Pro Study
1.57K subscribers
6.03K photos
240 videos
407 files
500 links
Хотите достичь своих целей, это только в "Pro Study"💥
Pro Study с нами на пути к целям🚀
Manzil:Chelak shahri Samarqand ko‘chasi 2-uy
+998979209494
@NorbayevAbror @Norboyev_Anvar @SirojiddinAslanov
Download Telegram
Bizda talaba bo'lganlar 180 dan oshdi Rekorddddd !!!!!! Grantlar soni 50 dan ziyod Mutloq rekord !!!
Barchasi e'lon qilinadi !!!
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan va natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar 5-sentabr kuni 09:00 dan boshlab apellatsiya.dtm.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin bo‘ladi.

Apellatsiya arizalari 14-sentabrga qadar 10 kunda davomida onlayn qabul qilinadi.
❗️2021/2022-oʻquv yiliga talabalikka tavsiya etilganlar (1-bosqich talabalari) uchun oliy ta'lim muassasalarida 6-sentabrdan dastlabki tanishtiruv haftaligi (xususan, mustaqillik darslari), 13-sentabrdan e’tiboran oʻquv rejaga muvofiq dars mashgʻulotlari boshlanadi.
⚡️Yuqori kurs (birinchi kursdan tashqari) talabalar uchun dars mashgʻulotlari an’anaviy shaklda umumiy tartibda (kunduzgi, kechki, sirtqi) 6-sentabrdan boshlanadi.
​​📈 Samarqand va Qashqadaryolik abituriyentlar eng koʻp talaba boʻlishdi!

Joriy yilgi kirish imtihonlari natijalariga koʻra 179 ming 352 nafar abituriyent talabalikka tasviya qilindi.

Hududlar kesimida oladigan boʻlsak, talaba boʻlgan abituriyentlarning soni boʻyicha Samarqand, Qashqadaryo va Fargʻona viloyatlari yetakchilik qilgan. Bu ushbu hududlarda umumiy abituriyentlar sonining koʻpligi bilan ham bogʻliq.

Talaba boʻlgan abituriyentlar soni boʻyicha hududlar koʻrsatkichi quyidagicha:

Samarqand – 18 989 nafar;
Qashqadaryo – 18 595 nafar;
Fargʻona – 17 698 nafar;
Toshkent viloyati – 13 907 nafar;
Buxoro – 13 640 nafar;
Qoraqalpogʻiston – 13 546 nafar;
Surxondaryo – 13 331 nafar;
Namangan – 12 111 nafar;
Jizzax – 11 012 nafar;
Xorazm – 10 742 nafar;
Toshkent shahri – 10 740 nafar;
Andijon – 10 084 nafar;
Navoiy – 9 187 nafar;
Sirdaryo – 5 770 nafar;
@ProStudy
⚡️Super kontrakt narxlari shu hafta oxirida e'lon qilinadi. O‘qishni ko‘chirishda yetarli ball to‘play olmaganlar toifasi bilan ishlash esa 15-sentabrdan keyin boshlanadi.
YILLIK TO'LOV-KONTRAKT.pdf
870.9 KB
2021-2022-o'quv yili uchun kontrakt narxlari (bakalavriat va magistratura) tasdiqlanibdi
⚡️14 foizlik imtiyozli ta'lim krediti stipendiyali va stipendiyasiz kontrakt uchun ham beriladi.
1-noyabrgacha koronavirusga qarshi vaksina bilan emalangan talabalarning toʻlov-kontraktiga 10 foiz chegirma beriladi.
Nursaid Nazar yetuk ijodkor. Pro Study jamoasidan.
Forwarded from Nursaid Nazar
Kuzatuvdamiz...

Havoyi gaplarni gapirma sira,
Biroz sukut ayla, qalbga soʻroq ber.
Ogʻizni toʻldirib kimdir kerilsa,
Kimdir erta-yu kech toʻkmoqdadir ter.

Muallif - Nursaid Nazar
https://t.me/Nursaid_Nazar_1
​​Muvaffaqiyatga erishishning mo'jizaviy 10 yo'li :

1. O'z g'oyangizni egasi bo'ling.
🔸Inson o'z tasavvuriga qarab o'zgarib turadi.

2. O'z oldingizga aniq maqsad qo'ying.
🔸Siz aniq mo'ljalga ola bilasizmi yo faqatgina o'z darvozangizni himoya qilasizmi?

3. So'z berdingizmi - ustidan chiqing.
🔸So'z o'zingiz o'ylayotgan narsaga ham, boshqa odamlarga ham o'z ta'sirini o'tkazadi.
Chin so'zingizni aytishga odatlaning.

4. Qat'iy bo'ling. Ikkilanmang!

5. Hayotning o'nqir-cho'nqirlarini chidam bilan bosib o'ting.
🔸O'tgan ishga salovat deng, muvaffaqiyatsizliklardan nolimang, aksincha ulardan to'g'ri hulosa chiqarib ishlang.
Ular sizni yo'qqa chiqarishi ham, yutuqlarga erishishga da'vat etishi ham mumkin

6. Ishonchli odamlar bilan hamkor bo'ling.
🔸Siz o'z atrofingizdagi odamlarga o'xshab ketasiz.

7. Aql bilan, lekin shoshilmasdan ishlang.
🔸O'ylang.
Masalani qaysi yo'l bilan hal qilgan yaxshi?
Mayda-chuydalarga ham e'tibor berish - muvaffaqiyatlar garovi.

8. Sizdan kutganlaridan ko'proq narsaga erishing.
🔸Ortiqcha qadam bosishdan qo'rqmang.
Yaxshi va a'lo natijaga erishish o'rtasida ozgina farq bor.

9. Tirishqoq bo'ling.
🔸Taslim bo'lish uchun shoshilmang.
Kurashishdan hech qachon qo'rqmang.

10. Berilib ishlang.
🔸Agar aniq maqsad sari berilib ishlamasangiz, hayotda, hech qanday muvaffaqiyatga erisha, olmaysiz.

@ProStudy
Hurmatli abituriyentlar va ularning yaqinlari❗️

“PRO STUDY” o’quv markazida qabul jarayonlari davom etmoqda!

Markazimiz quyidagi kurslarni sizga taklif etadi👇

Prezident maktabiga tayyorlov kurslari
7⃣8⃣9⃣ - sinf o'quvchilari uchun quyidagi fanlardan kichik guruhlar hamda 1⃣0⃣1⃣1⃣ -sinf o'quvchilari va Abituriyentlar uchun oliy o’quv yurtlari kirish imtihonlariga tayyorlov kurslari;

📊Matematika
🚀Fizika
🧪Kimyo
🔬Biologiya
📖Ona tili va adabiyoti
🗽Ingliz tili (+IELTS kurslari va Grammatika)
🇷🇺Rus tili (Grammatika va so‘zlashuv)
🏰Tarix
Majburiy fanlar

Markazimizda yuqorida ko‘rsatilgan kurslarda tahsil oling va talabalik baxtiga muyassar bo‘ling!

BIZNING MANZIL:
1)Chelek sh., O'zbegim bazmgohi ro'parasi
2)Karl Markos Uymovut mahalla . Karimbek bazmgohi yonida!
Biz bilan bog‘lanib kurslar haqida batafsil ma'lumotga bo‘ling!
Call-center 97 920 94 94
99 620 94 94
DIQQAT QABUL❗️

«PRO STUDY» O'QUV MARKAZI ning CHelak filialida va Karimbek filialida Ona tili va adabiyot fanidan navbatdagi yangi guruhlar uchun qabul boshlandi!

👨‍🎓 O'zbekistondagi eng nufuzli oliygohlardan birida o'qishni maqsad qilgan abituriyentlar uchun ushbu fandan qabul boshlanganini e'lon qilamiz.

Dars mashg'ulotlarini Ona tili va adabiyot fanidan uzoq yillik tajribaga ega, jonkuyar ustozlarimiz Egamqulova Gulzoda,Sharofova Sevinch olib boradi.

Dars mashg'ulotlari haftada 3 kun davomida olib boriladi.

Dushanba Chorshanba Juma
Seshanba Payshanba Shanba

O'zingizga qulay bo'lgan dars jadvalini tanlab ro'yxatdan o'tishingiz mumkin.

❗️Birinchi murojaat qilgan 5 ta o'rin 30 %lik chegirmaga ega bo'lishadi.

🧑🏻‍💻 Ro'yxatdan o'tish uchun:
@NorbayevAbror
97 920 94 94
🏫Manzil: Chelek shahri O'zbegim bazmgohi ro'parasi, Savdogar bank binosida
Manzil: Karl Markos Uymovut mahalla Karimbek bazmgohi yonida
​​Samarqand davlat chet tillar institutiga qabul davom etayotganini bilasizmi ?

Hozirda Samarqand davlat chet tillar institutida bakalavriat bosqichi uchun 4 ta, magistratura mutaxassisliklari uchun esa 1 ta qoʻshma ta’lim dasturi mavjud.

2021-2022-oʻquv yilida Samarqand davlat chet tillar institutida tashkil etilgan qoʻshma taʼlim dasturlari uchun ajratilgan qabul kvotalari rasman tasdiqlangan.

🗓 Ushbu dasturlarga qabul jarayoni joriy yilning 13-sentabridan 25-sentabriga qadar davom etishi rejalashtirilgan.

📌 Abituriyentlar quyidagi qoʻshma ta’lim dasturlariga ariza topshirib, tahsil olishlari mumkin boʻladi:

Bakalavriat uchun

➡️ Janubiy Koreyaning Sunchunyan universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Filologiya va tillarni oʻqitish: koreys tili” ta’lim yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotalari 30 nafar.

➡️ Malayziyaning “City University of Malaysia” universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: ingliz tili” ta’lim yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotalari 30 nafar.

➡️ Rossiyaning Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Filologiya va tillarni oʻqitish: rus tili” ta’lim yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotalari 30 nafar.

➡️ Rossiyaning Altay davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Filologiya va tillarni oʻqitish: rus tili” ta’lim yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotalari ham 30 nafarni tashkil etadi.

Magistratura mutaxassisligi uchun

➡️ Rossiyaning Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Lingvistika: ingliz tili” mutaxassisligiga ajratilgan qabul kvotalari 5 nafar.

☎️ Batafsil maʼlumot uchun telefonlar: +998933562802, +998662382980, +998662382936, +998662382932, +998662382946

👉@ProStudy
RASMAN IELTS va CEFR darslari
IELTS 6,5+ 70 TA DARS DA
CEFR B2 - C1 75 ta darsda
😍 IELTS 6,5+ kursimizga qabul boshlandi😍
DARSLAR -PRO STUDY O'QUV MARKAZIDA BO'LIB O'TADI.
😍65 ta dars va IELTS 6,5+ kafolatlaymz
📌70 ta darsni qachon tugatish oʻquvchi uziga bogʻliq yani vazifani bajarib boʻlinishiga tahlil qlinadi va yangi dars o'tilaveradi.
AFZALLIKLAR👇

📌 24 soat feedback va individual
📌 Darslar individual hamma uchun alohida Teacher va vaqt qulayligi
📌 Vazifalarni Bajarishingiz bn keyingi dars
📌Vazifa tahlili va Feedback
SPEAKING - 23 ta dars (6,5+)
Listening - 22 ta dars( 7+)
Writing - 18 ta dars (6+)
Reading - 12 ta dars ( 7+)
💸 - Chegirma asosida barchaga hamyonbob🤩
🏃‍♂Shoshilamiz qabul boshlandi🏃‍♀Darslar 20-sentabrdan boshlanadi.
👨‍💻Roʻyxatga yozilish uchun👇
📩Telegram: @NorbayevAbror

📲 Telefon : +998979209494
​​Qanday hollarda davlat 50 foizgacha kontrakt pulini to‘lab berishi mumkin?

Kontrakt pulini to‘lash imtiyozlari bo‘yicha ham savollar bo‘lmoqda. Bu masalada qisqacha tushuntirsam, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 11 mart kunidagi 132-sonli “Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mamlakatimizdagi professional va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlarining, shuningdek, “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarning to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, ammo BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lab berish belgilangan.

BHM – 270 ming so‘m (2021 yil 1 sentyabrdan). 50xBHM=13 500 000 so‘m. Demak shungacha bo‘lgan miqdorda pul to‘lab beriladi.

Agar siz oilangiz “Temir daftar”ga yoki o‘zingiz “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bo‘lsa, bu imtiyozdan foydalanasiz.

"Temir daftar"ga Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga ko‘ra quyidagi oilalar kiritiladi:

ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan a’zolari mavjud oilalar;
kam ta’minlangan yakka-yolg‘izlar va keksalar;
boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand oilalar;
ko‘p (4 va undan ortiq) farzandli moddiy ko‘makka muhtoj oilalar;
mehnatga layoqatli ishsiz a’zolari mavjud ehtiyojmand oilalar;
tibbiy yordamga muhtoj ehtiyojmand oilalar (surunkali yoki og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan va nogironlik guruhi belgilanmagan a’zolari mavjud yetarli daromad manbaiga ega bo‘lmagan oilalar);
noturar joylarda istiqomat qilayotgan, o‘zi yoki birgalikda yashovchi oila a’zolarining nomida turar joy bo‘lmagan ehtiyojmand oilalar.
@ProStudy
“Темурбеклар мактаби” ҳарбий-академик лицейига қабул эълон қилинди

Давлат хавфсизлик хизмати “Темурбеклар мактаби” ҳарбий-академик лицейига ўқишга кириш истагини билдирган ва жорий йилда умутаълим мактабларининг 9-синфида ўқиётган ўқувчилар 2021 йил 5 сентябрдан 5 октябргача Давлат хавфсизлик хизматининг вилоят (шаҳар) ва туман бўлимларига ариза билан мурожат қилишлари мумкин.

“Темурбеклар мактаби” ҳарбий-академик лицейида ўқиш истагини билдирган ўқувчилар учун ДХХнинг ҳудудий бўлимларида ҳарбий-касбий танлаш тадбирлари ўтказилади.

Ушбу синовлардан мувафаққиятли ўтган ўқувчилар Давлат тест маркази томонидан ўтказиладиган тест синовларида иштирок этишади.

Тест синовлари тарих ҳамда инглиз тили фанларидан ўтказилади.

Маълумот учун, Президент қарорига мувофиқ «Темурбеклар мактаби» битирувчиларига Олий ҳарбий ва ихтисослаштирилган таълим муассасаларига ўқишга киришда ДТМ томонидан ўтказиладиган тест синовларида ўзлари тўплаган балларнинг 30 фоизи миқдоридаги, республиканинг бошқа давлат ОТМларига ўқишга киришда эса ўзлари тўплаган балларнинг 15 фоизи миқдоридаги қўшимча баллар кўринишида имтиёз берилади.


👉 @ProStudy
⚡️⚡️ RASMIY XABARLARGA KO'RA PREZIDENT MAKTABI 2-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI BUGUN 16-SENTABR E‘LON QILINISHI KERAK!

Natijalar ‘‘Cambridge Assessment’’ tashkilotining rasmiy saytida bugun kechgacha e'lon qilinishi ko'zda tutilgan.

Natijalarini bilish uchun:
https://www.admissionstesting.org
saytiga kirib, saytning qidiruv bo'limidan:
- "Presidential schools selection results" ni qidirish lozim.

☝️ Hozircha saytda o'tgan yilgi natijalar va bu yilgi saralash imtihoni natijalari mavjud. Bu yilgi natijalarni aniqlash uchun barcha viloyatlar kesimiga va fanlarga e'tibor bering. Demak, yana ozroq kutamiz, tez orada natijalar chiqishi mumkin.

Barcha o'quvchilarga muvaffaqiyat tilaymiz!

👉@ProStudy