PhD E.T.Tursunnazarova
239 subscribers
167 photos
86 videos
7 files
126 links
"M.Ulugbek'sAcademy" asoschisi, O'zDJTU TARJIMONLIK fakulteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi dotsenti,
PhD, E.T.Tursunnazarova
Download Telegram
🇺🇿Toshkentda tarjimonlar uchun bepul o’quv dasturi — Yosh Tarjimonlar Akademiyasi

Moliyalashtirish: Bepul
Til talabi: Ingliz va o’zbek tili

Kimlar uchun
➡️Oʻzbekistonning istalgan hududidan boʻlgan faol yoshlar;
➡️Tarjimonlik, xalqaro munosabatlar, diplomatiya yoki xalqaro tadbirlar sohasiga qiziqqan boʻlishi;
➡️Kommunikatsiya koʻnikmalari va muammolarni hal qilish qobiliyatiga ega boʻlishi kerak.

Foydali tomonlari
➡️Ishtirok etish — bepul;
➡️O‘quv xarajatlari to‘liq qoplanadi;
➡️Ekspertlar bilan amaliy treninglar;
➡️Xalqaro tadbir va loyihalarda ishtirok;
➡️Tarjimonlik, protokol va xalqaro sohada networking imkoniyati.

Dastur haqida
➡️Dastur xalqaro munosabatlar, diplomatiya va xalqaro tadbirlar sohasida karyera qilishni istagan yoshlar uchun 3 kunlik bepul intensiv tayyorgarlik hisoblanadi.

⏰️Oxirgi muddat: 28-avgust, 2026
➡️Batafsil: grantgo.uz/go/4tcd82

#Oʻzbekiston #tadqiqot_va_professional_rivojlanish #bepul
https://t.me/PhDAssociateProfessor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇦🇪 BAADA 5 YULDUZLI MEHMONXONALARGA ISHGA QABUL!

Dubaydagi Rixos The Palm Dubai va Ras Al-Xaymadagi SO/ Ras Al Khaimah mehmonxonalariga 150+ nafar xodim ishga taklif qilinmoqda! 🏨

👨‍🍳 Ochiq lavozimlar:
• Oshpazlar
• Ofitsiant va bartenderlar
• Receptionistlar
• Guest Relations
• Housekeeping
• Fitness Instructor
• Kids Club
• Va boshqa yo‘nalishlar

💵 Oylik maosh: 1 200–5 500 AED

🎁 Ko‘plab lavozimlarda:
🏠 Turar joy
🍽 Kuniga 3 mahal ovqat
🚌 Xizmat transporti
✈️ Ish vizasi
🩺 Tibbiy sug‘urta

🗓 6-7 sentabr kunlari Toshkentda suhbat va saralash bo’lib o’tadi

📍 Aniq manzil va suhbat vaqti vakolatli mahalliy rekrutment hamkori tomonidan alohida ma’lum qilinadi.

❗️Mehmonxona, restoran yoki hospitality sohasida tajribaga ega nomzodlar uchun ayniqsa yaxshi imkoniyat.

✉️ Batafsil ma’lumot uchun

➡️RO’YXATDAN O’TING👈

Hoziroq Biz bilan bog’laning

Toshkent ofisi:  |  ☎️ +998 78 555 86 86
Toshkent ofisi:  |  ☎️ +998 50 789 28 67
Toshkent ofisi:  |  ☎️ +998 50 789 28 63
Toshkent ofisi:  |  ☎️ +998 50 789 28 61
Toshkent ofisi:  |  ☎️ +998 50 789 28 53
Toshkent ofisi:  |  ☎️ +998 50 789 28 51
https://t.me/PhDAssociateProfessor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🌍Yosh Tarjimonlar Akademiyasining ilk 3 kunlik intensiv dasturiga qabul boshlandi!

Xorijiy tillarni biladigan va xalqaro maydonda o‘zini sinab ko‘rishni istagan yoshlar uchun yangi imkoniyat.

Yosh Tarjimonlar Akademiyasi — yoshlarni xalqaro faoliyatga tayyorlash, professional ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda O‘zbekistonning xalqaro maydondagi kelajak vakillarini shakllantirishga qaratilgan loyiha.

Intensiv dastur davomida ishtirokchilar:

• tarjimonlik;
• xalqaro protokol;
• nutq va kommunikatsiya;
• delegatsiyalar bilan ishlash;
• xalqaro tadbirlarni tashkil etish;
• etiket yo‘nalishlarida bilim va ko‘nikmalarini rivojlantiradilar.

Dastur nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy mashg‘ulotlar va real vaziyatlar asosidagi tajribani ham qamrab oladi.

Manzil: Toshkent shahri
Sana: 11–13-sentabr, 2026-yil
Yosh chegarasi: 16–30 yosh
Ishtirok: bepul

📝 Ariza topshirish uchun havola.

Arizalar qabuli 31-avgust kuni soat 23:59 gacha davom etadi.

Xalqaro faoliyat sari ilk qadamni aynan shu yerdan boshlang.

https://t.me/PhDAssociateProfessor
👍3❤1
ServiceScape Scholarship: atigi 300 soʻzli insho yozib, 1000 AQSH dollari yutib oling!

Tanlovda hozirda OTMda oʻqiyotgan yoki 2026-yili OTM talabasi boʻladigan hamda kamida 18 yosh boʻlgan nomzod qatnashishi mumkin.

Insho mavzusi: How does writing impact today's world?

Insholar ingliz tilida, 300 soʻzdan oshmaydigan qilib yoziladi.

Gʻolibga 1000 AQSH dollari taqdim etiladi.

Insholar 2026-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-scholarship-insho-yozib-1000-dollar-yutib-oling/

https://t.me/PhDAssociateProfessor
Forwarded from PhD Tursunnazarova E.T.
KIM DSBAda ISHLAMOQCHI?

😀 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi professor-o‘qituvchilar tarkibiga quyidagi bo‘sh (vakant) ish o‘rinlariga nomzodlar tanlovini E'LON qiladi:

1.Huquqshunos — 3 shtat birligi:
🔵12.00.02 — “Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi”;
🔵12.00.05 — “Mehnat huquqi. Ijtimoiy ta’minot huquqi”;
🔵12.00.12 — “Korrupsiya muammolari”,
🔵12.00.08 — “Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi” ixtisosliklari biri bo‘yicha huquqshunos mutaxassis;
2. Menejment —3 shtat birligi:
🔵08.00.13 — “Menejment” ixtisosligi bo‘yicha menejment va inson resurslarini boshqarish mutaxassisi;
3. Axborot texnologiyalari, ma’lumotlar tahlili va sun’iy intellekt mutaxassisi — 2 shtat birligi;
🔵05.01.02 — “Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash”;
🔵05.01.11 — “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” ixtisosliklari biri bo‘yicha raqamli boshqaruv, sun’iy intellekt va ma’lumotlarni tahlil qilish mutaxassisi;
4. Sotsiolog — 1 shtat birligi:
🔵22.00.01 — “Sotsiologiya nazariyasi, metodologiyasi va tarixi” ixtisosligi bo‘yicha sotsiologiya mutaxassisi;
5. Psixolog — 2 shtat birligi:
🔵19.00.03 — “Inson kasbiy faoliyati psixologiyasi (ergopsixologiya)”; 19.00.05 — “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” ixtisosliklaridan biri bo‘yicha boshqaruv psixologiyasi mutaxassisi;
6. Strategik kommunikatsiyalar, PR va media bo‘yicha mutaxassis 0,5 shtat birligi:
10.00.09 — “Jurnalistika” ixtisosligi bo‘yicha strategik kommunikatsiyalar, PR va media mutaxassisi;
7. Ekologiya, iqlim siyosati va barqaror rivojlanish mutaxassisi — 2 shtat birligi:
🔵03.00.10 — “Ekologiya”;
🔵11.00.04 — “Meteorologiya. Iqlimshunoslik. Agrometeorologiya”;
🔵11.00.05 — “Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish” ixtisosliklaridan biri bo‘yicha ekologiya, iqlim siyosati va barqaror rivojlanish mutaxassisi.

✅ Nomzodlar qanday talablar asosida ishga olinadi?

- tegishli mutaxassislik bo‘yicha PhD yoki DSc ilmiy darajasiga ega bo‘lishi;
- o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy va amaliy tajribaga ega bo‘lishi;
- ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish, o‘quv-uslubiy materiallar ishlab chiqish hamda trening va seminarlar tashkil etish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
- davlat va nodavlat tashkilotlarida tegishli yo‘nalish bo‘yicha ish tajribasiga ega nomzodlarga ustunlik beriladi;
- o‘zbek tilini mukammal, ingliz tilini yaxshi bilishi maqsadga muvofiq.

💼 Akademiya sizga qanday imkoniyatlarni taqdim etishi mumkin?

- nufuzli ta’lim va ilmiy muassasada faoliyat yuritish;
- ilmiy va kasbiy rivojlanish uchun qulay muhit;
- mehnat qonunchiligiga muvofiq ish haqi va ijtimoiy kafolatlar.

🗂 Jamoamizga qo'shilishingiz uchun qanday hujjatlar kerak bo'ladi?

1. Obyektivka (ma’lumotnoma) elektron shaklda;
2.Ilmiy daraja va ilmiy unvonni tasdiqlovchi hujjatlar (elektron shaklda).

⁉️Hujjatlarni qanday yetkazish mumkin?


📧Hujjatlarni hr@dsba.uz elektron pochta manziliga yuborishingiz so‘raladi.

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun @bmirzaeva Telegram akkauntiga ish kunlari soat 10:00 - 17:00 gacha murojaat qilishingiz mumkin.

Zarur modullar haqida batafsil ma'lumot✍️

https://t.me/PhDAssociateProfessor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇸Vashingtonda toʻliq moliyalashtiriladigan yozgi amaliyot — WBG Treasury Summer Internship 2027

Moliyalashtirish: Ish haqi
Til talabi: Ingliz tili

Kimlar uchun
➡️Bakalavriatning oxirgi kursidan bir yil oldingi kursida (rising senior) o'qiyotgan talaba bo'lishi;
➡️2027-yil dekabr — 2028-yil sentabr oralig'ida bakalavr darajasini olishi kutilishi lozim;
➡️Moliya, iqtisodiyot, biznes yoki tegishli soha bo'yicha qiziqish va bilimga ega bo'lish kerak;

Foydali tomonlari
➡️Soatiga $22.70 ish haqi;
➡️Vashingtonda oʻn hafta toʻliq amaliyot;
➡️Viza uchun olish uchun yordam;
➡️Maxsus Jahon banki noutbuki;
➡️Tajribali mentor va kordinatorlar biriktirilib, professional yoʻl-yoʻriq koʻrsatiladi;

Dastur haqida
➡️Dasturda ishtirokchilar 2027-yil yozida Jahon Bankining turli bo’limlarida haq to’lanadigan amaliyot o’taydilar.

⏰️Oxirgi muddat: 30-sentyabr, 2026
➡️Batafsil: grantgo.uz/go/visygh

#AQSh #stipendiya #amaliyotlar

https://t.me/PhDAssociateProfessor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from PhD Tursunnazarova E.T.
🇺🇿 BITIRUVCHI KURS TALABALARI VA MAGISTRANTLAR BILAN ILMIY-USLUBIY UCHRASHUV

🗓Bugun Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi mudiri E.T.Tursunnazarova bitiruv malakaviy ishlari (BMI) hamda magistrlik dissertatsiyalari (MD) mavzularini tasdiqlash jarayoni oldidan bitiruvchi kurs talabalari va magistrantlar bilan ilmiy-uslubiy uchrashuv tashkil etildi.

✅Uchrashuv davomida talabalarga BMI va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash, ilmiy tadqiqotni to‘g‘ri tashkil etish hamda rasmiylashtirish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.

✅Xususan, mavzuning dolzarbligini asoslash, tadqiqotning maqsad va vazifalarini belgilash, obyekt va predmetni aniqlash, ilmiy manbalar bilan ishlash, tadqiqot metodlarini tanlash, akademik halollik va iqtibos keltirish qoidalariga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅Shuningdek, BMI va MD mavzularini tanlashda ularning dolzarbligi, ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati hamda mutaxassislik yo‘nalishiga muvofiqligi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

✅Uchrashuv talabalarni kelgusidagi ilmiy-tadqiqot ishlariga puxta tayyorlash, mavzularni maqsadli tanlash va tadqiqotlarni sifatli olib borishga yo‘naltirishga xizmat qildi.

#BMI #MagistrlikDissertatsiyasi #IlmiyTadqiqot #BitiruvchiTalabalar #Magistrantlar #Tarjimashunoslik #IlmiyFaoliyat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ПҚ-345.pdf
1.3 MB
❗️Ўзбекистонда иш жойидаги тазйиқ ва зўравонликка қарши янги тизим жорий этилди

Президент Шавкат Мирзиёев меҳнат соҳасида хавфсиз ва ҳурматга асосланган иш муҳитини таъминлашга қаратилган муҳим қарорни имзолади.

Қарор билан иш жойида тазйиқ, жинсий ва жисмоний зўравонлик, шаҳвоний шилқимлик, руҳий босим, таъқиб ва камситиш ҳолатларининг олдини олиш, бундай ҳолатлар бўйича мурожаатларни қабул қилиш ва холис кўриб чиқишнинг янги тизими жорий этилади. Мурожаат қилган шахсларнинг шахсий маълумотлари ва мурожаат мазмуни махфийлиги кафолатланади.

https://t.me/PhDAssociateProfessor
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓 BIR KUNLIK ISH JARAYONI

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi mudiri Tursunnazarova Elvira Taxirovnaning kundalik ish jarayoni haqida videorolik.

📹 Videoda kafedra mudirining dars jarayoni, talabalar bilan ishlashi hamda kundalik faoliyati aks etgan.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍2🔥1
Forwarded from PhD Tursunnazarova E.T.
🗒️ 4-kurs talabalari bilan malakaviy amaliyot yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi


🗒️Bugun 4-kurs talabalari uchun malakaviy amaliyotni samarali tashkil etish maqsadida kafedra mudiri hamda amaliyot rahbarlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida talabalarga malakaviy amaliyotning maqsad va vazifalari, amaliyot davrida bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriqlar, yuritiladigan hujjatlar hamda amaliyot yakunida taqdim etiladigan hisobotlarga qo‘yiladigan talablar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, talabalar malakaviy amaliyot dasturi bilan tanishtirilib, amaliyot jarayonini belgilangan talablar asosida tashkil etish, topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Uchrashuv yakunida talabalarni qiziqtirgan savollarga amaliyot rahbarlari tomonidan javoblar berildi.

✅Malakaviy amaliyot talabalarning nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish, kasbiy ko‘nikma va kompetensiyalarini yanada rivojlantirishda muhim bosqich hisoblanadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from PhD Tursunnazarova E.T.
🇺🇿 BITIRUVCHI KURS TALABALARI VA MAGISTRANTLAR BILAN ILMIY-USLUBIY UCHRASHUV

🗓Bugun Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi mudiri E.T.Tursunnazarova bitiruv malakaviy ishlari (BMI) hamda magistrlik dissertatsiyalari (MD) mavzularini tasdiqlash jarayoni oldidan bitiruvchi kurs talabalari va magistrantlar bilan ilmiy-uslubiy uchrashuv tashkil etildi.

✅Uchrashuv davomida talabalarga BMI va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash, ilmiy tadqiqotni to‘g‘ri tashkil etish hamda rasmiylashtirish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.

✅Xususan, mavzuning dolzarbligini asoslash, tadqiqotning maqsad va vazifalarini belgilash, obyekt va predmetni aniqlash, ilmiy manbalar bilan ishlash, tadqiqot metodlarini tanlash, akademik halollik va iqtibos keltirish qoidalariga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅Shuningdek, BMI va MD mavzularini tanlashda ularning dolzarbligi, ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati hamda mutaxassislik yo‘nalishiga muvofiqligi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

✅Uchrashuv talabalarni kelgusidagi ilmiy-tadqiqot ishlariga puxta tayyorlash, mavzularni maqsadli tanlash va tadqiqotlarni sifatli olib borishga yo‘naltirishga xizmat qildi.

#BMI #MagistrlikDissertatsiyasi #IlmiyTadqiqot #BitiruvchiTalabalar #Magistrantlar #Tarjimashunoslik #IlmiyFaoliyat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎹2026-yil 5-fevral kuni soat 11:00 da 210-o'quv audiatoriyasida
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi

doktorantlari va mustaqil izlanuvchilari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ilmiy-tadqiqot faoliyatini tizimli tashkil etish, ilmiy ishlarni belgilangan talablar asosida olib borish hamda hujjatlashtirish jarayonini takomillashtirishdan iborat bo‘ldi. Unda
fakultet dekani filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent U.R. Yo‘ldoshev

ilmiy ishlarni samarali rejalashtirish, metodologiyani to‘g‘ri tanlash, ilmiy rahbar bilan muntazam hamkorlik qilish, muddatlarga rioya etish va ilmiy intizomni ta’minlash yuzasidan tavsiyalar berdi.
Ingliz tili tarjima nazariyasi Kafedra mudiri PhD, dotsent E.T. Tursunnazarova

hujjatlar papkasini yuritish tartibi, rasmiylashtirish talablari va topshirish muddatlari haqida tushuntirish berdi. Kafedra katta o'qituvchisi PhD N.E. Azizova esa hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul etib belgilandi va izlanuvchilarga tartib-intizomga qat’iy amal qilish zarurligini eslatdi.
Yig‘ilish savol-javoblar bilan yakunlanib, berilgan ko‘rsatmalar ilmiy faoliyatni samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

✅A'zo bo'ling va bizni kuzatishda davom eting:
https://t.me/PhDAssociateProfessor

https://t.me/scientificconferences

https://t.me/ITIT_ILMIY_TADQIQOT_INSTITUTI
🇺🇿🇬🇧Xalqaro hamkorlik doirasida navbatdagi master-klass🇺🇿
🗓05.02.2026

"Tarjimonlik" fakulteti: "Ingliz tili tarjima nazariyasi" kafedrasida xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda zamonaviy ta’lim metodlarini joriy etish maqsadida navbatdagi nufuzli tadbir tashkil etildi.
Kafedra mudirasi PhD, dotsent E.T. Tursunnazarova hamda kafedra o‘qituvchisi, xalqaro bo‘limning Osiyo yo‘nalishi bo‘yicha bosh mutaxassisi D. Xodjabekova

tashabbusi bilan
Yevropa, Markaziy Osiyo va Amerika mintaqalari bo‘yicha ta’lim islohoti rahbari,
Cambridge University Press & Assessment tarkibidagi
University of Cambridge hamkorlik ta’lim dasturlari bo‘limi vakili Steve King

tomonidan “Student-based education method” mavzusida master-klass o‘tkazildi.
🌟Master-klass davomida:
🤩 talaba markazli ta’lim (student-centered learning) yondashuvi;
🤩 interaktiv va innovatsion pedagogik texnologiyalar;
🤩 muammoli vaziyatlarga asoslangan o‘qitish (PBL);
🤩 guruhiy ishlar va loyiha metodlari;
🤩 raqamli vositalardan samarali foydalanish;
bo‘yicha amaliy tavsiyalar va treninglar taqdim etildi.
🌟Tadbirda professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar hamda yosh tadqiqotchilar faol ishtirok etib, xalqaro tajriba almashish, savol-javob va muhokamalarda qatnashdilar. O'tkazilgan SEMINAR natijasida:
🤩dars jarayoniga zamonaviy metodlarni integratsiya qilish bo‘yicha yangi g‘oyalar shakllandi;
🤩 xorijiy hamkorlik istiqbollari kengaydi;
🤩 kelgusida qo‘shma seminar va treninglar o‘tkazish rejalashtirildi;
🤩Mazkur master-klass universitetimizda ta’lim sifati va pedagogik mahoratni oshirishda muhim qadam bo‘ldi.

🌟A'zo bo'ling va bizni kuzatishda davom eting:
https://t.me/PhDAssociateProfessor

https://t.me/scientificconferences

https://t.me/ITIT_ILMIY_TADQIQOT_INSTITUTI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI

"TARJIMONLIK" fakulteti

“Tarjimashunoslik” fanidan intellektual zakovat tanlovi bo‘lib o‘tdi.

🎓Bugun 1-kurs talabalari o‘rtasida “Tarjimashunoslik” fani bo‘yicha intellektual zakovat tanlovi yuqori saviyada tashkil etildi.
✅ Mazkur bilimlar bellashuvi talabalarning nazariy bilimlari, mantiqiy fikrlashi, tezkor javob berish ko‘nikmalari hamda jamoaviy ishlash malakalarini sinovdan o‘tkazishga qaratildi.
✅Tanlovda jami 6 ta guruh faol ishtirok etdi. Har bir jamoa tarjima nazariyasi, tarjima usullari, terminologiya, tarjima jarayonidagi muammolar hamda amaliy topshiriqlar bo‘yicha o‘z bilim va salohiyatini namoyon qildi.
👑Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, TING - 2508-guruh eng yuqori natijani qayd etib, faxrli g‘olib deb topildi.
✨Tadbir talabalarda ilmiy izlanishga qiziqishni oshirish, kasbiy kompetensiyalarni mustahkamlash hamda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qildi.
✨Intellektual o‘yinda faol qatnashgan hamda g‘olib jamoani fakultet DEKANI, DSc U.R.Yo'ldoshev muallifligidagi "TARJIMA NAZARIYASI" o'quv qo'llanmasini taqdim etdi.
✨barcha ishtirokchilarni samimiy muborakbod etamiz va barcha qatnashuvchilrga keyingi tanlovlarda muvaffaqiyat tilaymiz!

✅A'zo bo'ling va bizni kuzatishda davom eting:
https://t.me/PhDAssociateProfessor

https://t.me/scientificconferences

https://t.me/ITIT_ILMIY_TADQIQOT_INSTITUTI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM