PhD, dotsent E.T.Tursunnazarova
178 subscribers
93 photos
44 videos
4 files
58 links
"M.Ulugbek'sAcademy" asoschisi, O'zDJTU TARJIMONLIK fakulteti dotsenti, Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi mudiri,
PhD, E.T.Tursunnazarova
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

OʻzDJTU professor-oʻqituvchilari Pekin chet tillari universitetida xalqaro treningda ishtirok etadi

Joriy yilning 22–29-dekabr kunlari Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining 21 nafar professor-oʻqituvchisi Xitoy Xalq Respublikasining Pekin chet tillari universitetida tashkil etiladigan “Globallashuv davrida oʻqitish texnologiyalarini rivojlantirish” mavzusidagi qisqa muddatli xalqaro treningda ishtirok etadi.

Mazkur treningda universitetning Tarjimonlik, Xalqaro jurnalistika hamda Ingliz tili 1- va 2-fakultetlaridan professor-oʻqituvchilar qatnashadi. Bir haftalik dastur doirasida ishtirokchilarga oliy taʼlimni raqamlashtirish strategiyasi, aqlli texnologiyalar davrida taʼlim berishning ilgʻor konsepsiyalari, zamonaviy rivojlanish tendensiyalari boʻyicha maʼruzalar va amaliy mashgʻulotlar taklif etiladi.

Trening jarayonida raqamli taʼlim dizayni, asosiy kompetensiyalarni rivojlantirish, xalqaro onlayn kurslar (MOOC) ishlab chiqish, madaniyatlararo hamkorlikdagi oʻqishni tashkil etish masalalari oʻrganiladi. Shuningdek, Tsinghua universitetidagi Onlayn taʼlim markazi va Pekin universitetining Taʼlim fakultetiga tashriflar orqali Xitoyning yetakchi oliy taʼlim muassasalarida MOOC platformalari hamda “aqlli kampuslar”ni joriy etish bo‘yicha eng yaxshi amaliyotlar bilan tanishiladi.

Dastur doirasida yetakchi sunʼiy intellekt laboratoriyasi hamda lingvistik tadqiqotlar markaziga tashriflar tashkil etilib, AI asosidagi nutq oʻqituvchisi, aqlli sinfxonalar, avtomatlashtirilgan baholash tizimlari va til bilish darajasini baholashda qoʻllaniladigan zamonaviy texnologiyalar boʻyicha treninglar oʻtkaziladi.

Safar oldidan bugun Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirokchi professor-oʻqituvchilar bilan uchrashuv oʻtkazib, mazkur xalqaro treningning ahamiyati hamda unda olingan bilim va tajribalarni taʼlim jarayoniga samarali joriy etish zarurligini taʼkidladi.

Mazkur xalqaro trening professor-oʻqituvchilarning raqamli pedagogik kompetensiyalarini oshirish, ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻzlashtirish hamda universitetda taʼlim sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💻📺📺

O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov Pekin chet tillari universitetida o‘tkaziladigan xalqaro trening, unda ishtirok etayotgan professor-o‘qituvchilar hamda kutilayotgan natijalar haqida fikr bildirdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇹🇷 Global Leadership and Innovation Summit Turkey 2026 — To‘liq grantli 3 kunlik yetakchilik va innovatsiya sammiti! 🤩

Qayerda: Turkiya (lokatsiya aniqlanadi, ko‘pincha Istanbulda o‘tkaziladi)
🌍 Kimlar uchun: Dunyo bo‘ylab barcha davlat fuqarolari ariza topshira oladi

Global Leadership and Innovation Summit Turkey 2026 — bu globallashayotgan yetakchilar, innovatorlar va ijtimoiy o‘zgarish yaratmoqchi bo‘lgan yoshlar uchun to‘liq moliyalashtirilgan xalqaro sammitdir. Dastur Yoshlar yetakchiligi, Innovatsiya, Texnologiya va barqaror rivojlanish mavzularida interaktiv sessiyalar, mashg‘ulotlar, panel muhokamalari hamda madaniy almashinuv imkoniyatlarini taqdim etadi.

Nimalar taqdim etiladi?

1. Round-trip aviabiletlar (eng yaxshi nomzod uchun)
2. Konferensiya to‘lovining 100% bekor qilinishi (15 ta to‘liq grant o‘rni)
3. To‘liq joylashish (accommodation) summit davomida
4. Ovqatlar summit kunlari uchun ta’minlanadi
5. Sertifikat va konferensiya materiali kitlari
6. Mukofotlar va festivallar (etirof etish marosimi, networking)

↖️Ariza topshirish deadline: 25-yanvar, 2026

Batafsil: https://opportunitiescorners.com/global-leadership-and-innovation-summit-turkey/

https://t.me/PhDAssociateProfessor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21
Channel photo updated
🇺🇸Aspire Leaders Program: Yetakchilik qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan dastur

Til talabi: Ingliz tili (o’rta daraja)
Yosh chegarasi: 18-29

Kimlar uchun
➡️Talabalar va yaqinda o'qishni bitirganlar qatnashishi mumkin;
➡️Kam daromadli oiladan bo’lish yoki oilasida birinchi bo’lib universitetda o’qiyotgan bo’lishi kerak;
➡️Magistratura darajasini hali olmagan bo'lishi lozim.

Foydali tomonlari
➡️Dasturda qatnashish bepul;
➡️Barcha uchun 3 bosqichli interaktiv onlayn kurs taqdim etiladi;
➡️Sertifikat beriladi.

Dastur haqida
➡️Ushbu dastur orqali ishtirokchilar Garvard universiteti professorlari tomonidan tayyorlangan kursda bepul o’qish imkoniga ega bo’ladi.

⏰️Oxirgi muddat: 30-yanvar, 2026
➡️Batafsil: grantgo.uz/go/36483

https://t.me/PhDAssociateProfessor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
Har bir pedagog bilishi kerak bo‘lgan 3 ta BEPUL raqamli platforma

Raqamli dars uchun qimmat platforma shart emas 👇

1️⃣ Google Classroom
— topshiriq berish, baholash, aloqa

2️⃣ Canva for Education
— slayd, poster, infografika tayyorlash

3️⃣ Kahoot
— testlarni o‘yin formatida o‘tkazish

🎯 Ushbu 3 platforma bilan:
- dars qiziqarli bo‘ladi
- vaqt tejaladi
- o‘quvchi faolligi oshadi

💬 Siz qaysi biridan foydalanasiz? Yoki yana qaysini qo‘shgan bo‘lardingiz?

✔️A'zo bo'ling va bizni kuzatishda davom eting: https://t.me/PhDAssociateProfessor

https://t.me/scientificconferences
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
🎹2026-yil 5-aprel kuni soat 11:00 da 210-o'quv audiatoriyasida
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi

doktorantlari va mustaqil izlanuvchilari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ilmiy-tadqiqot faoliyatini tizimli tashkil etish, ilmiy ishlarni belgilangan talablar asosida olib borish hamda hujjatlashtirish jarayonini takomillashtirishdan iborat bo‘ldi. Unda
fakultet dekani filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent U.R. Yo‘ldoshev

ilmiy ishlarni samarali rejalashtirish, metodologiyani to‘g‘ri tanlash, ilmiy rahbar bilan muntazam hamkorlik qilish, muddatlarga rioya etish va ilmiy intizomni ta’minlash yuzasidan tavsiyalar berdi.
Ingliz tili tarjima nazariyasi Kafedra mudiri PhD, dotsent E.T. Tursunnazarova

hujjatlar papkasini yuritish tartibi, rasmiylashtirish talablari va topshirish muddatlari haqida tushuntirish berdi. Kafedra katta o'qituvchisi PhD N.E. Azizova esa hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul etib belgilandi va izlanuvchilarga tartib-intizomga qat’iy amal qilish zarurligini eslatdi.
Yig‘ilish savol-javoblar bilan yakunlanib, berilgan ko‘rsatmalar ilmiy faoliyatni samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

A'zo bo'ling va bizni kuzatishda davom eting:
https://t.me/PhDAssociateProfessor

https://t.me/scientificconferences

https://t.me/ITIT_ILMIY_TADQIQOT_INSTITUTI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Hurmatli professor-o‘qituvchilar va talabalar!
🇨🇳Xitoy Xalq Respublikasining
🤩Beijing Foreign Studies University (BFSU)🤩
Sizni 10 kunlik xalqaro stajirovka dasturida ishtirok etishga taklif etadi.
Stajirovka davomida:
xalqaro tajriba almashish
ilmiy seminar va mahorat darslari
xorijiy mutaxassislar bilan uchrashuvlar
madaniy dasturlarda ishtirok etish imkoniyati yaratiladi
📌 Murojaat uchun: @ElviraTakhirovna

🌟A'zo bo'ling va bizni kuzatishda davom eting:
https://t.me/PhDAssociateProfessor

https://t.me/scientificconferences

https://t.me/ITIT_ILMIY_TADQIQOT_INSTITUTI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
🟦🟦

O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TURIZM QO'MITASI bilan hamkorlikda

GID–TARJIMONLIK BO‘YICHA MAXSUS 5 OYLIK KURSlarga qabul e’lon qiladi!

Yangi kasb, yangi imkoniyatlar va turizm sohasida keng yo‘llarni oching!

Agar siz 2-3-4-kurs talabasi bo‘lsangiz va quyidagi yo‘nalishlardan birida tahsil olayotgan bo‘lsangiz – aynan siz uchun:
🇯🇵 Yapon tili
🇨🇳 Xitoy tili
🇪🇸 Ispan tili
🇮🇹 Italiyan tili
🇲🇾 Malay tili

📘 Mashg‘ulotlar boshlanishi: 9.02.2026
O‘qish muddati: 5 oy / 630 soat


👩‍🏫 Darslar tajribali professorlar, malakali mutaxassislar tomonidan nazariy, amaliy va sayyor mashg‘ulotlar tarzida olib boriladi.

🎓 Kurs yakunida sizga davlat namunasida tasdiqlangan DIPLOM taqdim etiladi.

Bu diplom sizga quyidagi hududlarda rasmiy ravishda gid-tarjimon bo‘lib ishlash huquqini beradi:
📍 Samarqand
📍 Buxoro
📍 Xorazm
📍 Toshkent viloyati
📍 Toshkent shahri

Joylar soni cheklangan!
Aynan hozir o‘zingiz uchun katta imkoniyat eshigini oching!

📌Manzil: Toshkent sh., Kichik halqa yo‘li, G-9A-21
(Universitet qoshidagi Respublika til o‘qitish markazi)
📞 Bog‘lanish uchun: +998 (90) 908 40 04 / 99 530 80 34

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
👍1