Panda Books
5.74K subscribers
2.1K photos
410 videos
6 files
1.96K links
Books & Book Reviews.
Zamonaviy mutolaa repertuari.

Insta: instagram.com/pandabooksuz

Donat: tirikchilik.uz/PandaBooks
Reklama: @pandapochtabot
Download Telegram
#news
Aktyor Kianu Rivz oʻz kitobini nashr ettiradi

Kuni kecha Kianu Rivz oʻzining eng sevgan adiblaridan biri Chayn Mevil bilan hamkorlikda “The Book of Elsewhere” kitobini chop ettirishini eʼlon qilibdi.

Roman voqealari Kianu Rivz tomonidan yaratilgan komikslar olami yaʼni BRZRKR ichida sodir boʻladi. Aktyor bu fantastik olamni yozuvchi Mett Kindt bilan hamkorlikda ishlab chiqqan.

Tabiiyki, menga kitob muqovalari muxlisi sifatida Kianu tanlagan muqovasi juda qiziq tuyuldi. Unda bu g'alati hayvon bosh suyagi tasvirlangan. Ammo bu xayoliy mavjudot emas, balki indoneziya babirussa to'ng'izi hisoblanadi. Uni nomini o'zbek tiliga "to'ng'iz-kiyik" deb tarjima qilsak bo'ladi.

Ammo tepadagi suyaklar qayrilgan shoxlar emas, balki yuqori jag' tishlardir. Ular noto'g'ri yo'nalishda teri orqali o'sadi va agar kutilmaganda sinmasa, keksalikda ular ba'zan peshonani orib o'tadi. Ko'pgina qari babirussalar o'z tishlari qurboni bo'lishadi.

Haa, tabiat shunaqa biz o'ylagandanda g'aroyib.

@panda_books
#news
Anjela Xedrikning “Pursuit” nomli kartinasi "Amerika Fantastik adabiyoti Jamg‘armasi" (SLF) tomonidan "Yilning eng yaxshi Illyustratsiyasi" deb topilibdi.

"Meni "Pursuit"ni yaratishga ilhomlantirgan narsa — ilmiy-fantastika, fentezi va kundalik hayotni uyg'unlashtirish g'oyasi edi. Men kartinadagi odam yozuvchi bo'lishi afzal deb o'yladim, bu jamg'arma maqsadiga mos. O'simliklar bilan o'ralgan xonada iliq muhit yaratib, uni kosmosning sovuq tashqi fonidan ajratdim. Xonaning o'zi hayoliy emas, lekin bizni derazadan yashil o'rniga tubsiz koinot kutib oladi. Ikkala makon o'rtasida bog'liqlik yaratish uchun devorga metall ko'rinishidagi detallarni qo'shdim. Men uni “Pursuit” deb nomladim, chunki qahramonimiz o'zining orzularini amalga oshirishga intilmoqda. Ayni paytda, fonda kosmik kema ham o'z maqsadi tomon uchib bormoqda va tomoshabin ham bundan ilhomlanadi degan umiddaman" — deydi muallifning o'zi.

@panda_books
#news

"Mushtum" jurnali yopiladi

Abdulla Qodiriy tomonidan asos solingan, 100 yillik tarixga ega va o‘tkir karikaturalari bilan mashhur jurnal yopilish arafasida.

"Iqtisodiy qiyinchiliklar sababli "Mushtum" jurnali va uning barcha ijtimoiy tarmoqlari vaqtincha to‘xtatiladi", deyiladi rasmiy manbada.

@panda_books
#news

Bu yil o'zbek tilida chiqishi kutilayotgan 3 ta ajoyib badiiy asar


1️⃣ Frenk Gerbert"Dyuna" (Dune) // Asaxiy Books

2️⃣ Jorj R.R. Martin "Taxtlar o'yini" (Game of Thrones) // Zabarjad Media

3️⃣ Chak Palanik "Jang klubi" (Fight Club) // Akademnashr

Birinchi 2 ta kitob fentezi janrida klassika darajasiga yetgan durdonalar desam mubolag'a bo'lmaydi. Ularda juda qiziqarli dunyolar haqida hikoya qilinadi.

3-kitob esa XXI asrda ro'y berayotgan erkaklardagi ekzistensial inqiroz haqida. Hech o'ylab ko'rganmisiz, erkak kishiga hamma narsadan ortiq hayotda nima kerak? Uning missiyasi nimadan iborat? Nahotki erta-yu kecha ofisda ko'milib o'tirish, ozgina ko'ngilxushlik yoki Alibabadan keladigan tovarlar unga zavq bag'ishlasa? Yo'q. Uning hayotiga eng avvalo mazmun lozim. Muqaddas nimadir... Kitobni o'qib, buni tushunib olasiz.

Ushbu kitoblar nashriyotlarda so'nggi bosqichda desak bo'ladi. Taqdimotlarninga aniq sanasi esa hozircha e'lon qilinmagan. Kutamiz.

@panda_books
#news

Bugundan Jorj Martinning mashhur "Taxtlar o'yini" fentezi romani o'zbek tilida sotuvi boshlandi.

GoTchilar kitob qulluq bo'lsin!

@panda_books
Panda Books
#news Bugundan Jorj Martinning mashhur "Taxtlar o'yini" fentezi romani o'zbek tilida sotuvi boshlandi. GoTchilar kitob qulluq bo'lsin! @panda_books
#news

Bugundan Jorj Martinning "Taxtlar o'yini" fentezi romani o'zbek tilida sotuvi boshlandi.

GoTchilar kitob qulluq bo'lsin!

P.s: Zabarjad Media nashriyotidagi tadbir ajoyib o'tdi👍

@panda_books
#news

Sergey Gurievning mashhur "Spin Dictators" kitobi qozoq tilida ham chop etilibdi. Ular nomini “Aylaker diktatorlar” (“Hiylakor diktatorlar”) deb o‘girishibdi. Bizdagi tarjimada esa "Manipulyativ diktatorlar" deyilgandi.

Guriev qozoqlarning ushbu tarjimasini alohida e'tirof etuvchi video yo'llabdi. Unda nashriyotning original muqovani o'zgartirishganini hatto maqtagan. Aytish lozimki, qozoqlarning muqovasida qo'y terisini yopingan bo'ri tasvirlangan.

Albatta, biz qo'shnilarimizdan deyarli bhir yil oldin tarjima qilib nashr etganmiz. O'zim o'sha taqdimotda qatnashganman. Ammo o'shanda Guriev negadur bizdagi nashriyotga bunday mulozamat ko'rsatmagandi.

@panda_books
#news
Endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanarkan.

@panda_books
#news

Internetdagi hashamatli hayot

Xitoydagi ijtimoiy tarmoqlar boylik va “pulga sig‘inish”ga targ'ib qiluvchi kontentni bloklamoqda, deb yozyapti The Guardian.

Ushbu Internetdagi "madaniy tozalash" ishlari birinchi navbatda o'z hashamatli avtomobillari va ko'chmas mulk fotosuratlarini, shuningdek, "boyligi va erkinligi bilan" maqtanadigan kontentlarni o'z ichiga olgan.

Siz nima deb o'ylaysiz, internetda hashamatli hayoti bilan maqtanish qanchalik to'g'ri?

@panda_books
#news

𝘐𝘯 𝘢 𝘩𝘰𝘭𝘦 𝘪𝘯 𝘵𝘩𝘦 𝘨𝘳𝘰𝘶𝘯𝘥 𝘵𝘩𝘦𝘳𝘦 𝘭𝘪𝘷𝘦𝘥 𝘢 𝘩𝘰𝘣𝘣𝘪𝘵. 𝘕𝘰𝘵 𝘢 𝘯𝘢𝘴𝘵𝘺, 𝘥𝘪𝘳𝘵𝘺, 𝘸𝘦𝘵 𝘩𝘰𝘭𝘦, 𝘧𝘪𝘭𝘭𝘦𝘥 𝘸𝘪𝘵𝘩 𝘵𝘩𝘦 𝘦𝘯𝘥𝘴 𝘰𝘧 𝘸𝘰𝘳𝘮𝘴 𝘢𝘯𝘥 𝘢𝘯 𝘰𝘰𝘻𝘺 𝘴𝘮𝘦𝘭𝘭, 𝘯𝘰𝘳 𝘺𝘦𝘵 𝘢 𝘥𝘳𝘺, 𝘣𝘢𝘳𝘦, 𝘴𝘢𝘯𝘥𝘺 𝘩𝘰𝘭𝘦 𝘸𝘪𝘵𝘩 𝘯𝘰𝘵𝘩𝘪𝘯𝘨 𝘪𝘯 𝘪𝘵 𝘵𝘰 𝘴𝘪𝘵 𝘥𝘰𝘸𝘯 𝘰𝘯 𝘰𝘳 𝘵𝘰 𝘦𝘢𝘵: 𝘪𝘵 𝘸𝘢𝘴 𝘢 𝘩𝘰𝘣𝘣𝘪𝘵-𝘩𝘰𝘭𝘦, 𝘢𝘯𝘥 𝘵𝘩𝘢𝘵 𝘮𝘦𝘢𝘯𝘴 𝘤𝘰𝘮𝘧𝘰𝘳𝘵.
- J.R.R Tolkien, "The Hobbit"

Insayder ma'lumot. Mashhur "Hobbit" fentezi romani o'zbek tilida chop etilishi mumkin. Tarjima ishlari boshlangan. Aniq sana hozircha ma'lum emas, ammo bu shunchaki vaqt masalasi. Quvonarlisi, buning ustida ish boshlangani.

@panda_books
#news

Bill Geyts kelgusi yil o'z memuarini e'lon qiladi

"Source Code" deb nomlanuvchi ushbu kitobda dunyoning eng boy insonlaridan birining bolaligi va yoshligidan to Microsoft korporatsiyasi tashkil topguniga qadar bo'lgan voqealar haqida so'z boradi. Nega universitetni tashlab ketgani va Pol Allen bilan birga yangi loyhaga asos solgani haqida bilib olishingiz mumkin.

O'ylaymanki, kitob yaxshi sotiladi va Bill Geyts keyinchalik Microsoftdagi faoliyati haqida ham alohida kitob yozadi.

@panda_books
#news

"Asaxiy Books" nashriyoti rahbari Firuz aka Allaev narx va chegirma siyosatini oʻzgartirishga qaror qilganini ma'lum qildi.

"Endi “Asaxiy Books”da yangi kitob 20-30 foiz arzonroq narxda chiqadi va chegirma narxda dastlabki ikki oy sotiladi. Undan keyingina kitob oldindan koʻzlangan, moliyaviy stabillik narxiga chiqariladi.

Shunda kitobning haqiqiy muxlislari uni hammadan arzon olishadi. Oldinda bizni yaxshi kitoblar kutmoqda. Keladigan haftada ham ajoyib premyera bor. Oʻtkazib yubormang",
- deyiladi xabarda.

@panda_books
#news
Yuval Hararining yangi "Nexus" kitobi chiqyapti ekan. Sentabrdan sotuvda bo'ladigan bu kitob - insoniyatni oldida turgan asosiy masala Sun'iy Intellekt haqida hikoya qiladi.

@panda_books
#news
Hamas rahbari Ismoil Haniye Tehronda Isroil hujumi oqibatida o'ldirilibdi. U Eronning yangi prezidenti inauguratsiyasiga mehmon bo'lib kelgan edi.

Isroil urush boshlangandan beri HAMAS va Hizbulloh rahbariyatiga qarshi hujumlarni ko'paytirdi.

Masalan, bir kun oldin Beyrutda Hizbulloh qo'mondonlaridan biri ham o'ldirilgan edi.

@panda_books
#news

Eng mashhur yapon mangalaridan biri bo'lmish – "Death Note" o'zbek tilida chop etiladi

Bu haqida yangi tashkil topgan nashriyotlardan biri "Massaget" o'z kanalida ma'lum qildi.

Manga haqida yozgan taqrizim shu yerda.

@panda_books
#news

Elon Mask. Daho, milliarder va o‘z qoidalari asosida yashovchi shaxs.

Bugun yaxshi yangilik bo'ldi. Bukmeyt'da "Ilon Mask"ning yangi tarjimayi holi chiqdi. Muallifi zamonamizdagi avtobiografik kitoblar sohasidagi N1 yozuvchi, oldinroq Jobs va Da Vinchi haqida yozgan, kimsan Uolter Ayzekson. U kitob yozayotgani haqida eslasangiz, avvalroq xabar bergandim.

Ayzekson $243 milliard dollar boylikka ega bo‘lgan bu daho bilan naq 730 kun birga bo‘lib, ilgari hech kim eshitmagan faktlar va hikoyalarni to‘plagan. Masalan, bolalarining g‘alati ismlari (bitta o‘g‘lining ismi X Æ A-12) va insoniyatni ko‘p sayyorali turga aylantirish maqsadlari haqida.

Agar siz ham men kabi zamonamizning eng g‘alati daholaridan birining ongiga kirmoqchi bo‘lsangiz, bu kitob albatta o‘qishingiz shart bo‘lgan asardir.

@panda_books
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#news

"Taxtlar o‘yini" serialida Hodor rolini mahorat ila ijro etgan aktyor Kristian Nern shuhratiga shuhrat qo'shishni istabdi - yaqinda uning serial suratga olish jarayonidagi turli xotiralarini o‘z ichiga olgan kitobi — "Beyond the Throne" memuari chop etilibdi.

— Hodor!

@panda_books
#news

"Bukmeyt" endi "Yandex Kitoblar" deb nomlanibdi

Rebrending faqat vaqt masalasi edi - Yandex uzoq vaqtdan beri platformani kitobxonlar uchun aqlli tavsiyalar va indivuduallashtirish orqali takomillashtirib kelmoqda. Yaqinda xizmat hatto Plyus ekotizimining barcha foydalanuvchilari uchun asosiy obuna doirasida qo'shilgandi.

Yozda ular virtual hikoyachi xizmatini qo‘shishgandi. Menimcha bu rebrendingdan maqsad – kitobxonlarning qurilma va formatlar orasidan muammosiz o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lishlari, ya'ni xuddi Apple yoki Google kabi sinxronlashtirishdir.

O'zim Bukmeytdan foydalanaman va ruscha ham o'qiydiganlar uchun juda ajoyib platforma deb bilaman.

@panda_books