Post scriptum
96 subscribers
220 photos
17 videos
18 links
Kanalda asosan tarixiy shaxslar, voqealar, malumotlar yozib boriladi. Bazida adabiyot, kino va musiqaga oid fikrlarim bilan ham bo'lishaman.
©️ Jahongir Yuldashev
Download Telegram
Said Ahmadning "Ufq" trilogiyasini o'qib bo'ldim.
Hamma aytadigan har qanday asarga mos gapni aytib olamiz: bu asar o'sha davr jamiyatini yaxshi ochib bergan. Shaxsiy fikrimcha yomon emas ekan, yozuvchining personajlarning tashqi ko'rinishini, go'zalligini, ta'riflash tili esa ancha yaxshi
Masalan, bu jumlaga qarang:
Lutfinisoning suv tegib shalabbo bo'lgan ko'ylagi yelkalariga yopishgan, old tugmalari yechib tashlanganidan ochiq yoqalari oralig'ida ko'kraklari tebranib turibdi. Cho'kkalab o'tirib yuvinayotganidan etaklari ko'tarilib, tirsillagan sonlari tizzalarining bukilishidan taranglashgan. Uning avji gulga kirgan bahori edi, ko'zlari ham allaqanday mastona, lablari bo'saga intilgandek qovushib turar, ovozi titrayotgandek notekis chiqardi.


Lekin 1-2 ta ensani qotiradigan joylari seziladi. Bular: birinchidan, albatta kommunistik ruhning o'ta yuqoriligi, (birgalikda tog'ni ham talqon qilamiz, menga bir tiyin ham kerakmas hammasi shu xalqqa, boy xorami bo'ladi, kambag'al yaxshi bo'ladi va hokazo) aslida buni to'g'ri tushunsak ham bo'ladi axir adabiyot aynan g'oyalarni targ'ib qilishi kerak
Ikkinchidan: Tursunboy obrazining biryoqlama mutloq qoralanishi. Ha u urushdan qochdi, ha u qo'rqdi. Lekin menimcha muallif uni faqat vatanga hizmat qilish urushga borish ko'zi bilan qarab ta'riflaydi. Uning qochish sabablari, ichki kechinmalari, o'sha to'qaydagi yolg'iz och nahor qolgandagi o'ylari fikrlari haqida yozsa ham asarga yanada ko'rk bag'ishlardi, deb o'ylayman.

Xullas aytsag gap ko'p, mayli.
O'qishga arziydimi? Ha arziydi, voqealar, sevgi tarixlari, urushdagi front orti harakatlari kayfiyatini his qilish uchun ham o'qisa bo'ladi

@PostScriptd

http://Www.goodreads.com/yjahongir24gmailcom
Agarda Goodreads ishlatsangiz friend tashlab qo'ying
👍3👎1
Hozirgi kapitalistik zamondan kelib chiqsak hammada ham qandaydir miqdordagi iqtisodiy cheklovlar bor.
Har bir kitobsevarning ko'ngliga tugub qo'ygan orzusi bo'ladi.
Kitob do'koniga kirib narxiga qarab o'tirmasdan, qayg'urmasdan o'zi hohlagan kitoblarni xarid qilish.
Bugun men uchun shunday kun ekan.
Hissiyotlarni instagramda video ko'rinishida ulashuvchi qobiliyatim bo'lmagani uchun bu kichik dofamin bo'lagini shu yerda matn va rasm ko'rinishida o'rtoqlashyabman.

P. S. Endi esa eng muximi, bu kitoblarni o'qisam bo'ldi😁
Kitoblar 1-rasmda.
2-rasmda esa men va turmush o'rtog'im

@PostScriptd
🔥5😁4🗿2👎1
Gothemlik donishmandlar

Uchta Gottemlik donishmand
Kettilar suzgani kosada
Qo'shig'im uzunroq bo'lardi
Kosa ham mahkamroq bo'lganda

Rivoyatlarga ko'ra, Angliya qiroli Ioan yersiz (XIII asr) mamlakat bo'ylab sayr qilishga qaror qiladi. O'sha davrdagi qonunga ko'ra qirol yurgan yo'l jamoat yo'liga aylanishi kerak edi. Gottem aholisi esa jamoat yo'li qishloqdan o'tishini hohlamasdi. Qirollik xabarchilari kelganida aholi o'zini ahmoq qilib ko'rsatishga qaror qilishadi. Sababi o'sha paytda axmoqlik, jinnilik yuqumli deb hisoblangan va albatta odamlar bundan o'zlarini uzoqroq tutishga harakat qilishgan.
Xabarchilar kelganda Gottem aholisi esa quyidagi ishlarni qilishayotganini ko'rishadi:
-Baliqni cho'ktirib o'ldirishga harakat qilishayotgandi
-Pishloqlarni bozorgacha oʻzi dumalab borsin deb tepalikdan pastga yumalatayotgan edi.
-Buta, daraxt ustiga qo'ngan kakkuni qamadik deb daraxt atrofini kichik devor bilan o'rashayotgandi
Shundan keyin esa Gottemda ahmoqlar yashaydi degan xulosaga kelishgan va bu yo'ldan yurmaslikka qaror qilishgan.
Gottemliklar esa "Gottemda yashaydigan ahmoqlardan ko'ra undan o'tib ketgan ahmoqlar ko'proq" deb aytib yurishgan.
Bu voqea esa keyinchalik bolalar qo'shig'i (nursery rhyme) ga aylangan
1807-yilda amerikalik yozuvchi Washington Irving o'zining "Salmagundi" satirik risolalarida Nyu-York shahriga kinoyali ravishda "Gotham" deb nom bergan — go'yo shahar aholisi ham o'sha ingliz qishlog'idagilar kabi "aqldan ozgan"day tutadi, degan ma'noda. Shundan keyin "Gotham" Nyu-York uchun adabiy taxallus sifatida qolib ketgan (hozir ham gazetalarda uchraydi)
1940-yilda Betmen muallifi Bill Finger qahramon uchun xayoliy shahar nomini o'ylab topayotganda, telefon ma'lumotnomasida "Gotham Jewelers" (Nyu-Yorkdagi zargarlik do'koni) nomiga ko'zi tushib qoladi va shu so'zni tanlaydi.

@PostScriptd
Joe Pesci: Kulgi va Dahshat O'rtasidagi Aktyorlik Fenomeni
Ko'pchiligimiz uchun Joe Pesci — bolalikning beg'ubor xotirasi. Home Alone filmidagi Garri obrazida u boshiga g'isht tushadigan, boshi yonib ketadigan va doimiy omadsizlikka mahkum no'noq o'g'ri sifatida xotiramizga muhrlangan. Baland ovozda g'uldurashi va kulguli qiliqlari bilan u bir necha avlodni samimiy kuldira olgan.

Lekin ulg'ayib, kino san'atini chuqurroq anglay boshlaganingda, qarshingda tamomila boshqa bir Joe Pesci namoyon bo'ladi. Martin Skorseze filmlaridagi (Goodfellas, Casino) Pesci — kulguli emas, balki o'ta xavfli, jazavali va bir daqiqadan so'ng nima qilishini taxmin qilib bo'lmaydigan sovuqqon qotil.
Ayniqsa, Goodfellas’dagi mashhur "Funny how?" sahnasi bu mahoratning cho'qqisidir. Pesci o'zi yoshligida restoranda ishlagan payti haqiqiy mafioz bilan bo'lgan hayotiy voqeadan ilhomlanib, bu sahnani to'liqlicha improvizatsiya qilgan. Stolda o'tirgan boshqa aktyorlarga bu haqda aytilmagani sababli, Pesci "Kulgulimi? Men senga klounmanmi?" deb burchakka qamay boshlaganda, uning qarshisidagi insonlar yuzidagi sarosima va qo'rquv 100% haqiqiy chiqqan. U tomoshabinni bir soniya ichida kulgidan sovuq ter bosish holatiga sola oladi.

Same actor by the way

@PostScriptd
🔥21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"The Sopranos" serialida qiziq bir sahna bor. Mafiya bossining eng yaqin odamlaridan biri — Kristofer novvoyxonaga keladi. U har qancha qudratli va qurollangan bo'lmasin, tinchgina navbat oladi va o'z navbatini kutib o'tiradi.
Ammo navbati kelganida, sotuvchi "shustriylik" qilmoqchi bo'lib endi kelgan "navbat qo'yib" ketgan do'stiga xizmat ko'rsatmoqchi bo'ladi. To'g'ri Kristofer o'z fikrini juda qo'pol so'zlarda ifoda qiladi, lekin uning achchiqlanishida mantiq bor.
Eng achinarli tarafi — bu faqat serialdagi sahna emas. Bizda ham bitta joyga navbat qo'yib, uyga borib tushlik qilib kelish, boshqa uchta ishni bitirib kelish va keyin "men sizdan oldin edim" "pizdes Eynshteyn kabi miyyam bo'lgani uchun boshqa ishlarimni qilib, abetlanib keldim" deyish ko'pchilik uchun normaga aylanib bo'lgan. Poliklinikalar, banklar, do'konlarda buni har kuni ko'ramiz. Jamiyat esa bunga indamay qaraydi.
Inson birinchi navbatda "shustriy" emas, ijtimoiy tartibga amal qiladigan va prioritetlarni to'g'ri qo'ya oladigan shaxs bo'lishi kerak.
Kun tartibini bunchalik xaotik tuzish va bir vaqtning o'zida hamma joyga ulgurishga urinish insonning o'zini ham og'ir stressga soladi.
"Zeygarnik effekti"ga ko'ra bitmay qolgan yoki chala tashlangan ishlar miyaga tinchlik bermaydi, doimiy ruhiy bosim yaratadi. Endi bir o'ylab ko'ring, bir vaqtning o'zida shunday chala ishlarning o'ntasini ketma-ket bitirishga urinish inson ruhiyatini qanchalik toliqtiradi?
Shunday ishlarni qilishga urinib yana odamlar bir-birlariga qarab "buncha urushqoq bo'lmasa bu yalmog'iz" "odamlar nega bunchalik yomon bo'lib boryabdiya" kabi reaksiya bildiradi.
Tartibsizlikni va vaqtni boshqara olmaslikni "shustriylik" deb atashni bas qilishimiz kerak. Chiroyli rejalashtirilgan kun va ijtimoiy qoidalarga hurmat — nafaqat atrofdagilarga adolat, balki o'z miyamiz uchun ham tinchlikdir

P. S. Shifoxonada janjalni bir chekkada tomosha qilib turib kelgan fikrlar va yozilgan post
💯5😁4🔥2
The eyes Chico, they never lie

1-Titanlar hujumi 2-mavsum 6-qism (2017)
2-Rik va Morti 9-mavsum 1-qism (2026)
👍1
Uyda o'tirib, bemalol siyosatdan gaplashib o'tirganingda:
🗿2😁1
#longread #taqriz

"Rick and Morty" va Mukammal Qamoqxona Falsafasi
(S9E7)
"Rick and Morty"ning yangi 9-mavsumida qiziqarli bir epizod bor ekan
Ijodkorlar odatiy panjarali qamoqxonalardan voz kechib, "Evolutsion qamoqxona" degan kreativ gʻoyani oʻylab topishibdi. Xoʻsh, bu qanday ishlaydi? Katta sehrli daraxt qahramonlarimizni jazolash uchun koinotning eng gʻalati qamoqxonasiga tashlaydi. Bu yerda devorlar yoʻq. Maxbuslar hayotni mutlaqo noldan — oddiy bir hujayrali amyoba (mikrob) boʻlib boshlashadi!
Tizim qonuni boʻyicha, har safar oʻlganingda evolutsiya zanjirida qayta tugʻilaverasan, yana 0dan boshlaysan (masalan: mikrob -> baliq -> maymun -> ongli mavjudot). Qamoqdan qochishning yagona yoʻli — daraxtning ulkan ildizlari boʻylab yuqoriga, haqiqiy yer yuziga oʻrmalab chiqish. Epizodning eng zoʻr joyi nimada? Rik va Morti bu vaziyatga ikki xil yondashadi va bu inson tabiatini koʻrsatib beradi:

1️⃣ Rick (Isyonchi): Tizimni qabul qilgisi kelmaydi. Har safar yangi jonzot boʻlib tugʻilganda, faqat qochish rejasini tuzadi, boshqalarni qurbon qiladi. Lekin tabiat qonunlari oldida uning aqli ham ojiz qolib, tinimsiz azoblanadi

2️⃣ Morty (Moslashuvchi): U koinot oqimiga qarshi suzmaydi. Evolutsiyani qabul qiladi, tinchlikni tanlaydi. Oxir-oqibat u shunchalik rivojlanib ketadiki... butun boshli oʻrmonning oʻziga (ekotizimga) aylanadi va haqiqiy xotirjamlikni topadi.
Lekin, Morty tepaga chiqqanida daraxt (tizim boshlig'i ya'ni qamoqxona boshlig'i) uni ozod qilmaydi va yana pastga uloqtiradi. Chunki daraxt ushbu ekotizimdan oziqlanardi, pasdagilar unga ozuqa edi.
Keyin esa Rickning g'oyasi bilan ular g'or ichida, daraxtni oziqlantirmaydigan kichik mikro ekotizim yaratishadi va daraxtni shunday yengishadi

Xulosa:Evolutsiya qamoqxonasi bizga bitta narsani eslatadi: Baʼzida hayotda tizimlarga doimo qarshi chiqish shart emas, balki Morty kabi oqim bilan uygʻunlashish, moslashish kerak. Lekin juda moslashuvchan bo'lsang ham o'z aqling bo'lmasa aynan o'sha tizim baribir seni uloqtirishi mumkin.

@PostScriptd
👍1💯1
TU - 134 Kuybishev falokati

Tasavvur qiling, siz yaqinlaringizdan ayrildingiz, ular samolyot halokati natijasida halok bo'ldi.
Samolyot halokati qanday bo'ldi ?
Javob: shunchaki, ikkita uchuvchi garov o'ynashdi. Asosiy uchuvchi Aleksandr Klyuyev
-ko'zimni yumgan holda, yoki tashqariga qaramay faqatgina navigatsion texnikalardan foydalanib qo'ndirib beraman, dedi

Garov boshlandi, qo'lga qo'l tashlandi. Uchuvchi oynalarni parda bilan yopdi. Qaramasdan qo'ndirish boshlandi
Lekin, tezlikni vaqtida pasaytira olmay va yo'lakka ham noto'g'ri tushish oqibatida falokat sodir bo'ladi.
70ta yo'lovchi halok bo'ladi.
Qizig'i, o'sha asosiy uchuvchi Aleksandr Klyuyev halokatdan omon qolgan

@PostScriptd
🗿2