Panda Books
6.25K subscribers
2.14K photos
420 videos
6 files
1.99K links
Books & Book Reviews.
Zamonaviy mutolaa repertuari.

Insta: instagram.com/pandabooksuz

Donat: tirikchilik.uz/PandaBooks
Reklama: @pandapochtabot
Download Telegram
​​#reading

Nega demokratik tuzumlar manipulyativ diktaturalarga aylanib ketmaydi?

Albatta, bu demokratik davlatlarda diktator bo'lishni xohlaydigan siyosatchilar yo'qligidan emas. Bunday siyosatchilar eng demokratik davlatlarda ham topiladi. Ammo nimadur ularni tiyib turadi. Tiyib turish masalasida siyosatshunoslik maktabining an'anaviy izohi hali ham o'zgarmagan, bu - demokratik institutlardir. Ko'pppartiyaviy saylovlar, konstittutsion balanslash va tiyib turish mexanizmlari, huquqiy proseduralar va mustaqil sud potensial diktatorlarni to'xtatib qolishi nazarda tutiladi. Institutlar va qonunlar albatta muhimdir.

Ammo davlat tom ma'noda o'zini-o'zi boshqarishga qodir emas va ko'p hollarda avtoritar tendensiyali rahbarlarni tiyib turishga ojizlik qiladi. Manipulytiv diktaturaning mohiyati ham avtokratik tuzumni rasman demokratik hisoblangan institutlar bilan berkitishdadir.

Sergey Guriev, D. Treysman "Manipulyativ diktatorlar"

@panda_books
#reading

Yangi chiqqan Aleksandr Baunovning "Tuzumning intihosi" (Конец режима) kitobini audioversiyada o'qiyapman.

2 ta bo'lim eshitdim, hozircha Top! Balki qachondir tarjima qilishim kerak kitoblar shortlist'iga qo'shib qo'yarman.

@panda_books
Panda Books
Vaziyat taqozosi bilan shu kitobni qayta o'qishni boshladim. Isroilning eng maxfiy harbiy harakatlarini ochib bergan kitob. Eng yangi tarixidan qiziq joylarini ulashib turaman. @panda_books
#reading

Xudo bilan uchrashuv uyushtirish Byurosi

Quyidagi mashhur ibora internetni kezib yuradi. Ko'pchilik qatori men ham uning muallifi chikagolik mafioz Al Kapone deb yurardim. Ammo hozir ushbu kitobni👆o'qiy turib, u aslida isroillik ayg'oqchi va "Mossad" hodimi Natan Rotbergga tegishli ekanligini bilvoldim.

U katta baklarda trinitrotoluol va boshqa kimyoviy elementlarni aralashtirib, kuchli portlovchi uskunalar yaratgan. Rotberg garchi bomba yaratsada, u tez-tez qalbida nafratsiz ishlaganini ta'kidlagan. U endi Isroil davlati tashkil topgan 1948-53-yillarida arablarga qarshi urush va maxfiy operatsiyalarda faol ishtirok etgan.

"Inson kechirimli bo'lishi kerak. Siz o'z dushmaningizni kechirishingiz lozim. Biroq biz bunday insonlarni kechira olmaymiz. Ularni Xudo kechirsin. Bizning ishimiz ularning uchrashuvini tashkil qilishdir. Men o'z laboratoriyamda o'ziga xos "tanishuv klubini" yaratganman, shaxsan o'zim 30 ga yaqin uchrashuv tashkillashtirganman" deydi Rotberg.

Shunaqa gaplar.

@panda_books
Panda Books
#reading Yangi chiqqan Aleksandr Baunovning "Tuzumning intihosi" (Конец режима) kitobini audioversiyada o'qiyapman. 2 ta bo'lim eshitdim, hozircha Top! Balki qachondir tarjima qilishim kerak kitoblar shortlist'iga qo'shib qo'yarman. @panda_books
#reading

"Mamlakatlar har xil, ammo qahramonlar va ularning rollari o'xshash. Har qanday rejimga tajriba va bilim sotishga tayyor apolitik menejerlar bor. Mashhur dissidentlar va siyosiy emigrantlar, liberallar va totalitar utopiya tarafdorlari, davlat ichki ishlariga aralashadigan xorijiy diplomatlar bor. Urushning muxoliflari va uning tarafdorlari borki, ular urush ichki raqobatchilarni yo'q qilish va o'z qobiliyatlari yetmaydigan cho'qqilarni egallashning ajoyib usuli ekanligini yaxshi tushunadilar".

Aleksandr Baunov"Tuzumning intihosi" (Конец режима)

@panda_books
Panda Books
#reading Yangi chiqqan Aleksandr Baunovning "Tuzumning intihosi" (Конец режима) kitobini audioversiyada o'qiyapman. 2 ta bo'lim eshitdim, hozircha Top! Balki qachondir tarjima qilishim kerak kitoblar shortlist'iga qo'shib qo'yarman. @panda_books
#reading

"Vaqt nafaqat ba'zida barchasiga oydinlik kiritadi, balki ko'pincha voqealar rivojini qorong'ulashtiradi ham. Hodisani u haqidagi afsonalardan farqlash kerak. Bastiliya qal'asi olinishi yoki Qishki saroyga hujumning haqiqiy sababi ular haqidagi cho'pchak hikoyalardan katta farq qiladi. Afsona/cho'pchak har doim ham hodisaga zid bo'lishi shart emas, ko'pincha uni soddalashtirib beradi. Vaqt o'tishi bilan voqea haqidagi afsonalar o'sha voqeani o'zini o'rnini egallaydi. Bu butun jamiyat va davlatlarni demokratlashtirishga ham taalluqlidir.

Aleksandr Baunov"Tuzumning intihosi" (Конец режима)

@panda_books
#reading

O'smirlik davrimdan beri bir vaqtning o'zida bir necha kitobni baravar o'qishni odat qilganman. Tabiiyki, buni ataylab o'ylab topmaganman, shunchaki qandaydir tarzda voqelik shu taxlit tus olgan. Menimcha, abituriyentlikning alg'ov-dalg'ov hayoti bunga katta ta'sir qilgan bo'lsa ajabmas. Xuddi shuningdek, podcast eshitib bemalol noutbuk ishlarimni qilib o'tirish odatim kabi bu ham bir jihatdan foydalidir.

Hozir e'tibor qaratsam, ayni mutolaa qilayotganlarim kitoblar tasodifan bir xil mavzuga oid bo'lib chiqyapti. Sergey Gurievning "Manipulyativ diktatorlar"i deyarli tugagan, shuningdek, Aleksandr Baunovning "Конец режима" kitobini ham audioformatda tinglab borayapman. Birinchisi yangi zamon diktaturasi haqida bo'lsa, ikkinchisi bizga 2-jahon urushidan keyingi Yevropa diktatorlari haqida so'zlab beradi.

Aytgancha, yana bir yaxshi yangilik: D.Ajemog'lu va J.Robinsonning "Узкий коридор" kitobi tarjimasiga qaytdim. Bilasiz, tarjimani yopiq kanalimda berib borayotgandim. Ular oldida ham qarzdor bo'lib qolmay.

Xullas, mana shu uchala kitob o'zida yagona bir siyosiy qo'llanmani mujassam etgan: Mamlakatni boshqarishda qanday qilib xato qilmaslik lozim? Bir so'z bilan aytganda, mamlakatlarni to'g'ri muvaffaqiyatga eltish uchun nimalar qilish kerakligi haqida...

Yil tugashiga yana ikki oy qoldi. Endi buyog'iga katta-katta kitoblar emas, kichikroq, badiiy kitoblarga qo'l ursammikan deb turibman. Kuz atmosferasi ta'sir qilayapti shekilli.

Sizda nima gaplar?

@panda_books
​​#reading

Pornografiyaga qarshi diktator

Aleksandr Baunovning "Конец режима" kitobini o'qiyotib, qiziq faktga duch keldim. U Franko haqida.

Bilasiz, Ispaniyada 2-jahon urushi va undan keyingo davrda Frankoning harbiy diktaturasi saqlanib qolinadi. U mamlakatda siyosiy erkinliklarga yo'l bermaydi, ammo mamlakatni nisbatan aqlli boshqaradi.

Qizig'i, Frankoning demokratiyadanda ko'proq qo'rqqan narsasi – pornografiya bo'lgan. U behayo rasmlar va kinofilmlarning omma orasida tarqalib ketishini aslo xohlamagan. Shu sababli, uning davrida OAV va televideniyega senzura o'rnatgan. Har qanday buzuqlik qattiq ta'qib qilingan. Frankoni namunali dindor deb atash mumkin bo'lmasada, u xristian cherkovi bilan yaxshi kelishgan. Yoshlarning jismoniy chiniqishiga katta e'tibor qaratgan.

Franko o'limidam ko'p o'tmay, 1976-yilda Ispaniya kinoteatrlarida ilk marotaba yalang'och ayol tasviri aks etgan film namoyish etiladi.

Davlatni salkam 40 yil boshqargan Franko o'zining moral va tarbiyasidan sira og'ishmaydi. Jamiyatdagi stabillikni ta'minlaydi.

Rejimlar va moral - o'ylab ko'rishga arziydigan bog'liqlik.

@panda_books
#reading

"Rangin Qushcha"ni boshladim. Qiziqarli hozircha. Badiiy adabiyot baribir boshqachada..
@panda_books
​​​​#reading

Ovqatlanish kulti

Bilasizmi yo'qmi, lekin Jek Londonning "Hayotga muhabbat" degan hikoyasi bor. Real voqealarga asoslangan ushbu hikoya ovloq joyda och-nahor va yaralangan tarzda qolib ketgan insonning tirik qolish uchun kurashini tasvirlaydi. Uning finalida qahramon uzoq vaqt ochlikdan qiynalib, qutqarilganidan keyin unda g'alati odat paydo bo'ladi. U mutlaqo hojati bo'lmasa ham o'z kayutasida ovqat g'amlab qo'yishni boshlaydi.

Kecha Endryu Doygning "Memento mori" kitobini o'qirkanman unda qiziq bir tadqiqot haqida yozilganini o'qib qoldim.

Xullas, 1944-yilda Minnesota universitetida amerikalik fiziolog Anselya Kisa boshchiligida qiziq tajriba o'tkaziladi. Yuqori jismoniy va ruhiy sog'liqqa ega 36 ta erkak ochlik bilan sinaladi.

Birinchi 3 oyda ular normal ovqatlar bilan boqiladi, keyin 6 oyda esa ratsion keskin pasaytiriladi, lekin ulardan aktiv hayot kechirish talab qilinadi. Natijada tiklangan sog'liqdan keyin erkaklar hayot tarzida qiziq o'zgarishlar yuz beradi.

Ko'ngillilarda ovqatga tiyiqsiz qiziqish paydo bo'ladi. Bu tabiiy deyishingiz mumkin. Erkaklar ovqat haqida o'ylamay tura olishmaydi. Suhbatlarning asosiy mavzusi ovqat bo'lib qoladi. Ovqatlanish vaqti uzayadi, tez-tez yamlamay yutish odat tusiga kiradi. Kulinar mavzusidagi kitoblar, menyu va qishloq xo'jaligi haqidagi maqolalar sevimli mutolaa janriga aylanadi. Eng katta ko'ngilochar narsa, boshqalar qanday ovqatlanishini kuzatish edi. Choy, kofe va jevachka chaynash hajmi keskin ortib ketadi.

Ular sinov davridan keyin kuniga 8000 - 10000 kaloriya taomlana boshlashadi, bu normadan 3 baravar ko'p edi. Natijada ba'zilar bo'kib qolishdan azob chekishadi, qolganlar esa qancha ko'p yemasin, to'yganini bilolmas, hatto 5 ming kaloriyadan keyin ham doimiy ochlikni his qilishardi. Faqatgina 3-4 oydan keyingina ular normal hayot tarziga qaytishga muvaffaq bo'lishadi.


Hozir shukrki, biz ochlik emas, hamma joyda to'qlik. Lekin ovqatlanishga bo'lgan qiziqish juda yuqoridek tuyuladi menga. Masalan, instagramda food yoki gastronomik blogging sferasi juda aktiv tomosha qilinyapti. Deyarli barcha restoran va oshxona o'z ijtimoiy tarmoqlarida ovqatlanish kultini shiddat bilan olib borayapti. Telegram gruppalarda choyxona va yangi ovqatlarni yeyish mavzusi trendda. Ko'pchilik semirishdan azob chekayapti.

Menga mana shu paradoks qiziq tuyuldi. Bu haqida o'ylab ko'rishga arziydi.

@panda_books