Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
330 subscribers
2.85K photos
81 videos
2 files
525 links
Download Telegram
Ertaga O‘zbekistondagi barcha muzeylarga kirish bepul bepuladi.

18-may kuni Xalqaro muzeylar kuni nishonlanadi va shu kuni O‘zbekiston muzeylarida “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tadi, ya’ni kirish bepul bo‘ladi.

Инсайд хабарлар учун:
@Artmadadbot
Каналга қўшилиш:
https://t.me/teatryangiliklari
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Qabul_2024

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim  muassasalari agentligi tizimidagi Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi "Ochiq eshiklar" kuniga taklif etadi.

Ochiq eshiklar kunida:

2024-2025-o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabuli to‘g‘risida maʼlumot beriladi;

Maktabdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot qilinadi;

O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan tanishtiriladi;

Maktab hududi bo‘ylab ekskursiya uyushtiriladi.

📆 23-may
Soat 10:00 dan 15:00  gacha


📍Manzil: Nurota tuman S.Siddiqov ko'chasi 63-uy.
Mo'ljal: Sherdor to'yxonasi ro'parasida.


https://t.me/Nurota_IM
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

📆 Joriy yilning 20-may sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8-B sinf oʻquvchilari ishtirokida “Yangi Oʻzbekiston manzaralari” shiori ostida tumandagi “Chashma” meʼmoriy majmuasiga sayohat uyushtirildi.

🇺🇿 Sayohat davomida oʻquvchilar mazkur ziyoratgohning tarixi, undagi “Chilustun” va “Panjvaqta” masjidlarining qurilishi, sobiq Shoʻro davridagi ahvoli, mustaqillik yillarida kasb etgan mutlaqo yangi qiyofasi, majmua, shuningdek tumanimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari toʻgʻrisida qimmatli maʼlumotlarga ega boʻldilar.

Shuningdek oʻquvchilar tumandagi Oʻlkashunoslik muzeyiga tashrif buyurib, u yerda saqlanayotgan tumanimizning yaqin va uzoq oʻtmishiga oid eksponatlar bilan tanishdilar.

https://t.me/Nurota_IM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#qabul_2024
#1_iyundan_20_iyungacha

📣📣📣📣📣

❗️IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARI 2024/2025-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda
ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning
:
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining:
aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha 5-sinfga;
tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 7-sinfga qabul qilinadi.

🗺 HUDUDIY MAKTABLAR

📌 Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
Joriy yilning 21 may sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 8 "a" sinf oʻquvchisi Sanaqulov Dilshod Navoiy shahrida Ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan "Bilimdon bolalar" intelektual koʻrsatuvida faxrli I-oʻrinni egalladi. Oʻquvchimizga keyin oʻqishlarida omad tilaymiz.
https://t.me/Nurota_IM
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

FUQARO MUHOFAZASI KUNI

📆 Joriy yilning 23 may sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Favqulodda vaziyatlar tuman bo'limi, "Qizil yarim oy" jamiyati tuman bo'limi bilan hamkorlikda fuqaro muhofazasi kuni doirasida o'quv taktik mashg'ulot tashkil etildi.

Mashg'ulot doirasida shartli zilzila sodir bo'lgan hududda fuqarolar evakuatsiya qilinib, yaradorlarga hamda vayronalar ostida qolgan insonlarga birinchi tibbiy yordam ko'rsatildi.

‼️ FVV tuman bo'limi xodimi S.Sohibov hamda "Qizil yarim oy" jamiyati tuman bo'limi boshlig'i J.Eshmurodovlar favqulodda vaziyat sodir bo'lganda to'g'ri harakatlanish va jabrlanganlarga tezkor tibbiy yordam ko'rdatish bo'yicha tushunchalar berib o'tdilar.

https://t.me/Nurota_IM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM