Panda Books
6.26K subscribers
2.14K photos
420 videos
6 files
1.99K links
Books & Book Reviews.
Zamonaviy mutolaa repertuari.

Insta: instagram.com/pandabooksuz

Donat: tirikchilik.uz/PandaBooks
Reklama: @pandapochtabot
Download Telegram
Dunyoda shaxmat yana ommalashayotgani haqida

"Shaxmat yana modaga qaytmoqda", degan jumlani bu yil bemalol ishlatish mumkin. O'zi bu yil Netflixning "Queen's gambit" seriali bu o'yinga bo'lgan ommaviy qiziqishni butun dunyoda birdaniga oshirgandi. Keyinchalik esa shu serial motivlariga asos bo'lgan Uolter Tevisning "Qirolichaning yurishi" asari o'zbek tilida tarjima qilindi.


10-15-avgust kunlari shaxmat boʻyicha “Zakovat-Gambit” yirik chempionati o'tkazilishi haqida xabaringiz bo'lsa kerak. Men ham shaxmatga bo'lgan qiziqishim balandligidan darrov qatnashish uchun ro'yxatdan o'tib qo'ydim. Saralash o'yinlari onlayn tarzda bo'lib o'tarkan.

Bugun shaxmat haqida xabarlarni o'qirkanman, diqqatimni nega aynan sobiq SSSR hududida ushbu sport turi boshqa hududlarga qaraganda ko'proq rivojlangani va hali-hamon yoshi kattayu-kichik birdek bu o'yinni sevib o'ynashi haqida qiziqdim.

"Nima uchun Sovet Ittifoqida shaxmat gullab yashnagan?" degan savolga shu yerda batafsil javob berishga harakat qilganman.

Matn shu yerda👉 https://teletype.in/@boredpandawriter/shaxmat_sssrda_gullab_yashnagan

O'qish davomiyligi: 2 daqiqa

@panda_books
Forwarded from Bored Panda (Jasurbek's Edition)
​​#kino #serial #taqriz #kinotavsiya

Chernobil (2019)

Shanba va yakshanba kunlari uchun siz, azizlarga, #KinoTavsiya rukni orqali ma'lumot berishda davom etamiz.

Demak, bugun ko'pgina katta kinotanqidchilar tomonidan yuksak e'tirof etilgan "Chernobil" mini-serialini ko'rib chiqdim. Menga juda yoqdi. Ta'sirli chiqqan sahnalar ko'p. HBO "Taxtlar o'yini" dan keyin ham odamlarni hayratlantirishda davom etmoqda.

Serial shunchaki "soqqa" qilish uchun olinmaganligi yaqqol ravshan. Unda "haqiqatni qancha yashirishga urinma, baribir bir kun oshkor bo'lishi", lekin u kungacha odamlar yolg'onlar natijasida qancha azob tortishi, ba'zan esa xatto o'lib ketishi mumkinligi serialning bosh g'oyasiga aylangan.

Ba'zi illatlar filmda yaqqol ochib berilgan: byurokratiya, mansabparastlik, johillik va zo'ravonlik va hz. Sansolarlim natijasi mana shunday dahshatli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini Chernobil katastrofasi zamirida ko'rishimiz mumkin.

Tarixda biz bu voqea haqida juda kam o'qiganmiz. Darsliklarda 2 qator jumla keltirilgan. Chunki bu SSSR uchun sharmandali holat deb baholangan. Tarixdan bu haqiqatni yulib tashlashga urinishgan. Afsuski, butun bir avlod buni unutib katta bo'ldi.

Mana endi biz abadiy yopiq o'lka Pripyatga nazar solgancha, o'zimizning kaklikdek nafsimiz yo'lida jamiyat oldidagi burchlarimizni unutib qo'ymaysligimiz haqida mulohaza qilaylik...

Kim ko'rmagan bo'lsa, zudlik bilan ko'rish tavsiya etiladi.

@boredpandablog
Forwarded from Bored Panda
#serial

"How to become a tyrant"

"Taxtlar o'yini" filmi bilan mashhur bo'lgan Piter Dinkleyj tomonidan ovozlashtirilgan ajoyib hujjatli serial.

Netflix'da 6 ta qismdan iborat ushbu ko'plab qiziqarli ma'lumotlarni o'z ichiga olgan serialda dunyoning eng kuchli tiranlari bo'lgan – Adolf Gitler, Iosif Stalin, Saddam Husseyn, Idi Amin, Kim Ir Sen, Muammar Kaddafi haqida yaqindan bilib olish mumkin.

Xullas, dam olish kunlariga vaqtni mazmunli o'tkazamiz.

@boredpandablog
Forwarded from Bored Panda
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#serial #premyera

"Yolg'izlikning yuz yili"

Kolumbiyalik mashhur yozuvchi, Nobel mukofoti sovrindori Gabriel Garsiya Markesning ushbu afsonaviy romani ekranlashtirilarkan. Buni ushbu tizerdan bilib olishimiz mumkin.

Bu haqida Netflix striming kompaniyasi e'lon qildi. Serial pemyera muddati hali aniq emas. Suratga olish ishlari esa Kolumbiyada bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

@panda_books
#feedback #serial

Wednesday

Yaqinda premyerasi bo'lgan bu serial haqida ko'p yozishmoqda. Nega? Chunki zamonamizga yangi qahramonlar kerak. Ular qanday bo'lishi lozim degan savol esa hammani o'ylantiryapti.

Madaniyat bir joyda qotib qoldi. Garri Potter davridan beri maktab va o'smirlar hayoti haqida omadli filmlar ishlanmadi. Zamonamiz yoshlari nimadan qiynalmoqda, muammolari nimada?

Wednesday - gotik uslubida ishlangan komikslardagi o'smir qizaloq. U o'ziga o'xshash jamiyatdagi g'alati deb topilgan tengdoshlari bilan o'qisin deb Nevermor Akademiyasiga jo'natishadi. Hogwartsga o'xshash, ammo bu yer ancha "dark" va ko'proq reallikka yaqinroq. Serial Wednesday'ning sirli qotilliklar izidan quvishi va bir paytda o'smirlarga xos muammolari bilan rivojlanib boradi.

Xo'sh, serial nimasi bilan ko'rishga arziydi? Avvalo, uning texnik jihatlariga to'xtalsam, vizual effektlar va kiyimlar dizayni bo'yicha katta ishlar qilingan. Serialda kiyimlar alohida did bilan ishlangan. Operatorlik ishlari, yuqoridan olingan kadrlar va katta planda aktyorlar mahoratini ochib berish yaxshi uddalangan. Shuningdek, audio yo'nalishi alohida mavzu. Serial foniga mos theme tanlangan, soundtreklar - "Paint it Black", Metallica, Vivaldi va Roy Orbison musiqalari cover va instrumental versiyada mukammal uyg'unlashgan.

Lekin eng katta sabablar bular ham emas. Asosiy sabab, bu jamiyatimiz uzra yoyilgan parda. Biz shablonlar va klishelar domida qolib ketganmiz. Hech qanday yangilik yo'q. Ijtimoiy tarmoqlar quliga aylangan qatlam ham shakllanib ulgurgan. Wednesday manashu "rangli", ammo zerikarli jamiyatdagi qora rangli yangilik edi. Tasavvur qiling, magllar ya'ni normilar badarg'a qilgan, boshqachalar o'qiydigan maktabda hammadan boshqacha bo'lish. Hatto bir paytlar "o'zgacha" deb yoqib yuborilgan jodugarlar jamiyatida ham hammasi shablonlashgan. Bu mutlaq allegoriya.

Wednesday - kim uchundir bu yangilik. Bu qotib qolgan fikrlarga qilingan sarkazm. Bizni yana boshqacha fikrlashga ergashtiradigan impuls.

Yoki boshqalar uchun navbatdagi vaqtni o'tkazsa bo'ladigan ko'ngilochar shou. Balki birvarakayiga ikkalasi.

Xullas, baho berish o'zingizdan.

📱 @panda_books
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Panda Books
Karta simvollari tanisizlarmi? Ularni qanday nomlaysizlar? 📱 @boredpandablog
Buni nega so'radim?

Avvalo, juda qiziqarli va ajoyib bitta serial ko'ryapman. Serial haqida shu yerda.

Ikkinchidan, o'zbek tilida bu ramzlar har xil nomlanarkan. Qizig'i, hududlarga qarab insonlar ularni turlicha nomlashar ekan. O'zbek adabiy tilida qaysilar berilgan buni bilmadim.

Umuman, ularni ajrata olish va ma'lumotlarni oshirish foydadan xoli bo'lmaydi deb o'ylayman.

O'ynashni esa maslahat bermayman 😁

📱 @panda_books
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mazza qilib kitob o'qiyman deganingda, Netflixda yangi serial chiqib qolsa:

📱 @panda_books
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Bored Panda
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#netflix #serial #premyera

Rasman mashhur "Qog'oz Bino" serialidagi nihoyatda xarizmatik qahramon, aktyor Pedro Alonso ijrosidagi Berlin haqidagi alohida serial - "Berlin" shu yilning dekabr oyida chiqishi ma'lum bo'ldi.

Netflix serialning rasmiy videosini e'lon qildi. Kutamiz.

📱 @boredpandablog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Bored Panda
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#serial #premyera

Kolumbiyalik mashhur yozuvchi va Nobel mukofoti sovrindori Gabriel Garsiya Markesning "Yolg'izlikning yuz yili" afsonaviy romani ekranlashtirildi. Netflixda serial treyleri namoyish etildi.

Bu haqida Netflix striming kompaniyasi 2 yil oldin e'lon qilgandi. Demak, shundan beri ishlar to'xtamagan. Suratga olish ishlari Kolumbiyada bo'lib o'tgan.

@boredpandablog