PhD E.T.Tursunnazarova
239 subscribers
167 photos
86 videos
7 files
126 links
"M.Ulugbek'sAcademy" asoschisi, O'zDJTU TARJIMONLIK fakulteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi dotsenti,
PhD, E.T.Tursunnazarova
Download Telegram
📍 Bugun Guliston davlat universitetida muhim ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi!

Unda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tarjimonlik fakulteti, ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasida faoliyat olib borayotgan yetuk mutaxassislar — kafedra mudirasi PhD, dotsent E.T.Tursunnazarova xorijlik professor-o‘qituvchilar: Maksudov Umed Olimovich (filologiya fanlari doktori, (DSc), dotsent) hamda Muhammad Musawwir ishtirok etishdi.

🎓 Seminar mavzusi:
“Tarjimada terminologiya va soha tilining ahamiyati”

Seminar davomida:
🔹 turli sohalarga oid terminlarning tarjimadagi o‘rni
🔹 terminologik aniqlik va adekvatlik masalalari
🔹 professional tarjimon uchun zarur ko‘nikmalar
🔹 real misollar asosida tahlillar muhokama qilindi

💬 Ishtirokchilar uchun seminar nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham foydali bo‘lib, qizg‘in savol-javoblar bilan davom etdi.

✨ Bunday ilmiy uchrashuvlar talabalar va o‘qituvchilarning kasbiy rivoji, tarjima sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.


✅Bizni kuzatishda davom eting:
https://t.me/PhDAssociateProfessor
https://t.me/scientificconferences
https://t.me/ITIT_ILMIY_TADQIQOT_INSTITUTI
✅ MUVAFFAQIYAT

“Raqamli diskursda zamonaviy mediamatnlarning lingvomadaniy tadqiqi (ingliz va o‘zbek tillari misolida)” mavzusida

"TARJIMONLIK" fakulteti "Ingliz tili tarjima nazariyasi" kafedrasi dotsenti Mahmudova Umida Ural qizining 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Raqamli diskursda zamonaviy mediamatnlarning lingvomadaniy tadqiqi (ingliz va o‘zbek tillari misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasining himoyasi muvaffaqiyatli o'tdi.

Kafedramiz ilmiy salohiyati yuksalaversin🎀

✅Bizni kuzatishda davom eting:
https://t.me/PhDAssociateProfessor
https://t.me/scientificconferences
https://t.me/ITIT_ILMIY_TADQIQOT_INSTITUTI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿🇺🇿Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakultetida Ingliz tili tarjima nazaryasi kafedrasi o‘qituvchisi Maryam Gataullina tomonidan “Professional tarjima jarayonlari” mavzusida xalqaro darajadagi seminar-trening yuqori saviyada tashkil etildi.

📌Mazkur tadbirda Chirchiq davlat pedagogika universiteti Gid-tarjima yo‘nalishi 4-bosqich talabalari hamda Lingvistika va ingliz tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari — Xonsaidova Maktuba, Yuldasheva Kamola, Belarus davlat chet tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti professori Viktoria Minina, O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Qo'shma ta'lim professori Richard Goodall ishtirok etdilar.

🟢Shuningdek, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakultetidan Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha dekan o‘rinbosari F. Ne’matova, Ingliz tili nazariy tarjima kafedrasi mudirasi E. Tursunnazarova hamda Xalqaro hamkorlik bo'limi mutaxassi D. Khodjabekova ham faol qatnashdilar.

✅Seminar-trening davomida mehmonlar universitetning zamonaviy sinxron tarjima xonasi bilan yaqindan tanishib, tarjimonlar uchun yaratilgan barcha shart-sharoitlarni amalda sinab ko‘rdilar. Ular sinxron tarjima jarayonida qo‘llaniladigan professional uskunalar — naushniklar, mikrofonlar va maxsus texnologiyalardan foydalanib, real tarjima muhitida ishlash tajribasini oshirdilar.

👉Mazkur seminar-trening puxta va yuqori saviyada tashkil etilib, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Tadbir davomida tarjimonlik faoliyatining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashilib, amaliy ko‘nikmalar mustahkamlandi.

✨ Ushbu seminar xalqaro hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish va bo‘lajak tarjimonlarning kasbiy salohiyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🌐Bizning ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

✅Telegram. ✅Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓 BIR KUNLIK ISH JARAYONI

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi mudiri Tursunnazarova Elvira Taxirovnaning kundalik ish jarayoni haqida videorolik.

📹 Videoda kafedra mudirining dars jarayoni, talabalar bilan ishlashi hamda kundalik faoliyati aks etgan.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4❤2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Agar
👨‍👩‍👧‍👦 Farzandlar bilan kuniga qancha vaqt muloqot qilish kerak?

Bola tarbiyasida ota-onaning e’tibori va samimiy muloqoti qanchalik muhim? Farzand bilan kun davomida qancha vaqt suhbatlashish, uning fikrlarini tinglash va his-tuyg‘ularini tushunishga harakat qilish kerak?

Bu savollar “Agar” dasturida ekspertlar ishtirokida muhokama qilinadi.

📺 12-oktyabr ⏰soat 19:30 da

“Madaniyat va ma’rifat” telekanalida tomosha qiling!

Ijtimoiy  tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz

📺Jonli efir
📷Instagram | 👥Facebook
🔵Telegram  | 🟥YouTube
❤2🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦

O‘ZDJTU PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI “AGAR…” KO‘RSATUVIDA

Farzandlar bilan kuniga qancha vaqt muloqot qilish kerak?

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi dotsenti E. T. Tursunnazarova hamda Media va kommunikatsiya kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD Mahfuza Ortiqova “Agar…” ko‘rsatuvida ishtirok etib, farzandlar bilan muloqot qilishning ahamiyati yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Dasturda bola tarbiyasida ota-onaning e’tibori va samimiy muloqotining o‘rni, farzand bilan kun davomida suhbatlashish, uning fikrlarini tinglash hamda his-tuyg‘ularini tushunishga intilish kabi muhim masalalar muhokama qilindi.

📺 Ko‘rsatuvni “Madaniyat va ma’rifat” telekanalida tomosha qiling!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hasadgo‘y insonning eng katta fojiasi - o‘z baxtsizligida emas, o‘zganing baxtidan iztirob chekishidadir. U birovning nurini o‘chirishga urinib, o‘z qalbini zulmatga aylantirganini sezmay qoladi. Zero, hasad bu o‘zgani emas, avvalo insonning o‘zini ichidan yemiradigan olovdir...

PhD, dotsent E.T.Tursunnazarova
❤7💯3⚡2👍1👏1🏆1
📊 1 DAQIQADA ILMIY ATAMA | h-indeks
Scopus profilingizda turgan o'sha «h» nimani anglatadi? 🤔



Ta'rif: agar olimning h ta maqolasi kamida h martadan iqtibos olgan bo'lsa, uning h-indeksi h ga teng.

Karuselda 3 ta misol:

1️⃣ 5 ta maqola → h = 3
2️⃣ Bitta maqolaga 500 ta iqtibos → h = 1 (ha, atigi 1!)
3️⃣ 10 ta maqolaning har biriga 10 tadan iqtibos → h = 10

💡 Xulosa: h-indeks ko'p maqola yozishni ham, bitta "yulduz" maqolani ham emas, barqaror va izchil ishni qadrlaydi.

https://t.me/PhDAssociateProfessor
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hayot - past-u balandlardan iborat sinovli yo‘l. Kimdir cho‘qqiga chiqadi, kimdir pastlikda qoladi. Ammo unutmaylik, qanchalik yuksalmaylik, qanday mavqega erishmaylik, barchamizning borar manzilimiz bitta. Muhimi, bu dunyoda qanchalik baland ko‘tarilganimiz emas, ortimizdan qanday iz va qanday yaxshi nom qoldirganimizdir...
Phd, dotsent
E.T.Tursunnazarova
❤5🥰3🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tavakkal - qo‘ldan kelgan harakatni qilib, natijani Allohga topshirishdir...
🔥4❤3💯3