Panda Books
6.26K subscribers
2.14K photos
420 videos
6 files
1.99K links
Books & Book Reviews.
Zamonaviy mutolaa repertuari.

Insta: instagram.com/pandabooksuz

Donat: tirikchilik.uz/PandaBooks
Reklama: @pandapochtabot
Download Telegram
​​#KitobMukofotlari

Avvalgi sonlarda:
The Man Booker Prize
The Pulitzers Prize

"Badiiy adabiyot sohasida Ayollar mukofoti"

The Women’s Prize for Fiction

Nomi: Badiiy adabiyot sohasida Ayollar mukofoti
Sovrin miqdori: 30 ming £ va bronza haykalcha
Tashkil topgan: 1996-yil
Veb-sayt: www.womensprizeforfiction.co.uk
Maqsad: ayol yozuvchilarni e'tirof etish.

Ushbu mukofot Buyuk Britaniyaning eng istalgan adabiy mukofotlaridan biri hisoblanadi. Oldingi nomi - "Orange" (1996-2006, 2009-2012) bo'lgan ushbu adabiy adabiy mukofot har yili millatidan qat'i nazar, ayol mualliflarga topshiriladi. Buning uchun o'sha asar Buyuk Britaniyada o'tgan yili ingliz tilida nashr etilgan to'liq metrajli roman holida chop etilgan bo'lishi kerak.

1991-yilda Booker Prize mukofoti Ayollar badiiy mukofotiga asos solgan deyish mumkin, chunki o'sha yili qo'mita hay'ati birorta ayollarni nomzodlar ro'yxatiga kiritmagan. Shundan so'ng, adabiy sohada ishlayotgan bir guruh erkaklar va ayollar uchrashib, keyingi rivojlanish qadamlari haqida o'ylay boshlashadi.

Hozircha so'nggi bo'lib turgan 2020-yilgi Ayollar mukofotiga irlandiyalik yozuvchi Maggi O'Farrel "Xamnet" kitobi uchun sazovor bo'ldi.

2014-yil may oyida Baileys (mukofotning yana bir nomi) badiiy kengashi ayollar tomonidan yozilgan qaysi kitoblar o'quvchilarga ko'proq ta'sir qilganligini aniqlash uchun #ThisBook kampaniyasini boshladi. Aksiyani boshlash uchun o'n to'qqizta "ilhom beruvchi ayollar" tanlab olindi, so'ng "keng jamoatchilik" dan minglab odamlar o'z fikrlarini Twitter orqali yuborishdi. 2014 yil 29 iyulda yakuniy 20 ta g'olib aniqlandi.

Shuningdek Mukofotning 25 yilligini nishonlash uchun tashkilotchilari mashhur roman "Middlemarch" muallifi yozuvchi Meri Ann Evans kabi (bu o'sha mashhur yozuvchi Jorj Eliotning haqiqiy ismi) kabi erkak taxalluslari bilan nashr etilgan ayol mualliflarning 25 ta kitobini "Reclaim Her Name" shiori ostida qayta nashr etish bo'yicha ish olib boradi.

@panda_books
​​#KitobMukofotlari

Xalqaro Hans-Kristian Andersen mukofoti

Avvalgi sonlarda:
The Man Booker Prize
The Pulitzers Prize
The Women’s Prize for Fiction

Nomi: Hans Christian Andersen Awards
Tashkil topgan: 1956-yil

Maqsad: bolalar kitoblari orqali umumbashariyat g'oyalarni targ'ib qilish, bolalar uchun sifatli kitoblarini nashr etish va tarqatishni rag'batlantirish, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda, BMTning Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyasini ijrosini ta'minlash.

Sovrin: Hans-Kristian Andersen profili tushurilgan oltin medal.

Veb-sayt: _www.ibby.org/awards-activities/awards/hans-christian-andersen-awards

Hans-Kristian Andersen bolalar kitoblari mualliflari va rassomlari uchun dunyodagi eng muhim mukofotlardan biridir. Sovrin 1956-yildan buyon YuNESKOning Xalqaro bolalar va o'smirlar adabiyoti kengashi tomonidan (1966-yildan buyon rassomlarga ham) berib kelinmoqda. Mukofot laureatlari muallifi va rassomi, ularning asarlari bolalar adabiyotiga katta hissa qo'shgan, asarning adabiy va illyustratsiyalarning estetik fazilatlari, shuningdek, dunyoni bola nuqtai nazaridan ko'rish qobiliyatiga ko'ra baholanadi. Mukofot faqat tirik yozuvchilar va rassomlarga beriladi.

Sovrin uchun YuNESKOning Xalqaro bolalar va o'smirlar adabiyoti kengashining milliy bo'limlari o'z nomzodlarini ko'rsatishlari mumkin, laureatlar bolalar adabiyotining taniqli mutaxassislaridan iborat xalqaro hakamlar hay'ati tomonidan tanlanadi.

"Bolalar uchun kitob yozadigan" adiblar uchun ushbu mukofot ko'pincha "Kichik Nobel mukofoti" deb nomlanadigan eng nufuzli xalqaro mukofot hisoblanadi. Mukofot g'oyasi jahon bolalar adabiyoti sohasi arbobi Elle Lepmanga (1891-1970) tegishli. Lepmanning mashhur iborasi bilan aytganda: "Bizning bolalarimizga kitoblar bering, shu orqali siz ularga qanot bergan bo'lasiz".

G'oliblar har doim Bolonya (Italiya)da bo'lib o'tadigan Xalqaro bolalar adabiyoti ko'rgazmasidagi IBBY (Yoshlar uchun kitoblar bo'yicha xalqaro kengash) matbuot anjumanida e'lon qilinadi. U har ikki yilda bir marta shaxsan yozuvchi va rassomning o'ziga beriladi.

An'anaga ko'ra,
Hans-Kristian Andersen Mukofoti 2-aprel kuni, daniyalik buyuk hikoyanavisning tug'ilgan kunida taqdirlanadi. IBBY qarori bilan ushbu kun har yili butun dunyoda nishonlanadigan "Xalqaro bolalar kitoblari kuni" deb e'lon qilingan.

Turli yillardagi mashhur laureatlar:
Astrid Lindgren, Tove Yansson, Janni Rodari, Tatyana Mavrina, Tomi Ungerer, Igor Oleinikov

@panda\books
​​#KitobMukofotlari

Costa Kitob Mukofoti

Avvalgi sonlarda:
The Man Booker Prize
The Pulitzers Prize
The Women’s Prize for Fiction
Hans Christian Andersen

Nomi: Costa Book Award
Tashkil topgan: 1972-yil
Maqsad: O'qishga zavq bag'ishlaydigan kitoblarni taqdirlash hamda mutolaani maroqli mashg'ulot sifatida targ'ib qilish.
Sovrin: "Costa Book of the Year" sohibi 25.000 funt-sterling
Veb-sayt: http://www.costa.co.uk

Kosta Kitob mukofoti Buyuk Britaniyaning eng obro'li adabiy mukofotlaridan biridir. U 1971-yilda tasdiqlangan va 2006-yilga qadar Whitbread Group homiylik kompaniyasi nomi bilan Whitbread Book mukofoti deb nomlangan. U asosan mehmonxona va restoran biznesida faoliyat yuritgan.

2006-yilda Whitbread Group tarkibiga kiruvchi Buyuk Britaniyada 600 ta ulgurji kofe do'konlari va 200 ta qahvaxonalariga ega Costa Coffee bosh homiylikni o'z zimmasiga oldi va nomi Kosta mukofoti deb o'zgartirildi. Sovrin Buyuk Britaniyaning Kitob Sotuvchilari Uyushmasi tomonidan beriladi. Britaniyalik yozuvchilar qatori Irlandiyalik mualliflar ham ushbu mukofotga loyiq ko'rilishi mumkin.

Umuman olganda, yozuvchilar britaniyalik yoki irlandiyalik bo'lishlari shart emas, lekin ular Mukofot olguniga qadar oxirgi 3 yilning har birida kamida 6 oy Buyuk Britaniya yoki Irlandiyada yashagan bo'lishi kerak.

Sovrin har yili quyidagi nominatsiyalar bo'yicha beriladi:
- Costa Book Award for Novel
- Costa Book Award for First Novel
- Costa Book Award for Biography
- Costa Book Award for Children's
- Costa Book Award for Poetry
- Costa Book Award for short story

Sovrin o'qish targ'iboti va kitobxonlik zavqini kengroq auditoriyaga yoyishi mumkin bo'lgan asarlarni rag'batlantirishga qaratilgan, bu borada u Booker mukofotiga qaraganda ancha "demokratik" hisoblanadi.

Turli yillardagi mashhur laureatlar: Bryus Chetvin, Sheymus Xini, Jefri Xill, Filipp Pulman, Kazuo Ishiguro.

Siz yana qaysi nufuzli adabiy mukofot haqida ma'lumot olishni istaysiz?

@panda_books
​​#KitobMukofotlari

Adabiyot bo'yicha Nobel mukofoti

Avvalgi sonlarda:
The Man Booker Prize
The Pulitzers Prize
The Women’s Prize for Fiction
Hans Christian Andersen
Costa Book Award

Sovrin miqdori: 8 million kron (taxminan 200 ming dollar)
Yaratilish sanasi: 1901-yil
Sayt: http://www.nobelprize.org
Maqsad: Alfred Nobelning vasiyatiga ko'ra, Adabiyot mukofoti idealistik yo'nalishdagi eng muhim adabiy asarni yaratgan muallifga beriladi.
Sovrin: medal, diplom va pul mukofoti, bu har yili bir oz farq qiladi (Nobel mukofotining barcha g'oliblari uchun taxminan 1 million dollar).

Nobel
fondi tomonidan har yili adabiyot sohasidagi yutuqlari uchun beriladigan dunyodagi eng nufuzli adabiy mukofot. Adabiyot bo'yicha Nobel mukofoti sovrindorlari, qoida tariqasida, o'z yurti va chet elda tan olingan yozuvchilarga topshiriladi.

Adabiyot mukofotiga nomzodlar ko'rsatishlari mumkin bo'lgan tashkilotlar: Shvetsiya Akademiyasining a'zolari, vazifalari va maqsadlari o'xshash boshqa akademiyalar, institutlar va jamiyatlar, oliy o'quv yurtlari adabiyoti va tilshunoslik professorlari, adabiyot bo'yicha Nobel mukofoti sovrindorlari, turli mamlakatlardagi adabiy ijodkorlikni namoyish etuvchi mualliflik uyushmalari raislari.

Barcha arizalar topshirilgandan so'ng, Nobel qo'mitasi nomzodlarni tanlaydi va g'olibni aniqlashga mas'ul bo'lgan Shvetsiya Akademiyasiga topshiradi.

Odatda, Alfred Nobelning vasiyatiga binoan, mukofotni Shvetsiya akademiyasi nomzod yozuvchining bitta asari uchun emas, balki butun ijodini baholashni afzal ko'radi. Biroq istisnolar bo'lgan, jumladan, Jon Golsuorsining "Forsaytlar sagasi" va Mixail Sholoxovning "Tinch Don"ni keltirish mumkin.

Adabiyot bo'yicha birinchi Nobel mukofoti 1901-yil 10-dekabrda - Alfred Nobel vafot etgan kunida berilgan. O'shandan beri taqdirlash marosimi sanasi o'zgarmadi. Qoida tariqasida, Nobel adabiyoti mukofotiga ko'rsatilgan, ammo yutmagan nomzodlarning ismlari keyingi 50 yil davomida sir saqlanadi.

Mashhur laureatlardan: Ernest Xeminguey, Gabriel Garsia Markes, Semyuel Bekket, Uilyam Folkner, Doris Lessing, Alber Kamyu, Elis Manro

Hozircha birorta hamyurtimiz bu sovrinni qo'lga kiritmadi. Ammo quyidagi rus yozuvchilariga ushbu mukofot topshirilgan: Ivan Bunin (1933), Boris Pasternak (1958), Mixail Sholoxov (1965), Aleksandr Soljenitsin (1970), Iosif Brodskiy (1987), Svetlana Aleksiyevich (2015)

@panda_books
​​#KitobMukofotlari

Xyugo Mukofoti

Avvalgi sonlarda:
The Man Booker Prize
The Pulitzers Prize
The Women’s Prize for Fiction
Hans Christian Andersen
Costa Book Award
Adabiyot bo'yicha Nobel

Yaratilish sanasi: 1953-yil
Sayt: www.thehugoawards.org
Maqsad: Fantast yozuvchilarni e'tirof etish.
Sovrin: Uchib ketayotgan raketasimon haykalcha.

Sovrin har yili Butunjahon ilmiy fantastika jamiyati (WSFS) tomonidan eng yaxshi badiiy adabiyotlarga beriladi. Ovoz berishda konventsiyaning barcha ro'yxatdan o'tgan ishtirokchilari ishtirok etadilar. Nomi esa birinchi ixtisoslashtirilgan ilmiy-fantastik jurnallarning yaratuvchisi bo'lmish amerikalik Xyugo Gernsbekning nomi bilan bog'liq.

1973-yildan beri yilning eng umidli yangi muallifi uchun alohida Kempbell mukofoti ham berib kelinmoqda, bu mukofot faqat shu yil o'zining badiiy kitoblarini birinchi marta nashr etgan muallifgagina taqdim etiladi. 2020-yildan uning o'rnini "Eng yaxshi yangi yozuvchi" uchun "Astounding Award for Best New Writer" egalladi.

Xyugo mukofoti bilan birgalikda alohida Gandelf mukofoti ham bir vaqtning o'zida beriladi. Bu fantaziya janrining rivojlanishiga katta hissa qo'shgan yozuvchiga topshiriladi.

Bu mukofotni o'z vaqtida bir qancha mashhur kitoblar qo'lga kiritishgan. Bular orasida Deniel Kizning "Eljernonga atalgan gullar", Rey Bredberining "Farengeyt bo'yicha 451 daraja", J.Martinning "Taxtlar o'yini", J.Roulingning "Garri Potter va Olov kubogi" asarlari mavjud.

@panda_books
​​#KitobMukofotlari

Gonkurt mukofoti

Avvalgi sonlarda:
The Man Booker Prize // The Pulitzers Prize // The Women’s Prize for Fiction // Hans Christian Andersen // Costa Book Award // Adabiyot bo'yicha Nobel // The Hugo Awards

Nomi: Academie Goncourt
Sovrin miqdori: 10 yevro
Yaratilish sanasi: 1903-yil
Sayt: academie-goncourt.fr
Mukofotning maqsadi: Yilning eng yaxshi fransuz romanini aniqlash.
Kim ishtirok etishi mumkin: Mukofot taqdim etiladigan yilda nashr etilgan roman mualliflari.

Fransiyadagi eng nufuzli adabiy mukofot hisoblanadi. U har yili fransuz tilidagi eng yaxshi roman muallifiga taqdim etiladi. Sovrin aka-uka fransuz adiblari Gonkurtlar - Edmond Lui Antuan va Jyul Alfred Xyu ismlari sharafiga shunday ataladi. Rasman 1896-yilda tashkil etilgan esa-da, birinchi sovrin faqatgina 1903-yilda topshirilgan. Adabiyot bo'yicha Academie Goncourt mukofotining sovrin jamg'armasi ramziy ma'noga ega, ya'ni atigi 10 yevro hisoblanadi. Biroq mukofotning obro'si kattaligi tufayli, g'olib bo'lgan roman bozorda yaxshi sotilishini ta'minlaydi.

Gonkurt akademiyasining a'zolari bir yil davomidagi muhokamalardan so'ng, laureat nomini noyabr oyining boshida e'lon qilishadi.

Gonkurt mukofotiga hozircha birorta o'zbek yozuvchilari ega bo'lishmadi, lekin 1995-yilda tarixda ilk bora rossiyalik ijodkorlar ichidan Andrey Makin o'zining "Fransuzcha vasiyat" romani uchun laureat bo'ladi.

Turli yillardagi mashhur laureatlar: Mishel Uelbek ("Xarita va hudud"), Patrik Modiano ("Qorong'u rastlar ko'chasi"), Emil Ajar/Romen Gari ("Butun hayot oldinda") Romen Gari ("Osmonning ildizi"), Simone de Bovuar ("Mandarinlar"), Marsel Prust ("Gullab-yashnagan qizlarning soyasi ostida").

Gonkurt mukofotining nizomiga binoan, sovrin bitta muallifga umri davomida atigi bir marotaba berilishi mumkin. Yagona istisno - yozuvchi Romen Gari hisoblanadi. Birinchi marta u 1956-yilda laureat bo'lgan bo'lsa, oradan 19 yil o'tib yana Emil Ajar nomi bilan mukofotga sazovor bo'ladi. Ajar aslida kimligi aniqlanganida esa mukofot allaqachon egasiga topshirilgan edi.

Gonkurt akademiyasi asosiy mukofot va unga parallel ravishda eng yaxshi debyut roman, she'riyat, qissa va tarjimai holi uchun ham sovrinlar taqdim etadi. Yaqinda Fransiya instituti Frankofoniya dasturi doirasida Sharq (Livan) va Yevropaning bir qator mamlakatlarida (Italiya, Polsha, Ruminiya, Serbiya) fransuz yozuvchilari uchun Gonkurt mukofotlarini ta'sis etdi.

@panda_books
Aziz obunachilar! Sizlarga kanalda muntazam berib borilayotgan ruknlar manzur bo'lyaptimi? Quyidagilardan eng yoqqani qaysilar? Yana nimalar haqida bo'lishini istardingiz?
Final Results
35%
#kitobmukofotlari
35%
#badiiy_obraz
42%
"Zamonaviy yozuvchilar"
46%
Big Panda and Tiny Dragon
Yil mukofotlari

Har qanday yaxshi ishni rag'banlantirish lozim. Jahon kitob olamida ham shunday rag'batlantiruvchi #kitobmukofotlari anchagina. Ammo...

Biroq bizda negadir "Yilning eng yaxshi kitobi", "Eng yaxshi yozuvchisi", "Yil kashfiyoti" singari sovrinlar yo'q. Mabodo bor bo'lsa ham, nega u haqida men deyarli eshitmaganman? Kitob dunyosiga bu kabi mukofotlar kerak. Chunki misol uchun, chet elda nufuzli kitob mukofotini qo'lga kiritish - taniqli bo'lishning eng yaxshi usuli demakdir. Laureat asar bir zumda bestsellerga aylanadi qoladi. Sababi ular tajribali hakamlar xulosasiga ishonishadi.

Bizga ham muxlislar so'rovnoma o'tkazib tanlaydigan keng qamrovli kitob mukofotlari kerak.

@panda_books
​​#KitobMukofotlari

Dublin adabiy mukofoti

Avvalgi sonlarda:
The Man Booker Prize // The Pulitzers Prize // The Women’s Prize for Fiction // Hans Christian Andersen // Costa Book Award // Adabiyot bo'yicha Nobel // The Hugo Awards // Gonkurt

Nomi: International IMPAC Dublin Literary Awad
Sovrin miqdori: 100 ming evro (xorijiy kitob g'olib bo'lgan taqdirda, laureat 75 ming, tarjimon esa - 25)
Yaratilish sanasi: 1996-yil
Veb-sayt: www.dublinliteraryaward.ie
Maqsad: jahon adabiyotidagi yilning eng yaxshi romanini nishonlash, "adabiyot olamini targ'ib qilishni mukammalashtirish".

Dunyodagi eng katta va eng muhim adabiy mukofotlardan biri. Ingliz tilidagi eng yaxshi nasr uchun har yili mukofotlanadi. Mukofot 1996-yilda Dublin shahar kengashi va Amerikaning IMPAC investitsiya jamg'armasi tomonidan ta'sis etilgan.

Dublin Adabiyot mukofotiga nomzodlar jarayoni juda o'ziga xos, unikaldirdir. Tanlovda ishtirok etish uchun kitoblar dunyoning poytaxtlari va yirik shaharlari kutubxonalari tomonidan nomzod qilib ko'rsatiladi. Ishtirok etgan kutubxonalarning har biri har yili uchtagacha roman nomzodini qo'yishi mumkin. Tanlovga dunyoning 177 mamlakatidan 400 ta kutubxona tizimi jalb qilingan. Mukofotning geografiyasi doimiy ravishda kengayib bormoqda.

Turli yillardagi laureatlar: Xuan Gabriel Vaskes, Kolum Makkann, Orxan Pomuq, Mishel Uelbek, Gerta Myuller, Endryu Miller.

@panda_books
Forwarded from Panda Books
​​#KitobMukofotlari

Adabiyot bo'yicha Nobel mukofoti

Avvalgi sonlarda:
The Man Booker Prize
The Pulitzers Prize
The Women’s Prize for Fiction
Hans Christian Andersen
Costa Book Award

Sovrin miqdori: 8 million kron (taxminan 200 ming dollar)
Yaratilish sanasi: 1901-yil
Sayt: http://www.nobelprize.org
Maqsad: Alfred Nobelning vasiyatiga ko'ra, Adabiyot mukofoti idealistik yo'nalishdagi eng muhim adabiy asarni yaratgan muallifga beriladi.
Sovrin: medal, diplom va pul mukofoti, bu har yili bir oz farq qiladi (Nobel mukofotining barcha g'oliblari uchun taxminan 1 million dollar).

Nobel
fondi tomonidan har yili adabiyot sohasidagi yutuqlari uchun beriladigan dunyodagi eng nufuzli adabiy mukofot. Adabiyot bo'yicha Nobel mukofoti sovrindorlari, qoida tariqasida, o'z yurti va chet elda tan olingan yozuvchilarga topshiriladi.

Adabiyot mukofotiga nomzodlar ko'rsatishlari mumkin bo'lgan tashkilotlar: Shvetsiya Akademiyasining a'zolari, vazifalari va maqsadlari o'xshash boshqa akademiyalar, institutlar va jamiyatlar, oliy o'quv yurtlari adabiyoti va tilshunoslik professorlari, adabiyot bo'yicha Nobel mukofoti sovrindorlari, turli mamlakatlardagi adabiy ijodkorlikni namoyish etuvchi mualliflik uyushmalari raislari.

Barcha arizalar topshirilgandan so'ng, Nobel qo'mitasi nomzodlarni tanlaydi va g'olibni aniqlashga mas'ul bo'lgan Shvetsiya Akademiyasiga topshiradi.

Odatda, Alfred Nobelning vasiyatiga binoan, mukofotni Shvetsiya akademiyasi nomzod yozuvchining bitta asari uchun emas, balki butun ijodini baholashni afzal ko'radi. Biroq istisnolar bo'lgan, jumladan, Jon Golsuorsining "Forsaytlar sagasi" va Mixail Sholoxovning "Tinch Don"ni keltirish mumkin.

Adabiyot bo'yicha birinchi Nobel mukofoti 1901-yil 10-dekabrda - Alfred Nobel vafot etgan kunida berilgan. O'shandan beri taqdirlash marosimi sanasi o'zgarmadi. Qoida tariqasida, Nobel adabiyoti mukofotiga ko'rsatilgan, ammo yutmagan nomzodlarning ismlari keyingi 50 yil davomida sir saqlanadi.

Mashhur laureatlardan: Ernest Xeminguey, Gabriel Garsia Markes, Semyuel Bekket, Uilyam Folkner, Doris Lessing, Alber Kamyu, Elis Manro

Hozircha birorta hamyurtimiz bu sovrinni qo'lga kiritmadi. Ammo quyidagi rus yozuvchilariga ushbu mukofot topshirilgan: Ivan Bunin (1933), Boris Pasternak (1958), Mixail Sholoxov (1965), Aleksandr Soljenitsin (1970), Iosif Brodskiy (1987), Svetlana Aleksiyevich (2015)

@panda_books
#mundarija

Kanalda postlarni o'qish va topishni osonlashtiruvchi (#) heshteglar

#taqriz / #review / #feedback - Biror asarga yozilgan taqrizlarni oson topish uchun;

#tavsiya - Kanal muallifi tomonidan o'qish tavsiya etiladigan kitoblar ro'yxati uchun;

#sarhisob - Oy, mavsum yoki yil bo'yi mutolaa qilingan asarlarning ro'yxatini topish uchun;

#Youtube_tavsiya - YouTube videoxostingida ko'rish tavsiya etiladigan foydali kontentlar uchun;

#haqida - Biror qiziqarli mavzu haqida yozilgan postlar;

#list - kitoblar yoki foydali kontentlar ro'yxati;

#mutolaa - Ayni damda mutolaa qilinayotgan kitobdan iqtibos yoki parcha;

#newbook / #yangikitob - Panda Books tomonidan harid qilingan yoki sovg'a qilishgan kitoblar uchun;

#iqtibos - kitobdan iqtiboslar uchun;

#intervyu - Panda Books suhbatlari, podcastlari uchun;

#offtop - Kitob mavzusidan biroz tashqari sohalarga doir postlar uchun;

#longread - Uzuuun yozilgan katta postlaaaar;

#KitobMukofotlari - Dunyoning nufuzli kitob mukofotlari haqida ma'lumotlar uchun;

#bookstores - Ajabtovur kitob do'konlari haqida chiroyli fotolar va ma'lumotlar

#maqola - birorta kattaroq qiziqarli mavzu haqida maqolalar

#nazm - she'riy postlar

#tarjima - kamina tarjima qilgan postlar

@panda_books

Instagram | Youtube | Tiktok
Forwarded from Panda Books
#mundarija

Kanaldagi postlarni o'qish va topishni osonlashtiruvchi (#) heshteglar.

Yana bir necha heshteglar ham bor edi. Lekin nazarimda eng muhimlari shulardan iborat.

Heshteglar orqali bookblogimiz bo'ylab sayohat qilishingiz yanada osonlashadi degan umiddaman!

Panda Books oilasi bilan qoling!