Panda Books
6.26K subscribers
2.14K photos
420 videos
6 files
1.99K links
Books & Book Reviews.
Zamonaviy mutolaa repertuari.

Insta: instagram.com/pandabooksuz

Donat: tirikchilik.uz/PandaBooks
Reklama: @pandapochtabot
Download Telegram
Buyuk yozuvchiga urush kerak.

Keling ushbu fikrimni isbotini ko'rish uchun jahonda yashab o'tgan barcha buyuk yozuvchilarga bir nazar soling. Nima ko'ramiz?Ularning aksariyati insoniyat tarixidagi buyuk jangu-jadallar haqida yozgan.

Masalan, Gomer - Troya urushi haqida. Gerodot - Yunon-Fors urushi. Fukidid - Peloponnes urushi. Virgiliy - Eneida. Volter va Gyugo - Fransuz inqilobi. Dyuma - mushketyorlar. Gyote va XIX asr romantiklari - cherkovga qarshi urush. Tolstoy - Napoleon urushi. Kipling va Oruell - mustamlakachilik urushlari. Tolkin, Xeminguey va Remark - Birinchi jahon urushi. Butun sovet adabiyoti - Ikkinchi jahon urushi. Soljenitsin, Markes - fuqarolar urushi. Adabiyotning eng mashhur asarlari aksariyati urushlar haqida.

Shunung uchunmi, jurnalist Lyuk Mogelsonning "NewYorker"dagi Ukraina urushi haqida yozgan ocherkini o'qib, ochig'i qattiq ta'sirlandim. Frontning eng oldi qatorlarida turib, har kuni o'lim bilan olishayotgan oddiy insonlar taqdiri chuqur o'yga soldi. Ayniqsa, ocherk yozilish uslubi jihatidan Remarkona hikoyanavislikni eslatib yuboradi, lekin shuningdek, unda amerikalik jurnalistlarga xos ortiqcha tasvirlardan qochish va oddiylik uslubi ham ufurib turibdi. Chinakam okoplardagi jang qilayotgan insonlar haqida o'qirkansan, ularning qandaydir uzoq o'tmishdagi personajlar emas, balki shundoq yonginangda, o'zingga zamondosh ekanini bilib turish, haqiqiy urush davrida ekaningni anglash - bu ich-ichingda bir so'z bilan ta'riflab bo'lmas hissiyotlarni uyg'otadi.



O'tgan yili "Nyu Yorker" muxbiri Lyuk Mogelson kuzda Xersonni ozod qilgan va hozir Baxmut yaqinida jang qilayotgan 28-alohida mexanizatsiyalashgan brigadada bahorning ikki haftasini o'tkazadi. Frontning eng oldi qismlari ro'y bergan voqealar tasvirlangan ocherkni o'tgan yili o'zbek tiliga tarjima qilgandim.

U oldin yopiq kanalda edi. Endi tarjimamni barcha istovchilar bemalol o'qishlari uchun shu yerga link qoldirishga qaror qildim. Balki qaysidur mashhur onlayn nashrga chop etishga berishim ham mumkin, agar taklif bo'lsa...

#linkni nasib qilsa, ertaga joylayman.

@panda_books