdagi qahvaxona” hikoyasida turli millat va din vakillarining Allohni va borliqni anglashga bo‘lgan urunishlariga guvoh bo‘lamiz.
“Insonga qancha tuproq kerak?” hikoyasi esa hirs va ochko‘zlikning oxiri qanday tugashini, inson o‘z istaklari ortidan qanchalar uzoqqa bora olishi mumkinligini ko‘rsatadi.
“Uch savol” hikoyasi esa hozirgi lahzaning qadri haqida.
Kitobni o’qib bo’lgach, to'satdan o‘zingizga shunday savol berasiz:

“Bugun nimadir o‘zgardimi?”


@pslog
1👍5
“Ozorlama shirin joningni”

Bir ko‘rgazmada ilig‘liq turgan bu sur’atda asl ismi Dino Segre bo‘lgan italyalik yozuvchi Pitigrilli qalamiga mansub asar nomi keltirilgan.

Asar mazmunini uning nomidan ham taxmin qilish mumkin. Bir qarashda “hayotga yengil qarash” mazmuni o‘qiladi. Lekin kitobga chuqurroq kirib borsangiz bunday emasligini tushunasiz.

Pitigrilli bu asarda insonning o‘z hayotini qanday qilib, ko‘pincha o‘zi murakkablashtirishini satirik va kinoyali tarzda ochib beradi.

Meni kim yoki nima ranjitishi mumkin? Aslida, ul zot o‘zim emasmi?

Biror gap yoki voqea menga qattiq ta’sir qilishi uchun, eng avvalo, men unga ma’lum darajada hissiy ma’no yuklashim kerak bo’ladi. Chunki voqeaning o‘zi bilan mening unga yuklaydigan mazmunim har doim ham bir-biriga mos kelavermaydi.

Boris Pasternak’ning shu so’zlariga e’tibor bering:

“Har kuni sog‘ligimizga zarar yetkazmasdan siqilib bo‘lmaydi. Bizning asab tizimimiz bo‘sh qobiq emas. U tolalardan iborat jonli mavjudotdir. Unga yetkazilgan zo‘ravonliklar jazosiz qolmaydi”.

Ko‘pgina muammolar va tashvishlarimiz vaqtni behuda sarflashdir. Hatto ishdan bo‘shatish yoki munosabatlarning uzilishi ham qattiq siqilishga arzimaydi. Bu – har kuni millionlab kishilar hayotida sodir bo‘ladi. Kelgusida yangi ish, yangi do‘st ham bo‘ladi. Eskilaridan ham yaxshiroq!


@pslog
👍8
Hayot ba’zan bir anjir daraxti misol qarshimizga mislsiz imkoniyatlarni chiqaradi.

Biroq “eng munosibini” kutarkanmiz, ba’zi fursatlarni shunchaki qo‘ldan boy berishimiz mumkin.

Sylvia Plathning «Shisha Fonus» asaridagi anjir metaforasi bizga shuni eslatadi:

Munosib tanlovni kutishning o‘zi ham bir tanlov.

Ehtimol, hayot qusursizini kutishdan emas,
qusurlari bilan bo‘lsa-da, dadil bir qadam tashlashdan boshlanar. 🦋🍀

@pslog
👍4❤2
“Nega menda shunaqa boʻlyapti?”
“Nega ular yaxshi muloqot qila olmaydi?”
“Menga qachon o'rgatishadi?”
“Kim qovun tushurdi?”

“Shu va shunga o‘xshash savollarni hech o‘zingizga berib ko‘rganmisiz?”

SOS. Yuqoridagi savollarni emas, to'g'ri savollarni berish orqali “ayblash epidemiyasi”dan halos bo'lish, shikoyat qilish va ishlarni ortga surishni bas qilib shaxsiy javobgarlikni qo'lga olish va jabrdiydalikdan xalos bo’lish yo'llarini ko'rsatadi.

John G. Miller kitobda shunday deydi:

Xotirjamlik duosi haqida allaqachon eshitgan boʻlsangiz kerak:
“Xudoyim, menga oʻzim oʻzgartira olmaydigan narsalarni qabul qilish uchun xotirjamlik, oʻzgartira oladigan narsalarim uchun jasorat va farqini anglash uchun zakovat ber.”


Ushbu duo esa barchamiz uchun SOS talqini boʻla oladi:

Tangrim, menga oʻzim oʻzgartira olmaydigan odamlarni qabul qilish uchun xotirjamlik, oʻzgartira oladigan yagona insonim uchun jasorat va oʻsha inson oʻzim ekanligimni anglash uchun zakovat ber!”

@pslog
👍5
Fotih Duman allaqachon vafot etgan bo‘lsa kerak…

Yozuvchining o‘zi aytishicha, u bilan yaxshi tanish bo‘lmaganlar ko‘pincha shunday taxmin qilishar ekan. Chunki Ahmad Yassaviy, Aziz Mahmud Xudoiy kabi ulug‘ insonlarning nurli hayotini hikoya qilgan asarlar muallifini tasavvur qilishganda, uni allaqachon bu dunyoni tark etgan bo‘lsa kerak, deb o‘ylasharkan.

Kuni kecha esa Toshkentda shu muhtaram yozuvchi — Fotih Duman bilan uchrashish menga ham nasib etdi. Uchrashuvdan esa dastxat bitilgan ajoyib bir kitob ham go’zal xotira bo‘lib qoldi.

Fotih Dumanning eng mashhur asarlaridan biri — “Men. Bas qil, ey nafs”. Asar insonning nafs tilidan hikoya qilinadi. Unda insonning o‘z nafsi bilan kechadigan murosasiz kurashi, ichki ziddiyatlari va ruhiy olami tasvirlanadi.

«Devona» asarini esa hali o‘qib ulgurmadim. Biroq unda yoritilgan mavzu bilan oz-moz tanishishimning o‘ziyoq kitobga mehr qo‘yishim uchun kifoya qildi.

Tadbirni tashkil etgan Nasim Kutub jamoasiga ushbu go‘zal uchrashuv uchun alohida tashakkur!
❤8
Agar Freyd, Alfred Adler yoki Karl Yung o‘z nazariyalarini o‘zbek xalq maqollari orqali ifodalaganida, qaysi maqollarni tanlagan bo‘lardi?

@pslog
👍5