BuxDU Pedagogika fakulteti
96 subscribers
1.03K photos
210 videos
41 files
905 links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#BuxDU_yoshlar_ittfoqi
#Inson_aziz_xotira_muqaddas

🎗Buxoro davlat universiteti Pedagogika fakulteti yetakchisi Tohirova Xumora Zavqiyevna hamda Yoshlar ittifoqi yetakchilari tashabbusi bilan joriy yilning 2022-yil 6-may sanasida 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan urush faxriylari, front ortida xizmat ko'rsatgan va nuroniy keksalarning holidan xabar olish maqsadida Buxoro shahar Zarafshon MFY da istiqomat qiluvchi onaxonlarning holidan xabar olinib, uy yumushlarida ko'maklashildi.

🔰Qolaversa nuroniylarimizning hikmatga to'la umr yo'llari haqidagi suhbatlari yoshlarimiz uchun ibrat maktabi vazifasini o'tab berdi.

⚡️Keksalarni e'zozlash, ularga hurmat ko'rsatish, ular ahvolidan xabar olish, hech bo'lmaganida ularni ma'naviy jihatdan qo'llab-quvvatlash biz yoshlarning burchimizdir.

⚡️Bizni kuzatishni davom eting!
@BDU_yoshlar_ittifoqi