Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar
839 subscribers
24K photos
991 videos
1 file
4.25K links
Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar rasmiy sahifasi

Murojaat va takliflar uchun: @ITMA_Surxondaryo_murojaatbot
Download Telegram
#imtihon_2024
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

📣📣📣📣📣

🔔 AGENTLIK TIZIMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

❗️Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari joriy yilning 4-, 5-, 6-iyul kunlari 3 smenada bo‘lib o‘tadi.

Ushbu maktablarga kvota doirasida kirish imtihonlari bir bosqichda, aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-11-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-10-sinflarga o‘tkaziladi.

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning arizada kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumot ko‘rsatilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.

📨 Shaxsiy kabinetga ushbu havola orqali kirishingiz mumkin https://ariza.piima.uz/application/cabinet

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#imtihon_2024
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Termiz_shahri

⚡️Surxondaryo viloyatida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun kirish imtihonlariga start berildi.

📝Ma’lumot uchun, Surxondaryo viloyati kesimida ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 12 011 nafar hamda Prezident maktabiga 4 906 nafar nomzodlar ariza topshirgan.

Imtihon jarayonlarini test2024.uz platformasi orqali onlayn kuzatishingiz mumkin.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#imtihon_2024
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Termiz_shahri

⚡️Surxondaryo viloyatida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun kirish imtihonlarining 2-smenasi bo‘lib o‘tmoqda.

Imtihon jarayonlarini test2024.uz platformasi orqali onlayn kuzatishingiz mumkin.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#imtihon_manzillari
#imtihon_2024
#Prezident_maktablari

❗️MUHIM ESLATMA

📆 Ertaga, 7-iyul kunidan Prezident maktablariga kirish imtihonlarinig 1-bosqichi boshlanadi!

🌐Ota-onalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, imtihonlar bo‘lib o‘tadigan manzillar ro‘yxati Agentligimizning rasmiy saytiga joylashtirildi.

📶 Quyidagi havola orqali farzandingiz qaysi manzilda imtihon topshirishini bilib olishingiz mumkin:

📍MANZILLAR ROʻYXATI

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal