Oltinko'l tuman AKM📖 Rasmiy kanal
216 subscribers
8.21K photos
1.27K videos
3.35K files
4.96K links
Ушбу каналимиз оркали, Сиз Олтинкул АКМ фаолияти ва электрон китоблар билан танишиб боришингиз мумкун.
Download Telegram
“Maʼrifat ulashib” loyihasidagi uchrashuvlar Oltinkoʻl tumanidagi 9-umumtaʼlim maktabida ham davom etdi.

Ushbu ilm maskanida shoir, “Jadid” gazetasi bosh muharriri oʻrinbosari Humoyun Akbar hamda shoir Sardor Sirojiddinlar maktabning iqtidorli va isteʼdodli oʻquvchilari bilan uchrashib, samimiy muloqot oʻtkazdilar.

Ochiq, samimiy va mulohazalarga boy oʻtgan uchrashuv jarayonida mehmonlar oʻz ijodidan namunalar oʻqib berdi. Oʻquvchilarning sheʼriy mashqlari ham tinglandi.

Faol oʻquvchilarga kitoblar va boshqa esdalik sovgʻalari taqdim qilindi.
📚Inson qadri ulug'-xotira boqiydir📚

Oltinko'l tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan 9-MAY Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan" Inson qadri ulug'- xotira boqiydir" mavzusida kitob ko'rgazmasi tashkil qilindi.

@OltinkulAKM
Forwarded from Hudud Inform
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mahallalarda shaxsiy kutubxonalar faoliyati

Oltinko'l tuman axborot-kutubxona
markazi mutaxassislari Ayronchi
MFY  Yoshlar ko'chasida yashovchi faxriy òqituvchi Amonova Buraxima opa xonadoniga tashrif buyurib,  xonadonni  mo'jazgina kutubxonasi bilan tanishdilar. Kutubxonada  turli soxaga oid adabiyotlar mavjud bo‘lib, xonadon sohibasi mahalladagi yoshu-qariga beminnat  xizmat kòrsatib kelmoqda.  Mahalladoshlari  uy kutubxonasi  faoliyatidan  bexad  minnatdorlar.

@OltinkulAKM

@OltinkulAKM
#Xayrli_tong
🌱Assalomu alaykum!
Haftaning dushanba tongi muborak bo'lsin
Hurmatli Kitobxonlar.

Kun davomida yaxshi kayfiyat hamroxingiz bo'lsin.

@OltinkulAKM
Kitob_haqida

Kitobim, barchadan boyim o’zingsan,
Tunimni yoritar Oyim o’zingsan.

Badanim ilmga tashnalab tursa,

Sug’orib turuvchi soyim o’zingsan.

Muxibbiy

@OltinkulAKM
​Bolalar ahmoq emas

Kolumbiyalik yozuvchi Gabriel Garsia Markes fusunkor realizm (magik realizm) yoʻnalishidagi asarlari bilan butun dunyoga mashhur. Uning “Yuz yil yolgʻizlikda”, “Oshkora qotillik qissasi”, “Buzrukning kuzi” kabi asarlarini kitobxonlar sevib mutolaa qiladi.

Kunlarning birida Markes oʻzini bolalar adabiyotida ham sinab koʻrmoqchi boʻlib, ertaklar yozadi. Asarlari mitti oʻquvchilarda qanday taassurot qoldirishini bilish uchun oʻz oʻgʻillariga oʻqishga beradi. Biroq natija kutilganidek boʻlmaydi. Toʻgʻrisoʻz yozuvchining toʻgʻrisoʻz bolalari bitta ertakni oʻqib chiqqach, uni shunday soʻzlar bilan qaytarib berishadi:

– Nima, bolalarni shunchalik ahmoq deb oʻylayapsizmi?


Orif Tolib
tayyorladi.

“Yoshlik” jurnalining 2017-yil 5-sonida chop etilgan.
#Kun_tarixi

📆 Bugun: 06.05.2024.Haftaning Dushanba kuni

🌏 Xalqaro parhezga qarshi kun.
🌏 Ishlayotgan onalar kuni.
🇦🇬 Antigua va Barbuda - Mehnat kuni.
🇺🇸 AQSh - Hamshiralar kuni.
🇧🇬 Bolgariya - Muqaddas Georgiy Pobedanosets kuni (Armiya kuni).
🇩🇰 Daniya - Qahva kuni.
🇬🇪 Gruziya - Muqaddas Georgiy Pobedonosets kuni, Politsiya kuni.
🇱🇧 Livan, 🇸🇾 Suriya, 🇬🇦 Gabon - Jabridiydalar (qurbonlar) kuni. (Erkin tarjima)
🇹🇷 Turkiya va boshqa turkiy tilli davlatlar - Xederlez (Bahorni kutib olish bayrami).
🇸🇽 Filippin - Shon-shuhrat kuni.
🇯🇲 Yamayka - O‘qituvchilar kuni.

🗺 Tarixiy  voqealar:

📝 1686 - Rossiya va Rech-Pospolita o'rtasida "Abadiy tinchlik" sulhi tuzildi.
1715 - Rossiyaning birinchi harbiy-jinoyat va jinoyat-protsessual kodeksi - Harbiy Artikul nashr etildi.
⚔️ 1757 - Praga jangi.
🗞 1835 - Amerikada “The New York Herald” gazetasining birinchi soni nashr etildi.
🏆 1872 - Angliya Kubogi ta'sis etildi.
✈️ 1908 - Aka-uka Raytlar uch yillik tanaffusdan keyin parvozni davom ettirdilar.
👑 1910 - Georg V Buyuk Britaniya va Irlandiya Birlashgan Qirolligi va Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining qiroli bo'ldi.
🏛 1991 - Arxitektura va qurulish instituti tashkil topdi.
💵 1993 - O‘zbekiston Respublikasi Oliy kengashi sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Sudi to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi pul tizimi to‘g‘risida”gi qonunlari qabul qilindi. 

🎁 Bugun tug''ilganlar:

🧑🏻‍💼 1870 - Amadeo Giannini (1949)  - amerikalik bankir, “Bank of America” asoschisi.
👨🏼‍🔬 1871 - Viktor Grignard (1935) - fransuz organik kimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1912).
🧑🏻‍🏫 1906 - Andre Veyl (1998) - fransiyalik matematik.
👨‍💼 1904 - Martinson Xarri (1978) - shvetsiya shoiri, Nobel mukofoti sohibi (1974).
🤵🏻‍♂️ 1953 - Toni Bler - Buyuk Britaniya Bosh vaziri (1997-2007).
🤵🏻 1981 - Botir Qodirov - taniqli o‘zbek estradasi xonandasi.

@OltinkulAKM
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov navbatdagi g‘alabasiga erishdi!

Shvetsiyaning Malmyo shahrida o‘tkazilgan nufuzli “TePe Sigeman 2024” turnirida Nodirbek chempion bo‘ldi va O‘zbekiston #ChessNation ekanini yana bir bor isbotladi👑.

Faqat oldinga, Nodirbek! 💪

-

Наш гроссмейстер Нодирбек Абдусатторов одержал очередную победу!

На престижном турнире «TePe Sigeman» проходившем в Шведском Мальмё, Нодирбек стал чемпионом, в очередной доказав, что Узбекистан - #ChessNation♟️👑

Так держать!💪