Opportunities Corner | 🇺🇿
21.8K subscribers
33 photos
2 videos
34 links
O’zbekiston yoshlari uchun dunyo eshiklarini ochib beruvchi kanal.

Agar sizga xalqaro grantlar qiziq bo’lsa biz bilan qoling.

Reklama uchun; @opcorner_rek

@Bekmirza_Ivanov
Download Telegram
Ozbekistondagi qaysi loyihalarga qatnashgansiz ?

Camplar oromgohlar ❤️‍🔥
Volontyorlik loyihalari ⚡️
Konferensiya va seminarlar 🔥

Boshqa loyihalar commentda yozaman 👍🏻


@OpCorner_uz
⚡49❤‍🔥18🔥10❤8👍5👏2
🇺🇸 FLEX GLOBAL AQShda 1 yil bepul o‘qish imkoniyati

FLEX dasturining yangilangan shakli — FLEX Global orqali o‘quvchilar AQShda bir akademik yil davomida mezbon oilada yashab, mahalliy maktabda ta’lim olishlari mumkin.

Davlat: AQSh 🇺🇸
Davomiyligi: 1 o‘quv yili
Yosh: 14–16 yosh
Ariza: bepul
Moliyalashtirish: 100%

Dastur davomida ishtirokchilar tadbirkorlik, texnologiya va liderlik yo‘nalishlarida ham rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Dastur nimalarni qoplaydi?
— Borish-kelish aviachiptalari
— AQShdagi mezbon oilada yashash
— Maktabda o‘qish
— Oylik stipendiya
— Tibbiy sug‘urta

Deadline: 22-oktabr

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: Havola

@opcorner_uz
👀7❤4🌚3🤔2⚡1🔥1🐳1
🇺🇿 Toshkentda O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan kitob yarmarkasi!

Ona tili bayrami munosabati bilan kitob yarmarkasi va madaniy tadbir tashkil etiladi.

Manzil: Toshkent shahri, B. Zokirov ko‘chasi, 2A, Agrobank Bosh ofisi

Sana: 20-oktabr, soat 16:00

Dastur:
• Kitoblarni 50% gacha chegirma bilan xarid qilish;
• Yozuvchilar bilan uchrashuv va dastxat olish;
• Interaktiv o‘yinlar, bellashuvlar va sovg‘alar.

Kimlar uchun: Barcha yoshdagilar uchun ochiq.
Ishtirok etish: Bepul, ro‘yxatdan o‘tish shart emas.

Blogerlar va kontent yaratuvchilar esdalik sovg‘alari uchun @agrobankda_nimagap profiliga murojaat qilishlari mumkin.


@opcorner_uz
⚡11❤9❤‍🔥2👍1
📣 **CASSConf2027 — xalqaro konferensiya!

Markaziy Osiyo ijtimoiy fanlar tadqiqot konferensiyasiga tezislar qabuli ochildi.

Kimlar uchun: 10–12-sinf o‘quvchilari, gap year ishtirokchilari va universitet 1–2-kurs talabalari. Barcha davlatlardan arizalar qabul qilinadi.

Yo‘nalishlar: tarix, xalqaro munosabatlar, siyosat, huquq, iqtisodiyot, biznes, sotsiologiya, psixologiya va gumanitar fanlar.

Manzil: Almaty Management University, Qozog‘iston yoki Zoom
Sana: 12-yanvar, 2027
Til: ingliz tili
Tezis: 300–350 so‘z

Imkoniyatlar:

Ishtirok etish va ariza topshirish bepul
AlmaU va hamkor tashkilotlardan sertifikat
Eng yaxshi tadqiqotlarni konferensiya to‘plamida nashr etish imkoniyati

Deadline: 1-dekabr, 2026

Ariza: https://forms.gle/cLrAwKz67i5HG2uC6

Batafsil: https://caass-edu.github.io/CASSResearchConference2027


@opcorner_uz
❤9👍1🔥1🕊1
🎓 Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi

28-oktabr kuni Toshkent shahrida Markaziy Osiyoning besh mamlakati ta’lim vazirlari, universitetlar rahbarlari va xalqaro ekspertlar jamlanadi.

Manzil: Toshkent shahri, «O‘zbekiston» xalqaro forumlar saroyi

Forum dasturida:

• Akademik mobillik va talabalar almashinuvi;
• Qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalar;
• Xalqaro grantlar va universitetlararo hamkorlik;
• Study in Uzbekistan ta’lim ko‘rgazmasi;
• Ta’limda ilm-fan, innovatsiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish.

Kimlar uchun: talabalar, o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va ta’lim tashkilotlari vakillari uchun qiziqarli bo‘lishi mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot: https://forum.edu.uz/ru⁠



@Opcorner_uz
⚡9❤4❤‍🔥3🔥1
Qaysi davlatga grand yutib ketishni hohlaysiz ?


@opcorner_uz ⚡️
❤7❤‍🔥3
Agar sizga xalqaro yoki o’zbekistondagi loyihalar hamda dasturlar kerak bo’lsa birinchi bo’lib qaysi kanalni izlaysiz ?


@Opcorner_uz ⚡️
⚡15❤5❤‍🔥3👏3
🔬 “YOSH TIBBIYOT” — YOSH OLIMLAR TANLOVI

Dedlayn: 31-oktabr 2026-yil

Tibbiyot va biotibbiyot sohasida ilmiy ishlanmalari hamda amaliy loyihalari bor yosh tadqiqotchilar uchun tanlov.

Kimlar uchun: 35 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlar, fan doktorlari esa 40 yoshgacha.

5 ta nominatsiya:
• Rossiya sog‘liqni saqlash tizimi uchun yosh olimlar
• Hududlarda tibbiy innovatsiyalar yetakchilari
• Eng yaxshi xalqaro loyiha
• Biotibbiyot — kelajak
• Tibbiyot sohasidagi ayol olima

Imkoniyatlar:
• Loyihalarni investorlar va biotibbiyot yetakchilariga taqdim etish;
• 2–9-dekabr kunlari Moskvadagi “Innovatsiyalar yetakchilari” ta’lim dasturida qatnashish;
• Grant mablag‘larini olish imkoniyati.

Xalqaro loyihalar uchun ham alohida nominatsiya mavjud.

🔗 Batafsil ma’lumot va ariza: havola


@Opcorner_uz ⚡️
❤11
Forwarded from Asomiddin Akhadov
🇺🇸 2027-yil KUZGI SEMESTR uchun AQSh universitetlariga 100% GRANT asosida qabul boshlandi!

😳 Humo Agency bilan IELTS 5.5+ yoki Duolingo 100+ bilan, SAT'siz ham, Amerikada bepul o'qish imkoniyatiga ega bo'lasiz!

Talabalarimizning real natijalari:
✅ Mirzobek - IELTS 6.0 → 100% Grant, Computer Science + F-1 viza
✅ Azizbek - IELTS 6.5 → $97,200 Full Tuition, Economics + F-1 viza
✅ Adhamjon - IELTS 7.0 → $150,000 (98%), Economics + F-1 viza
✅ Madinabonu - IELTS 8.0, SAT'siz → 100% Grant, CS + F-1 viza

🇺🇸 DASTURLAR:
- Bakalavriat (11-sinf o'quvchilari va maktab/litseyni bitirgan o'quvchilar topshira oladi)
- Magistratura va MBA
- TOP-300 universitetlar - El-Yurt Umidi (EYUF) uchun

🇺🇸 Hujjatdan F-1 vizagacha tayyorgarlik: 2 oylik intensiv viza kursi va mock interviewlar!
Faqat 10 nafar talaba qabul qilinadi.

🔝Qabulga yozilish uchun, bizga telegramdan yozing!

😌 @humoagency_help
📞 +998-95-075-63-33

📱 Telegram channel link
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6⚡1🕊1
“Sinf do‘stligi” xalqaro loyihasining 3-mavsumiga qabul boshlandi

“Sinf do‘stligi” — o‘quvchilar jamoasini umumiy g‘oya va maqsadlar atrofida birlashgan xalqaro do‘stlar guruhiga aylantiruvchi loyiha. Ishtirokchilar boshqa davlatdagi tengdoshlari bilan tanishib, bir-birining madaniyati bilan yaqindan tanishadi va birgalikda loyihalar ustida ishlaydi.

Kimlar uchun:
5–12-sinf o‘quvchilari;
10–17 yoshdagi kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari;
Yevrosiyo mamlakatlari vakillari.

Arizani o‘qituvchi-ustoz topshiradi. Bir ustoz bir nechta sinfga rahbarlik qilishi mumkin.

Loyiha doirasida:
Boshqa davlat o‘quvchilari bilan tanishish;
Ma’ruzalar va individual topshiriqlar;
Jamoaviy sinovlar va loyihalar;
Turli mamlakatlarning madaniyati va an’analari bilan tanishish

Mukofot: G‘olib sinflar Rossiyadagi sog‘lomlashtirish oromgohlariga borish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Moliyalashtirish: Bepul.

Dedlayn: 2026-yil 30-noyabr.

Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot: buyerda

@opcorner_uz ⚡️
❤6
Climate in Translation ijodkorlar uchun ochiq tanlov

O‘zbekiston va Tojikiston ijodkorlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan xalqaro ijodiy laboratoriyada ishtirok etish uchun ariza topshirishlari mumkin.

Manzil: Toshkent, O‘zbekiston
Sana: 23–28-noyabr, 2026
Dedlayn: 8-noyabr, 2026

Kimlar uchun?
Tasviriy san’at, dizayn, musiqa va ovoz san’ati, fotografiya, kino, raqamli media va performans yo‘nalishlarida ijod qiluvchilar uchun. Ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish bo‘yicha tajriba talab etilmaydi.

Laboratoriya yo‘nalishlari:

• Cho‘llanish
• Havo sifati
• Suv resurslari

Ishtirokchilar san’at, ma’lumotlar va ekologik kelajak o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganib, ijodiy ishlar yaratadilar. Ushbu ishlar 2027-yil bahorida tashkil etiladigan ko‘rgazmada namoyish etiladi.

Ariza topshirish: [Havola]


@opcorner_uz
❤3❤‍🔥1
HPAIR 2027 — AQShda xalqaro konferensiya

Harvard College Project for Asian and International Relations (HPAIR) xalqaro munosabatlar, liderlik va global muammolarga bag‘ishlangan konferensiya.

Manzil: Harvard University, AQSh
Sana: 5–7-fevral, 2027-yil

Kimlar uchun: Universitet talabalari, yosh mutaxassislar va liderlik hamda xalqaro munosabatlarga qiziquvchilar.

Ariza uchun: CV yoki résumé, qisqa savollarga javoblar va zarur bo‘lsa, intervyu.

Moliyalashtirish: Stipendiyalar mavjud, ammo barcha xarajatlar qoplanishi kafolatlanmaydi.

Deadline: 11-noyabr, 2026-yil (erta ariza bosqichi).

Rasmiy sayt va ariza: [Havola]


@Opcorner_uz
❤4💔3🔥1🕊1
UzCombinator 3-mavsumi: startapingizni rivojlantirish uchun 45 kun!

Startapingizni rivojlantirish va investorlarni jalb qilish uchun bepul akseleratsiya dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Dastur imkoniyatlari:

45 kunlik bepul intensiv ta’lim;
$1 000 stipendiya;
Bepul ofis va kuniga uch mahal ovqatlanish;
$60 000 dan ortiq qiymatdagi servis kreditlari va tokenlar;
Demo Day’da $1 milliongacha investitsiya jalb qilish imkoniyati.

Arizalar muddati: 10-noyabr, 2026-yil.

Ariza topshirish: [Havola]


@Opcorner_uz
❤5
100 + ❤️ va men sizlarga Moskavadagi ajoyib festival e’lonini yuboraman



@Opcorner_uz ⚡️
❤26🔥5🥰1