PhD sari qadam loyihasi
3.84K subscribers
383 photos
68 videos
9 files
340 links
PhD sari qadam loyihasining telegramdagi rasmiy sahifasi
Download Telegram
Germaniya: Kompyuter fanlari boʻyicha barcha sohalarda toʻliq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi!

Kimlar qatnasha oladi?
– Barcha kompyuter fanlari sohalari boʻyicha tahsil olayotgan bakalavrlar, magistrlar, doktorantlar, shuningdek, taʼlim va/yoki tajribaga ega soha vakillari.

Iqtisodiy imkoniyatlar:
– Oylik stipendiya.
– Bepul turar joy.
– Germaniyaga borish-kelish xarajati qoplanadi.

Amaliyot ingliz tilida oʻtaladi. Odatda 12-14 hafta davom etadi.

Arizalar qabuli uchun 2 xil muddat bor:
– Har yili 1-noyabrgacha.
– Yil davomida.

Havola

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
👍21
#sayt #platforma
#UDK #tadqiqot

Deyarli barcha tadqiqotchilarda UDK raqamini tezroq qayerdan olish mumkin?! degan savol bor.

Maqolangiz uchun bepul UDK raqamini quyidagi link orqali olasiz.


Havola: https://teacode.com/online/udc

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
😍1
🌙 Ramazon Hayiti Muborak bo‘lsin!

Hurmatli ilm yo‘lidagi izlanuvchilar va aziz hamkasblar!

"PhD sari qadam" loyihasi jamoasi barchangizni muborak Ramazon Hayiti bilan chin dildan tabriklaymiz!

Ushbu qutlug‘ kunlarda qilgan ibodatlaringiz, ilmiy izlanishlaringiz  va amalga oshirgan ezgu amallaringiz qabul bo‘lsin.
Bu bayram barchamizga tinchlik 🕊️, farovonlik  va ilm yo‘lida muvaffaqiyat  olib kelsin.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
❤‍🔥6
🎓 DSc darajasi va uning ahamiyati

DSc (Doctor of Science) – bu fan doktori ilmiy darajasi bo‘lib, O‘zbekistonda PhD'dan keyingi eng yuqori ilmiy maqom hisoblanadi. Uni olish uchun alohida dissertatsiya yoqlash talab qilinadi.

DSc darajasining ahamiyati:
🏅 Ilmiy yutuq e’tirofi – Ilm-fanga katta hissa qo‘shgan olimlarga beriladi.
🎯 Mutaxassislik darajasi – Yetakchi olim sifatida professor bo‘lish imkonini yaratadi.
🔬 Tadqiqot imkoniyatlari – Xalqaro loyihalarda qatnashish va grantlar yutish imkonini beradi.
👩🏻‍💼 Ta’lim va mentorlik – Yangi ilmiy kadrlarni tayyorlash va rahbarlik qilish huquqini beradi.


🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
❤‍🔥1😍1
SAVOL: Men 2025-yil 1-chorakda izlanuvchi sifatida qabul qilindim. Men monitoring uchun qachon hujjatlarimni yuklashim lozim?

JAVOB: Agar siz hozirda 1-bosqich izlanuvchi boʻlsangiz, Yakka tartibdagi reja boʻyicha yil davomida hujjatlaringizni 2025-yilning 4-choragini tanlab yuklab borasiz.

2025-yilning 4-choragi kelganda Monitoring holati bo'limi orqali yuklangan hujjatlarni ilmiy rahbar va tashkilotga taqdim etasiz.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
👍21
🎓 PhD (Doctor of Philosophy) – ilmiy darajalarning birinchi bosqichi bo‘lib, 📖 3-5 yilda doktoranturada o‘qish va dissertatsiya himoya qilish orqali olinadi.

🏅 DSc (Doctor of Science) – PhD dan keyingi yuqori ilmiy daraja bo‘lib,  katta ilmiy tajriba va chuqur tadqiqotlar talab etiladi. Uni olish uchun PhD dan keyin kamida 5-10 yil davomida ilmiy ish olib borish va  nufuzli jurnallarda maqolalar chop etish kerak.

🔹 Farqi:
🎓 PhD – ilmiy tadqiqotning boshlang‘ich bosqichi.
🏆 DSc – yetuk olimlarga beriladigan oliy ilmiy daraja.

👩🏻‍💼PhD – ilm-fan sohasidagi professorlik yo‘lidagi dastlabki qadam.
👩🏻‍💼 DSc – ilg‘or ilmiy izlanishlar bilan yuqori akademik darajaga erishish.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
7👍6💯1
2025-yil yanvar oyidan boshlab har oyda:
356 nafar stajyor-tadqiqotchiga 5 497 800 so'm;

10 993 nafar tayanch doktoranturada tahsil oladigan izlanuvchiga 6 210 435 so'm;

733 nafar doktoranturada tahsil oladigan izlanuvchiga 7 934 850 so'm miqdorda Davlat byudjetidan stipendiya to‘lanmoqda.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
❤‍🔥7😍4
Savol: Yakka tartibdagi rejani bajarishga ulgurmagan izlanuvchilarga qanday chora koʻriladi?

Javob: Yakka tartibdagi rejalarini bajarmagan doktorantlar Kollegial organ qarori bilan tayanch doktorantura yoki doktoranturadan chetlatiladi va o‘qishga qayta tiklanmaydi.

Doktoranturadan monitoring natijalari bo‘yicha chetlatilgan yoki dissertatsiyasini muddatida himoya qilmagan shaxslar dissertatsiyasini tugatish va himoya qilish davrida mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirilishi mumkin.

Ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasining ichki tartibi va qoidalarini buzganligi uchun o‘qishdan chetlatilgan shaxslar o‘qishga tiklanmaydi.


Yakka tartibdagi rejalarini bajarmagan mustaqil izlanuvchilarning ilmiy rahbarlari va konsultantlariga nisbatan Kollegial organ qarori bilan rahbarlik va maslahat uchun to‘lanadigan haq to‘xtatiladi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
👍3🔥1👏1
PhD da muammoni bayon etmoq — bu tadqiqotingizning boshlang‘ich nuqtasi bo‘lib, ilmiy ishning qaysi masalani hal qilishini aniqlaydi.


Muammoni bayon etishda quyidagilarni ko‘rsatish kerak:

Muammoli soha va kontekst: Tadqiqot qilayotgan sohangizni va bu sohada mavjud bo‘lgan bilimlarni qisqacha tahlil qilish.

Bo‘shliq yoki yetishmovchilik: Mavjud ilmiy ishlarda hal qilinmagan yoki to‘liq o‘rganilmagan masalalarni aniqlash.

Tadqiqot savoli: Asosiy muammo va tadqiqotning javob berishi kerak bo‘lgan savolni aniqlash.

Muammoning ahamiyati: Ushbu muammoni o‘rganishning ilmiy va amaliy ahamiyatini ko‘rsatish.

Izlanishning dolzarbligi: Tadqiqotingiz nima uchun hozirgi kunda muhim va o‘rganish kerakligini asoslash.


Muammoni bayon qilish, tadqiqotingizning yo‘nalishini aniq belgilab, uning o‘rganilishi zarurligini ilmiy hamjamiyatga tushuntirishga yordam beradi. Bu jarayon ilmiy izlanishning muvaffaqiyatli va samarali bo‘lishiga asos yaratadi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
👍42❤‍🔥1
🇺🇿 "PhD sari qadam” loyihasida faol ishtirok etish va o‘z tajribalarini tadqiqotchi yosh ayol-qizlarga ulashish istagida bo‘lgan lektorlar uchun joriy yilning 10-aprel sanasi, soat 10:00da ZOOM platformasi orqali "Ekspertlar kengashi" tomonidan saralash jarayonlariga start beriladi.

🖥 Loyihada lektor sifatida o‘z bilim, ko‘nikma, malakalarini ulashish istagida bo‘lgan 61 nafar fan doktori, professor mutaxassislar ro‘yxatdan o'tishgan.

📎Tez orada siz tadqiqotchilar bilan loyihada ishtirok etuvchi professorlar ro‘yxati e'lon qilinadi.

▶️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

🕊Telegram  📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍121
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bizda jarayonlar davom etmoqda

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
❤‍🔥4👍1
San'atshunoslik fanlari bo'yicha bepul, Scopus ma'lumotlar bazasida indekslangan jurnallar:

Acta Academica: Q3
Veb-sayti: https://journals.ufs.ac.za/index.php/aa

Ars Adriatica: Q4
Veb-sayti: https://hrcak.srce.hr/ojs/index.php/arsadriatica

Art and Design Review: Q4
Veb-sayti: https://www.scirp.org/journal/adr/

Art in Translation: Q4
Veb-sayti: https://www.tandfonline.com/toc/rart20/current

Arts: Q2
Veb-sayti: https://www.mdpi.com/journal/arts

Journal of Art Historiography: Q1
Veb-sayti: https://arthistoriography.wordpress.com/

Journal of Art Research: Q4
Veb-sayti: https://artresearchjournal.com/

Journal of Contemporary Chinese Art: Q3
Veb-sayti: https://www.intellectbooks.com/journal-of-contemporary-chinese-art

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
👏31👍1
🌟 Ilmiy Izlanishlar – Taraqqiyot Asosi

Dunyo bo‘yicha har kuni 4 000 dan ortiq ilmiy maqola chop etiladi. Bu yiliga 1,5 milliondan ortiq yangi ilmiy yutuq demakdir. Ilmiy izlanishlar — rivojlanish va kelajakni qurishning eng muhim asosi.

📊 Tadqiqotlar Natijalari
75% ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar o‘z sohasini o‘zgartirish yoki kengaytirishga tayyor.

Har 5 tadqiqotchidan 3 tasi o‘zining birinchi ilmiy natijasini tasdiqlash uchun 2 yildan ortiq vaqt sarflaydi.
80% muvaffaqiyatli ilmiy loyihalar aniq reja va yo‘nalishga asoslangan.
🚀 Ilm-fanning Ahamiyati
Ilm-fan — insoniyat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining asosiy omili.
Har bir tadqiqot, har bir yangilik — kelajak uchun poydevor yaratadi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
👏2💯1
Savol:
Qaysi hollarda izlanuvchilarning o‘qish muddati uzaytiriladi?

Javob:
Izlanuvchilarning o‘qish muddati quyidagi holatlarda uzaytiriladi:

• uzoq muddat kasallik tufayli
• vaqtincha mehnatga layoqatsizlik holatiga tushgan taqdirda;
• homiladorlik va tug‘ruq ta’tili davrida;
• harbiy yig‘inlarga chaqirilgan holatlarda.

Mazkur holatlar tegishli tartibda rasmiylashtirilgan hujjatlar bilan tasdiqlangan taqdirda, izlanuvchining o‘qish muddati uzaytiriladi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
😍2👍1👏1💯1
Savol:
PhD (Falsafa doktori) darajasini olish uchun yosh chegarasi mavjudmi? Ilmiy faoliyatga tegishli bo‘lmagan tashkilot yoki korxonada ishlagan holda ilmiy izlanish olib borish mumkinmi?

🟢 Javob:
👩🏻‍💼 Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yosh cheklovi belgilanmagan. Ilmiy faoliyat bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan tashkilot yoki korxonada faoliyat yuritayotgan shaxs ham mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirilib, belgilangan tartibda ilmiy izlanish olib borishi mumkin.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
👍43🔥2
🇺🇿 “PhD sari qadam” loyihasida faol ishtirok etish va ilmiy salohiyatini oshirishni istagan yosh tadqiqotchi ayol-qizlar uchun imkoniyatlar eshigi ochildi!

📌 2025-yil 24-aprel kuni, soat 10:00da ZOOM platformasi orqali loyiha doirasida “Ekspertlar kengashi” tomonidan saralash jarayonlari boshlanadi.

Bu bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan ishtirokchilar:

Loyihada qatnashish — bu sizning PhD yo‘lingizdagi muhim qadamingiz bo‘ladi!
👍15👏1
Tayanch doktoranturaga tahsil olayotgan doktorantlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi

Talablar
davlat oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarining 2-bosqichni yakunlayotgan tayanch doktoranti bo‘lishi;
yetakchi ilmiy nashrlarda (kamida ikkita) ilmiy maqolalar e’lon qilingan bo‘lishi;
O‘zbekiston tarixini bilish;
xalqaro konferensiyalar bosma nashrlarida maqolalar e’lon qilingan bo‘lishi;
barcha malakaviy imtihonlarni "a’lo" bahoga topshirish;
dissertatsiyaning tayyorlik darajasi kamida 70 foiz bo‘lishi.

💵 Stipendiyalar har yili tayanch doktorantning tayanch doktoraturaning oxirgi kursidagi o‘qish davri uchun, stipendiyaning ikki barobari miqdorida qat’iy muvofiq holda tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari doktorantlar uchun har yili jami 10 ta kvota ajratiladi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
👍61
Dissertatsiyada foydalanilgan adabiyotlar – qanday bo‘lishi kerak?
(PhD va DSc ishlari uchun qisqacha qoida)


Adabiyotlar ro‘yxati GOST 7.1–2003 talablari asosida yoziladi.
Har bir manba alifbo tartibida yoki foydalanilgan tartibda beriladi.
Kitob, maqola, dissertatsiya, elektron manbalar aniq ko‘rsatiladi.

🔹 PhD uchun: kamida 70–100 ta manba
🔹 DSc uchun: kamida 120–150 ta manba
🔹 Kamida 30–40% xorijiy (ingliz, rus, va h.k.)

Wikipedia, bloglar va noma’lum manbalar yo‘q!
✔️ Scopus/Web of Science maqolalari qo‘shilishi tavsiya qilinadi.

• Dissertatsiyada foydalanilgan adabiyotlar ilmiy, zamonaviy, mavzuga aloqador, xalqaro va milliy manbalarni qamrab olgan, bibliografik talablar asosida rasmiylashtirilgan bo‘lishi shart.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
👍8🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“PhD sari qadam” loyihasi doirasida uchrashuv tashkil etildi !

“PhD sari qadam” loyihasi doirasida loyihaning asosiy yo‘nalishlari va kelgusi rejalarini muhokama qilish maqsadida loyiha yuzasidan yana bir uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida loyihaning istiqbolli vazifalari belgilab olindi, amalga oshirilishi rejalashtirilgan faoliyatlar bo‘yicha fikr almashildi.

Loyihaning sifatli amalga oshirilishi, yosh olimalarni qo‘llab-quvvatlash va ilmiy salohiyatni oshirish borasidagi sa’y-harakatlar izchil davom etmoqda.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
👍7🔥7👏4❤‍🔥21
✔️DISSSERTATSIYADA ADABIYOTLARNI RASMIYLASHTIRISH QOIDALARI

Ilmiy ishda foydalanilgan adabiyotlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish muhim. Quyidagilarga e’tibor bering:

1. Tartib:
Adabiyotlar alfavit tartibida yoki matnda uchrashish tartibida beriladi.

2. To‘liq ma’lumot:
Har bir manbada muallif, nomi, nashriyot, joyi, yili va sahifalar ko‘rsatiladi.
Masalan:
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008. – 164 b.


3. Format:
Kitob, maqola va internet manbalari har xil shaklda yoziladi. Barcha manbalar bir xil uslubda rasmiylashtirilishi lozim.

4. Standart:
Ko‘pchilik holatlarda GOST talablariga amal qilinadi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21👍1👏1💯1