PhD sari qadam loyihasi
3.84K subscribers
383 photos
68 videos
9 files
340 links
PhD sari qadam loyihasining telegramdagi rasmiy sahifasi
Download Telegram
Forwarded from Feruza Norkulova
Avtoreferat nima?

📝 Avtoreferat — bu ilmiy daraja olish uchun yozilgan dissertatsiyaning qisqacha mazmuni bo‘lib, dissertatsiya muallifi tomonidan tayyorlanadi va alohida risola tarzida chop etiladi.

📌Asosiy maqsadi: – dissertatsiyaning ilmiy yangiligi, muhim natijalari va asosiy xulosalarini qisqacha, tushunarli va tizimli tarzda jamlash; – ilmiy jamoatchilikka tadqiqot natijalari haqida umumiy tasavvur berish; – ilmiy kengashlarda himoya oldidan tarqatiladi va muhokama uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

🔗 Avtoreferatda quyidagilar bo‘ladi:
• Dissertatsiya mavzusi va dolzarbligi;
• Tadqiqot maqsadi va vazifalari;
• Ilmiy yangiliklar va natijalar;
• Amaliy ahamiyati va foydalanish joylari;
• Dissertatsiya boblari qisqacha tavsifi;
• Xulosa va takliflar;
• Muallifning ilmiy ishlari ro‘yxati.

🔖 Avtoreferat PhD va DSc dissertatsiyalari uchun alohida talablar asosida yoziladi va GOST standartlariga muvofiq rasmiylashtiriladi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
👏42👍2
‼️Turli mamlakatlarning davlat stipendiya dasturlari veb-saytlari ro'yxati
 
Avstriya Akademik almashinuv xizmati - magistratura, PhD, stajirovka:
(Sayt: https://www.oead.at/)

 
Xitoy hukumati stipendiyalari - bakalavr, magistr, doktorantura, stajirovka
(Sayt: http://www.csc.edu.cn/laihua/scholarshipen.aspx)

 
Turkiya Respublikasi hukumati stipendiyalari. magistratura, aspirantura, turk tili kurslari
(Sayt: https://www.turkiyeburslari.gov.tr/en/english-home/)

 
Shveytsariya hukumati stipendiyalari - magistratura, PhD:
(Sayt: https://www.sbfi.admin.ch/sbfi/en/home.html)

 
Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim uchun Koreya hukumati stipendiyalari - magistratura, PhD:
(Sayt: http://www.niied.go.kr/index.do)

 
Shvetsiyadagi akademik dasturlar - magistratura, PhD:
(Sayt: https://studyinsweden.se/scholarships/


🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
10
Ilmiy ishda havolalarni to‘g‘ri qo‘yamizmi?

Dissertatsiya yoki bitiruv ishingizda havolani noto‘g‘ri berish — ilmiy halollikka putur yetkazishi mumkin. Keling, havolalarni GOСТ talablariga mos qo‘yishni misollar bilan ko‘rib chiqamiz:

Matn ichida kvadrat qavs bilan:
Ilmiy menejment nazariyasi muhim o‘rin tutadi [2].
...shuningdek, boshqa tadqiqotchilar tomonidan ham o‘rganilgan [3, 5].

Jumla ichida havola:
T. Toshpo‘latov fikriga ko‘ra [7], bu yondashuv amaliy jihatdan foydalidir.

Bir nechta manbaga umumiy murojaat:
Bu holat oldingi izlanishlarda ham qayd etilgan [1–4].

Pastki izoh (snoska) ko‘rinishida:
Uzoq muddatli kapital investitsiyalari bo‘yicha yondashuv¹...
¹ Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008. – B. 33.

Eslab qoling: havolalar ilmiy ishingizga ishonchlilik va professional ko‘rinish baxsh etadi!

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍94👏4🤩3💯1
🔬  40 yoshgacha boʻlgan tadqiqotchilarga katta imkoniyat! “Akademik harakatchanlik” dasturiga hujjatlar qabuli davom etmoqda!

Zamonaviy laboratoriyalar, noyob ilmiy ob’yektlar, tajriba-konstruktorlik byurolari – barchasidan bepul foydalanish imkonini qoʻldan boy bermang!

Dastur shartlari:
▪️ 1 oydan 6 oygacha ilmiy faoliyat
▪️ Barcha xarajatlar to‘liq davlat hisobidan
▪️ Har bir ishtirokchi 1 ta loyiha bilan qatnashadi
▪️ Loyiha qiymati: 82 400 000 so‘mgacha (BHMning 200 baravari) dan oshmasligi lozim

📅 Hujjat topshirish muddati: 30-iyun, soat 23:59 gacha
🌐 Ro‘yxatdan o‘tish: akadem.ilmiy.uz
📚 Batafsil: lex.uz/docs/5377538

🔎 Ilm yo‘lida bir qadam tashlang – imkoniyat sizni kutmoqda!

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
10🔥4💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tez kunda
"PhD sari qadam loyihasi"

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
6👍4
Turkiyaga tekinga borib, sayohat qilishni istaysizmi? Unda bu aynan siz uchun!

🇹🇷Yetakchi yoshlar uchun Turkiyaning Istanbul shahrida barcha xarajatlari qoplanadigan xalqaro forum - International Volunteer Forum

Talablar
— Nomzodlar 15 yoshdan oshgan bo'lishlari lozim;
— Barcha davlat fuqarolari ishtirok etishlari mumkin;
— Dasturda universitet talabalari va ishlab turgan mutaxassislar ham ishtirok etishi mumkin.

Foydali tomonlari
To'liq grant:
— Istanbulga borish va kelish safar xarajatlari qoplanadi;
— 4 yulduzli mehmonxona;
— Forum davomida bepul oziq-ovqat;
— Istanbul shahri boʻylab sayohat;
— Dastur yakunida sertifikat beriladi.
Oxirgi muddat
30.06.2025 22:00

Batafsil: https://ivf.headwayinstitute.org/?via=ivf-turkey

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍43💯3🔥1
“PhD sari qadam” loyihasi ishtirokchilari uchun yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🎯 Yig'ilish davomida loyiha doirasida amalga oshiriladigan barcha modullar va ularning mazmuni, maqsadi hamda o‘quv jarayonida tutgan o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi.

📇  Darslar qanday shaklda va qaysi tartibda tashkil etilishi, mavzular ketma-ketligi, ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan zamonaviy metodik yondashuvlar hamda ishtirokchilarning ilmiy izlanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan yo‘nalishlar tushuntirildi.

Shuningdek, loyihadan samarali foydalanish, o‘zlashtirish darajasini oshirish, mustaqil ish va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik jarayonini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Yig‘ilish yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va kelgusi darslar bo‘yicha aniq reja bilan tanishdilar.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
@PhD_sari_qadam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍4😍2❤‍🔥1🔥1💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"PhD sari qadam" - ilmiy izlanishlar sari birga qadam bosamiz.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
@PhD_sari_qadam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥6😍321