Forwarded from ZakoWhat?
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🥹Ғалаба кимники бўлишидан қатъи назар, юраклар аллақачон бир жамоада эди
😍Shańaraq
P.S. Иккаласи бошқа бошқа ВУЗларда)
ZakoWhat?
😍Shańaraq
ZakoWhat?
❤🔥10❤4🕊1
ZakoWhat?
🥹Ғалаба кимники бўлишидан қатъи назар, юраклар аллақачон бир жамоада эди 😍Shańaraq P.S. Иккаласи бошқа бошқа ВУЗларда) ZakoWhat?
Albatta turmush o'rtog'imga ham katta rahmat aytaman ❤️
❤19
Sizga butun umr yosh va navqiron bo'lib yashash imkoniyati berilganda lekin evaziga yosh bo'lib qayta tug'ilish uchun baribir o'lishingiz kerakligi taklif qilinganda qabul qilarmidingiz ?
Yo'q albatta, 16 marta takror-takror o'lgandan, 1 marta o'lib qutulgan maqul to'g'rimi. Lekin Mickey 17 da tanlov imkoni yo'q, va labaratoriya kalamushi kabi ishlatiladi va gallaktika bo'ylab mustamlakachilik ekspeditsiyasida ishtirok etadi
Qiziq to'g'rimi, ha juda.

Hey Mikki, o'lish qanday tuyuladi
👍3❤2
Agema (yunoncha Ἄγημα) — kichik, elita harbiy bo‘linma. Zamonaviy Yunoniston armiyasida ham bu atama tantanali rotalar va dengiz desanti guruhlari uchun qo‘llaniladi.
Aleksandr Makedonskiy armiyasida “agema” deb elita qismlar atalgan. Ikkita agema mavjud bo‘lgan:
Otliq agema — getayrlar* (hamroh otliq zodagonlar) tarkibida.
Piyoda agema — gipaspistlar* korpusi tarkibida.
Otliq agema “podshoh ilasi”* (basilike ile) deb ham atalgan. U boshqa ilalardan farqli ravishda 400 kishidan iborat bo‘lgan (oddiy ilalarda 200 kishi bo‘lgan). Jangda podshoh ilasi doimo safning o‘ng qanotida — eng sharafli joyda turardi. Uning tarkibida shuningdek “shaxsiy getayrlar” — podshohning yaqin kishilaridan iborat kichik guruh ham xizmat qilgan. Ularni oddiy getayr otliqlari bilan adashtirmaslik kerak.
Piyoda agema esa “podshoh gipaspistlari” (basilikoi hypaspistes) deb atalgan. U bitta otryaddan iborat bo‘lib, 512 kishini tashkil etgan. Keyinchalik, ehtimol, son jihatdan ikki baravar katta bo‘lgan xiliarxiya darajasigacha kengaygan. Lagerda gipaspistlar agemasi podshoh chodirini qo‘riqlagan, jangda esa piyoda qo‘shinining o‘ng qanotida joylashgan.
*Getayr - Aleksandr Makedonskiy armiyasidagi elita otliqlar
*Gipaspist - (yun - qalqon ko'taruvchi) maxsus piyoda qo'shin
*Ila (ile) - harbiy birlik nomi

Post scriptum
Чо за лев этот тигр😎🤩🖤
Oradan deyarli 2 yil o'tib kitobning ikkinchi qismi ham chiqdi.
Vesterosning Ko‘rinmas Ko‘prigi: Nega Aynan Tirion?
"Muz va olov qo‘shig‘i" olamida qiziq bir statistika bor: serialda eng ko‘p ekran vaqti, kitobda esa eng ko‘p POV (shaxsiy nuqtai nazar) boblari aynan Tirion Lannister va Jon Snowga tegishli.
Jon Snow — asarning "Muz" qismi. U shimolning sovuq haqiqati, yolg‘oni, bastardi va vorisi. U haqiqiy jangchi va tug‘ma yetakchi. Lekin Tirion... U na qirol, na buyuk ritsar va na jismonan sog‘lom inson. Xo‘sh, nega George Martin butun bir saltanat tarixini aynan shu "pakana"ning ko‘zi bilan ko‘proq ko‘rsatishni afzal ko'rgan?
Hamma yo'llar Tirionga olib boradi
Tirion — asarning asosiy "sayohatchisi" va barcha qutblarni bog'lovchi nuqtadir. Uning statistik ustunligi tasodif emas:
U Starklar bilan Vinterfellda boshqalarga qaraganda ko'proq vaqt o'tkazgan;
Jon Snow bilan Devor tepasida turib, dunyoni kuzatgan;
Joffrey va Sersei bilan poytaxtni boshqargan va Stannis armiyasidan shaharni saqlab qolgan;
Va nihoyat, dengiz ortida Daenerys bilan uchrashgan.
U barcha frontlarni ko'rgan yagona ko'prikdir.
Kitobdagi "Maxluq": Tashqi xunuklik va ichki fojia
Serialda Peter Dinklage ijrosidagi Tirion jozibali ko'rinsa-da, kitobda Martin uni ataylab "qo'rqinchli" qilib tasvirlaydi. Uning ko'zlari har xil rangda (biri yashil, biri qora), peshonasi turtib chiqqan va Qora suv jangidan so'ng burnining yarmini yo'qotgan "xunuk maxluq".
Jamiyat uni "Monster" deb ataydi, otasi esa uni Lannisterlar shon-sharafiga surilgan dog' deb biladi. Ammo kitobning qudrati shundaki, biz uning ana shu qo'rqinchli yuzi ortidagi eng nozik ichki kechinmalarini o'qiymiz. Kitobda uning har bir hazili ortida nafrat emas, balki qabul qilinishga bo'lgan tashnalik borligini his qilamiz.
@PostScriptd📖

@PostScriptd
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5
1814-yil 17-oktabr: Londondagi pivo toshqini
Mahalliy "Meux and Company" pivo zavodi o‘sha davrda Londondagi eng yirik ikki zavoddan biri edi. U yerda ulkan bochkalarda bir necha oy davomida yetiladigan mashhur to‘q rangli pivo — porter tayyorlanar edi.
Shu kuni bochka halqasi yorilib ketadi va u parchalanib ketadi. Zanjir reaksiyasi natijasida boshqa sisternlar ham portlay boshlaydi va ko‘chalarga qariyb 1,5 million litr pivo oqib chiqadi. Sanoqli daqiqalar ichida balandligi 4,5 metr bo‘lgan to‘lqin uylarni vayron qiladi va yerto‘lalarni to‘ldirib yuboradi.
Hodisada jami sakkiz kishi halok bo‘ladi, ularning aksariyati ayollar va bolalar edi. Qurbonlar soni bundan ham ko‘p bo‘lishi mumkin edi, biroq o‘sha vaqtda erkaklar ishda bo‘lishgan. Falokatdan so‘ng odamlar tekin pivoni g‘amlab olishga tushishadi. Shaharda ommaviy mastlik holati yuzaga keladi. Buning oqibatida, oradan bir necha kun o‘tib, yana bir kishi alkogoldan zaharlanish natijasida vafot etadi
@PostScriptd🌹

❤1
600 yillik qasam
1242-yilda Oksford Universitetining talabasi Genri Simeonis boshqa bir talabani o'ldiradi. Genri badavlat oila farzandi bo'lganlikdan yengil jazo va Oksforddan haydalish bilangina kifoyalanadi. Keyinchalik qirol Genrix III tomonidan oqlanadi va Oksfordga kelishga ruxsat beriladi. Bundan Oksford universiteti boshqaruv jamoasi norozi bo'lishadi va ichki tartib qoidaga o'zgartirish kiritishadi. Qoidaga ko'ra bitiruvchi talabalar "Men hech qachon Genri Simeonisni kechirmayman" qabilidagi qasamyod qabul qilishi kerak edi. Bu tartib kuchga kiradi. Vaqt ham o'taveradi. Har yili yuzlab bitiruvchilar o'zlari tanimaydigan odamni kechirmaslikka qasam ichishardi.
XVII-XVIII asrlarga kelib Oksford talabalari bu qasamyodni shunchaki kulguli marosim sifatida qabul qilishardi.
XIX asrga kelibgina tarixchilar arxiv malumotlari ichidan bu qasamyod tarixini va sababini aniqlashgan. 1827-yilda universitet o'z qoidalarini isloh qilishga qaror qiladi va bu qasamyodni ham bekor qiladi

😁5
Yevropaning laʼnatlangan xalqi – Kagotlar
Gʻarbiy Fransiya va Shimoliy Ispaniya hududlarida yashagan kagot xalqi XI asrdan deyarli XX asrgacha jamiyatdan chetlashtirib kelingan. Tarixchilar buning aniq sababini topa olishmagan, biroq bir qancha ilmiy va diniy nazariyalar mavjud.
Diniy sabab: kagotlar Iso Masih mixlangan xochni yasagan duradgorning avlodlari deb hisoblangan. Ilmiy taxminga koʻra esa ularning ushbu hududlarda yashagan ajdodlari moxov kasaliga chalingan; keyinchalik ular tuzalib ketgan boʻlsa-da, odamlar kasalni yuqtirib olishdan qoʻrqib, ularning avlodlarini ham moxov deb hisoblashgan – shu tariqa segregatsiyaga uchragan.
Kagotlar mohir duradgorlar hisoblanadi, chunki ular faqat shu kasb bilan shugʻullanishgan. Odamlar moxov yogʻoch orqali yuqmaydi deb oʻylab, ulardan yogʻoch buyumlarni sotib olishgan.
Gʻarbiy gotlar (Vestgotlar): Baʼzi tarixchilar kagotlarni magʻlub boʻlgan qadimgi german qabilalarining qoldiqlari deb hisoblaydi (“Cagot” soʻzi canis gothus – “got iti” soʻzidan kelib chiqqan degan qarash bor).
Fransuz inqilobidan keyin (1789-yil) “qonun oldida hamma teng” deb eʼlon qilingach, kagotlarga nisbatan taqiqlar rasman bekor qilindi. Biroq ijtimoiy nafrat va kamsitishlar XIX asr oxirigacha, hatto ayrim chekka qishloqlarda XX asr boshigacha davom etdi. Mahalliy aholiga singib ketganlar ham oʻzlarining kagot ekanligini yashirishga harakat qilib yashashgan.

Tasavvur qiling, bemor dorilarni ichmagani uchun shifokorni ayblashni
Fitnes trenerni esa mijozi zalga kelmagani uchun aybalshni
Advokatni esa mijoz qonunga rioya qilmay jinoyat qilgani uchun ayblashni
Juda g'alati tuyuladi shundaymi ?
Bu kasb vakillarining nima aybi bor, axir ayb mijozlarning yoki bemorning o'zidaku deyarsiz
Lekin bu mantiq ta'limga kelganda, albatta kimni ayblash kerak?
You goddamn right, o'qituvchi aybdor albatta
Ta'lim bu — O'qituvchi, O'quvchi va Ota-ona ishtirokidagi uchburchakdir. Shifokor yoki advokat misolida biz ikki tomonlama shartnomani ko'ramiz. Ta'limda esa uchta tayanchdan biri ishlamasa, konstruktsiya qulaydi. O'qituvchini ayblash — mashina g'ildiragi teshik bo'lsa, rulni almashtirish kerak deganidek mantiqsizdir."
Bizdagi g'alati jihat jamiyatning o'qituvchiga bo'lgan o'ta yuqori va ba'zan real bo'lmagan talabidir. Boshqa sohalarda natija uchun mijoz ham javobgar bo'lsa, ta'limda natija faqat o'qituvchining bo'yniga yuklab qo'yilgan.

💯6
Papa Benedikt IX (XI asr)
3 marta papa bo'lgan yagona shaxs. Birinchi marta papalikka saylanganida 20 yoshda bo'lgan va eng yosh papa bo'lgan.
Papalikning ikkinchi muddatida u uylanish uchun bo'shagan va bo'sh ketmasdan papalikni sotgan.
Uni ruhoniy libosidagi iblis deb ta'riflashgan.
Bir ijobiy tomoni shundaki, uning uchinchi va oxirgi ketganidan keyin cherkovda korrupsiyaga qarshi kurash boshlangan (Grigorian islohotlari)

😁2
May the 4th be with you 🖤
Bugun 4-may Xalqaro Star Wars (yulduzlar janggi) kuni. Oddiy kosmik sarguzasht deb boshlangan kino butun bir nechta avlodni o'ziga tortgan madaniyatga aylandi
Bu oddiy franshiza emas, bu kino olamida sagalarni boshlab bergan haqiqiy inqilob va tamal toshi. Nega yulduzlar janggi muxim ? Chunki unda hamma narsa bor. Oila, do'stlik, sevgi, hiyonat, jasorat, sehr, ilm-fan xullas hammasi.
John Williams Sountreklari ham muvafaqiyatning yarimi desak bo'ladi.
Kino olamidagi eng buyuk antagonistlardan biri Dart Veyder, fallen angel timsoli ham aynan shu sagadan boshlangan.
Demak "imperial march" ovozini balandroq qo'yamiz va zavqlanamiz

❤5👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Titanik filmining kesib olingan sahnasi qanday? Bu pornografik emas, bu qonli qo'rqinchli sahna ham emas
Bu oddiygina Kalifornian kemasining Titanikni aysberglardan ogohlantirib signal yuborayotgan sahnasi
Titanik operatorlari esa ularga qanday javob berdi? "Ovozingni o'chir"
Shundan keyin Kalifornian kemasi operatori "ho'p mayli" dedi va uxlashga yotdi.
Oradan 1 soat ham vaqt o'tmay Titanik aysbergga urildi va cho'ka boshladi.
Cho'kish boshlanishi bilanoq yordam signallari yuborildi. Eng yaqin kema bo'lgan Kalifornian kemasi operatori uxlayotgani sababli signalni eshitmadi va tabiiyki yordamga bormadi. Agarda o'shanda Kalifornian kemasida yana boshqa bir navbatchi operator bo'lganda yoki mavjud yagona operator uxlamay turganda ham qurbonlar soni ancha kam bo'lgan bo'lardi. Yoki Titanik ularga quloq solganda qurbonlar umuman bo'lmasdi
Ho'sh bu sahna nega kesilgan ?
Chunki bu sahnalar chiroyli ketayotgan romantik film manosini o'zgartirib yuborishi mumkin edi.
Titanikga esa rekord darajadagi kassa va foydalarni esa o'sha romantik sahnalar olib keldi.
P. S. Aslida rejissyor Kalifornian kemasini kadrga qo'shgan lekin juda kichik hajmda orqada fonda qolgan va buni payqash qiyin

👍6