#sarhisob #aprel
Oy hisoboti: Panda aprelda qaysi kitoblarni o'qidi?
Esingizda bo'lsa, men mart oyida qaysi kitoblarni o'qiganimni yozgandim. Keling, bu oyni ham shunday sarhisob qilsak.
1. Tillaniso — "Sunbula"
Bu oy o'zbek adabiyoti bilan boshlangandi. Tillaniso Nuryo'gdining "Sunbula"si menga o'zbek adabiyoti ancha vaqtdan beri uchratmayotgan mavzumda yozilgan. Muallif ta'biri bilan aytganda: "Asar - idealizm va realizm to'qnashuvi, idealdan chiqib reallikni anglashi kerak bo'lgan odamning dunyo oldida nogohoniy dovdirashi va begonalashishi". Shuningdek, adibaning o'zi bilan uchrashishga, suhbat qurishga va kitobiga dastxat qo'ydirishga ham muvaffaq bo'ldim. Xullas, hammasi super!
2. Robert Kaplan — "Jug'rofiya intiqomi"
Uzun nomga ega ushbu kitob (to'liq nomi: "Geografiya intiqomi yoxud xaritalar bizga bo'lajak konfliktlar haqida nimalarni so'zlab beradi")ni uzoq vaqtda o'qib tugatdim.
Asar o'ziga xos tarzda yozilgan. Bu asar xalqaro munosabatlar ixlosmandlari uchun haqiqiy topilma asar deya olaman.
3. Yann Martel — "Pi hayoti"
"Bu hikoyani eshitib bo'lgach, Xudoga ishonasiz". Asar qahramoni tilidan aytilgan ushbu jumlalar chin ekanligiga asarni o'qib tugatgach amin bo'ldim.
Hindistondan Kanada tomon yo'lga chiqqan kema bo'ronga uchrab cho'kib etadi. Halokatdan Pi ismli hindu yigitchagina qutqaruv qayig'ida omon qoladi. Aniqrog'i, qayiqda yana zebra, sirtlon, orangutan va Bengal yo'lbarsi ham bor edi. Okean o'rtasida bir gala yovvoyi och hayvonlar bilan yolg'iz qolish unchalik ham maroqli emas, men sizga aytsam.
Ular birgalikda quruqlikkacha yetib boradimi yoki kimdir qolganlarga yem bo'ladimi? Asarni o'qish davomida buni bilib olasiz.
4. Doktor Oiz Qarniy - "Ramazon hikmatlari"
"Mo'minning qalbi ramazonda ham, boshqa oylarda ham ro'za tutadi. Qalbning ro'za tutishi esa uning halok qiluvchi odatlar, botil e'tiqod, yomon vasvasa, buzuq niyatlar, xatardan xoli bo'lmoqligidir.
Mo'minning qalbi Allohni sevish bilan obod bo'ladi." Bu kitobni ortiqcha ta'riflash va nima haqida ekanligini aytish zaruriyati yo'q deb o'ylayman. Uni aynan Ramazon oyida o'qib o'zimga kerakli juda ko'p bilimlarni olmoqdaman. Sizga ham o'qib chiqishni tavsiya qilaman
5. Jorj Oruell - Esselari
Ha, uning "1984" va "Molxona"si betakror va top, ammo haqiqiy oruellchi deya o'zingni hisoblagan uning esselarini ham o'qib chiqadi. Unda o'ziga xos va juda qiziqarli mavzular ko'tarib chiqilgan. Asarlarga sharhlar berib ketilgan
Umuman olganda, ba'zi bir romanlardan ololmaydigan zavq va shafqni shu esselardan olish mumkin.
Pandada hozircha shu. Bu oy faqat shular bilan cheklandim. Xo'sh siz-chi, bu oy nimalar o'qidingiz?
@panda_books

Oy Sarhisobi.
Aprel oyida kitob mutolaasi yaxshi o'tdi. Ammo mutolaadan ko'ra, kitobxonlik atrofidagi voqealar bilan bu oy ko'proq yodda qoldi desam to'g'riroq bo'ladi. Avvalo, Panda Books kitob blogiga 2 yil to'ldi. Ajoyib va mazmunli ikki yil. Shuningdek, bu oyda Kitobxonlik haftaligi bo'lib o'tdi. Haftalik doirasida esa Milliy kutubxonada adabiyot bo'yicha ilk bor ma'ruza qildim. Noshirlar davra suhbatida qatnashdik. Shu sababdan aprel samarali o'tdi deyishim mumkin.
Bu oy o'qib tugatgan kitoblarimni qisqa eslab o'tsak.
Mutolaa qilingan asarlarga taqrizlar:
ℹ️ Art Shpigelman — "Maus"
Xolokost haqida yozilgan romanlar, adabiyotlar yoki qissalar nihoyatda ko'p. Lekin Vladek boshidan o'tkazgan musibatlarni komikschalik hech qaysi janr bu qadar ta'sirli qilib yetkazib bera olmasdi.
ℹ️ Xaruki Murakami — "Men Without Women"
Zamonaviy yapon adabiyoti yulduzi, postmodernistik asarlari bilan mashhur bo'lgan Murakamidan ajoyib hikoyalar to'plami. Meni Murakami muxlisiga aylantirgan kitob.
ℹ️ Astrid Lindgren - "Mio, bolajonim Mio"
Meni bolaligimga qaytaran kitob. Bolajonlar uchun yaxshi tavsiya.
ℹ️ Jyul Vern — "Dunyo bo'ylab 80 kun"
Bu safar nafaqat bolalar uchun, balki yoshi kattalar uchun ham juda qiziqarli sarguzasht kitob. Ajoyib klassik fiction.
ℹ️ Gerbert Uells — "Vaqt mashinasi"
Uzoq kelajakka borib, insoniyat sivilizatsiyasi intihosiga guvoh bo'lgan kishi hikoyasi. Kitobni ilmiy fantastika muxlislariga tavsiya qilaman. Umuman Uellsning boshqa kitoblari "Ko'rinmas odam", "Dunyolar jangi" va "Doktor Moro oroli" kitoblarini ham o'qib ko'ring.
ℹ️ Mixail Bulgakov — "Yosh vrach kundaligi"
Tibbiyot Akademiyasini yaqinda tugatgan yoshgina vrach yigit ishlash uchun olis bir chekka qishloqdagi kasalxonaga yo'l oladi. Hali yetarlicha tajribaga ega bo'lmasa-da, u yerdagi insonlarni hayotini qutqarishga bel bog'lagan do'xtir yigit to'g'risida voqealarni Bulgakov uning tilidan hikoya qiladi.
Oyning qiziqarli postlar
#️⃣ 👉 Erkinlik kurashi
#️⃣ 👉 Iqtisodiy qurol
#️⃣ 👉 Cancel culture
Yoqimli mutolaa!
Siz-chi, bu oy qaysi kitoblarni mutolaa qildingiz?
@panda_books
Instagram | Youtube | Tiktok

Aprel men uchun oson boshlanmadi. Balki bahor ta'sir qildimi yoki boshqa, ishqilib bir necha kun depressiyaga tushib qoldim. Hech bir ishga qo'lim bormadi, qilganlarimdan esa ko'ngil to'lmadi. Nimadandir ko'ngil g'ash, ammo neligini bilolmaysanku, shunga o'xshash...
Ammo hammasi o'tib ketdi, Atrofimdagi meni qurshab turgan insonlar orasida o'zimni tetik his qila boshladim yana. Bir nechta yaxshi kitoblar o'qib tugatdim.
Aytgancha, aprelda kanalga 3 yil to'ldi. Faoliyatim oldin ham o'zim uchun xobbi edi, hozir esa sizlar ko'pchiliksiz, shu xobbiyim sizga ham manzur bo'lishidan mamnunman.
Kitob o'qishdan esa sira charchamang!
♻️ Ilya Yablokov – "Rus fitna nazariyasi madaniyati"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing
♻️ Ilya Ilf, Yevgeniy Petrov - "O'n ikki stul"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing
♻️ Devid Bax — "Latte omili"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing
♻️ Jozef Kempbell – "Ming qiyofali qahramon"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing
Oyning eng qiziqarli postlari:
👉 Cho‘lpon. O‘zbek sahnasi
👉 Ajal va temirchi
👉 Amir Temur
👉 Matbaaning ilk davri
👉 Media - qudratli qurol
👉 Davlat tili, imidj va professionallik
👉 Panda Books 3 yoshda
👉 Propaganda

Bu oy men uchun juda sermahsul o'tdi. Yaxshi loyihalarda qatnashdim, ko'p ishlarga ulgurdim. Shu bilan birga bir necha kitoblarni tugata olmadim. Endi qolganini mayda davom ettiramiz.
O'qilgan kitoblar:
♻️ Skott Karni — "Qizil bozor: Inson tana a'zolari savdosi qanday tuzilgan"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing
♻️ Lyu Sizin — "3 Jism Masalasi" (Three Body Problem)
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing
Oyning eng qiziqarli postlari:
👉 Motivatsiyaning yo'qligi
👉 Orzular sari parvoz qiling!
👉 Ayollar effekti
👉 Ibn Sino haqida bilmagan haqiqatlarimiz
👉 Gagarin
👉 Zeitgeist
👉 Ikkinchi Rim
👉 Kremniy vodiysida kremniy konlari yo'q
👉 Asosiy tamoyillar
👉 Vaqti keldimi?