Panda Books
6.26K subscribers
2.14K photos
420 videos
6 files
1.99K links
Books & Book Reviews.
Zamonaviy mutolaa repertuari.

Insta: instagram.com/pandabooksuz

Donat: tirikchilik.uz/PandaBooks
Reklama: @pandapochtabot
Download Telegram
AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp jinoiy ishda aybdor deb topildi. Nyu-Yorkdagi hakamlar hay’ati sobiq prezident Donald Trampni 34 ta hujjatlarni qalbakilashtirishda aybdor deb topdi. Hukm 11 iyul kuni e’lon qilinadi.

Yaqinda bo'lib o'tadigan prezidentlik saylovlarida Tramp ishtirok etmasligi uchun qo'llaridan kelgan barcha ishni qilishyapti. Quyida esa bu voqeaga tarmoqlardagi ba'zi sharhlarni ko'rishingiz mumkin.

Siyosiy sharhlovchi Mett Uolsh:
"Tramp qora tanli emas, demokrat emas va zo‘ravon jinoyatchi ham emas, shuning uchun uning Nyu-York sudida oqlanish imkoniyati yo‘q edi".

Taker Karlson, jurnalist:
“Uchinchi dunyoni import qiling, uchinchi dunyoga aylaning. Buni biz hozirgina ko‘rdik. Bu Trampni to‘xtata olmaydi.
U saylovda g‘alaba qozonadi, agar ungacha o‘ldirilmasa. Bu dunyodagi eng adolatli adliya tizimining tugashini anglatadi.”


@panda_books
#haqida

Tramp

Nega shaxs sifatida yoki prezident sifatida unga nisbatan qilinadigan nafratni hech qachon tushunmaganman. Komik, mallasoch, gapga usta oq tanli siyosatchi. Faqat ikki jins bor degani uchun LGBTlarga yoqmas balki...

Bugungi ayblov Tramp tomonidan 2016-yili pornoaktrisa Stormi Deniyels bilan jinsiy aloqada bo‘lgani va buni yashirish uchun Deniyelsga 130 ming dollar pul to‘laganligi (pulni soliqdan olib qochgan). Ha, u qachondir yolg'on gapirgan bo'lsa, bu ayollar va uning biznesi to'g'risida edi. Hozirchi? Bayden bundanda jiddiyroq narsalar haqida yolg'on gapirayotganini hamma yaxshi bilib, ko'rib turibdi.

Odatda So'z erkinligi haqida eng ko'p gapiradiganlar eng katta senzorlar bo'lib chiqadi.
Eslasangiz Trampni Twitter, Facebook va Youtubeda taqiqlashgandi. Uni deyarli barcha OAV va yirik platformalardan butunlay uzishgandi. Ammo boboy taslim bo'lmadi - faol ravishda o'z ijtimoiy tarmog'ini yaratdi va mana 2024-yilgi prezidentlikka nomzodini qo'yish fikridan qaytgani yo'q.

Endi.. mana endi, shuncha sinovlardan o'tib, Tramp yo turmaga tushadi va shu yoqlarda yo'q bo'p ketadi yoki prezident bo'lib, nihoyat 3-jahon urushi ostonasiga kelib qolgan dunyoda nimadurlar qilib ko'radi. Nimayam deymiz...

Ālea iacta est!

@panda_books
​​#tavsiya

O'smirlarga yozgi mutolaa uchun TOP 7 kitob tavsiya

Bugun 1-iyun "Xalqaro bolalar kuni". U 75 yil avval Parijda ta'sis etilgan. Urushdan keyingi yillarda voyaga yetmaganlarning muammolari ayniqsa keskin edi: ularning ko‘pchiligi yetim qoladi, uy-joyidan ayriladi, og‘ir sharoitlarda yashab, ta’lim ololmay qoladi. Keyinchalik ba'zi mamlakatlar bolalarga bag'ishlangan o'zlarining mahalliy bayramlarini ishlab chiqdilar.

Ushbu sanadan ko‘zlangan asosiy maqsad — voyaga yetmaganlarning hayotga, sog‘lig‘iga, ta’lim olishiga, zo‘ravonlikdan himoyalanish va oila farovonligiga bo‘lgan asosiy huquqlarini voyaga yetganlarga eslatishdir. Ularning barchasi BMTning Bola huquqlari deklaratsiyasida bayon etilgan.

Yaxshiyamki, zamonaviy o'zbek bolalari ular uchun maxsus yozilgan ajoyib nashrlarni o'qishlari mumkin. Ota-onalarning vazifasi - ularga manfaatlisini tanlashda yordam berishdir.

Bu yil ham an'anaga muvofiq, men bolalar va o'smirlar uchun yozgi mutolaa uchun badiiy kitoblar tavsiya qilmoqchiman. Bular quyidagilar:

1️⃣ Ketrin Paterson"Terabitiya mamlakatiga eltuvchi ko'prik"
2️⃣ Sadriddin Ayniy "Sudxo'rning o'limi"
3️⃣ Robert Luis Stivenson "Xazinalar oroli"
4️⃣ Jyul Vern "15 yoshli kapitan"
5️⃣ Xojiakbar Shayxov "Olmos jilosi"
6️⃣ Odil Yoqubov "Qaydasan, Moriko"
7️⃣ Mahmudxo'ja Behbudiy "Odob-axloq kitobi"

Yoqimli mutolaa!

@panda_books
#news

𝘐𝘯 𝘢 𝘩𝘰𝘭𝘦 𝘪𝘯 𝘵𝘩𝘦 𝘨𝘳𝘰𝘶𝘯𝘥 𝘵𝘩𝘦𝘳𝘦 𝘭𝘪𝘷𝘦𝘥 𝘢 𝘩𝘰𝘣𝘣𝘪𝘵. 𝘕𝘰𝘵 𝘢 𝘯𝘢𝘴𝘵𝘺, 𝘥𝘪𝘳𝘵𝘺, 𝘸𝘦𝘵 𝘩𝘰𝘭𝘦, 𝘧𝘪𝘭𝘭𝘦𝘥 𝘸𝘪𝘵𝘩 𝘵𝘩𝘦 𝘦𝘯𝘥𝘴 𝘰𝘧 𝘸𝘰𝘳𝘮𝘴 𝘢𝘯𝘥 𝘢𝘯 𝘰𝘰𝘻𝘺 𝘴𝘮𝘦𝘭𝘭, 𝘯𝘰𝘳 𝘺𝘦𝘵 𝘢 𝘥𝘳𝘺, 𝘣𝘢𝘳𝘦, 𝘴𝘢𝘯𝘥𝘺 𝘩𝘰𝘭𝘦 𝘸𝘪𝘵𝘩 𝘯𝘰𝘵𝘩𝘪𝘯𝘨 𝘪𝘯 𝘪𝘵 𝘵𝘰 𝘴𝘪𝘵 𝘥𝘰𝘸𝘯 𝘰𝘯 𝘰𝘳 𝘵𝘰 𝘦𝘢𝘵: 𝘪𝘵 𝘸𝘢𝘴 𝘢 𝘩𝘰𝘣𝘣𝘪𝘵-𝘩𝘰𝘭𝘦, 𝘢𝘯𝘥 𝘵𝘩𝘢𝘵 𝘮𝘦𝘢𝘯𝘴 𝘤𝘰𝘮𝘧𝘰𝘳𝘵.
- J.R.R Tolkien, "The Hobbit"

Insayder ma'lumot. Mashhur "Hobbit" fentezi romani o'zbek tilida chop etilishi mumkin. Tarjima ishlari boshlangan. Aniq sana hozircha ma'lum emas, ammo bu shunchaki vaqt masalasi. Quvonarlisi, buning ustida ish boshlangani.

@panda_books
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bambukdan qog'oz tayyorlashning qadimiy usuli.

@panda_books
Panda Books
#haqida Tramp Nega shaxs sifatida yoki prezident sifatida unga nisbatan qilinadigan nafratni hech qachon tushunmaganman. Komik, mallasoch, gapga usta oq tanli siyosatchi. Faqat ikki jins bor degani uchun LGBTlarga yoqmas balki... Bugungi ayblov Tramp tomonidan…
Tramp TikTok ochibdi. Bir kunni o'zida deyarli 4 mln obunachi yig'gan.

Bir paytlar uning administratsiyasi TikTokni bloklamoqchi edi. Lekin hozir u AQSh maxsus kuchlariga xizmat qilmaydigan va dunyodagi eng ommaviy ijtimoiy tarmoqqa muhtoj.

Welcome back!

@panda_books
#sarhisob #may

Oy Sarhisobi.


Bu oy men uchun dam olish oyi bo'ldi. Ta'tilda tabiat ham o'zining salqin havosini ayamadi. Xullas, so'nggi yillardagi eng yaxshi May oyi bo'ldi.

O'qilgan kitoblar:
♻️
Shohrux Usmonov – "Tadorik"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️ Haruki Murakami – "Tokio afsonalari"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️ Hojiakbar Shayxov – “Olmos jilosi”
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️ Jorj Martin — "Taxtlar o'yini"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️ Lyu Sizin — "Qorong'u o'rmon"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

Oyning eng qiziqarli postlari:
👉 1-May sirli tarixi
👉 Xudoyorxon saroyi
👉 Senzura
👉 Kun surati
👉 25-May
👉 Eng yaxshi qasos
👉 Imperiyalar rishtasi
👉 Tramp

Siz-chi, bu oy qaysi kitoblarni mutolaa qildingiz?

@panda_books

Instagram | Youtube | Tiktok
Sevimli turk yozuvchi(lar)ingiz qaysi?

@panda_books
Panda Books
Sevimli turk yozuvchi(lar)ingiz qaysi? @panda_books
O'hoo'! Izohlarda hali jang boshlanmadimi? Qurbonlar yo'qmi:))😂

@panda_books
#news

Bill Geyts kelgusi yil o'z memuarini e'lon qiladi

"Source Code" deb nomlanuvchi ushbu kitobda dunyoning eng boy insonlaridan birining bolaligi va yoshligidan to Microsoft korporatsiyasi tashkil topguniga qadar bo'lgan voqealar haqida so'z boradi. Nega universitetni tashlab ketgani va Pol Allen bilan birga yangi loyhaga asos solgani haqida bilib olishingiz mumkin.

O'ylaymanki, kitob yaxshi sotiladi va Bill Geyts keyinchalik Microsoftdagi faoliyati haqida ham alohida kitob yozadi.

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hozirgi davrda kitob mutolaa qilish va unga vaqt topish haqida

@panda_books
Forwarded from Book Talks
BookTalks qaytmoqda
#haqida

Aktivizm

Ochig'i, men zamonaviy (eko)aktivizmni diniy fanatizm bilan bitta pog'onaga qo'yaman. Farqi kattadek ko'rinsa-da, aslida unday emas.

Uyam buyam bir xilda o'zi tutib olgan fikridan aslo qaytmaydigan, sog'lom muhokamaga kirishmaydigan insonlardan iborat. Radikal o'zgarishlar tarafdorlariyam juda ko'p ular orasida.

Ekoaktivistlar ham sektantlarga o'xshab o'z ishonadigan e'tiqodga, avliyolariga (Greta Tunberg), tanib olsa bo'ladigan atributlariga (qizil bo'yoq va hkz) va o'z OxirZamoni - (Global suv bosishi, Overpopulation, resurslar tugashi)ga ega.

Yalang'och emchaklar, ko'chalarda shizofrenik baqiriqlar, turli bayroqlarni xilpiratgancha marshlar.. Ammo iqlim muammolari bo'yicha birorta jo'yali takliflar yo'q. Faqat qichqiriq.

Vandalizm qilishlari esa alohida mavzu - har hafta u yoki bu mashhur muzey yoki galereyada qandaydir aktivist tarixiy yodgorliklarga hujum qilgani haqida xabar chiqadi.

O'zbekistonda bunaqasi yo'qku deyishingiz mumkin. Hozircha. Bizda ham Shok va Drama qilishni xohlaydiganlar juda ko'p, Bu faqat vaqt masalasi xolos.

Bir necha yil oldin avstraliyalik o't o'chiruvchilar katta yong'inlar uchun... ekofaollarni ayblashgandi. Ma'lum bo'lishicha, ular o'zlarining faolligi bilan eski o'rmonni vaqtida rejali yoqishga yo'l qo'yishmagan, natijada yozgi yong'inlar paytida o'rmon butunlay yonib ketgan. Faollik har doim ham foydali emas.

Shuning uchun, ijtimoiy tarmoqlarda jamiyatimizdagi o'zlarini "liberintelligensiya" deya ataydigan qatlam vakillarini odamlarga qanday yashash kerakligini o'rgatayotganini ko'rsam, shunchaki kulib qo'yaman.

@panda_books
Pingvin effekti

Har bir jamiyat o'zi uchun normal va normal bo'lmagan holatlarni aniqlashtirib oladi. Normal deganda, qoida tariqasida, norma sifatida qabul qilingan qarorlarni nazarda tutyapman. Lekin vaqt ham, jamiyat ham hech qachon bir joyda qotib qolmaydi, undagi qadriyatlar oqimi zamonga qarab shiddat bilan o'zgarib boradi. Uning qay tomonga yurishi, eng avvalo, o'sha jamiyatdagi "ommaviy befarqlik" qay darajada ekanligiga bog'liq.

Aytaylik, okeandagi ulkan muztog' ustida pingvinlar galasi to'planib turibdi. Qoida tariqasida, ularning suvga tushishi normal bo'lmagan holat deb olaylik. Suvga tushish zarar yoki foyda bo'lishi ham mumkin. Lekin biz buni bilmaymiz. Demak, hamma pingvin bir-biriga qarab jim turishibdi, shunda qandaydir bir shum pingvincha to'dadan ajralib chiqadida, "shalop" etib o'zini suvga otadi.

Pingvinlar galasini buni jimgina juzatib turadi. Hamma jim, hech kim o'sha pingvinchaga qarshi hech bir narsa qilmaydi. Keyin yana bitta pingvin, izidan Ikkinchi, uchinchi.... Shundan so'ng, birdaniga butun gala suv tomon intila boshlaydi, ana endi ularni hech narsa to'xtata olmaydi.

Nega shunday bo'ldi? Chunki jamiyatda oldin nenormal deb qaralgan narsalarga bo'layotgan ommaviy munosabat befarqlik, aniqrog'i, jazo effektining kuchsizligi natijasida: "ha, demak, buni qilish mumkin, bunga JAZO yo'q, bo'lsa ham arzimagan narsa!"- degan qarash omma orasida tezda shakllanadi.

Shuni unutmangki, barcha norma bo'lmagan narsalar — bu albatta YOMON degani emas.

Har bir normal holatlar jamiyat uchun qachondir norma bo'lmagan. Misol, 200 yil oldin gender tengligi tushunchasiga istalgan jamiyatda betoqatlik bilan javob berilgan. Jamiyat uchun oldin yot bo'lgan holatlarning unga kirib kelishi, keyinchalik o'sha jamiyat rivoji uchun yordam bergan vaziyatlar ham talaygina. Afsuski, yomonlari ham ko'p. Bu haqida keyinroq.

Ammo dunyodagi deyarli barcha jamiyatlarda shunday tabu holatlar borki, ular mutlaq yomondir. Masalan, yolg'on gapirish, qotillik, o'g'rilik, poraxo'rlik — bular normal bo'lmagan holatlar hisoblanadi va ularga qarshi keng miqyosda kurashish shart.

Agar qaysidir jamiyatda yuqoridagi holatlar ko'paysa va undanam yomoni, odamlar o'sha qilmishlari uchun jazosiz qolishini bilsa, bu narsa inson psixologiyasida shunday hatti-harakat "normal" degan ongosti tushunchasi paydo bo'lishiga olib keladi.

Ana o'shanda pingvinlarni to'xtatib bo'lmaydi.

@panda_books
#newbook #yangikitob

Adabiy xazinamiz boy. Shunchalik boyki, Abdulla Qahhordek mashhur yozuvchining ham avval e'lon qilinmagan yoki bir bor chop etilib, "unutilgan asarlar"i bisyor.

Ushbu to'plamda shu kabi asarlar – "Qotilning tug'ulishi", "Zilzila" qissalari hamda "Tashvish" komediyasi o'rin olgan.

Zabarjad Media nashriyoti shunday ajoyib imkonni bizga tortiq etgani uchun rahmat!

@panda_books
#bu_qiziq

Jiddiy ishlaydigan jiddiy bo'lmagan falsafalar

1. Xleyd qonuni:
Eng qiyin vazifani eng dangasa xodimga berish kerak. U, albatta, uni hal qilishning oson va sifatli yo'lini topadi. Axir, dangasa odam o'z hayotini murakkablashtirishni istamaydi va keyin qayta ishlamaslik uchun vazifani darhol bajaradi.

2. Merfi qonuni:
Agar biror narsa chappasidan ketishi mumkin bo'lsa, u albatta chappasidan ketadi. Va bo'lishi mumkin bo'lgan eng yomon versiyalardan eng yomoni sodir bo'ladi.

3. Richardning o'zaro bog'liqlik qoidasi:
Yetarlicha uzoq vaqt saqlagan narsangizni tashlab yuborishingiz mumkin. Ammo o'sha narsani tashlab yuborganingizdan so'ng, u sizga kerak bo'lib qoladi.

4. Lerman qonuni:
Agar pul va vaqtingiz bo'lsa, mutlaqo istalgan texnik muammoni hal qilish mumkin. Ammo muammo shundaki, sizda doimo yo vaqt, yoki pul yetishmaydi.

5. Ettore kuzatuvi:
Do'konda qo'shni navbat har doim siznikiga qaraganda tezroq harakat qiladi. Va agar siz unga o'tib olsangiz, sizning eski navbatingiz tezroq harakat qila boshlaydi.

6. Meksimen qonuni:
Ishni maromida bajarish uchun hech qachon vaqt yetarli bo'lmaydi, lekin uni qayta ishlash uchun vaqt topiladi.

7. Qidiruv qonuni:
Sizga kerak bo'lgan narsa eng ko'zga ko'ringan yoki eng kutilmagan joyda turgan bo'ladi. Shuning uchun, vaqtni behuda sarflamang va qidiruvni eng nomaqbul joydan boshlang.

8. Piter prinsipi:
Shaxs o'z qobiliyatsizligi darajasida qobiliyatli. Qanchalik ko'p narsa bilsangiz va ko'p narsa qo'lingizdan kelsa, o'rganish va rivojlanishda davom etishingiz shunchalik qiyin bo'ladi. Ya'ni ma'lum salohiyatli hodim karyera zinapoyasidan toki o'zi salohiyati yetmagan joygacha ko'tariladi va haydalmaguncha, o'lmaguncha yoki pensiyaga chiqmaguncha o'sha lavozimni saqlab qoladi.

9. Kan va Orben aksiomasi:
Agar boshqa hech narsa yordam bermasa, nihoyat qo'llanmani o'qing!

10. Xenlon ustarasi:
Ko'pincha, siz yomon niyat bilan qilingan deb hisoblagan hamma narsa ahmoqlik tufayli amalga oshiriladi. Shuning uchun, odamlarni yomon niyatlari uchun behuda ayblashga shoshilmang.

11. Po qonuni:
Nozik mavzularda bu xazil ekanligini majburiy ko'rsatib, xazil qilish kerak, aks holda ushbu gaplarni jiddiy qabul qiladigan odamlar topiladi.

12. Fineyglning to'rtinchi qonuni:
Agar biror narsa noto'g'ri bo'lsa, vaziyatni saqlab qolish uchun har qanday urinish vaziyatni yanada yomonlashtiradi. Shuning uchun ba'zida narsalarni avvalgidek qoldirgan ma'qul.

13. Zimergi ixtiyoriy mehnat qonuni:
Odamlar har doim zarurat bo'lmaganda paytlari ishga kirishishga tayyor bo'lishadi.

14. Gamperson qonuni:
Sizning istaginggiz istalgan natijaga erishish ehtimoliga teskari proporsionaldir.

15. Pareto qonuni:
20% harakat 80% natija beradi. Va teskarisi. Hayot qonunlari faqat shu nisbatda ishlaydi.

16. Chizxolmning uchinchi qonuni:
Har qanday taklifingiz, albatta, siz nazarda tutganingizdan ko'ra boshqacha talqin qilinadi.

17. Ould va Kan qonuni:
Yig'ilishda qancha ko'p odam qatnashsa va unga qancha ko'p vaqt sarflansa, undan olinadigan samara shunchalik kam bo'ladi.

18. Parkinson qonuni:
Ish siz uchun ajratilgan vaqt oralig'ida amalga oshiriladi. Misol, siz topshiriqni 1 kun ichida bajara olsangiz ham, muddat 1 hafta belgilab qo'yilgan bo'lsa, topshiriq faqatgina rejalashtirilgan muddat tugashidan oldin bajariladi.

19. Yang qonuni:
Barcha buyuk kashfiyotlar xato tufayli yuzaga keladi.

20. Fingeylning sakkizinchi qoidasi:
Jamoaviy ish juda muhim. Bu aybni boshqa birovga to'nkash imkonini beradi.

21. Myorfining ilmiy tadqiqot qonuni:
Siz nazariyangizni himoya qilish uchun har doim yetarlicha tadqiqot qila olasiz.

22. Segal qonuni:
Qo'lida bitta soati bor odam soat nechchi ekanligini aniq biladi. Bir nechta soati bor odam esa aniq vaqtga sira ishonch hosil qila olmaydi.

23. Van Roy qonuni:
Buzilmaydigan o'yinchoq u bilan boshqalarini sindirishga foydalidir.

@panda_books
Platon g'ori allegoriyasi

2400 yillik donishmandlik hozirgi davrdagichalik aktual bo'lmagan edi.

Platon aytadiki, biz tug'ilganimizdanoq g'or devoridagi soyalarni ko'rib ulg'ayamiz. Haqiqatning soyalarini.

Ulg'ayib qachondir g'ordan chiqib, asl haqiqatni bilganimizda buni tan olishimiz juda qiyin bo'ladi.

Xullas, hammamiz shu Platon g'origa qisilib-siqilib borayapmiz.

@panda_books