Panda Books
5.74K subscribers
2.1K photos
410 videos
6 files
1.96K links
Books & Book Reviews.
Zamonaviy mutolaa repertuari.

Insta: instagram.com/pandabooksuz

Donat: tirikchilik.uz/PandaBooks
Reklama: @pandapochtabot
Download Telegram
Forwarded from Bored Panda
Rasmda 1972-yilda Irlandiya ozodligi uchun inglizlarga qarshi jang qilayotgan ayol tasvirlangan.

U qayligʻi yaralanganidan so'ng, uning qurolini olib, dushmanlarga qarshi oxirigacha kurashadi va jangda mardlarcha halok bo'ladi. Askarlarining ayol kishi bilan otishganidan xabar topgan ingliz generali, mayyitni irlandlar uni hurmat bilan dafn qilishlari uchun qaytarib berishni buyuradi.

Butun dunyoga sharmanda bo'lgan general oʻshanda shunday deydi: “Bizlar bizni nazariga ham ilmaydigan bitta qirolicha uchun jangga kirdik. Bu ayol esa oʻz sevgilisi uchun oʻlimning koʻzlariga qo'rqmasdan tik boqib, so'nggi nafasiga qadar kurashdi”.

Irlandiya matbuotida ushbu foto mamlakatdagi eng mashhur jurnallardan birining muqovasi chiqadi va tagida quyidagi izoh qoldiriladi:

“Kunlardan bir kuni, hayotingda irodali, jasur bir ayolni uchratib, uni sevib qolgudek boʻlsang, aslo choʻchima. Chunki, vaqti kelib, u sening yagona armiyang boʻlishi mumkin”.

@boredpandablog
Panda Books pinned «#list #2021yil #mutolaa 2021-yilda mutolaa qilgan kitoblarim 2019-yilda o'qib tugatgan asarlarim ro'yxati 2020-yilda o'qib tugatgan asarlarim ro'yxati Qadrli kitobsevar do'stlar, mana qizg'in o'tgan 2021-yil ham yakunlanarkan, keling, sizlar bilan o'tgan…»
#tavsiya

ℹ️ Kitob o'qishdan biroz toliqdingizmi? Unda musiqa tinglab hordiq chiqaring.
Mening playlistim👉 @pandas_playlist

ℹ️ Agar elektron kitoblar mutolaa qilishni afzal ko'rib, o'qishga yaxshi kitoblar qidirayotgan bo'lsangiz, Panda Books elektron bazasini ko'riboqing.
Kitoblar pdf shaklida👉 @pandabooksarchive

Yoqimli mutolaa!

@panda_books
#tavsiya #qishki_mutolaa

Sevimli mushtariylar, allaqachon qishning izg'irin tunlarida issiq adyolga o'ranvolib, qaynoq mutolaaga kirishdingizmi?

Kichik qishki ta'tilda bayramona kayfiyatni oshirishda kitobchalik yordamchi bo'lmasa kerak, shunday emasmi?

Xo'sh, siz qaysi kitoblarni mutolaa qilmoqchisiz?

@panda_books
Forwarded from kitobооkniga
Kitob do'koniga boshqa hariddan so'ng kirishni yoqtirmayman, qo'lda plastik haltalar bilan chaqir shuqur qilinishi kitob dokonidagi boshqa insonlarga kitobni o'qib ko'rib tanlab olishlarida halaqit berishi mumkin, ham qo'lda bunday plastik (umuman boshqa haltalarni ham) ko'p yoki og'ir bo'lishi rohatcha kitob tanlashimga halaqit beradi.
Omma psixologiyasini o'qiganimdan so'ng o'zimda kichik-kichik tajribalar o'tkazadigan bo'lganman. Omma og'ib ketayotgan narsalarga (manipulate)larga qarab og'ib ketmasligimni farqiga borishim uchun o'z nafsimga hokimligimni bilib olishim uchun ham bir kitob do'koniga kirib qurbim yetsa ham kitob olmayman. Chunki endi o'zimga (aqlimga) to'g'ri savol berishni bilaman.

@kitobooknigam
#library

Anqaradagi yangi Millat kutubxonasi.

Esingizda bo'lsa, tantanali ochilish marosimiga hurmatli Prezidentimiz ham taklif qilingandi.

Turkiyaga borish nasib qilsa, albatta tashrif buyuring.

@panda_books
#list #2021yil #mutolaa

Oldinroq o'qilgan, ammo 2021-yilda taqriz yozilgan kitoblar

Ba'zilar meni kanal ochganidan keyin mutolaa qilishni boshlagan deb o'ylasa kerak. Shuni aytib o'tmoqchimanki, kanal ochmasimdan ancha oldin ham hozirgidek ko'p kitoblar o'qirdim:) Lekin taqriz yoki fikrlarimni yozishga erinardim, hozir esa tez-tez oldimdan ko'plab oldin o'qigan kitoblarim chiqib kelyapti. Vaziyatdan foydalanib, ularga ham taqrizlar yozib, kitobsevarlarga ma'lumot berib ketyapman. O'ylaymanki, bu sizga foydali bo'ladi.

Demak, bugun 2021-yil sarhisobi doirasida shu tarzda yozilgan taqrizlar ro'yxati bilan tanishtirmqochiman. Bu kitoblarni o'z vaqtida sevib o'qiganman va aksariyati hozirgacha sevimli kitoblarimdan hisoblanadi.

Ro'yxat xronologik tartibda keltirilgan.

ℹ️ Gabriel Garsiya Markes"Oshkora qotillik qissasi"

ℹ️ Mark Menson — “Beparvolikning nozik san'ati”

ℹ️ Frensis Skott Fitzjerald"Buyuk Getsbi"
Ikkinchi taqriz"Buyuk Getsbi"

ℹ️ Aleksandr Dyuma"Graf Monte-Kristo"

ℹ️ Jek London"Ajdodlar nidosi"

ℹ️ Tomas Mor"Utopiya"

ℹ️ Rashod Nuri Guntekin "Choliqushi"

ℹ️ Jojo Moyes"To seni topgunimcha"

ℹ️ Li Myon Bak "Mo'jiza sodirbo'lmaydi"

ℹ️ Mario Pyuzo "Cho'qintirgan ota"

ℹ️ Xans Rosling "Faktologik"

ℹ️ Aziz Nesin"Futbol qiroli"

ℹ️ Diana Uinn Jons "Houlning o'ziyurar qal'asi"

ℹ️ Rey Bredberi “Momaqaldiroq sadosi”

ℹ️ Joan Rouling "Barda Bidl ertaklari"

ℹ️ Gregori Devid Roberts "Shantaram"

Yoqimli mutolaa!

@panda_books
#list #2021yil

2022-yil ham ostonada turibdi. Bunday vaqtda beixtiyor o'tgan yilni sarhisob qilib boshlar ekansan. 2021-yil Panda Books uchun juda manfaatli va samarali o'tdi deb ayta olaman.

Sezganingizdek, bir necha kunda beri kanalda yangiliklardan tashqari, sarhisoblar ham berib borilmoqda. Shu o'rinda menga siz azizlarning ham fikrlaringiz nihoyatda muhim.

Aytingchi, shu bir yil ichida Panda Books hayotingizda qanday o'rin tutdi? Blogimiz bilan bog'liq qanday qiziq va esda qolarli vaziyatlarni bilasiz?

Umuman, Panda Books bu yil sizga nima bera oldi deb hisoblaysiz?

Izohlarda qoldiring.

@panda_books
#list #2021yil

2021-yilda kino va seriallarga yozilgan taqrizlarim

Yil sarhisobi davom etadi. Bilasiz, kitobdan keyin eng yaxshi ko'rgan narsam - bu kino yoki serial tomosha qilish. Ayniqsa, yuqori did va klassda suratga olingan kartinalar bo'lsa, ayni muddaodir.

Quyida bu yil Panda Books tomonidan tomosha qilingan barcha kino va seriallarga atab yozilgan taqrizlar keltirilgan. Shuni qo'shimcha ravishda aytishim mumkinki, ro'yxatdagi kartinalarning barchasi bir-biridan zo'r va qiziqarli syujetga ega deb sizni bemalol ishontira olaman.

Panda'ning tavsiyasini hisobga olasizlar degan umiddaman)

Quyida ushbu taqrizlarga havolalar keltirilgan:

Filmlar:

ℹ️ "Snowpiercer"

ℹ️ "Malena"

ℹ️ "Super 30"

ℹ️ "Kruella"

ℹ️ "Alvon yelkanlar"

ℹ️ "Spirit"

Seriallar:

ℹ️ "Kalmar o'yini"

ℹ️ "Patrik Melrouz"

ℹ️ "Cosmos: Possible Worlds"

ℹ️ "Hellbound" 1-qism

ℹ️ "Hellbound" 2-qism

ℹ️ "Death Note"

O'ylaymanki, hech bir filmni unutib qoldirmadik. Sizlarga esa yoqimli tomosha tilayman.

peace.

@panda_books
Panda books kanali admini bilan suhbat
BOOK.UZ XORAZM
#intervyu

BookUz Xorazm kanaliga berilgan intervyu.

Yaxshi suhbat bo'ldi😊

@panda_books
"Beshta nima uchun?" qoidasi

"TOYOTA"
megakonserni asoschisi Sakichi Toyoda doimiy ravishda "beshta nima uchun?" qoidasidan foydalangan ekan. Barcha murakkab va qaror qilish qiyinchilik tug'dirgan vaziyatlarda Sakichisan (yapon tilida "san" -"janob" degani)ga ushbu usul hamisha qo'l kelgan.

Qoida juda oddiy. Misol uchun, siz qimmatbaho "shuba" sotib olishni xohlaysiz. O'zingizdan so'rang:

1. Men nima uchun bunday qimmatbaho mo'ynali kiyimni sotib olishni xohlayapman?
Bu birinchi "nima uchun?" Bunga quyidagicha javob berish mumkin:
- Chunki men hammani hayratda qoldirmoqchiman.

2. Nima uchun hammani hayratda qoldirmoqchisan?
- Chunki men e'tibor markaziga tushishni xohlayman.

3. Nima uchun insonlar e'tiborini istayapsan?
- Chunki men o'zimga nisbatan ishonch his qilmayapman.

4. Nima uchun o'zingga ishonch his qilmayapsan?
- Chunki men bir joyda depsinib turibman. Hech qanday tarzda o'zimni ko'rsata olmayapman.

5. Nima uchun o'zingni ko'rsata olmayapsan?
- Chunki men o'zim yoqtirmagan ish bilan shug'ullanyapman.

Endi ayt-chi, bunga "shuba"ning nima aloqasi bor?

Sakichi Toyoda bergan beshinchi "Nima uchun?"ga javob, bir qarashda ko'rinmaydigan asosiy sababni oydinlashtirishida yordam beradi. Beshinchi “chunki” esa o'sha yashirin asosni oshkor qiladi. Aynan o'sha, beshinchi "chunki" haqiqiy o'zingdir. Sening Egoying.

Bu haqiqatan ham nimani yashirayotganingizni, hatto o'zingizga ham tan olishdan qo'rqayotganingizni, haqiqatan ham nimani xohlayotganingizni aniqlashning juda samarali usuli.

Janob Toyodaga nafaqat "Toyota" ajoyib avtomobillari uchun, balki mana shunday qimmatli fikrlar uchun ham tashakkur bildirib qolaman!

@panda_books
Forwarded from Bookerberg
Rossiyada 2021-yil bo'yicha eng ko'p sotilgan kitoblar aniqlandi

Rossiya kitoblar uyushmasi (BookUnion)'ning e'lon qilishicha, 2021-yilda Rossiyada eng ko'p sotilgan 5 ta kitob ichidan 4 tasi non-fiction kitoblar bo'libdi. Menimcha bu narsa endi yanayam avj oladi. Ya'ni biz borgan sayin badiiy adabiyotni kamroq o'qiyapmiz.

Ro'yxat bilan tanishib, Rossiyadagi kitobxonlar bilan bizdagilar o'rtasida farq unchalik katta emasligini tushundim.

1. Джен Синсеро, «НИ СЫ» — O'zbekchaga tarjima qilingan

2. Джон Кехо, «Подсознание может все» — Adashmasam, buyam tarjima qilindi

3. Марк Мэнсон, «Тонкое искусство пофигизма» — Bu kitob bizda ham 2-3 yildan beri trendda

4. Фредрик Бакман, «Тревожные люди» — beshlikdagi yagona badiiy kitob, roman

P.S. Fredrik Bakman esa Panda Books'ning eng sevimli yozuvchilaridan biri.

5. Колин Типпингю, «Радикальное Прощение».

O'zbekistonda bu yil qaysi kitoblar ko'p sotildi deb o'ylaysiz?

@Bookerberg
Youtubeda foydali kontentlar ko'pligi sir emas. Ular orasida turli qiziqarli sayohatlar haqida kontent qiluvchi rus va ukrain blogerlar, ayniqsa, super! Shulardan men doimo Anton Ptushkin eng Top travel-blogerligini ta'kidlab kelganman.

Ptushkinni videolarini, ayniqsa, so'nggi 2 yilligini shundoq katta kinoteatrlarda namoyish qilishlari shart deb hisoblayman.

Kecha bloger, huquqshunos Xushnudbek o'z kanalida Ptushkinning so'nggi sayohatlaridan biri - Norvegiyaga qilgan safari haqida yozibdi. U yerdagi sharoit bo'yicha o'z fikrlarini bildiribdi.

Esingizda bo'lsa, men bu videoni chiqqan kuniyoq (Ptushkinning har bir videosini o'sha vaqtdayoq ko'rib chiqaman) tomosha qilib, feedback ham yozgandim.

Quyida o'sha feedbackni repost qilaman va eng yaxshisi, hoziroq Youtubedan Ptushkinning videolarini tomosha qilishni maslahat beraman.

@panda_books
Forwarded from Panda Books
#feedback

https://youtu.be/zyZAMR56mXY

peace.

Youtubedagi sayohat blogeri, ukrainalik Anton Ptushkinning ijodini diqqat bilan kuzatib boraman. Bugun u uzoq pauzadan keyin yangi video - Norvegiya davlati haqida 1 soatlik ijodini taqdim etdi. Hozir biror marta ham o'tkazmasdan to'liq ko'rib tugatdim. Hissiyotlarim top darajada! Salkam o'zim ham o'sha yoqlarga borib kelgandek bo'ldim. Chiroyli peyzajlar, ajoyib manzara va deyarli o'zligini saqlab qolgan tabiat...

Ptushkin Norvegiyaning eng boy va rivojlangan mamlakat ekanligini namoyish etdi. Na buzuq yo'llar, na zaif infrastruktura, na ta'limda muammo. Demokratiya shundoq ufurib turgan o'lka...

Qizig'i, Norvegiya doim ham shunday bo'lmagan. 1970-yillargacha O'zbekistonliklar norveglardan ko'ra so'zsiz boy yashashgan. Keyin bu yerdagi dengizdan neft topilgan. Ayni kunlarda Norvegiya dunyodagi eng katta neft eksporter davlatlardan biri. Bo'ldi ana ularda neft bor, bizda yo'q shuning uchun deya bahona izlashga shoshilmang. Davomini eshiiting. Lekin ular bu pullarni, boshqa o'zlariga o'xshash neft mamlakatlari, masalan Dubayga o'xshab megapolis va turli xil hashamatlarga sarflashmadi. Xalqqayam tarqatishmadi. Ular boshqa, mening nazarimda, eng oqilona yo'lni tanladilar.

Norvegiyada yashash qimmat. Oylik ancha yaxshi ekan, lekin turarjoylar narxi osmon (Bizni developerlar eshitmasin). Norvegiyadan neft oladigan qo'shni Shvetsiyada benzin narxi Norvegiyadan arzonroq(!!) Buni Norvegiya hukumati atayin qilgan, Ya'ni norveg xalqi yaxshi yashash uchun motivatsiya topishi va neft ham bir kun kelib tugashi hisobiga, faqat unga ishonib qolmaslikka qaror qilishgan. Ular neftdan tushayotgan pullarga "Milliy Pensiya (yoki Neft) fondi" tashkil etganlar. Jamg'arma balansida hozirgi kunga kelib deyarli 1 trillion dollardan ortiq mablag' bor. Bu dunyodagi eng katta fonddir. Pullar bankda shunchaki yotmaydi, bu fondni xalq saylagan maxsus tashkilot turli investitsiyalarga sarflaydi. Natijada fond mablag' oshib boraveradi. Hozirda jahondagi butun aksiyalarning 1.5% shu fondga tegishli va 5 millionlik aholiga bu pullar teng tarqatilsa, har bir norveg 220 ming dollardan oladi! Xullas, tasavvurga sig'maydi. Shunchaki fantastika.

Norveglar yana sport bilan jiddiy shug'ullanadi, sog'ligi haqida qayg'uradi, velik haydaydi, tabiatni o'ylab(!) elektromobil harid qiladi, neftda yuruvchi paroxod va boshqa transportlarni ham elektrga o'tkazmoqda. Dunyoning eng katta neft eksporter davlatida 95% energiya shamol va GESdan olinadi. Bungayam qanoat qilmasdan, tezlik bilan ular quyosh va geotermal issiqlik kabi tiklanuvchi energiyalarga o'tmoqda. Buyoqda yana dunyoga o'zining turistik qobiliyatlarinida ochmoqda. G'aroyib arxitektura, shaffof hokimiyat va ochiqko'ngil insonlar tufayli bu yurtga xorijliklar tashrifi yildan-yilga oshib bormoqda.

Xo'sh, bu hammasi nima uchun qilinyapti, bilasizmi? Chunki norveglar o'z Vatanlarini juda yaxshi ko'rishadi. Chin dildan, samimiy. Ular hech qachon o'zlarining aslida kim ekanligini unutishmagan. O'zlaridan kimnidir yasab olishmagan. Ular o'z Vatanlarini shu qadar samimiy sevishadiki, kimlargadir o'xshab faqat qog'ozda emas, balki amalda xalqi, millati uchun harakat qilishadi. Misol, tabiatni amaliy ishlar bilan asrashmoqda, maqsadlari bu go'zal diyorni keyingi avlodga beziyon topshirish.

Men norveglardan shuni o'rgandimki, bu yer, bu osmon, bu tabiat — faqat bizniki emas. Bizniki bo'lmagan ham. Bu hammaniki, jumladan, sendan keyingi avlodniki ham. Sen uni qanday qabul qilib olgan bo'lsang, undan ham yaxshiroq tarzda keyingi avlodga yetkazib berishing shart. Mana shunda sen Vataning oldidagi katta bir burchlaringdan birini bajargan bo'lasan.


Xullas, video ajoyib, g'oyalar ko'p. Barchaga tomosh qilishni tavsiya qilaman.

Men norveglarga shunchaki samimiy havas qildim. Ular buning hammasini qandaydir bir dunyoning bir chetida, olis Shimolda amalga oshira olgan ekanlar, Serquyosh janub o'lkasida ham bu kabi ishlar boshlanishidan umid qilib qolamiz.

Yoqimli mutolaa!

@panda_books
​​#tavsiya

Daily Telegraph: dunyoni o'zgartirgan 10 ta mumtoz asar

Buyuk Britaniyaning "Daily Telegraph" gazetasi dunyoni o'zgartirgan, vaqt chig'irig'idan o'tgan kitoblar ro'yxatini e'lon qildi. Ro'yxatga ingliz adabiyotidan 7 ta, qadimgi yunon, fransuz va rus adabiyotidan bittadan asar kiritilgan. Mualliflarning 3 nafarini ayollar tashkil etadi.

1️⃣0️⃣ Jorj Eliot"Middlmarch"

9️⃣ Gustav Flober "Bovari xonim"

8️⃣ Uilyam Tekkerey"Manmanlik ko'rgazmasi: qahramonsiz roman"

7️⃣ Lev Tolstoy"Urush va tinchlik"

6️⃣ Charlz Dikkens "Devid Kopperfild"

5️⃣ Sharlotte Bronte"Jeyn Eyr"

4️⃣ Jonatan Svift "Gulliverning sayohatlari"

3️⃣ Jeyn Ostin "Andisha va g'urur"

2️⃣ Entoni Trollon"Barsetshir solnomalari"

1️⃣ Gomer"Iliada" va "Odisseya"

Davronbek Tojialiyev
"Kitob haqida kitob" kitobidan olindi.

@panda_books
Panda Books
​​#tavsiya Daily Telegraph: dunyoni o'zgartirgan 10 ta mumtoz asar Buyuk Britaniyaning "Daily Telegraph" gazetasi dunyoni o'zgartirgan, vaqt chig'irig'idan o'tgan kitoblar ro'yxatini e'lon qildi. Ro'yxatga ingliz adabiyotidan 7 ta, qadimgi yunon, fransuz…
Sezgir mushtariy nega yuqorida 3 ta ayol yozuvchi deyilgan, lekin ro'yxatda atigi 2 ta (Jeyn Ostin va Sharlotte Bronte) ko'rsatilgan deya ajablanayotgan bo'lishi mumkin.

Yo'q, men xato qilmadim. Ayollar rostan ham 3 ta. "Middlmarch" romanini yozgan Jorj Eliot aslida psevdonim. Ingliz adibasi Meri Enn Evans (1819-1880) o'z asarlarida erkak kishiga xos bo'lgan Jorj Eliot psevdonimini qo'llagan.

Buning sababi ikkita:
Birinchidan, o'z asarlariga nisbatan ommada jiddiy qarashni shakllantirish bo'lsa, ikkinchidan, o'z shaxsiy hayotini xavfsizligini ta'minlash bo'lgan.

O'zi, umuman, XIX asrdagi ko'plab ayol yozuvchilar aslida erkak kishilarga xos psevdonimlarida ijod qilishgan.

@panda_books
​​Qovoq sotib olayotgan o't o'chiruvchi

Kunlardan bir kuni, AQSh magistral yo'llari bo'yidagi turli xil holatlarga bag'ishlangan liberal "American Prospect" jurnali muqovasida o'ta g'alati fotosurat paydo bo'ladi. Unda Virjiniya shtatining Maklin shahri yo'l yoqasida nouneym bir o't o'chiruvchi ferma do'konidan qovoq sotib olayotgani, orqa fonda esa katta ehtimol, uni bu yerga chaqiruvi sababi bo'lgan o'sha ferma gurillab yonayotgani tasvirlangan. Fotosurat havaskor fotograf Joel Sternfeld tomonidan o‘z Volkswagen mashinasida o'tayotganida plyonkaga muhrlangan.

Bu holat tezda amerikaliklar jamiyatida katta munozaralarni keltirib chiqardi. Hamma birvarakayiga o't o'chiruvchini beg'amlikda va ma'suliyatsizlikda ayblashdi. Vaziyat juda keskin tus ola boshladi.

Eng qizig'i, aslida fotosuratda yonayotgan uy o'quv-mashq jarayoni olib borilayotgan poligon bo'lib, yong'in ham nazorat sinovi edi. O'sha paytda o't o'chiruvchilar tanaffusga chiqqanlari tufayli ba'zilar yaqinda joylashgan fermadan xarid qilishardi. Tabiiyki, bu fakt jamoatchilik e'tiboridan chetda qoladi. Fotosurat avval mashhur "LIFE"da, so'ngra boshqa ko'plab mashhur jurnallarda chop etiladi.

Fotografning o'zi 2004-yilda The Guardian gazetasiga bergan intervyusida jurnalist uni yilning "qudratli manipulyatori" deya ataganda, u javoban shunday deydi:

"Fotosuratlar har doim manipulyatsiya qila olish qudratiga ega bo'lib kelgan. Har safar atrofingizdagi olamga kamera obyektivi orqali ramka qo'yarkansiz, siz uni o'zingizcha talqin qila olish imkoniga ega bo'lasiz. Misol uchun, kameramni yon-atrofimdagi ikki nafar kishiga qarataman va ularni xursand chehrasini tasvirga olaman. Lekin agar istasam, ulardan o‘ng tomonda yotgan uysiz "bomj"ni yoki orqa fonda sodir bo‘layotgan qotillikni kadrga olmasligim mumkin. Siz 360 darajadan atigi 35 gradusni ko'rasiz va buni fotografiya deb ataysiz. Suratga olishning cheksiz usullari mavjud. Fotograf hamisha ijodkordir".

Umumiy qilib aytsak, turli xil platformalarda, ayniqsa, internet muhokamalarida vaziyat to'liq oydinlashmaguncha yakuniy xulosa chiqarishga shoshilmang. Agar sizga qaysidir hukmni qo'llashga chaqirishayotgan bo'lsa, doimo bu sizning shaxsiy qarashlaring va umumqabul qilingan qoidalarga qanchalik to'g'ri kelishiga e'tibor bering. Manipulyatsiya qurboniga aylanib qolishdan ehtiyot bo'ling.

peace.

@panda_books
Forwarded from Gänger
Human.uz сайти томонидан бир неча букблоггерларнинг 2021 йилда ўқиб чиққан ва ўзлари учун "зўр" деб топган китоблари тавсиясидан иборат мини-мақола эълон қилинибди.
Очиғини айтаман, китоб ўқишни тарғибот қилишни хозирги каби бўлиши истамасдим, лекин блоггерларнинг тавсияларига нимагадир бир кўз югуртиргим келди.
Китобларнинг аксари бугунги маинстреам таъсирида тавсия қилинган бўлса, аксари national myth-making ғояси билан суғорилганлиги учун унчалик... ҳа, майли ҳаммада ўз шахсий таъби бор, улар ўқиган китоблар ва берган тавсиялар. Тилимни тияман.
Лекин блоггерлардан бири тавсия қилган 3 та китобнинг 3 ҳил мавзудалиги - замонавий фалсафа, боқий фалсафа, халқаро муносабатлар - одамни ҳурсанд қилди, кимлигини мақолани ўқиб, билиб олишингиз мумкин.

1. Эрленд Луънинг - "Наивно Супер" - шахс эркинлиги, жамовий онгэмас, балки индиқидуал онгни тарғиб қлгани ва М.Менсон ёзиш услубига яқинлиги билан жуда қадрли. Бизнинг макон ва замонда, бундай қотиб қолган стеоретиплар билан яшашётган жамиятимизда бундай китобларни ҳар ким ҳм ўқийвермайди, лекин. Афсус...
2. Григорий Горин - "Геростратни унутиш" - просто супер - грек ҳикоя-тарихи орқали инсон қанчалик тубанликка кета олиши, бир аҳмоқона иш албатта иккинчисини таққазо қилиши кўрсатиб берилган.
3. Роберт Каплан - "Месть географии" - ХМ соҳасида фундаментал китоблардан бири, дашмасам ҳали Ўзбек тилида чиқмаган. Хали талабалик вақтларимда севимли китобларимдан бири эди. Давлатчиликда география ва аввало, океаннинг ўрнини ҳақида яхши ҳоялар илгари сурилган. Айрим фикрлар эскирган, лекин 100% тўғри фикр бўлмаслигини инобатга олсак, китоб ўз йўналишида юник.

P.s.: Бу блоггер билан шахсий танишлигим ҳеч қандай таъсирга эга эмас, устига-устак китобхонликни "тарғиб қилиш"даги фикрларимиз жуда фарқли (анча дебат ҳам қилганмиз). Лекин мана шу 3 китобни бошқа одам тавсия қилганда ҳам мақоладаги энг яхши китоблар деб атаган бўларди.