Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
330 subscribers
2.85K photos
81 videos
2 files
525 links
Download Telegram
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

📆 Joriy yilning 23-may sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida oʻtkazilgan "Ochiq eshiklar kuni"da tumandagi umumtaʼlim maktablarining oʻquvchilari va ota-onalar ishtirok etdilar.

Ixtisoslashtirilgan maktabning pedagogik jamoasi tomonidan tashrif buyuruvchilarga taʼlim muassasasida yaratilgan sharoitlar, dars mashgʻulotlari va qabul jarayonlari toʻgʻrisida oʻquvchilar va ularning ota-onalariga tushunchalar berildi.

Taʼlim muassasasiga tashrif buyurgan oʻquvchilarga Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari tomonidan yaratilgan amaliy ishlardan va laboratoriya ishlaridan namunalar namoyish etildi.


https://t.me/Nurota_IM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Qadrli o‘quvchi-yoshlar,
Aziz maktab bitiruvchilari!

 
Bugun katta hayot ostonasida yuraklaringiz to‘la hayajon, 11 yillik qadrdon maskan – maktab bilan, samimiy sinfdoshlarning har kungi diydori bilan xayrlashish iztirobi va ayni paytda ulkan orzular, aniq maqsadlar quchog‘iga talpinish zavqi ko‘nglingizni nurlantirib turibdi.
Ushbu kun birgina sizlar uchun emas, balki, ota-onalaringiz, ustoz-murabbiylaringiz uchun ham umrbod unutilmas bo‘lib qoladi. Yuragida buyuk orzulari va rejalari mujassam, bolalik xayollarini endi chinakam maqsadlarga aylantirishga chog‘lanayotgan siz o‘g‘il-qizlar nafaqat o‘z oilalaringizning, balki jonajon vatanimizning chinakam faxru iftixoridirsiz.
Har biringizda katta iste’dod, qat’iy ishonch mujassam. Tomirlaringizda dunyo taraqqiyotiga bemisl hissa qo‘shgan buyuk ajdodlar qoni jo‘sh urmoqda. Endi navbat sizniki, ularga munosib bo‘lib, jahonni lol qoldiradigan avlod sifatida kamol topshinigizni tilayman.
Eng muhimi, ezgu orzular qilishdan va ularga yetishdagi mehnat va harakatdan hech qachon to‘xtamang. Yangi O‘zbekistonning ertangi rivoji va taraqqiyoti sizlarning qo‘lingizda. Shuni unutmang.
Bugun maktabdagi saboqlar yakuniga yetganini anglatish uchun chalinayotgan so‘nggi qo‘ng‘iroq sizning yorug‘ istiqbolingiz, baxtli hayotingiz boshlanganidan dalolat beruvchi ilk quvonch sadosi bo‘lib yangrasin!
Siz, aziz bitiruvchi yoshlarga hamisha mustahkam sihat-salomatlik, davomli muvaffaqiyatlar tilab qolaman.
 
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

 
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Bitiruvchi_2024

SO'NGGI QO'NG'IROQ

📆 Joriy yilning 25 may sanasida Ixtisoslashttirilgan ta'lim muassasalari Agentligi tizimidagi Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "So'nggi qo'ng'iroq" tadbiri tashkil etildi.

✔️ Tadbirda maktabning 9-11 sinf bitiruvchilari, ularning ota-onalari, ustozlar hamda hamkor tashkilotlardan tashrif buyurgan mehmonlar ishtirok etdilar.

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi sadolari ostida boshlangan tadbirda Nurota tuman Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i V.Qobilov so'zga chiqib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tabrigini yig'ilganlarga o'qib eshittirdi.

Yil davomida o'qish va jamoat ishlarida yutuqlarga erishgan o'quvchilar, ularning ota-onalari hamda maktabning pedagogik jamoasi vakillariga tashakkurnomalar va maqtov yorliqlari topshirildi.

O'quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar bayramga yanada ko'tarinkilik baxsh etdi.


https://t.me/Nurota_IM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#jarayon
2️⃣3️⃣4️⃣

🏫 Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 9-Sinf o'quvchilari ayni paytda Ona tili va adabiyot fanidan yakuniy davlat imtihonlarini topshirmoqdalar.

https://t.me/Nurota_IM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM