Forwarded from Elif haqida
Tosh qattiqmi bosh qattiq
Yo ko'zdagi yosh qattiq
Tosh ne bo'pti birodar
Minnat to'la osh qattiq
Yo ko'zdagi yosh qattiq
Tosh ne bo'pti birodar
Minnat to'la osh qattiq
Ayni damda oʻynab-kulib yurgan aksar insonlarning kafanlari (allaqachon) doʻkonlar peshtaxtasida turibdi. Ular boʻlsa buni his etishmaydi, chunki Alloh taolo ulardan ajallari(muddati)ni toʻsib, sir tutgandir.
@zalzalah_99
@zalzalah_99
😢2
Mohichehra_blog_TM
Ayni damda oʻynab-kulib yurgan aksar insonlarning kafanlari (allaqachon) doʻkonlar peshtaxtasida turibdi. Ular boʻlsa buni his etishmaydi, chunki Alloh taolo ulardan ajallari(muddati)ni toʻsib, sir tutgandir. @zalzalah_99
Yuqoridagi jumlalarni oʻqib beixtiyor etim jimirlab koʻzimga yosh keldi. Bundagi hislarni soʻz bilan tariflab berishim qiyin.....
Xullas kalom
Birinchi
ikkinchi,
uchinchi,
yigirma to’qqizinchi…
yoshdan yoshga
ko’chib,
qafasdan qafasga
uchib,
yashayapmiz.
Nima deysan, dunyo?
Tug’ildik ayollik gunohi bilan
bir umr tilimiz, yelkamiz qisiq.
Bizdayam huquq bor qaydadir, bilmam,
Men uchun Xudoning mantig’i qiziq.
katta qiz bo’lamiz anglab-anglamay,
Katta orzularga bo’lamiz yukli.
Eng ko’p og’ritganga eng ko’p oshiqmiz,
Iztirob degani buncha suyukli.
Embrion muhabbat, embrion umid
bolaga aylanmay bo’ladi nobud.
Qayerda xotirjam, sokin muhit bor,
Buncha liqqillaydi biz tushgan tobut?
Do’zaxmi, jannatmi qolmadi farqi,
Sira bo’g’zimizda tinmadi faryod.
Kemtikmi, to’kismi–o’zgarmas dunyo,
Baxtlimi, baxtsizmi – baribir ayol…
©Mehrinoz Abbosova
Birinchi
ikkinchi,
uchinchi,
yigirma to’qqizinchi…
yoshdan yoshga
ko’chib,
qafasdan qafasga
uchib,
yashayapmiz.
Nima deysan, dunyo?
Tug’ildik ayollik gunohi bilan
bir umr tilimiz, yelkamiz qisiq.
Bizdayam huquq bor qaydadir, bilmam,
Men uchun Xudoning mantig’i qiziq.
katta qiz bo’lamiz anglab-anglamay,
Katta orzularga bo’lamiz yukli.
Eng ko’p og’ritganga eng ko’p oshiqmiz,
Iztirob degani buncha suyukli.
Embrion muhabbat, embrion umid
bolaga aylanmay bo’ladi nobud.
Qayerda xotirjam, sokin muhit bor,
Buncha liqqillaydi biz tushgan tobut?
Do’zaxmi, jannatmi qolmadi farqi,
Sira bo’g’zimizda tinmadi faryod.
Kemtikmi, to’kismi–o’zgarmas dunyo,
Baxtlimi, baxtsizmi – baribir ayol…
©Mehrinoz Abbosova
🔥3
Forwarded from 𝙾𝚗𝚎 𝚍𝚊𝚢...
Toshkentda kuz boshqacha...🍁 Shahar eng ko'p kuzda chiroyli bo'ladi. Manzara, havo yoqimli.. salqin yoki yomg'irli havoda birgina iliq ko'fe bilan yolg'iz sayr qilsangiz ham o'zgacha..sizga qadrli,shinam bo'lgan uzun yo'lakli ko'chalarda oyoqlaringiz ostida to'la yaproqlar gilamdek to'shalib yotadi, quyosh nuri ham zayifgina sarg'aygan yaproqlar orasidan yuzingizga tushib turadi..(yo'q bu yozlardagi kabi yoqimsiz quyosh emas.. ) Hammasi baribir boshqacha..
❤2🎉1
Yosh jihatdan mandan ikki barobar katta koʻrinadigan 10 - sinf oʻquvchilari 2016-yilda 1-sinfga chiqqaniga hech aqlim bovar qilmayapti 😢
Nahotki vaqt shunchalik tez oʻtmoqda?!
Nahotki vaqt shunchalik tez oʻtmoqda?!
😁4❤2
#mood
Xudo kechirsin-u 5-sinf oʻquvchilarni xumorim chiqquncha urgim kelyapti
Xudo kechirsin-u 5-sinf oʻquvchilarni xumorim chiqquncha urgim kelyapti
🤝1
Univerimni sogʻindim 😶
Hamma davrning oʻz gashti bor deyishadi. Haqiqatan ham Toshkentni, undagi universitetimni, kursdoshlarimni, yotoqxonamni, Yakkasaroy toʻyxonasi oldidagi kvartirani. Unda qizlar bilan derazadan tashqariga qarab toʻyga qanday qilib borib mazza qilib qorin toʻydirish yoʻllarini hazillashib maslahatlashgan onlarni sogʻindim.
Talabalik yillarim qanchalik qiyin oʻtgan boʻlsa ham ( ayniqsa 1,2 kurs payti eng juda qiyin oʻtgan yilim 2-kurs) oʻsha yillarga qaytgim kelyapti buni imkoni yoʻq ekanligini bilsam ham (
Hamma davrning oʻz gashti bor deyishadi. Haqiqatan ham Toshkentni, undagi universitetimni, kursdoshlarimni, yotoqxonamni, Yakkasaroy toʻyxonasi oldidagi kvartirani. Unda qizlar bilan derazadan tashqariga qarab toʻyga qanday qilib borib mazza qilib qorin toʻydirish yoʻllarini hazillashib maslahatlashgan onlarni sogʻindim.
Talabalik yillarim qanchalik qiyin oʻtgan boʻlsa ham ( ayniqsa 1,2 kurs payti eng juda qiyin oʻtgan yilim 2-kurs) oʻsha yillarga qaytgim kelyapti buni imkoni yoʻq ekanligini bilsam ham (
4-5 yıl oldin shunaqa ham "krinj" post, koment yozamanmi-a🗿
Hozir shularni oʻqisam uylayapman((
Hozir shularni oʻqisam uylayapman((
😁1
– Ota-ona davridagi erkinlik, bilasanmi nima?
– Nima?
Biror yo‘nalishda o‘zingni sinab ko‘rasan va u o‘xshamaydi - demak, bu sening sohang emasligini bilasan. O‘ylab ham o‘tirmasdan uni tark etasan. Keyining nima bo‘lishi esa unchalik qiziq tuyulmaydi. Chunki suyana oladigan otang yoki onang bor. “Ertaga och qolishim mumkin”, “mana bu xarajatimga jamg‘arma yo‘q-ku”, degan hayollar birinchi o‘rinda emas. Ularning o‘rnini “o‘zimga mos yo‘nalishni topishim kerak” degan fikr egallaydi.
Bu – ota-ona davridagi eng katta erkinlik. Chunki sen hali yiqilishni ham, qayta turishni ham o‘rganayotgan paytingda orqangda seni qo‘llab turgan ikki inson borligini bilasan.
– Nima?
Biror yo‘nalishda o‘zingni sinab ko‘rasan va u o‘xshamaydi - demak, bu sening sohang emasligini bilasan. O‘ylab ham o‘tirmasdan uni tark etasan. Keyining nima bo‘lishi esa unchalik qiziq tuyulmaydi. Chunki suyana oladigan otang yoki onang bor. “Ertaga och qolishim mumkin”, “mana bu xarajatimga jamg‘arma yo‘q-ku”, degan hayollar birinchi o‘rinda emas. Ularning o‘rnini “o‘zimga mos yo‘nalishni topishim kerak” degan fikr egallaydi.
Bu – ota-ona davridagi eng katta erkinlik. Chunki sen hali yiqilishni ham, qayta turishni ham o‘rganayotgan paytingda orqangda seni qo‘llab turgan ikki inson borligini bilasan.
🔥2
Hamma qizlar ham jamiyat chizib bergan chegaralarga sig'maydi. Ularning hayoti boshqalarning ssenariysi emas balki, o'z qo'llari bilan yoziladigan yangi davrdir.
Ikki oydan so'ng 2026-yil, lekin men, ruhan 2021-yilda qolib ketganman)
👀1
Mohichehra_blog_TM pinned «#niyyat Hozir xonadoshlar bilan o'tirib bir niyyat qildik. Kelajakdagi husbandimiz bilan bir hayotiy badiiy asar yozamiz. Boshimizdagi o'tgan barcha yaxshi va yomon kunlarimizni , uchrashuv tariximizni va shunga o'xshash kopala voqealarni yozamiz🙈🙊»
Mohichehra_blog_TM
#niyyat Hozir xonadoshlar bilan o'tirib bir niyyat qildik. Kelajakdagi husbandimiz bilan bir hayotiy badiiy asar yozamiz. Boshimizdagi o'tgan barcha yaxshi va yomon kunlarimizni , uchrashuv tariximizni va shunga o'xshash kopala voqealarni yozamiz🙈🙊
Oʻtgan yillar xotirasini sog'inib postlarni oʻqib chiqayotib shu xabarga koʻzim tushib qoldi va esda saqlab qolish uchun pin qilib qoʻydim)
(Shu kunni esladingizmi xonadosh😄
(Shu kunni esladingizmi xonadosh😄
Forwarded from MonaLiza
Oliftasi bo'lsam kerak odamning.
Har kun yangi libos olganim olgan.
Men-ku boyvachchaman, ammo otamning
Egnidagi chopon bobomdan qolgan.
Qo'shilib qolsam bas biror davraga,
Tamom, hech kimga gap tegmay qoladi.
Otam-chi o'zini olib panaga,
Hammaga jimgina quloq soladi.
O'zimcha shoirman mashhuru ma'lum,
O'zimcha qo'llarim osmonga yetar.
Men shirin tush ko'rib yotgan tunlarim,
Otam bug'doyga suv haydashga ketar.
Garchi lotinchaga tushunmasa ham,
She'rlarimni o'qib zavqlanadi u.
Oynai jahonda ko'rinib qolsam,
Mening o'g'lim, deya maqtanadi u.
Kimning kimligini bilmoq istasang
Unga qalb ko'zing-la qarab, boq ekan.
Angladimki yaxshi shoir bo'lishdan,
Yaxshi o'g'il bo'lish qiyinroq ekan.
Otam dunyodagi eng yaxshi odam,
Yomon o'g'ildirman, balki unga men.
Har lahza sajdalar qilaman, otam
Sog'-omon o'tkazgan har bir kunga men.
©Iftixor Xonxo'jayev
@serjillik2
Har kun yangi libos olganim olgan.
Men-ku boyvachchaman, ammo otamning
Egnidagi chopon bobomdan qolgan.
Qo'shilib qolsam bas biror davraga,
Tamom, hech kimga gap tegmay qoladi.
Otam-chi o'zini olib panaga,
Hammaga jimgina quloq soladi.
O'zimcha shoirman mashhuru ma'lum,
O'zimcha qo'llarim osmonga yetar.
Men shirin tush ko'rib yotgan tunlarim,
Otam bug'doyga suv haydashga ketar.
Garchi lotinchaga tushunmasa ham,
She'rlarimni o'qib zavqlanadi u.
Oynai jahonda ko'rinib qolsam,
Mening o'g'lim, deya maqtanadi u.
Kimning kimligini bilmoq istasang
Unga qalb ko'zing-la qarab, boq ekan.
Angladimki yaxshi shoir bo'lishdan,
Yaxshi o'g'il bo'lish qiyinroq ekan.
Otam dunyodagi eng yaxshi odam,
Yomon o'g'ildirman, balki unga men.
Har lahza sajdalar qilaman, otam
Sog'-omon o'tkazgan har bir kunga men.
©Iftixor Xonxo'jayev
@serjillik2
❤1🔥1
hayotda ikki yuzli inson boʻlish ham yaxshi qaysidir maʼnoda
🔥1