Panda Books
6.26K subscribers
2.14K photos
420 videos
6 files
1.99K links
Books & Book Reviews.
Zamonaviy mutolaa repertuari.

Insta: instagram.com/pandabooksuz

Donat: tirikchilik.uz/PandaBooks
Reklama: @pandapochtabot
Download Telegram
Panda Books
Photo
"Shaytanat"

Hayot — gulzor deya kezdim, tikonlari chiqdi yo’ldan.
Na-da tikonlari, turfa ilonlari chiqdi yo’ldan.
Tilindi qalb, shilindi til, baloyi nafs bo’ldi g’olib,
Qimorga boy berildi or, pushmonlari chiqdi yo’ldan.
Ko’ngil berdim yora nogoh, axtarib men tasallolar,
Zaharxanda qildi ag’yor, yomonlari chiqdi yo’ldan.
Zamon Haqqa tegishli deb, necha fursat qildim sabr,
Chektirib oh, necha sohibzamonlari chiqdi yo’ldan.
Bu bir qismat, dedim, balki peshonamga yozilgani,
Xudo urgan shaytanatning shaytonlari chiqdi yo’ldan.

Bormi biror xayrixohim va yo hamdard? Muhabbatning
Tohir Malik, Shukurdayin qurbonlari chiqdi yo’ldan.

Bir paytlar afsonaviy milliy serialimizdagi o'lmas ashulaning betakror so'zlarini yozgan, hozir o'zining eski charm diplomatini qo'lida tutgancha, hali-hamon kostyum-shimda po'rim yurgan, ammo endi vaqt o'tib, qarigan shoir Shukur Qurbon bilan tog'dan bitta avtobusda qaytdik va uni o'z uyini oldida qoldirgancha yo'lda davom etdik. Uning ortidan aytilgan yaxshi gaplardan keyingina ushbu inson kimligini bildim.

Umuman olganda, bugun adabiyotimiz darg'alarini ko'rishdan kami qolmadi. Epoxa.

@panda_books
Tabriklaymiz! Harvardda doktorlik qilgan birinchi o'zbekistonlik!

Bizgayam nasib qilsin!

@panda_books
Sevimli rus yozuvchi(lar)ingiz qaysi?

@panda_books
#mutolaa

Nihoyat, "Taxtlar o'yini" tugadi. Naq 920 varaqlik kitob. O'rniga bemalol 3 ta o'rtacha roman yoki 6-7 ta qissa o'qisa bo'lardi. Lekin bunchalik taassurotlarni boshqa romanlardan topish mushkul.

Abatta, GoT bunga arziydi. Batafsil keyinroq.

@panda_books
#haqida

25-May

Bugungi Bitiruvchi-2024! Qadrli uka-singillar! Quyidagi kichik tavsiyalarimni esda tutarsizlar:

Maktabda olgan son-sanoqsiz maqtov va faxriy yorliqlaring keyingi hayotingda bir tiyinlik foyda bermaydi. Sinalgan.

Faqatgina darsliklardan olgan ma'lumotlaring seni aqlli qilib qo'ymaydi. Isbotlangan.

Bundan keyingi ustozlaring sen haqingda maktabdagilarchalik jon kuydirib qayg'urmaydi. Sinalgan.

Ijtimoiy tarmoqdagi Sinfdoshlar guruhida tez-tez yig'ilib turamiz, yo'qolib ketmanglar degan gaplarga ko'pam umid qilma. Unday bo'lmaydi. Isbotlangan.

Qayerda bilimni tekin tarqatishayotgan bo'lsa, o'shayerdan qolma. Yangiliklarga ochiq bo'l. Chellenjlar qilishdan qo'rqma. Foydasi bo'ladi. Tekshirilgan.

Hech narsadan qo'rqma, aslo tushkunlikka tushma, qayg'urma. Oldingda millionlab imkoniyatlar turibdi. Hammasi albatta yaxshi bo'ladi. Ishon. Sinalgan.

Omad yor bo'lsin!

@panda_books
Seoul Mun'da “Sarmoya Books” kitob doʻkonining 6-filiali ochilishi munosabati bilan ertaga o'tkazilayotgan tadbirga taklifnoma berib ketishdi.

Qiziqarli bo'ladi degan umiddaman.

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Практически 2 путешествия в Вену,
3 тюбика пасты, 25 книг,
17 пустых восхождений на сцену:
Я ждал тебя так, что от жизни отвык.

Aleksandr Gusev

@panda_books
#tavsiya

Bill Geytsdan yozgi mutolaa uchun tavsiyalar

Bu ro'yxatdan, asosan, soft-skills, Sun'iy intellekt va insonlardagi yaxshi xislatlar haqidagi kitoblar o'rin olgan.

"Brave New Words", Salmon Xon
Muallif sunʼiy intellekt qanday qilib odamlar hayotini yaxshilashini va barchaga jahon darajasidagi taʼlim olish imkoniyatini berishi haqida o'z fikrlari keltirib o'tgan.

"How to Know A Person", Devid Bruks
Sizni tinglashlari uchun nutq va ijtimoiy ko'nikmalaringizni yaxshilash bo'yicha maslahatlar.

"Ayollar", Kristin Xanna
Vyetnam urushida askarlarni qutqarib qolgan AQSh armiyasi hamshiralari tarixi.

"Yuqumli saxiylik", Kris Anderson Muallof Internetning insonlardagi saxiylikka bo'lgan ta'sirini o'rganadi.

@panda_books
"Mantiqiy xato" kitobidan kanalga joylayman deb qo'ygan parcham.

Hechdan ko'ra kech.

@panda_books
#haqida

Eng yaxshi qasos

Dushmanlaring yoki senga azob bergan insonlardan olinajak qasosning yo'llari ko'p aslida.

Misol, tutvolib humordan chiqquncha do'pposlashing yoki ijtimoiy tarmoqlarda negativ yozishing mumkin. Ammo bu - mag'lubiyatdir, chunki ular aynan shunday qilishingni xohlaydi.

Men yoshligimdan to hozirgi kungacha eng yaxshi qasos usullaridan biri sifatida Graf Monte-Kristoni bilardim. Alamlarni ichga yutish va oradan yillar o'tib, qaytib kelib qasos olish. Bu ajoyib. Ammo buning yomon tomoni shundaki, shu yillar davomida faqat o'tmish bilan yashashga to'g'ri keladi. Bu esa alal-oqibat ko'pchilikni aqldan ozdiradi.

Menimcha, eng yaxshi qasos - bu o'tmishni ortda qoldirish, ishlab boy-badavlat bo'lish va baxtli hayot kechirishdir. Unutish ham ba'zan eng katta qasos aslida.

Dushmanlaringiz bunga chidolmaydi.

@panda_books
​​#review #taqriz

📗Jorj Martin — "Taxtlar o'yini"

"Taxt o'yinida yo g'olib bo'lasiz, yo o'lasiz!"

Mana nihoyat, "Taxtlar o'yini" o'zbek tilida ham nashrdan chiqdi. Tarjimondan tortib muharrirgacha ushbu ishga bosh qo'shgan insonlarning mashaqqatli mehnati ortidan ashaddiy GoTchilar kutgan quvonchli kunlar ham kirib keldi.

Bu fentezi olam bilan endi ilk bor tanishayotgan insonlar uchun qisqacha tushuntirish beray. Undagi voqealar xayoliy Westeros va Essos qit'alarida bo'lib o'tadi. Hayot tarzi esa O'rta asrlardagi Yevropa qirolliklari va ritsarlari davrini esga solib yuboradi. Ushbu diyorda uzoq yillar Yetti Qirollikni birlashtirgan, minglab qilichlar eritib yasalgan Temir taxtida o'tirgancha Targariyenlar sulolasi hukmronlik edilar. Faqat ulargina qudratli ajdarlarga egalik qilardilar. Keyin esa Westerosdagi Yetti Qirollik ularga qarshi bosh ko'tarib, Ajdarzodalarni taxtdan ag'darishadi. Taxtga Barateonlardan bo'lgan Robert o'tiradi. Shu bilan mamlakatda yana tinchlik hukm sura boshlagandek edi, ammo ulkan bo'ron oldidan atrofga sukunat cho'mganidek, bu osoyishta davrlar ham poyoniga yetib borar, chunki Qish kelayotir edi...

Asar hozircha 5 ta qismdan iborat "Muz va Olov qo'shig'i" sagasining debochasi hisoblanadi. Turkumning oxirgi 2 ta kitobi esa hali-hamon tugatilmagan. (Saga haqida to'liq ma'lumotni alohida yozgan maqolamda olishingiz mumkin)

Kitobni o'qigan har qanday inson undagi voqealar shiddati va qiziqarliligidan darhol unga kirishib ketishiga shubha yo'q. Negaki u o'zida nafaqat go'zal ritsarlik hikoyalari va urush sahnalarini, balki jirkanch siyosiy o'yinlar, din-e'tiqod, iqlim o'zgarishlari, yaxshilik va yomonlik, rostgo'ylik va yolg'on, sadoqat va xiyonat kabi mavzularni ichiga oladi.

Siyosatda "hamma hammaga qarshi urush" degan tushuncha bor. Bunda hokimiyat uchun ikkita emas, balki bir nechta kuchlar kurash olib boradi va ularning hech biri o'z raqibi bilan kelishuvga erisha olmaydi. Natijada urush juda uzoq va qonli tus oladi, voqealar rivoji tez va kutilmagan tus oladiki, eng aqlli siyosatchilar ham oldindan bir narsani bashorat qila olmaydilar. "Taxtlar o'yini"da biz aynan shunday intrigaga boy saroy o'yinlarini kuzatishimiz mumkin.

Asar bosh qahramonlari Shimoldagi Vinterfell lordlari Starklar xonadonidir. Shuningdek, Lannisterlardan bo'lgan Tirion va so'nggi Targariyen hisoblanmish Dayeneris Bo'ronzot boblari ham romandan o'rin olgan. Shuningdek, yana bir necha o'nlab muhim figuralar borki, ularsiz kartinani to'liq tasavvur qilolmaysiz.

Roman aytganimdek, hali boshlanishi xolos, u ayni eng qiziq joyiga kelganida, kitobxon asardagi sanoqsiz personajlar, turli g'aroyib hikoyalar tuguni, antiqa toponim va gidronimlar og'ushidan endi o'ziga kelib, o'zining sevimli qahramonlari taqdiriga qiziqa boshlagan joyida birdagina tugaydi.

Ushbu fentezining tarjima qilinishi - bu yilning eng ajoyib yangiliklaridan biri. Va albatta "Zabarjad Media" tomonidan ushbu fentezi sagasining navbatdagi qismlarini ham intiqlik bilan kutib qolamiz.

Valar Morghulis!

@panda_books
​​#review #taqriz

📗Lyu Sizin — "Qorong'u o'rmon"

“Yerning o‘tmishi haqidagi xotiralar” trilogiyasining ikkinchi kitobi mutolaasi ham tugadi. Yerliklar 400 yildan keyin sodir bo'ladigan o'zga sayyoraliklar bosqiniga tayyorlanishda davom etmoqda...

Kitob hajm jihatidan 1-siga nisbatan biroz katta, shu sababdanmi voqealar sur'ati, ba'zi joylarda sekinlashib qoladi. Lekin umuman olganda, syujet har qanday maqtovga loyiqdir.

Yoqqan jihatlari:
— Kitobda hali o'zga sayyoraliklar deyarli yo'q bo'lsa-da, muallif shunday favqulodda vaziyatlarda inson/omma/davlat/jamiyat/ijtimoiy institutlar psixologiyasini yaxshi tasvirlab bergan. Halokat yoqasida ham davlatlar o'zaro birlashmasligi, g'alati qarorlar qabul qilinishi va insonlarning axloqiy normalari tushib ketishi bunga misoldir.

— O'zga sayyoraliklar falokatini oldini olish uchun BMT tomonidan 4 ta "TarkiDunyochilar" tanlab olinadi va ularga mutlaq erkinliklar beriladi. Ushbu hikoyalar o'zida ham detektiv, ham falsafiy qarashni o'zida aks ettirishi va roman oxirigacha sizni qiziqishingizni o'zida saqlab turadi deb o'ylayman.

— Ikkita oddiy aksiomaga asoslangan kosmik sotsiologiya, ya'ni "Qorong'u o'rmon" teoriyasi juda aniq va mantiqiy izohlab berilgan. Spoyler qilmayman, shu sababdan bu qanday nazariya ekanligini o'zingiz o'qib tushunishingiz mumkin.

Romandagi ko'pgina voqealar o'zining mantiqiy yakuniga ega bo'lsa-da, Trisolaran floti hali hamon Yerga xavf solishda davom etadi va endi undanda xavfliroq dushmanlar ham paydo bo'lish ehtimoli yo'q emas. Uchinchi, yakuniy kitobda bu savollarga javob topaman deb o'ylayman.

Ilmiy-fantastika o'qib turish kerak. Quvonarlisi, u haliyam mavjud va fizika, astrofizika, astronomiya sohalaridagi eng so‘nggi nazariy-amaliy tadqiqotlariga tayanib, shunday qiziqarli asar yarata oladigan yozuvchilar bor. Barcha ilmiy fantastika muxlislariga tavsiya qilaman.

P.S: o'qish uchun Yandex Music va Bukmeytda mavjud.

@panda_books
Shunchaki, internetda yaxshi kitoblar haqida gapirib o'tirasan va keyin Angliyada 2023-yilning o'zida Paolo Koelyoning "Alkimyogar" kitobi £325,000 lik sotilganini o'qib qolasan...

@panda_books
Imperiyalar rishtasi

Aytgancha, bugun muhim sana. 1453-yilning shu kunida Konstantinopol qulaydi. Aslini olganda Qadimgi Rim imperiyasi tarixchilar aytganidek 476-yilda emas, balki aynan o'sha sanada tugaydi. Negadir ko‘pchilik Vizantiya - bu Rimning davomchisi ekanligini unutib qo‘yadi.

O'z tarixi davomida Vizantiyaning ushbu beqiyos poytaxtini turli xalqlar - arablar, slavyanlar, pecheneglar, bolgarlar, mo'g'ullar, forslar egallashga harakat qilishdi. Ammo faqatgina yosh Mehmet II boshchiligidagi turkiylargina muvaffaqiyat qozonadi. Deyarli 2000 yil mavjud bo'lgan Rim Imperiyasi 21 yoshli (!!!) yigitning qamali ostida taslim bo'ladi.

Konstantinopolning qulashi nafaqat eski davrning tugashini, balki G'arb va Sharq o'rtasidagi savdo-sotiqning murakkablashishga ham olib keladi. Iqtisodiy inqiroz Yevropa davlatlarini dengiz yo‘llari singari muqobil savdo yo‘llarini izlashga undaydi va oradan 40 yil o‘tib, Xristofor Kolumb Amerikani kashf etadi.

Rashev

@panda_books
Forwarded from Bored Panda
#tavsiya

Sizlarga ajoyib dorama topib keldim!

"8lik Shousi" yoki "The 8 Show" – tezda mashhurlikka erishayotgan yangi serial. U o'zida o'tkir ijtimoiy muammo - yoshlar orasida o'z joniga qasd qilish, tengsizlik va o'zaro hamjihatlikda yashash kabi mavzularni yoritib bergan.

Bu bilan u ispanlarning "Platforma"si yoki "Kalmar o'yini"ni eslatib yuboradi. Ammo anchayin qiziqarli.

Hozircha 1 ta qism tomosha qildim va shunchaki Wow!

@boredpandablog
2023-yil davomida o'g'il-qizlarga eng ko'p qo'yilgan ismlar reytingi ekan.

@panda_books