Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
357 subscribers
2.81K photos
79 videos
2 files
514 links
Download Telegram
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#ChSB_4
#3_kun
🏫 Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 6-sinf o'quvchilari 4-ChSB imtihonlarini onlayn tarzda topshirmoqdalar.

https://t.me/Nurota_IM
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#ChSB_4
#4_kun
📆Joriy yilning 17 may sanasi
🏢
Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida IV-chorak CHSB imtihonlari munosabati bilan o'quvchilarga motivatsiya ulashish hamda ko'tarinki kayfiyat ulashish maqsadida sinflararo noodatiy interfaol trening mashg'uloti o'tkazildi. O'quvchilar yuqori kayfiyatda CHSB imtihonlariga kuzatildi. https://t.me/Nurota_IM
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#ChSB_4
#4_kun

📆 Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida O'zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi saddolari ostida 4-ChSB imtihonlariga start berildi.

Jarayonlar oldidan maktab direktori S.Raximov hamda ta'lim muassasasiga tashrif buyurgan mas'ullar o'quvchilarga bo'lajak imtihonlarda omad yor bo'lishini tiladilar.
https://t.me/Nurota_IM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#ChSB_4
#4_kun

🏫 Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 4-ChSB imtihonlari oldidan muhrlangan imtihon materiallari ochildi.

https://t.me/Nurota_IM
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Qabul_2024

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim  muassasalari agentligi tizimidagi Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi "Ochiq eshiklar" kuniga taklif etadi.

Ochiq eshiklar kunida:

2024-2025-o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabuli to‘g‘risida maʼlumot beriladi;

Maktabdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot qilinadi;

O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan tanishtiriladi;

Maktab hududi bo‘ylab ekskursiya uyushtiriladi.

📆 23-may
Soat 10:00 dan 15:00  gacha


📍Manzil: Nurota tuman S.Siddiqov ko'chasi 63-uy.
Mo'ljal: Sherdor to'yxonasi ro'parasida.


https://t.me/Nurota_IM
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

📆 Joriy yilning 20-may sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8-B sinf oʻquvchilari ishtirokida “Yangi Oʻzbekiston manzaralari” shiori ostida tumandagi “Chashma” meʼmoriy majmuasiga sayohat uyushtirildi.

🇺🇿 Sayohat davomida oʻquvchilar mazkur ziyoratgohning tarixi, undagi “Chilustun” va “Panjvaqta” masjidlarining qurilishi, sobiq Shoʻro davridagi ahvoli, mustaqillik yillarida kasb etgan mutlaqo yangi qiyofasi, majmua, shuningdek tumanimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari toʻgʻrisida qimmatli maʼlumotlarga ega boʻldilar.

Shuningdek oʻquvchilar tumandagi Oʻlkashunoslik muzeyiga tashrif buyurib, u yerda saqlanayotgan tumanimizning yaqin va uzoq oʻtmishiga oid eksponatlar bilan tanishdilar.

https://t.me/Nurota_IM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
Joriy yilning 21 may sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 8 "a" sinf oʻquvchisi Sanaqulov Dilshod Navoiy shahrida Ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan "Bilimdon bolalar" intelektual koʻrsatuvida faxrli I-oʻrinni egalladi. Oʻquvchimizga keyin oʻqishlarida omad tilaymiz.
https://t.me/Nurota_IM
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

FUQARO MUHOFAZASI KUNI

📆 Joriy yilning 23 may sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Favqulodda vaziyatlar tuman bo'limi, "Qizil yarim oy" jamiyati tuman bo'limi bilan hamkorlikda fuqaro muhofazasi kuni doirasida o'quv taktik mashg'ulot tashkil etildi.

Mashg'ulot doirasida shartli zilzila sodir bo'lgan hududda fuqarolar evakuatsiya qilinib, yaradorlarga hamda vayronalar ostida qolgan insonlarga birinchi tibbiy yordam ko'rsatildi.

‼️ FVV tuman bo'limi xodimi S.Sohibov hamda "Qizil yarim oy" jamiyati tuman bo'limi boshlig'i J.Eshmurodovlar favqulodda vaziyat sodir bo'lganda to'g'ri harakatlanish va jabrlanganlarga tezkor tibbiy yordam ko'rdatish bo'yicha tushunchalar berib o'tdilar.

https://t.me/Nurota_IM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

📆 Joriy yilning 23-may sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida oʻtkazilgan "Ochiq eshiklar kuni"da tumandagi umumtaʼlim maktablarining oʻquvchilari va ota-onalar ishtirok etdilar.

Ixtisoslashtirilgan maktabning pedagogik jamoasi tomonidan tashrif buyuruvchilarga taʼlim muassasasida yaratilgan sharoitlar, dars mashgʻulotlari va qabul jarayonlari toʻgʻrisida oʻquvchilar va ularning ota-onalariga tushunchalar berildi.

Taʼlim muassasasiga tashrif buyurgan oʻquvchilarga Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari tomonidan yaratilgan amaliy ishlardan va laboratoriya ishlaridan namunalar namoyish etildi.


https://t.me/Nurota_IM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Bitiruvchi_2024

SO'NGGI QO'NG'IROQ

📆 Joriy yilning 25 may sanasida Ixtisoslashttirilgan ta'lim muassasalari Agentligi tizimidagi Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "So'nggi qo'ng'iroq" tadbiri tashkil etildi.

✔️ Tadbirda maktabning 9-11 sinf bitiruvchilari, ularning ota-onalari, ustozlar hamda hamkor tashkilotlardan tashrif buyurgan mehmonlar ishtirok etdilar.

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi sadolari ostida boshlangan tadbirda Nurota tuman Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i V.Qobilov so'zga chiqib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tabrigini yig'ilganlarga o'qib eshittirdi.

Yil davomida o'qish va jamoat ishlarida yutuqlarga erishgan o'quvchilar, ularning ota-onalari hamda maktabning pedagogik jamoasi vakillariga tashakkurnomalar va maqtov yorliqlari topshirildi.

O'quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar bayramga yanada ko'tarinkilik baxsh etdi.


https://t.me/Nurota_IM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM