Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari
101K subscribers
25.9K photos
4.19K videos
1.11K files
17.3K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng tezkor kanal

Taklif va muammolar uchun:👉 @murojaatuztvbot

💰REKLAMA xizmati @Murojaatuztvbot
Download Telegram
#QDPI #KFU #oʻquv_amaliyot

🇺🇿🇷🇺

📌Qoʻqon davlat pedagogika institutining Rossiyada oʻquv amaliyotini oʻtayotgan talabalari tomonidan “Ertaknamo Sharq” nomli konsert dasturi taqdim etildi.

Konsert davomida QDPI talabalari tomoshabinlarni yurtimiz madaniyati va tarixi bilan tanishtirishdi. Torli cholgʻu sadolari ostida monitorda qadim Samarqand, Qoʻqon va boshqa shaharlar haqida hikoyalar aks etdi. Tomoshabinlar mashhur olimlar, shoir va sarkardalar: Navoiy, Ulugʻbek, Bobur va Tomaris bilan tanishdilar. Sahnada pianino chalish, vals, batakror milliy raqslar orqali talabalar Markaziy Osiyo madaniyatining oʻtmishi va bugunini bir-biri bilan chambarchas bogʻlab koʻrsatib berdilar.

Koʻtarinki ruhda oʻtgan dastur yakunida Yelabuga instituti direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari Irina Mixaylova talabalarga konsert dasturi va oʻquv amaliyoti davri uchun minnatdorchilik bildirdi.

Kanalga obuna bo’ling⤵️
https://t.me/UzFarDU
#QDPI #festival

📌Bugun Boshlang‘ich ta’lim fakultetida “Yangi O‘zbekiston yoshlari” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir oʻtkazildi.


Yoshlarni ezgu maqsad yoʻlida birlashtirgan ushbu festival milliy va umuminsoniy qadriyatlar, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi, yurt tinchligiga yoʻgʻrilgani bilan alohida ajralib turdi.

Tadbirni fakultet dekani D. Jamoliddinova kirish soʻzi bilan ochib berdi. Shundan soʻng talabalar tomonidan tayyorlangan adabiy-maʼrifiy chiqishlar yigʻilganlar tomonidan iliq qarshi olindi.

Festival davomida bir guruh faol talabalarga faxriy yorliq va tashakkurnomalar topshirildi.

Tadbir kuy-qoʻshiqlar va oʻyin-kulgu tarzida joʻshqin kayfiyatda davom etdi.

Ayni kunlarda bunday ijodiy tadbirlar imtihonlarga tayyorgarlik koʻrayotgan talabalarning madaniy hordiq olishlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Kanalga obuna bo’ling⤵️
https://t.me/UzFarDU
#QDPI #anjuman

📌Oʻz FA Oʻzbek tili, adabiyoti va folklor instituti, Qoʻqon davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti, Qarshi davlat pedagogika universiteti, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda “Hozirgi adabiy jarayon masalalari” mavzusida taniqli yozuvchi Nazar Eshonqul tavalludining 60 yilligiga bag’ishlangan anjuman bo’lib o’tdi.

Ilmiy-nazariy anjumanda yetuk olimlar, taniqli shoir va yozuvchilar, adabiyotshunoslar hamda talabalar ishtirok etdi.

I.Haqqul, I.Gʻofurov, Gʻ.Majid, D.Toʻrayev, A.Ulug'ov, Z. Qobilova kabi yetuk adabiyot vakillari tomonidan oʻzbek nasriga, ayniqsa, hikoyachiligiga yangi ovoz, yangi ruh olib kirgan ijodkor — Nazar Eshonqul va uning ijodi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Kanalga obuna bo’ling⤵️
https://t.me/UzFarDU
#Rektor_qabuli #QDPI

📌Bugun Qoʻqon davlat pedagogika institutida tayanch doktorant (PhD), mustaqil izlanuvchi va stajyor tadqiqotchilar uchun rektor qabuli boʻlib oʻtdi.

🏛
Unda institut rektori Dilnoza Xodjayeva, ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Nurbek Joʻrayev, tayanch doktorant (PhD), mustaqil izlanuvchi va stajyor tadqiqotchilar ishtirok etdilar.

Samimiy ruhda oʻtgan qabul davomida tadqiqotchilar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, ishlarning bajarilish holati muhokama etildi. Muammo va takliflar oʻrganilib, tahlil qilindi.

Uchrashuvda institut rektori Dilnoza Xodjayeva tomonidan izlanuvchilarga ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishi uchun institut tomonidan barcha yordam berilishini, himoya qilgan izlanuvchilar esa moddiy ragʻbatlantirilishi yana bir bor taʼkidlandi.

Kanalga obuna bo’ling⤵️
https://t.me/UzFarDU
#QDPI #davra_suhbati

"Ilm yo‘lida" davra suhbati o‘tkazildi

🏛
Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti doktori, professor Yorqinjon Odilov "Ilm yo‘lida" mavzusida Boshlang‘ich ta’lim fakulteti talabalari bilan davra suhbati o‘tkazdi.

Suhbat asnosida talabalarga bugungi kundagi kadrlarga bo‘lgan talablar, o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lish uchun e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlarga atroflicha to‘xtalib o‘tildi. Davra suhbatida ishtirok etgan talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga Yorqinjon Odilovdan batafsil javob olishdi.

Kanalga obuna bo’ling⤵️
https://t.me/UzFarDU
#Ijodiy_imtihon_2022 #QDPI

📌Bugundan Qo‘qon davlat pedagogika institutida 2022/2023 o‘quv yili uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlanadi.

🔰 Imtihonlar o‘tkaziladigan hududda jarayon shaffofligini ta’minlash maqsadida kameralar kuzatuvi o‘rnatilgan. Abituriyentlar hamda ularning ota-onalari, barcha qiziquvchilar https://www.kspi.uz/xpages/online.html havolasi orqali imtihonlarni jonli kuzatib borishlari mumkin.

♻️Kasbiy (ijodiy) imtihonlarini o‘tkazish uchun zallar, o‘quv xonalari o‘rnatilgan talablar asosida tartibga keltirilgan.

❗️Muhim eslatma, abituriyentlar ijodiy imtihonlarga shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID) va abituriyent qayd varaqasi bilan kiritiladi.

☎️Abituriyentlar va ularning ota-onalari ilova qilingan rasmdagi telefon raqamlari orqali Call-markaz bilan bog‘lanib, o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishlari mumkin.

🌐QDPU matbuot xizmati

Kanalga obuna bo’ling⤵️
https://t.me/UzFarDU
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE #QDPI #QABUL_2022

📌
Qoʻqon davlat pedagogika institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi.

Ayni paytda abiturientlar Jismoniy madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy(ijodiy) imtihonlarni topshirish boshlab yuborishdi.

Ijodiy imtihonlar belgilangan grafik asosida bo‘lib o‘tmoqda.

🌐QDPI matbuot xizmati

Kanalga obuna bo’ling↕️
https://t.me/UzFarDU
#LIVE #QDPI #QABUL_2022

📌Jismoniy madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy(ijodiy) imtihonlarni topshirish jarayonidan tayyorlangan fotolavhalar.

🌐QDPI matbuot xizmati

Kanalga obuna bo’ling↕️
https://t.me/UzFarDU
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE #QDPI #QABUL_2022

📌
Qoʻqon davlat pedagogika institutida Jismoniy madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy(ijodiy) imtihonlar davom etmoqda

🌐QDPI matbuot xizmati.

Kanalga obuna bo’ling↕️
https://t.me/UzFarDU
#LIVE #QDPI #QABUL_2022

📌Ayni paytda Qoʻqon davlat pedagogika institutida "Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi" hamda "Musiqa ta'limi" yo'nalishidan ijodiy imtihonlar davom etmoqda.

🌐QDPI Matbuot xizmati

Kanalga obuna bo’ling⤵️
https://t.me/UzFarDU
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#QDPI

🤼Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Muhammadqodir Rasulov V Islom birdamligi o‘yinlarining bronza medali sovrindori.

Kanalga obuna bo’ling⤵️
https://t.me/UzFarDU
#Ijodiy_imtihon_2022 #QDPI

📌 XORIJIY VA NODAVLAT OLIY TA'LIM MUASSASALARIDAN O'QISHNI KO'CHIRISH BO'YICHA KASBIY (IJODIY) IMTIHON NATIJALARI

Ta'lim shakli: Sirtqi

Ta'lim yo'nalishi: Musiqa

Kanalga obuna bo’ling↕️
https://t.me/UzFarDU
#Ijodiy_imtihon_2022 #QDPI

📌 XORIJIY VA NODAVLAT OLIY TA'LIM MUASSASALARIDAN O'QISHNI KO'CHIRISH BO'YICHA KASBIY (IJODIY) IMTIHON NATIJALARI

Ta'lim shakli: Kunduzgi

Ta'lim yo'nalishi: Jismoniy madaniyat

Kanalga obuna bo’ling↕️
https://t.me/UzFarDU
#Ijodiy_imtihon_2022 #QDPI

📌 XORIJIY VA NODAVLAT OLIY TA'LIM MUASSASALARIDAN O'QISHNI KO'CHIRISH BO'YICHA KASBIY (IJODIY) IMTIHON NATIJALARI

Ta'lim shakli: Sirtqi

Ta'lim yo'nalishi: Jismoniy madaniyat

Kanalga obuna bo’ling↕️
https://t.me/UzFarDU
#Qabul_2022 #QDPI

📌Shoshilinch!
Tezkor!


Ta’lim shaklini (mos yo‘nalishlarga) va o‘qishini bir oliy ta’lim muassasasi doirasida turdosh yo‘nalishlarga ko‘chirish istagini bildirgan talabalar diqqatiga!

Fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan ko‘plab murojaatlarni inobatga olgan holda institut qabul komissiyasi tomonidan ta’lim shaklini o‘zgartirish (masalan, kunduzgidan sirtqiga) yoki turdosh yo‘nalishlarga o‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan talabalar 25 avgust kuni kun oxiriga qadar ariza berishlari mumkin.

Bunda, arizalarni ko‘rib chiqishda institutning moddiy texnik bazasi, professor-o‘qituvchilar soni hamda talabalarning ko‘chirish sabablari qat’iy inobatga olgan holda yakuniy qaror qabul qilinadi!

Murojaat uchun telefon: +998976255554

Kanalga obuna bo’ling⤵️
https://t.me/UzFarDU
#QDPI #TTJ #Yoshlar

📌 Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Fargʻona viloyati Kengashi raisi Sh.Oʻktamov tashabbusi bilan Muqimiy nomidagi Qoʻqon davlat pedagogika institutining talabalar turar-joyida istiqomat qilayotgan talaba-yoshlar bilan ochiq davra suhbati oʻtkazildi.

🔹 Davra suhbatida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Fargʻona viloyati Kengashi raisi Sh.Oʻktamov, Qoʻqon shahar hokimi oʻrinbosari Sh.Dehqonov, Qoʻqon shahar Kengashi raisi H.Ismoilov, Qoʻqon davlat pedagogika instituti yoshlar yetakchisi O.Rustamovlar ishtirok etishdi.

🔹 Ochiq davra suhbatida insonda nafaqat o'zi, balki boshqalar taqdiri uchun ham javobgarlik hissi bo'lishligi, insonlardagi mardonavor fazilatlarni shakllantirish, ilmni faqat o'rganish emas, unga amal qilish muhimligi yuzasidan fikrlar almashildi.

Kanalga obuna bo’ling⤵️
https://t.me/UzFarDU
#QDPI #bugun

📌 Talabalar “Buyuk allomalar muzeyi”da ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini oshirdi

O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti talabalari tyutor D.Mamathojiyeva hamrohligida “Buyuk allomalar muzeyi”dagi mamlakatimizda yashab ijod qilgan buyuk allomalarimiz, keng jamoatchilikka tanish bo‘lmagan olimlar va yozuvchilar, davlat arboblari hayoti va bosib o‘tgan yo‘li bilan tanishib chiqdilar.

Shuningdek, muzey qoshidagi “Allomalar vorislari” nomli o‘quv-axborot markazi bilan yaqindan tanishishdi.

Kanalga obuna bo’ling⤵️
https://t.me/OTM_Minbari
#QDPI #oltin_kuz_manzaralari

📌 Qo‘qon davlat pedagogika institutida kuz manzaralari — suratlarda.

Milliy hunarmandchilik va amaliy san’at fakulteti.

Kanalga obuna bo’ling⤵️
https://t.me/OTM_Minbari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🙏#QDPI #No_comment

📌Qo‘qon davlat pedagogika institutida qish.

Kanalga obuna bo’ling⤵️
https://t.me/OTM_Minbari
#QDPI

📌 Ertadan o‘quv jarayonlari boshlanmoqda!!!

Qo‘qon davlat pedagogika institutning ichki imkoniyatlari, mahalliy ob-havoning hozirgi holati, mavjud shart-sharoitlarini inobatga olgan holda alohida reja-grafik asosida o‘quv jarayonlari amalga oshiriladi.

Bunda Sirtqi (maxsus) ta’lim shakli bo‘yicha o‘quv jarayoni 11-yanvardan to‘liq boshlanadi. Olis hududlaridan keladigan talabalarga 18-yanvarga qadar sharoit yaratib beriladi.

Kunduzgi ta’lim, magistratura, qo‘shma ta’lim yo‘nalish va mutaxassisliklarida institutga kelish imkoniyati bo‘lgan talabalarga 11-yanvardan boshlab maxsus kurslar, yakuniy nazorat haftaligiga tayyorgarlik (jadval asosida konsultasiya va qo‘shimcha darslar) olib boriladi.

20-yanvardan 2-, 3-, 4- kurslarda yakuniy nazoratlar, birinchi kurslar uchun malakaviy (o‘quv) amaliyotlar 18-yanvardan boshlanadi.

Respublikamizning olis hududlaridan kelib taʼlim oladigan talabalarga qulaylik yaratish maqsadida 18-yanvarga qadar konsultasiya va qo‘shimcha darslar masofaviy shaklda tashkil etiladi.

Qo‘qon davlat pedagogika institutning marbuot xizmati

Kanalga obuna bo’ling⤵️
https://t.me/OTM_Minbari