PhD E.T.Tursunnazarova
239 subscribers
167 photos
86 videos
7 files
126 links
"M.Ulugbek'sAcademy" asoschisi, O'zDJTU TARJIMONLIK fakulteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi dotsenti,
PhD, E.T.Tursunnazarova
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓 BIR KUNLIK ISH JARAYONI

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi mudiri Tursunnazarova Elvira Taxirovnaning kundalik ish jarayoni haqida videorolik.

📹 Videoda kafedra mudirining dars jarayoni, talabalar bilan ishlashi hamda kundalik faoliyati aks etgan.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍2🔥1
Forwarded from PhD Tursunnazarova E.T.
🗒️ 4-kurs talabalari bilan malakaviy amaliyot yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi


🗒️Bugun 4-kurs talabalari uchun malakaviy amaliyotni samarali tashkil etish maqsadida kafedra mudiri hamda amaliyot rahbarlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida talabalarga malakaviy amaliyotning maqsad va vazifalari, amaliyot davrida bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriqlar, yuritiladigan hujjatlar hamda amaliyot yakunida taqdim etiladigan hisobotlarga qo‘yiladigan talablar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, talabalar malakaviy amaliyot dasturi bilan tanishtirilib, amaliyot jarayonini belgilangan talablar asosida tashkil etish, topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Uchrashuv yakunida talabalarni qiziqtirgan savollarga amaliyot rahbarlari tomonidan javoblar berildi.

✅Malakaviy amaliyot talabalarning nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish, kasbiy ko‘nikma va kompetensiyalarini yanada rivojlantirishda muhim bosqich hisoblanadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from PhD Tursunnazarova E.T.
🇺🇿 BITIRUVCHI KURS TALABALARI VA MAGISTRANTLAR BILAN ILMIY-USLUBIY UCHRASHUV

🗓Bugun Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi mudiri E.T.Tursunnazarova bitiruv malakaviy ishlari (BMI) hamda magistrlik dissertatsiyalari (MD) mavzularini tasdiqlash jarayoni oldidan bitiruvchi kurs talabalari va magistrantlar bilan ilmiy-uslubiy uchrashuv tashkil etildi.

✅Uchrashuv davomida talabalarga BMI va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash, ilmiy tadqiqotni to‘g‘ri tashkil etish hamda rasmiylashtirish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.

✅Xususan, mavzuning dolzarbligini asoslash, tadqiqotning maqsad va vazifalarini belgilash, obyekt va predmetni aniqlash, ilmiy manbalar bilan ishlash, tadqiqot metodlarini tanlash, akademik halollik va iqtibos keltirish qoidalariga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅Shuningdek, BMI va MD mavzularini tanlashda ularning dolzarbligi, ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati hamda mutaxassislik yo‘nalishiga muvofiqligi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

✅Uchrashuv talabalarni kelgusidagi ilmiy-tadqiqot ishlariga puxta tayyorlash, mavzularni maqsadli tanlash va tadqiqotlarni sifatli olib borishga yo‘naltirishga xizmat qildi.

#BMI #MagistrlikDissertatsiyasi #IlmiyTadqiqot #BitiruvchiTalabalar #Magistrantlar #Tarjimashunoslik #IlmiyFaoliyat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎹2026-yil 5-fevral kuni soat 11:00 da 210-o'quv audiatoriyasida
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi

doktorantlari va mustaqil izlanuvchilari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ilmiy-tadqiqot faoliyatini tizimli tashkil etish, ilmiy ishlarni belgilangan talablar asosida olib borish hamda hujjatlashtirish jarayonini takomillashtirishdan iborat bo‘ldi. Unda
fakultet dekani filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent U.R. Yo‘ldoshev

ilmiy ishlarni samarali rejalashtirish, metodologiyani to‘g‘ri tanlash, ilmiy rahbar bilan muntazam hamkorlik qilish, muddatlarga rioya etish va ilmiy intizomni ta’minlash yuzasidan tavsiyalar berdi.
Ingliz tili tarjima nazariyasi Kafedra mudiri PhD, dotsent E.T. Tursunnazarova

hujjatlar papkasini yuritish tartibi, rasmiylashtirish talablari va topshirish muddatlari haqida tushuntirish berdi. Kafedra katta o'qituvchisi PhD N.E. Azizova esa hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul etib belgilandi va izlanuvchilarga tartib-intizomga qat’iy amal qilish zarurligini eslatdi.
Yig‘ilish savol-javoblar bilan yakunlanib, berilgan ko‘rsatmalar ilmiy faoliyatni samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

✅A'zo bo'ling va bizni kuzatishda davom eting:
https://t.me/PhDAssociateProfessor

https://t.me/scientificconferences

https://t.me/ITIT_ILMIY_TADQIQOT_INSTITUTI
🇺🇿🇬🇧Xalqaro hamkorlik doirasida navbatdagi master-klass🇺🇿
🗓05.02.2026

"Tarjimonlik" fakulteti: "Ingliz tili tarjima nazariyasi" kafedrasida xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda zamonaviy ta’lim metodlarini joriy etish maqsadida navbatdagi nufuzli tadbir tashkil etildi.
Kafedra mudirasi PhD, dotsent E.T. Tursunnazarova hamda kafedra o‘qituvchisi, xalqaro bo‘limning Osiyo yo‘nalishi bo‘yicha bosh mutaxassisi D. Xodjabekova

tashabbusi bilan
Yevropa, Markaziy Osiyo va Amerika mintaqalari bo‘yicha ta’lim islohoti rahbari,
Cambridge University Press & Assessment tarkibidagi
University of Cambridge hamkorlik ta’lim dasturlari bo‘limi vakili Steve King

tomonidan “Student-based education method” mavzusida master-klass o‘tkazildi.
🌟Master-klass davomida:
🤩 talaba markazli ta’lim (student-centered learning) yondashuvi;
🤩 interaktiv va innovatsion pedagogik texnologiyalar;
🤩 muammoli vaziyatlarga asoslangan o‘qitish (PBL);
🤩 guruhiy ishlar va loyiha metodlari;
🤩 raqamli vositalardan samarali foydalanish;
bo‘yicha amaliy tavsiyalar va treninglar taqdim etildi.
🌟Tadbirda professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar hamda yosh tadqiqotchilar faol ishtirok etib, xalqaro tajriba almashish, savol-javob va muhokamalarda qatnashdilar. O'tkazilgan SEMINAR natijasida:
🤩dars jarayoniga zamonaviy metodlarni integratsiya qilish bo‘yicha yangi g‘oyalar shakllandi;
🤩 xorijiy hamkorlik istiqbollari kengaydi;
🤩 kelgusida qo‘shma seminar va treninglar o‘tkazish rejalashtirildi;
🤩Mazkur master-klass universitetimizda ta’lim sifati va pedagogik mahoratni oshirishda muhim qadam bo‘ldi.

🌟A'zo bo'ling va bizni kuzatishda davom eting:
https://t.me/PhDAssociateProfessor

https://t.me/scientificconferences

https://t.me/ITIT_ILMIY_TADQIQOT_INSTITUTI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI

"TARJIMONLIK" fakulteti

“Tarjimashunoslik” fanidan intellektual zakovat tanlovi bo‘lib o‘tdi.

🎓Bugun 1-kurs talabalari o‘rtasida “Tarjimashunoslik” fani bo‘yicha intellektual zakovat tanlovi yuqori saviyada tashkil etildi.
✅ Mazkur bilimlar bellashuvi talabalarning nazariy bilimlari, mantiqiy fikrlashi, tezkor javob berish ko‘nikmalari hamda jamoaviy ishlash malakalarini sinovdan o‘tkazishga qaratildi.
✅Tanlovda jami 6 ta guruh faol ishtirok etdi. Har bir jamoa tarjima nazariyasi, tarjima usullari, terminologiya, tarjima jarayonidagi muammolar hamda amaliy topshiriqlar bo‘yicha o‘z bilim va salohiyatini namoyon qildi.
👑Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, TING - 2508-guruh eng yuqori natijani qayd etib, faxrli g‘olib deb topildi.
✨Tadbir talabalarda ilmiy izlanishga qiziqishni oshirish, kasbiy kompetensiyalarni mustahkamlash hamda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qildi.
✨Intellektual o‘yinda faol qatnashgan hamda g‘olib jamoani fakultet DEKANI, DSc U.R.Yo'ldoshev muallifligidagi "TARJIMA NAZARIYASI" o'quv qo'llanmasini taqdim etdi.
✨barcha ishtirokchilarni samimiy muborakbod etamiz va barcha qatnashuvchilrga keyingi tanlovlarda muvaffaqiyat tilaymiz!

✅A'zo bo'ling va bizni kuzatishda davom eting:
https://t.me/PhDAssociateProfessor

https://t.me/scientificconferences

https://t.me/ITIT_ILMIY_TADQIQOT_INSTITUTI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

🇺🇿 "Tarjimonlik" fakulteti

"Ingliz tili tarjima nazariyasi" kafedrasi

“Yil boshi – Navro‘z” mavzusida “Kelajak soati” rukni ostida “Ma’rifat darsi” tashkil etildi.

⭐Qadriyatlar, an’ana va urf-odatlarga hurmat ruhini shakllantirishga xizmat qiluvchi muhim ma’naviy-ma’rifiy tadbir sifatida o‘tkazildi.
🎀Mazkur dars davomida Navro‘z bayramining tarixiy ildizlari, uning qadimiy an’analari va bugungi kundagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ta’kidlab o‘tildiki, 🌸Navro‘z - bu nafaqat yangi yil boshlanishi, balki tabiatning uyg‘onishi, yangilanish, mehr-oqibat va bag‘rikenglik timsolidir.
Davra suhbati jarayonida talabalar Navro‘zga xos urf-odatlar - sumalak sayli, milliy taomlar tayyorlash, hashar va xayriya ishlari haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishdilar.
🌸Shuningdek, o‘quvchilar tomonidan she’rlar, sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar orqali bayram ruhiyati yanada jonlantirildi.
“Kelajak soati” rukni doirasida tashkil etilgan ushbu ma’rifat darsi yosh avlodni milliy o‘zlikni anglash, Vatanga muhabbat, ajdodlar merosiga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qildi. Dars yakunida o‘quvchilarga Navro‘zning asosiy g‘oyalari - tinchlik, do‘stlik, yangilanish va ezgulik haqida xulosalar chiqarildi.
⚡Ushbu tadbir o‘quvchilarda milliy qadriyatlarga sadoqat, ijtimoiy faollik va ma’naviy yetuklikni shakllantirishda muhim o‘rin tutdi.

👉Bizni kuzatishda davom eting:
https://t.me/PhDAssociateProfessor
https://t.me/scientificconferences
https://t.me/ITIT_ILMIY_TADQIQOT_INSTITUTI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌸Navro‘z – yangilanish va ezgulik bayrami! 🌸
26-mart kuni universitetimizda ko‘tarinki ruhda Navro‘z bayrami keng nishonlandi. Ushbu go‘zal ayyomda "TARJIMONLIK" fakulteti "Ingliz tili tarjima nazariyasi" kafedrasi ham faol ishtirok etib, o‘zining ijodiy chiqishlari, milliy an’analarimizni aks ettiruvchi ko‘rgazmalari hamda tashabbuskorligi bilan barchaning e’tiborini qozondi.
🎀Bayram davomida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va boy madaniy merosimiz yana bir bor namoyon bo‘ldi. Talabalar va ustozlar birgalikda bayramona kayfiyatni baham ko‘rib, Navro‘zning iliq va samimiy muhitini yaratdilar.
🎉Kafedramiz jamoasi barcha ishtirokchilarni ushbu bahoriy bayram bilan yana bir bor muborakbod etadi! 🌿

👉Bizni kuzatishda davom eting:
https://t.me/PhDAssociateProfessor
https://t.me/scientificconferences
https://t.me/ITIT_ILMIY_TADQIQOT_INSTITUTI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM