𝙊𝙨𝙤𝙫𝙖 𝙆𝙤𝙧𝙚𝙖
1.29K subscribers
264 photos
6 videos
147 links
🇰🇷 Koreya haqida foydali ma'lumotlar
💡 Hayotni osonlashtiruvchi maslahatlar
📍Viza | Ish | Ta'lim

📩 Murojaat uchun: @osova_bot

©️ Ma'lumotlar ko'chirilganda manba ko'rsatilishi shart!
Download Telegram
📱 Do‘kon egalari uchun YANGI IMKONIYAT!

Sizda do‘kon bormi va uni ko‘proq mijozlarga tanitmoqchimisiz?
Biz siz uchun maxsus mobil ilova ishlab beramiz! 🚀

🔹 Do‘koningiz ilovada ko‘rinadi (App store & Play market)
🔹 Doimiy mijozlar bazasini shakllantirasiz
🔹 Aksiya va e’lonlar orqali mijozlarni tezkor xabardor qilasiz
🔹 Do‘konni bitta tizim orqali to‘liq nazorat qilasiz
(Admin panel / Dashboard)
🔹 Ishchilar uchun alohida ilova
🔹 To‘lov tizimlari bilan integratsiya
🔹 Pochta (yetkazib berish) tizimi bilan integratsiya

🚀 Ilovangizni ishga tushuring va savdongizni 10X oshiring!

📌 Maqsadimiz — do‘koningizni raqamli platformaga olib chiqish va savdoingizni real oshirish.

📩 Batafsil ma’lumot va hamkorlik uchun:
010-5931-6057
👉 Telegramdan yozing: @muhammadbekzod
👉 Telegram kanal : @koreyadagi_dev

Post Reklama asosida joylandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1🔥1
🚌📦 Shoshilinch pochta yuborishning ENG TEZKOR usuli - shaharlararo ekspress avtobus orqali 1 KUNDA yetkazib berish

Agar hujjat yoki buyumni o'sha kuniyoq boshqa shaharga yetkazish kerak bo‘lsa — bu usul aynan siz uchun!

🖥 Qanday ishlaydi?
• Siz istagan yo'nalish bo'yicha avtobusning qayerdan va qachon jo'nashi va yetib borish vaqtini tekshirashirasiz
• Postani shaharlararo ekspress avtobus terminal/bekatiga borib yo'nalish aftobus haydovchisiga topshirasiz
• Avtobus bilan jo‘natma o‘sha kuni manzil shaharga yetib boradi
• Dam olish kunlari ham ishlaydi

🧭 Avtobus yo‘nalishini tekshirish:
📍 T-money ilovasi orqali yoki Naverdan qidirib avtobus yo‘nalishi va vaqtlarini ko‘rish mumkin
📱 T-money ilovasi ishlatish haqida post 👉 Link

💰 Narxi:
• Masofaga qarab: 5,000 ~ 12,000 won har bir quti uchun
📦 Quti kichik yoki katta bo‘lishidan qat’i nazar — narx o‘zgarmaydi

🎯 Afzalliklari:
• Juda tez (o‘sha kuni yetib boradi)
• Nisbatan arzon
• Dam olish va bayram kunlari ham jo‘natish mumkin
• Agar qabul qiluvchi avtobus kelgan paytda bora olmasa — jo‘natmani keyinroq saqlash xonasidan olib ketishi mumkin

Kamchiliklari:
• Jo‘natuvchi ham, qabul qiluvchi ham avtobus terminal/bekatiga borishi kerak
• Saqlash xonasi:
 - 24 soat ishlamasligi mumkin
 - Ba’zi terminal/bekatlarda umuman bo‘lmasligi ham mumkin ❗️

Agar tezlik muhim bo‘lsa va terminalga borish muammo bo‘lmasa — 🚌📦 ekspress avtobus orqali pochtangizni jo'nating! 🚀

Osova kanaliga qo‘shiling va yanada foydali ma’lumotlardan xabardor bo‘ling!

👉 Kanal: @osovajr
✉️ Reklama va murojaat uchun: @osova_bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍81🔥1
📚🎁 BEPUL KITOBLAR — KIIP 5-daraja 🇰🇷

Assalomu alaykum hurmatli obunachilar!
Bugun sizlardan biringizga foydali sovg‘a qilishni xohladim :)🚀

O‘tgan yili KIIP 5-daraja (사회통합프로그램) bo‘yicha o‘qib, birinchi urinishdayoq imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan edim, Alhamdulillah
Endi esa shu yo‘lda ketayotgan insonlarga foydasi tegsin degan niyatda kitoblarni bepul ulashmoqchiman 🙌

📖 Beriladigan kitoblar:

사회통합프로그램(KIIP) 한국사회 이해 기본 + 기본 탐구활동
• 5-daraja to‘liq SET (2 dona)
• Holati: juda yaxshi
 (Faqat ayrim joylarida qalam bilan mayda eslatmalar bor ✏️)
• Kitoblarning asl surati comment qismda yuklandi

📌 Nega muhim?
👉 KIIP 5-daraja sertifikati —
- D-10 (ish qidirish) va E-7 va F-2 (ishchi) vizalarga o'tish va uzaytirishda 20~30 ball beradi
- Doimiy yashash vizasi (F-5) ning deyarli barcha turida talab qilinadi

🎯 Kimlar olishi mumkin? (Shartlar):
KIIP 5-darajaga ro‘yxatdan o‘tgan yoki hozir o‘qiyotgan bo‘lishi
 → KIIP saytidan holatini ko‘rsatishi kerak
Koreyada bo‘lishi shart
Faqat 택배 puli to‘lanadi (~ 4,500 won) 🚚
Shaxsiy foydalanish uchun (tekin olib boshqaga sotish yo'q )
Shartlarga javob beruvchi birinchi yozgan kishi oladi ⏱️

🤝 Haqiqatan o‘qimoqchi va foydalanmoqchi bo‘lgan insonga nasib qilsin

📩 Shartlarga to‘g‘ri kelsangiz, darhol https://t.me/Osovajr?direct dan yozing

Kanalimiz kuzatuvchilaridan 5-darajaga yozilgan kishi yozdi, kitob berildi. E'tiboringiz uchun rahmat!

Osova kanaliga qo‘shiling va yanada foydali ma’lumotlardan xabardor bo‘ling!

👉 Kanal: @osovajr
✉️ Reklama va murojaat uchun: @osova_bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7👌1
🇰🇷💼 Koreyada kichik va o‘rta korxonada ishlaysizmi? Soliqdan katta chegirma bor!

Agar siz Janubiy Koreyada kichik yoki o‘rta biznes (SME, 중소기업)da ishlayotgan bo‘lsangiz — juda muhim va foydali ma’lumot ⭐️
Bu chet elliklar uchun ham amal qiladi

🪙 Qanday imtiyoz bor?

Davlat tomonidan daromad solig‘idan (소득세) katta chegirma beriladi.

🔹 Yoshlar (34 yoshgacha)
5 yilgacha
90% gacha soliq chegirmasi
Yillik limit: 2,000,000 won

🔹 60 yoshdan yuqorilar / Nogironlar / Ishdan tanaffus qilgan ayollar
3 yilgacha
50–70% gacha soliq chegirmasi

🎯 Chet elliklar ham foydalana oladimi?
Ha, mumkin!
Agar siz:
• qonuniy ishlayotgan bo‘lsangiz
• kichik yoki o‘rta korxonada band bo‘lsangiz
• soliq to‘layotgan bo‘lsangiz

siz ham ushbu soliq chegirmasiga ariza topshirishingiz mumkin.

🖥 Qanday qilib ariza beriladi?

📄 “중소기업 취업자 소득세 감면신청서”
( Kichik korxonada ishlovchilar uchun daromad solig‘i chegirmasi arizasi )

📍 Arizani:
• kerakli ma'lumotlarni to‘ldirib kompaniyangizning buxgalteri yoki
• HR bo‘limi orqali topshirasiz

Muhim eslatma

• Faqat SME toifasiga kiradigan kompaniyalar amal qiladi
• Shartlariga to‘g‘ri kelsangiz istalgan payti yoki kompaniya sizga 연말정산 qilib berish paytida ariza bersangiz bo‘ladi
• Ba'zi kompaniyalarda buxgalteriya yoki HR hodimi bu chet elliklarga amal qilmaydi deb o‘ylashi mumkin, shunday holatda bu chet elliklarga ham amal qilishini tushuntirishingiz kerak bo‘ladi

• Arizaning .hwp va .pdf formatida post comment qismida joylashtitib qo‘yamiz.

Osova kanaliga qo‘shiling va yanada foydali ma’lumotlardan xabardor bo‘ling!

👉 Kanal: @osovajr
✉️ Reklama va murojaat uchun: @osova_bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥62👍2
🇰🇷♻️ Koreyada katta chiqindilarni tashlash: “빼기 (Ppaegi)” ilovasi orqali oson va qonuniy

Bilamiz-ki Koreyada chiqindilarni tartibga solish juda jiddiy qaraladi.
Axlatni noto‘g‘ri tashlash, ajratmaslik yoki ruxsatsiz joyga qo‘yish katta jarimalarga olib kelishi mumkin
Ayniqsa katta hajmli chiqindilar (대형폐기물) uchun alohida tartib mavjud.

Bunday holllarda “빼기 (Ppaegi)” ilovasi orqali tashlash tafsiya etiladi👇

📱 빼기 — Koreyada katta chiqindilarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazib, sticker olmasdan tashlash imkonini beruvchi rasmiy va qulay ilova.

🪑🛏🚲 (mebel, maishiy buyumlar, bolalar buyumlari, texnika va boshqalar)

📌 Nega bu juda muhim?

Katta chiqindini oddiy axlat bilan tashlash mumkin emas
Ruxsatsiz joyga qo‘yish — jarima
Chiqindini noto‘g‘ri ajratish — jarima

👉 Shuning uchun Koreyada har bir chiqindi maxsus tartib bo‘yicha tashlanadi.

🖥 Ilovasidan foydalanish bosqichlari

1️⃣ 빼기 ilovani yuklab oling

📱 iPhone uchun: 👉 Link

📱 Android uchun: 👉 Link

2️⃣ Ro‘yxatdan o‘ting

👉 Naver yoki KakaoTalk akkaunti orqali tez va oson login

3️⃣ Manzilingizni kiriting

📍 Chiqindi qayerdan olinishi aniq bo‘lishi shart

4️⃣ “Katta chiqindi tashlash” bo‘limini tanlang

자가배출 (o‘zingiz tashqariga chiqarasiz) varianti

5️⃣ Chiqindi turini tanlang

📦 Kategoriya → pastki kategoriya → aniq buyum
📏 Kerak bo‘lsa o‘lcham yoki turi belgilanadi

6️⃣ Foto va joylashuv

📸 Buyum rasmini yuklaysiz
✍️ Qayerga qo‘yilishini batafsil yozasiz

7️⃣ Sana va vaqt

🗓 Qaysi kuni tashqariga qo‘yishingizni tanlaysiz

8️⃣ To‘lov


💳 Ilova ichida to‘lov qilinadi
( narx chiqindi turiga qarab belgilanadi )

🏷 Ariza raqami

To‘lovdan keyin sizga ariza raqami beriladi.

✍️ Bu raqamni:

* katta qog‘ozga yozib
* chiqindiga yopishtirib
* belgilangan vaqtda tashqariga qo‘yasiz

🚚 Olib ketish odatda bir necha kun ichida amalga oshiriladi.

Muhim eslatmalar

❗️ Ichkaridan yoki podvaldan olib ketishmaydi
❗️ Mashina kira oladigan joy bo‘lishi kerak
❗️ Belgilangan qoidalarga amal qilmaslik — jarima
❗️ Hudud yoki axlat turiga qarb alohida stiket sotib olish ham talab qilinishi mumkin

Osova kanaliga qo‘shiling va yanada foydali ma’lumotlardan xabardor bo‘ling!

👉 Kanal: @osovajr
✉️ Reklama va murojaat uchun: @osova_bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3
🇰🇷💼 Vizani uzaytirish yoki o‘zgartirish uchun daromadingizni tekshirdingizmi?
(Hometax orqali o‘tgan yilgi taxable salary ko‘rish)

Koreyada ishlayotgan chet elliklar (masalan E-7-1, F-2-7 va boshqa ishchi vizalar) uchun o‘tgan yilgi soliqqa tortiladigan daromad (taxable income) juda muhim.

🪙 Ammo odatda Gross salary ≠ Taxable salary

🔹 Gross salary – jami oylik
🔹 Taxable salary (과세소득) – soliqqa tortiladigan qismi

Ba’zi hollarda 🚗 transport puli, 🍱 ovqat puli, 🏠 boshqa to‘lovlar soliqdan ozod bo‘lishi mumkin. Shu sababli taxable summa biroz past chiqishi mumkin.

🖥 Oldingi yil uchun rasmiy daromad sertifikati (소득금액증명원)

• har yili mart oyidan boshlab olinadi
• va bu Immigratsiya tomonidan tan olinadigan yagona rasmiy hujjat

Lekin siz yanvar oyidan boshlab ham taxminiy ma’lumotni Hometax dan ko‘rishingiz mumkin.

📱 Hometax orqali qanday tekshiriladi?

• Hometax ilovasi yoki saytiga kiring

• Login qiling (masalan eng osoni: 간편인증 orqali)

• Rasmdagidek 일용 • 간이 • 용역) 본인 소득내역 확인 bo‘limni tanlang

• 1-chi katakda yilni tanlang (Masalan: 2025 (2025 yil uchun daromadni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz))

• 3-chi katakda 간이지급명세서 (근로소득) tanlang

• So‘ng 조회 tugmasini bosing


Shunda o‘sha yil uchun soliqqa tortilgan yillik daromad summasi pastda chiqadi

Nega bu juda muhim?

Ba’zi hollarda:
❗️ Maosh noto‘g‘ri kiritilgan bo‘lishi mumkin
❗️ Kutilganidan kam summa ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin

✍️ Agar farq bo‘lsa — darhol kompaniyangiz buxgalteriyasi bilan gaplashing.

💡 Ilova haqida post 👉 Link

Osova kanaliga qo‘shiling va yanada foydali ma’lumotlardan xabardor bo‘ling!

👉 Kanal: @osovajr
✉️ Reklama va murojaat uchun: @osova_bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍71
😊😊😊 🔧 공임나라 — band odamlar uchun eng qulay avtota’mir xizmati!

Koreyada mashina ta’miri ko‘pincha qimmat va navbat kutish muammo bo‘ladi.
Ammo 공임나라 bu masalani juda qulay hal qilib bergan 🚀

Bu servisning asosiy afzalligi — oldindan bron (예약/reservation) qilish imkoniyati bor.
Ya’ni siz vaqtni band qilasiz va kelganingizda kutib o‘tirmaysiz

🚗 공임나라ning ustunligi nimada?

Barcha xizmatlar va narxlar ro‘yxati websayt/ilovada ochiq ko‘rsatilgan
Oldindan vaqt band qilish — juda qulay (ayniqsa ish bilan bandlar uchun)
Butun Koreya bo‘ylab filiallar mavjud
Narxi ko‘pincha boshqa servislardan arzonroq, ayniqsa mashina 수입차/inomarka bo'lsa

⚙️ Ehtiyot qismlar bo‘yicha 2 xil variant bor:

🔹 Siz o‘zingiz internetdan arzon narxda qismlarni olib kelasiz → faqat ish haqi to‘laysiz (eng arzon variant)

🔹 Yoki servisning o‘zidagi qismlardan foydalanasiz → narxi online do‘kondan birozgina qimmatroq bo‘ladi

🛠 Qanday xizmatlar taklif qilishadi?

▫️ Moy va filtr almashtirish
▫️ Tormoz kolodka / disk
▫️ Akkumulyator
▫️ Amortizator
▫️ Remen va boshqa texnik qismlar

🎯 Koreyada mashinasi bor chet elliklar uchun juda foydali servis.

📲 Ilovani yuklab olish:

📱 iPhone uchun 👉 Link

📱 Android uchun: 👉 Link

Website: 👉 Link

Osova kanaliga qo‘shiling va yanada foydali ma’lumotlardan xabardor bo‘ling!

👉 Kanal: @osovajr
✉️ Reklama va murojaat uchun: @osova_bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3
🇰🇷👨‍👩‍👧 배우자 출산휴가 (Otalar uchun Farzandli Bo'lganda Olinadigan Ta’til) 🎉 🚀

Koreyada ishchi bo‘lsangiz, ota sifatida tug‘ruq ta’tili (배우자 출산휴가) olishingiz mumkin 🇰🇷⚖️

🎯 Asosiy ma’lumotlar

휴가 (ta'til) muddati
Umumiy: 20 kunlik ta’til (2025-yildan boshlab)
• Bu ta’tilni bir martada yoki ko‘p marta bo‘lib foydalanishingiz mumkin
Ta’tilni farzand tug'ilganidan keyin 120 kun ichida ishlatsangiz bo'ladi 🗓

🍼 ENG MUHIMI: Bu nafaqat ta’til — rasmiy mehnat qonuni bo‘yicha kafolatlangan huquqdir 📜

🪙 Ta’tilda nafaqalar (급여)

🔹 Agar siz subsidiyalanadigan (우선지원 대상) kompaniyada ishlasangiz —
 • 20 kun uchun davlatdan pul to‘lanadi (sug‘urta orqali)

🔹 Agar siz odatda yirik kompaniyada bo‘lsangiz — ta’til kompaniya tomonidan pul bilan to‘lanadi (odatda asosiy maosh bo‘yicha)

👉 Bu pul berilishi sizning sug‘urta holatingiz va kompaniya turiga bog‘liq bo‘ladi.

✍️ Ariza berish tartibi

👉 1) Kompaniya HR / buxgalteriya bo‘limiga ayting
👉 2) Tug‘ruq sanasi va rejalashtirilgan ta’tilni rasmiylashtiring

💡 Nima uchun bu muhim?

▫️ Ota sifatida yordam bera olasiz
▫️ Oilaviy vaqtni birga o‘tkazishingiz mumkin
▫️ Qonun sizni himoya qiladi — HR tomonidan rad etilishi mumkin emas

⭐️ Bundan tashqari Koreyada ba'zi kompaniyalar ichki tartib qoidasidan kelib chiqib qo'shimcha bir necha kun 경조휴가 (har-xil oilaviy holatlar uchun masalan: Oilada, tug'ilish, o'lim holatdia) ham berishi mumkin.

P.S. 배우자 출산휴가 olish bu sizning shaxsiy huquqingiz bo'lsada kompaniya ish hajmi va sizning ish holatingizdan kelib chiqib kamroq ta'til berishlarini aytishi mumkin. Vaziyatni tushunish yoki kompaniyangizni sudga berish esa shaxsiy tanlovingiz.

Osova kanaliga qo‘shiling va yanada foydali ma’lumotlardan xabardor bo‘ling!

👉 Kanal: @osovajr
✉️ Reklama va murojaat uchun: @osova_bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2
🇰🇷📊 Koreyada GNI (1인당 국민총소득 2026) yangilandi

🔈 Koreyada ko‘plab vizalar va immigratsiya jarayonlarida muhim hisoblangan GNI (Kishi boshiga to'g'ri keladigan yalpi milliy daromad) har yili yangilanadi.

Bu yilgi o'zgarish:

🔹 2025-yil: 49,955,000 ₩
🔹 2026-yil: 52,416,000 ₩ ⬆️
📈 Farq: +2,461,000 ₩ yoki taxminan 4.6% ⬆️

Nega bu muhim?

Ko‘plab immigratsiya vizalari daromad talabini GNI foizi orqali hisoblaydi. Masalan:

▫️ E-7 (Malakali ishchi)
▫️ F-5 (Doimiy rezident)

Ko‘pincha quyidagi mezonlar ishlatiladi:
• 80% GNI
• 100% GNI
• 200% GNI

🎯 Xabarni ishchi viza yoki rezident viza olishni reja qilib yurganlarga jo'natib qo'yamiz!

Manba: 미주종앙일보

2026 - yil 1 - Apreldan boshlab immigratsiya GNI ko'rsatgichi sifatida yangilangan GNI miqdori (52,416,000 ₩) ni qabul qila boshladi. Ushbu miqdor 2027 - yil 31 - Martgacha amalda bo'ladi.

Osova kanaliga qo‘shiling va yanada foydali ma’lumotlardan xabardor bo‘ling!

👉 Kanal: @osovajr
✉️ Reklama va murojaat uchun: @osova_bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
⛽️📉 Yonilg‘i qimmatlashdimi? Arzon zapravkani qanday topamiz?

So‘nggi paytlarda Yaqin Sharqdagi vaziyat sabab 🇰🇷 Koreyada ham yoqilg‘i narxlari keskin oshib boryapti 📈

Bunday paytda 오피넷 sizga juda foydali bo‘ladi 👇

🔍 오피넷 nima?

Bu Koreyada eng arzon zapravkalarni topish uchun rasmiy xizmat 🚗

📱 Opinet qandat ishlaydi ?

▫️ Yaqin atrofdagi eng arzon zapravkani topadi
▫️ Benzin / dizel / LPG narxlarini real vaqtda ko‘rsatib turadi
▫️ Xarita orqali qulay joylashuvni ko‘rsatadi
▫️ Filtr qilib, faqat kerakli yoqilg‘ini ko‘rish mumkin

📲 Ilovani yuklab olish:

📱 iPhone uchun 👉 Link

📱 Android uchun: 👉 Link


🎯 Hozirgi narxlar oshayotgan paytda bu ilova ayniqsa kerak!

Osova kanaliga qo‘shiling va yanada foydali ma’lumotlardan xabardor bo‘ling!

👉 Kanal: @osovajr
✉️ Reklama va murojaat uchun: @osova_bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍54
🌉 Incheonda yangi rekord — “The Sky 184” observatoriyasi!

🇰🇷 Koreyada yana bir ajoyib turistik joy ochilmoqda 🔥

🏢 The Sky 184 — dunyodagi eng baland dengiz ko‘prigi ustidagi observatoriya!

🏆 Hatto Ginnes Rekordi tomonidan rasman tan olindi!

📍 Joylashuvi: Incheon, Cheongna Sky Bridge
📏 Balandligi: 184 metr (dengiz sathidan!)

👀 Nimalar bor?

🔝 Yuqori observatoriya
• 360° ko‘rinish — dengiz, ko'prik va shahar manzarasi 🌊🏙

🚀 Edge Walk (eng qiziq joy!)
• Xavfsizlik arqoni bilan binoning tashqi qismida yurish
• Adrenalin va ajoyib manzara 🔥

💰 Narxlar:

🎫 Observatoriya: 15,000 won
🧗 Edge Walk: 60,000 won

📌 Incheon aholisi uchun: 50% chegirma
Chegirmadan foydalanish uchun 시민 할인 haqidagi postimizni o'qing.

🎥 Bepul zonalar ham bor!

▫️ Pastki observatoriya
▫️ Media art zal
▫️ Dengiz bo‘yidagi kino zona 🎬

📆 Ochilish: 202y yil Aprel oxiri (xavfsizlik testlaridan keyin)

📌 Sayohat qilishni yaxshi ko‘radiganlar uchun TOP lokatsiya!

Manba: Arirang News, Koreatimes

Osova kanaliga qo‘shiling va yanada foydali ma’lumotlardan xabardor bo‘ling!

👉 Kanal: @osovajr
✉️ Reklama va murojaat uchun: @osova_bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2👏1
📦😀 Uyingizdan chiqmasdan posilka jo‘natish — Koreyada 방문예약 xizmati! 🔥

🇰🇷 Ko'pchiligimiz uchun ish kunlari har xil sabablardan pochtaga borib narsa jo‘natishimiz qiyin bo‘ladi.
Shunday holatda pochtani uydan olib ketish (방문수거) xizmati juda qulay ishlaydi.

⭐️ Eng mashhur va qulay xizmatlar:

▫️Hanjin 📦
▫️우체국 📮

🏠 Qanday ishlaydi?

• Online buyurtma berasiz
• Kuryer siz belgilagan vaqtda uyingizga keladi
• Posilkani olib ketadi
• Posilkangiz qabul qiluvchiga ertangi kun yetib boradi

📱 Qanday buyurtma beriladi?

🔹 Hanjin — ilova yoki sayt orqali
🔹 우체국 (Korea Post) — ilova yoki sayt orqali

📌 Ma’lumotlar kerak bo‘ladi:
▫️ Jo‘natuvchi ma'lumotlari
▫️Qabul qiluvchi ma'lumotlari
▫️ Posilkaning taxminiy o‘lchami / vazni

💰 Narxi va to‘lov usuli


• 4,000 ~ 12,000 won (hajm va masofaga qarab)
• To‘lovni karta ma'lumotlarini kiritish, naqd pul orqali yoki qabul qiluvchi shaxs orqali to‘lash mumkin

🎯 Afzalliklari

• Uydan chiqmasdan jo‘natish
• Vaqtni tejaydi
• Og‘ir yuklar uchun juda qulay
• Ish bilan bandlar yoki uyidan narsa sotuvchilar uchun ideal

Eslatma

Posilkani oldindan yaxshi qadoqlash kerak
Belgilangan vaqtdan oldin tashqariga eshik oldiga qo‘yib qo‘yish kerak
Bir kun oldin yoki ertalab soat 6 gacha 접수 qilish kerak

🖥 Birinchi marta foydalanishda:

회원가입 > qilib login va parolni eslab qolishingiz kerak bo‘ladi.
• Keyingi safarlardan shu login va parol orqali kirib
예약/조회 > 택배예약 > 일반택배 ni tanlab 접수 qilinadi.

🤝 Postni pochta xizmatidan ko‘p foydalanadigan tanishlaringiz bilan ulashib qo‘ying.

Osova kanaliga qo‘shiling va yanada foydali ma’lumotlardan xabardor bo‘ling!

👉 Kanal: @osovajr
✉️ Reklama va murojaat uchun: @osova_bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥12
🚜🇰🇷 Koreyada haydovchilik guvohnomasi imtihoniga tayyorgarlik

Koreyada prava olish bir nechta bosqichdan iborat:

🔹 📺 Transport xavfsizligi ta'limi
🔹 🏥 Tibbiy ko‘rik (신체검사)
🔹 📚 Nazariy test (yo‘l qoidalari + belgilar)
🔹 🎮 Funktsional test (기능시험)
🔹 🛣 Shahar ichida haydash (도로주행)

📖 Nazariy test (학과 시험) qismi eng muhim qismlardan biri bo'lib, ko‘pchilik aynan shu bosqichda qiynaladi 😅
Lekin to‘g‘ri tayyorlansangiz juda oson!
Jami 40 ta savolni ishlab kamida 60 ball yig‘sangiz bo‘ldi (yengil mashina pravasi uchun).

🛂 Tayyorlanish usullari:

📲 운전면허 PLUS Ilova orqali (1-usul)

Ilovani yuklab olish:

📱 iPhone uchun 👉 Link

📱 Android uchun: 👉 Link

▫️ Interaktiv testlar
▫️ O‘rganish + mashq qilish bir joyda
▫️ Real imtihonga tushadigan savollar

🎥 Ilovada ~14 ta video savollar ham bor
• Imtihonda kamida bittasi tushadi
• Shuning uchun yodlab olish tavsiya etiladi!

🖥 Koreya Yo‘l transport boshqarmasining rasmiy vebsayti materiallari orqali (2-usul)

Tayyorlanish materiallarini yuklab olish yo‘li:
👉 Vebsite → 운전면허 시험 → 학과시험 문제은행

▫️Koreys yoki ingliz tilida yuklab olish mumkin
▫️Barcha savollar + javoblar
▫️Eng so‘nggi yuklangan materiallardan foydalaning
▫️Video testlar ham bor shu yerda

💡 Maslahat:

Savollarni tushunib o‘qing (faqat yodlash emas)
Testlarni qayta-qayta ishlang
Video savollarni albatta yodlang
Kamida 2–3 marta to‘liq test yechib chiqing

📌Postning izoh qismida eng so‘ngni materiallarni yuklab qo‘yamiz. 🚀

🤝 Postni prava olishni reja qilayotganlarga yoki pravasiz mashina haydab yurganlarga yuboring.

Osova kanaliga qo‘shiling va yanada foydali ma’lumotlardan xabardor bo‘ling!

👉 Kanal: @osovajr
✉️ Reklama va murojaat uchun: @osova_bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
🇺🇿📄 O‘zbekistondan hujjat kerakmi? MyGov.uz dan foydalaning!

🇰🇷 Garchi Koreyada yashayotgan bo‘lsak ham ba’zi hollarda Immigratsiya yoki boshqa tashkilotlarga O‘zbekistondan rasmiy hujjat topshirish kerak bo‘lib qoladi.

Bunday vaziyatda eng qulay yechim — my.gov.uz
🔑 MyGovga kirishning eng oson yo‘li esa — MyID
👉 Hatto my.gov.uz parolingizni unutgan bo‘lsangiz ham muammo emas 🚀

📱 MyID ilovasi orqali shaxsni tasdiqlab tizimga kirish mumkin.

📲 Qanday foydalaniladi?
🔹 Telefoningizga MyID ilovasini o‘rnating
🔹 Ma’lumotlarni kiriting
• Pasport / ID raqam yoki JShSHIR
• Tug‘ilgan sana
🔹 "Keyingisi" tugmasini bosing
🔹 Face Verification
📸 Yuzingizni ekrandagi dumaloqqa moslashtiring
Ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lsa — avtomatik login qilinadi
🔹 Endi 💻 kompyuterdan 🌐 my.gov.uz saytiga kiring
🔹Shaxsiy kabinetga kirish” tugmasini bosing
🔹 MyID variantini tanlang ( OneID emas)
🔹 Ekrandagi QR kodni telefoningizdagi MyID orqali scan qiling
Tamom — siz kompyuterdan my.gov.uz tizimiga kirdingiz! 🎉

📄 MyGovdan qanday hujjatlar olish mumkin?
▫️ Sudlanmaganlik haqida ma’lumotnoma
▫️ Nikohda turish / turmaslik haqida ma’lumotnoma
▫️ Va boshqa ko‘plab davlat xizmatlari

📲 MyID ilovasini yuklab olish
📱 iPhone uchun 👉 Link

📱 Android uchun: 👉 Link

P.S. Ba’zida MyID orqali login qilishda xatolik yuz berishi mumkin. Bunday holatda biroz kutib, keyinroq qayta urinib ko‘rish tavsiya etiladi 👍

📢 Xorijda yashayotgan o‘zbeklar uchun juda foydali ma’lumot!

Osova kanaliga qo‘shiling va yanada foydali ma’lumotlardan xabardor bo‘ling!

👉 Kanal: @osovajr
✉️ Reklama va murojaat uchun: @osova_bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8💯221
🔐⛔️ Parollarni eslab qolishdan charchadingizmi?

🌐 Hozir deyarli hammamizda:
📧 Email
🏦 Bank ilovalari
🛒 Online shopping
🇰🇷 Korea sayt va ilovalari
📱 Ijtimoiy tarmoqlar
va yana o‘nlab akkauntlar bor.

🎯Ko‘pchilik esa:
Bir xil paroldan foydalanadi
Parollarni unutib qo‘yadi
Notes yoki Telegramda saqlaydi (xavfli)

Bunday holatda eng qulay yechimlardan biri — 🔐 Bitwarden .

🛡 Bitwarden nima va u nimalar qila oladi?
▫️ Barcha parollarni bitta joyda saqlaydi
▫️ Kuchli parol yaratib beradi
▫️ Telefon va kompyuterda avtomatik to‘ldiradi
▫️ Loginlarni tartibli saqlaydi
▫️ Bank kartalari va maxfiy ma’lumotlarni ham saqlash mumkin
▫️ Telefon va kompyuterda ham ishlaydi

💡 Nega juda foydali?
🔹 Har sayt uchun alohida kuchli parol ishlatish mumkin
🔹 Parol unutish muammosi kamayadi
🔹 Barcha akkauntlar tartibli bo‘ladi
🔹 Yangi telefon yoki kompyuterga o‘tganda ham hammasi saqlanadi

📲 Mobile ilovani yuklab olish
📱 iPhone uchun 👉 Link

📱 Android uchun: 👉 Link

Eng muhim narsa
⭐️ Faqatgina Master Passwordni unutmang!
Bu — barcha ma’lumotlaringiz uchun asosiy kalit 🔑
Uni kuchli va esda qoladigan qilib qo‘ying.

Osova kanaliga qo‘shiling va yanada foydali ma’lumotlardan xabardor bo‘ling!

👉 Kanal: @osovajr
✉️ Reklama va murojaat uchun: @osova_bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32🔥1
Koreyada yangi farzandli bo‘ldingizmi? 🍼⚡️
Unda elektr to‘lovi uchun chegirma olishni unutmang!


❗️ Yangi tug‘ilgan farzand uchun elektr to‘lovi chegirmasi!

🇰🇷 Koreyada agar sizning:
🍼 yangi tug‘ilgan farzandingiz bo‘lsa
yoki
🚼 farzandingiz 3 yoshgacha bo‘lsa
elektr to‘lovi uchun chegirma (전기요금 할인) olishingiz mumkin 🇰🇷

🖥 Qanday ariza topshiriladi?
Kerakli hujjatlar:
🔹 To‘ldirilgan ariza formasi
🔹 Ota yoki ona (arizachi)ning ID kartasi
🔹 Bola ID kartasi yoki 외국인등록 사실증명소

📌 To‘ldirilgan ariza va namunasi kommentda joylanadi. 👇

⚡️ Elektr hisob raqami kerak bo‘ladi
📄 Uni har oy eladigan elektr to'lovi qog‘ozidan topishingiz mumkin.
🏢 Agar apartmentda yashasangiz:
👉 아파트 관리사무소 dan so‘raysiz.

• Yuqoridagi hujjatlarni shahringiz 한전 filialiga fax orqali jo‘natasiz.
• Bir necha soatlarda sizga arizangiz tasdiqlanganligi haqida sms keladi.

🔍 O‘zingizga yaqin 한전 filialini va fax nomerini topish:
😙Naverda quyidagicha qidiring:

👉 한국전력공사 수원지사
(shahar nomi '수원'ni o‘zingiznikiga almashtirasiz)

📠 Hujjatlarni qanday yuboriladi?
📠 Fax orqali yuboriladi
📱Telefon orqali fax yuborish juda oson
👉 Telefon orqali fax yuborish haqida ushbu postimizni ko‘ring.

Muhim
▫️ Chegirma har oy elektr to‘lovidan ayriladi (30 % gacha, maximum 16,000 won)
▫️Agarda siz online topshirishni istamasangiz o‘zingizga yaqin 주민센터 ga borib ariza topshirsangiz ham bo‘ladi.

Manba: Link

Osova kanaliga qo‘shiling va yanada foydali ma’lumotlardan xabardor bo‘ling!

👉 Kanal: @osovajr
✉️ Reklama va murojaat uchun: @osova_bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41🔥1💯1
🪪🇰🇷 Pasportingizni yangiladingizmi? Immigratsiyaga xabar berishni unutmang!

Ko‘pchilik yangi pasport olganidan keyin immigratsiyaga ma'lumotni yangilash kerakligini bilmaydi.
📌 Agar quyidagilardan biri o‘zgargan bo‘lsa:
• Pasport raqami
• Pasport berilgan sana
• Pasport amal qilish muddati

➡️ Bu haqda 15 kun (ba'zi hollarda 45 kun) ichida immigratsiyaga xabar berishingiz kerak.

🖥 Qanday ariza beriladi?
🌐 HiKorea saytiga kiring:
📌 민원신청 → 전자민원 → 여권변경신고

📎 Kerakli hujjatlar
🔹 Yangi pasport .pdf skaneri

📌 Batafsil yo'riqnoma kommentda joylanadi. 👇
• Boshqa o'zgarishlar (masalan: yashash manzili o'zgarishi)ni ham deyarli shu usulda xabar berish mumkin.

Muhim
▫️Agar belgilangan muddat ichida xabar bermasangiz, jarima qo‘llanilishi mumkin.
▫️Yangi pasport olgan bo‘lsangiz, buni keyinga qoldirmang!
▫️Agarda siz online topshirishni istamasangiz o‘zingizga qarashli 출입국관리사무소 ga borib xabar bersangiz ham bo‘ladi.

Osova kanaliga qo‘shiling va yanada foydali ma’lumotlardan xabardor bo‘ling!

👉 Kanal: @osovajr
✉️ Reklama va murojaat uchun: @osova_bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏21
🛃🇰🇷 Immigratsiya hujjatlari bo‘yicha muhim o‘zgarish!

2026-yil 1-iyundan boshlab ayrim ma'lumotlarni immigratsiyaga 📠 fax orqali yuborish bekor qilindi.
Ushbu o‘zgarishlardan birortasi sodir bo‘lganidan keyin 🗓 15 kun ichida immigratsiyaga xabar berilishi kerak.

🎯 Endi quyidagilarni fax orqali yuborib bo‘lmaydi
🔹 여권번호·발급일자·유효기간 변경신고
(Pasport raqami, berilgan sana yoki amal qilish muddati o‘zgarganligi haqida xabar)
🔹 방문취업 동포 취업개시 신고
(H-2 vizasi egalari uchun ish boshlaganlik haqida xabar)
🔹 방문취업동포 근무처변경신고
(H-2 vizasi egalari uchun ish joyi o‘zgarganligi haqida xabar)
🔹 숙소기관 또는 단체 변경신고
(D-1, D-2, D-4, D-9 viza egalari uchun turar joy yoki tashkilot o‘zgarganligi haqida xabar)

👆 Yuqoridagi o'zgarishlar faqat elektron tarzda 🖥 (online) topshirilishi kerak.

👇 Quyidagilarni hali ham fax orqali yuborish mumkin
▫️ 고용변동신고
(Ish beruvchi o‘zgarganligi haqida xabar)
▫️ 구직(D-10) 연수신고 또는 연수기관 변경신고
(D-10 viza egalari uchun amaliyot/trening va trening tashkiloti o‘zgarishi)

Endi 2026-yil 1-iyundan boshlab tegishli o'zgarishlarni HiKorea orqali xabar berishni unutmang.
▫️Agarda siz online xabar berishni istamasangiz o‘zingizga qarashli 출입국관리사무소 ga borib xabar bersangiz ham bo‘ladi.

👉 Pasport ma'lumotlari o'zgarishini online xabar berish haqida ushbu postimizni ko‘ring.

Manba: Link

Osova kanaliga qo‘shiling va yanada foydali ma’lumotlardan xabardor bo‘ling!

👉 Kanal: @osovajr
✉️ Reklama va murojaat uchun: @osova_bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏2