Pro Study
1.58K subscribers
6.01K photos
240 videos
407 files
500 links
Хотите достичь своих целей, это только в "Pro Study"💥
Pro Study с нами на пути к целям🚀
Manzil:Chelak shahri Samarqand ko‘chasi 2-uy
+998979209494
@NorbayevAbror @Norboyev_Anvar @SirojiddinAslanov
Download Telegram
Кейинги йилдан бошлаб талабалар билан тўлов шартномалари электрон шаклда тузилади

Президент “Шартномавий муносабатларни тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги фармонни (14.09.2021й. №ПФ-6313) имзолади.

Эндиликда жисмоний шахсларга қарз шартномаларини нотариал тасдиқлаш орқали чет эл валютасида ўзаро қарз бериш ва қайтариб олишга рухсат берилади.

2022-2023 ўқув йилидан бошлаб ОТМларда ўқитиш бўйича шартномаларни ахборот тизимларидан фойдаланган ҳолда электрон шаклда тузиш амалиёти йўлга қўйилади.
Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablari 2- bosqich kirish imtihonlari natijalari yuzasidan bayonot

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 2- bosqich natijalari 20-sentabr kuni e'lon qilinishi ma'lum bo'ldi. Bu haqda Cambridge Assessment tashkilotining Test ishlab chiqish va qabul jarayonlarini muvofiqlashtirish departamenti boshlig'i Gwen Caudwell xabar berdi.

Bundan tashqari, Cambridge Assessment tashkiloti bugungi kunda 100 dan oshiq davlatlarda imtihon o‘tkazayotgani va vaqt juda tig‘izligiga qaramay, grafik asosida ish yuritayotganini ma'lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, talabgorlar Cambridge Assessment tashkilotining rasmiy sahifasini kuzatib borishlari mumkin: 👉https://www.admissionstesting.org
________________
🔶 Afsus yana ancha kun kutamiz ekan. Ko'rib turganimizdek, tashkilot aytilgan vaqtda e'lon qila olmadi! Biz bu tashkilotlar ham ideal emasligini bilib oldik, biz nechta davlatda test o'tkazishidan qat'iy nazar aytilgan vaqtda chiqishini kutgan edik.
🌟🌟🌟PRO STUDY🌟🌟🌟

2020-2021-yilgi o‘quv yilida bizning "PRO STUDY" mizda o‘z kelajak poydevoriga tamal toshini qo‘yib, bizda tahsil olgan abituriyentlarimiz o‘z maqsadlarining dastlabki ro‘yolarini rostga chiqarib bugun TALABALIK baxtiga sazovor bo‘ldilar!
🥳🥳🥳🥳🥳🥳🥳🥳

O‘tgan o‘quv yilida markazimizda tahsil olgan abituriyеntlarimizning 95% o‘zlari istagan xorijiy va mahalliy oliy o‘quv yurtlarining talabasi bo‘lishga muvaffaq bo‘ldilar!
Sir emaski bu ko'rsatkichlarning zamirida tajriba, ustozlarimizning pedagogik mahorati, kuchli metod va shuningdek o‘z ustida ishlay oladigan tirishqoq abituriyеntlarimiz mehnatining samarasidir!!!

"PRO STUDY o‘quv markazining boshqa markazlardan farqli jihati" nomida ostida o‘tkazilgan so‘rovnoma tahlillarida quyidagi fikrlar ko‘p bildirilgan!
•Abituriyentlarning ota-onasi va o‘qituvchilarning doimiy aloqada bo‘lishi;
•Qat'iy dars jadvali asosida dars mashg‘ulotlari;
Shahar markazida joylashganligi;
•Ahl jamoa va uzoq yillik tajriba!

SIFATLI
ISHONCHLI
SAMARALI
⚡️Расман! Супер контракт учун ариза топшириш 1 октябргача давом этади!

2021/2022 ўқув йили учун давлат олий таълим муассасаларига табақалаштирилган тўлов-контракт асосида ўқишга қабул қилиш бўйича аризалар топширишнинг сўнгги муддати 2021 йил 1 октябрь куни этиб белгиланди.

Кириш имтиҳонлари натижаларига кўра табақалаштирилган тўлов-контракт асосида ўқиш истагида бўлган абитуриентлардан жорий йилнинг 1 октябрига қадар тегишли олий таълим муассасалари қабул комиссияларига ариза топширишлари сўралади.
@ProStudy
❗️Академик лицейларнинг имтиҳон натижалари 22 сентябрда эълон қилинади

Бу ҳақда Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги хабар берди.

Жавобларн litsey.edu.uz ва академик лицейларнинг расмий веб-сайтлари орқали эълон қилинади.
@ProStudy
Prezident maktablari kirish imtihonlari natijalari eʼlon qilindi!

Ushbu sayt orqali natijalarni bilib olishingiz mumkin boʻladi:
https://www.admissionstesting.org/campaigns/pres21_schools21_admissions21/

Shuningdek, yaqin orada kanalimiz orqali natijalar pdf shaklida joylashtiriladi!

Kanalga ulanish:
@ProStudy