PhD E.T.Tursunnazarova
239 subscribers
167 photos
86 videos
7 files
126 links
"M.Ulugbek'sAcademy" asoschisi, O'zDJTU TARJIMONLIK fakulteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi dotsenti,
PhD, E.T.Tursunnazarova
Download Telegram
🇺🇿🇬🇧Xalqaro hamkorlik doirasida navbatdagi master-klass🇺🇿
🗓05.02.2026

"Tarjimonlik" fakulteti: "Ingliz tili tarjima nazariyasi" kafedrasida xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda zamonaviy ta’lim metodlarini joriy etish maqsadida navbatdagi nufuzli tadbir tashkil etildi.
Kafedra mudirasi PhD, dotsent E.T. Tursunnazarova hamda kafedra o‘qituvchisi, xalqaro bo‘limning Osiyo yo‘nalishi bo‘yicha bosh mutaxassisi D. Xodjabekova

tashabbusi bilan
Yevropa, Markaziy Osiyo va Amerika mintaqalari bo‘yicha ta’lim islohoti rahbari,
Cambridge University Press & Assessment tarkibidagi
University of Cambridge hamkorlik ta’lim dasturlari bo‘limi vakili Steve King

tomonidan “Student-based education method” mavzusida master-klass o‘tkazildi.
🌟Master-klass davomida:
🤩 talaba markazli ta’lim (student-centered learning) yondashuvi;
🤩 interaktiv va innovatsion pedagogik texnologiyalar;
🤩 muammoli vaziyatlarga asoslangan o‘qitish (PBL);
🤩 guruhiy ishlar va loyiha metodlari;
🤩 raqamli vositalardan samarali foydalanish;
bo‘yicha amaliy tavsiyalar va treninglar taqdim etildi.
🌟Tadbirda professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar hamda yosh tadqiqotchilar faol ishtirok etib, xalqaro tajriba almashish, savol-javob va muhokamalarda qatnashdilar. O'tkazilgan SEMINAR natijasida:
🤩dars jarayoniga zamonaviy metodlarni integratsiya qilish bo‘yicha yangi g‘oyalar shakllandi;
🤩 xorijiy hamkorlik istiqbollari kengaydi;
🤩 kelgusida qo‘shma seminar va treninglar o‘tkazish rejalashtirildi;
🤩Mazkur master-klass universitetimizda ta’lim sifati va pedagogik mahoratni oshirishda muhim qadam bo‘ldi.

🌟A'zo bo'ling va bizni kuzatishda davom eting:
https://t.me/PhDAssociateProfessor

https://t.me/scientificconferences

https://t.me/ITIT_ILMIY_TADQIQOT_INSTITUTI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI

"TARJIMONLIK" fakulteti

“Tarjimashunoslik” fanidan intellektual zakovat tanlovi bo‘lib o‘tdi.

🎓Bugun 1-kurs talabalari o‘rtasida “Tarjimashunoslik” fani bo‘yicha intellektual zakovat tanlovi yuqori saviyada tashkil etildi.
✅ Mazkur bilimlar bellashuvi talabalarning nazariy bilimlari, mantiqiy fikrlashi, tezkor javob berish ko‘nikmalari hamda jamoaviy ishlash malakalarini sinovdan o‘tkazishga qaratildi.
✅Tanlovda jami 6 ta guruh faol ishtirok etdi. Har bir jamoa tarjima nazariyasi, tarjima usullari, terminologiya, tarjima jarayonidagi muammolar hamda amaliy topshiriqlar bo‘yicha o‘z bilim va salohiyatini namoyon qildi.
👑Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, TING - 2508-guruh eng yuqori natijani qayd etib, faxrli g‘olib deb topildi.
✨Tadbir talabalarda ilmiy izlanishga qiziqishni oshirish, kasbiy kompetensiyalarni mustahkamlash hamda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qildi.
✨Intellektual o‘yinda faol qatnashgan hamda g‘olib jamoani fakultet DEKANI, DSc U.R.Yo'ldoshev muallifligidagi "TARJIMA NAZARIYASI" o'quv qo'llanmasini taqdim etdi.
✨barcha ishtirokchilarni samimiy muborakbod etamiz va barcha qatnashuvchilrga keyingi tanlovlarda muvaffaqiyat tilaymiz!

✅A'zo bo'ling va bizni kuzatishda davom eting:
https://t.me/PhDAssociateProfessor

https://t.me/scientificconferences

https://t.me/ITIT_ILMIY_TADQIQOT_INSTITUTI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

🇺🇿 "Tarjimonlik" fakulteti

"Ingliz tili tarjima nazariyasi" kafedrasi

“Yil boshi – Navro‘z” mavzusida “Kelajak soati” rukni ostida “Ma’rifat darsi” tashkil etildi.

⭐Qadriyatlar, an’ana va urf-odatlarga hurmat ruhini shakllantirishga xizmat qiluvchi muhim ma’naviy-ma’rifiy tadbir sifatida o‘tkazildi.
🎀Mazkur dars davomida Navro‘z bayramining tarixiy ildizlari, uning qadimiy an’analari va bugungi kundagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ta’kidlab o‘tildiki, 🌸Navro‘z - bu nafaqat yangi yil boshlanishi, balki tabiatning uyg‘onishi, yangilanish, mehr-oqibat va bag‘rikenglik timsolidir.
Davra suhbati jarayonida talabalar Navro‘zga xos urf-odatlar - sumalak sayli, milliy taomlar tayyorlash, hashar va xayriya ishlari haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishdilar.
🌸Shuningdek, o‘quvchilar tomonidan she’rlar, sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar orqali bayram ruhiyati yanada jonlantirildi.
“Kelajak soati” rukni doirasida tashkil etilgan ushbu ma’rifat darsi yosh avlodni milliy o‘zlikni anglash, Vatanga muhabbat, ajdodlar merosiga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qildi. Dars yakunida o‘quvchilarga Navro‘zning asosiy g‘oyalari - tinchlik, do‘stlik, yangilanish va ezgulik haqida xulosalar chiqarildi.
⚡Ushbu tadbir o‘quvchilarda milliy qadriyatlarga sadoqat, ijtimoiy faollik va ma’naviy yetuklikni shakllantirishda muhim o‘rin tutdi.

👉Bizni kuzatishda davom eting:
https://t.me/PhDAssociateProfessor
https://t.me/scientificconferences
https://t.me/ITIT_ILMIY_TADQIQOT_INSTITUTI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌸Navro‘z – yangilanish va ezgulik bayrami! 🌸
26-mart kuni universitetimizda ko‘tarinki ruhda Navro‘z bayrami keng nishonlandi. Ushbu go‘zal ayyomda "TARJIMONLIK" fakulteti "Ingliz tili tarjima nazariyasi" kafedrasi ham faol ishtirok etib, o‘zining ijodiy chiqishlari, milliy an’analarimizni aks ettiruvchi ko‘rgazmalari hamda tashabbuskorligi bilan barchaning e’tiborini qozondi.
🎀Bayram davomida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va boy madaniy merosimiz yana bir bor namoyon bo‘ldi. Talabalar va ustozlar birgalikda bayramona kayfiyatni baham ko‘rib, Navro‘zning iliq va samimiy muhitini yaratdilar.
🎉Kafedramiz jamoasi barcha ishtirokchilarni ushbu bahoriy bayram bilan yana bir bor muborakbod etadi! 🌿

👉Bizni kuzatishda davom eting:
https://t.me/PhDAssociateProfessor
https://t.me/scientificconferences
https://t.me/ITIT_ILMIY_TADQIQOT_INSTITUTI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝
🇺🇿 O'ZDJTU

🇺🇿 "TARJIMONLIK" fakulteti

SEYSMIK KOMPANIYA BGP VAKILLARI BILAN UCHRASHUV TADBIRI O‘TKAZILDI

"Ingliz tili tarjima nazariyasi" kafedrasi tashabbusi bilan talaba-yoshlar uchun seysmik sohada faoliyat yurituvchi BGP kompaniyasi vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

✅Tadbir davomida kompaniya mutaxassislari talabalarga seysmik tadqiqotlar sohasining dolzarb yo‘nalishlari, zamonaviy texnologiyalar asosida olib borilayotgan ishlar, shuningdek, kompaniyaning xalqaro miqyosdagi loyihalari haqida batafsil ma’lumot berdilar. Ayniqsa, geologik-qidiruv ishlari, dala sharoitida olib boriladigan tadqiqotlar hamda turli davlatlardan iborat jamoalar bilan hamkorlik tajribasida TARJIMONlarning o'rni haqidagi mulohazalar alohida e’tibor markazida bo‘ldi.
✅Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq va asosli javob oldilar. BGP kompaniyasi vakillari faol va iqtidorli yoshlar uchun kompaniyada amaliyot o‘tash hamda kelgusida ish faoliyatini boshlash imkoniyatlari mavjudligini ta’kidladilar.

✅
Tadbir yakunida ishtirokchilar uchrashuvni mazmunli va foydali deb baholab, ayniqsa seysmik sohada tarjimonlik faoliyati bo‘yicha yangi istiqbollar ochilganini qayd etdilar va "INGLIZ TILI TARJIMA NAZARIYASI" kafedrasi bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi.

✅Mazkur uchrashuv talabalar uchun nafaqat yangi kasbiy yo‘nalishlar bilan tanishish, balki xalqaro kompaniyalar faoliyati haqida chuqurroq tasavvurga ega bo‘lish hamda kelajakdagi kasbiy rejalari uchun muhim qadam bo‘lib xizmat qildi.


📌Bizni kuzatishda davom eting:
https://t.me/PhDAssociateProfessor
https://t.me/scientificconferences
https://t.me/ITIT_ILMIY_TADQIQOT_INSTITUTI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📍 Bugun Guliston davlat universitetida muhim ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi!

Unda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tarjimonlik fakulteti, ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasida faoliyat olib borayotgan yetuk mutaxassislar — kafedra mudirasi PhD, dotsent E.T.Tursunnazarova xorijlik professor-o‘qituvchilar: Maksudov Umed Olimovich (filologiya fanlari doktori, (DSc), dotsent) hamda Muhammad Musawwir ishtirok etishdi.

🎓 Seminar mavzusi:
“Tarjimada terminologiya va soha tilining ahamiyati”

Seminar davomida:
🔹 turli sohalarga oid terminlarning tarjimadagi o‘rni
🔹 terminologik aniqlik va adekvatlik masalalari
🔹 professional tarjimon uchun zarur ko‘nikmalar
🔹 real misollar asosida tahlillar muhokama qilindi

💬 Ishtirokchilar uchun seminar nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham foydali bo‘lib, qizg‘in savol-javoblar bilan davom etdi.

✨ Bunday ilmiy uchrashuvlar talabalar va o‘qituvchilarning kasbiy rivoji, tarjima sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.


✅Bizni kuzatishda davom eting:
https://t.me/PhDAssociateProfessor
https://t.me/scientificconferences
https://t.me/ITIT_ILMIY_TADQIQOT_INSTITUTI
✅ MUVAFFAQIYAT

“Raqamli diskursda zamonaviy mediamatnlarning lingvomadaniy tadqiqi (ingliz va o‘zbek tillari misolida)” mavzusida

"TARJIMONLIK" fakulteti "Ingliz tili tarjima nazariyasi" kafedrasi dotsenti Mahmudova Umida Ural qizining 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Raqamli diskursda zamonaviy mediamatnlarning lingvomadaniy tadqiqi (ingliz va o‘zbek tillari misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasining himoyasi muvaffaqiyatli o'tdi.

Kafedramiz ilmiy salohiyati yuksalaversin🎀

✅Bizni kuzatishda davom eting:
https://t.me/PhDAssociateProfessor
https://t.me/scientificconferences
https://t.me/ITIT_ILMIY_TADQIQOT_INSTITUTI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM