Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
1.08K subscribers
3.91K photos
309 videos
20 files
1.23K links
Download Telegram
#Hamkorlik

⚡️Bugun yoshlarni bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni qo'llab-quvvatlash va iqtidorlarini yuzaga chiqarish maqsadida bir qator amaliy ishlar bajarilmoqda.

🟦Milliy Gvardiyaning Toshkent viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda do'stlik memorandumi imzolandi. Shuningdek, tashkil etilgan tadbir doirasida ot sport turi bilan shug'ullanish uchun maxsus manej ham foydalanishga topshirildi. Yuqori sinf o'quvchilari o'rtasida ham 4 bosqichli estafeta musobaqasi tashkil etilib, faol va sovrindorlar esdalik sovg'alari hamda diplomlar bilan taqdirlanishdi.

It was agreed that in the future many such events will be organized and cooperation will be strengthened
.

https://t.me/NurafshonPM
#Hamkorlik

BIZ SIZLARGA ISHONAMIZ HURMATLI OTA-ONALAR❗️

⚡️Yuqoridagi shior ostida Nurafshon shahridagi Prezident maktabida ota-onalar bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi.

Kun tartibidan yangi o'quv yiliga jiddiy tayyorgarlik, o'quvchilarning vazifalari, ushbu o'quv yilida ham ota-onalar bilan mustahkam hamkorlik o'rnatilib, yuqori marralarni egallash kabi bir qator masalalar joy oldi.

📊Shuningdek, maktab ijrochi direktori Mahmud Yuldoshov 9-sentabr kuni IELTS imtihoni javobi muvaffaqiyatli chiqqan 6 nafar o'quvchilarimizning ota-onalariga chuqur minnatdorchilik bildirib, hali bunday g'alabalar oldinda ekanligini ta'kidlab o'tdilar.

➡️Tadbirdan so'ng barcha ota-onalar sinf rahbarlari boshchiligida shartnomalar bilan tanishib, kelgusi rejalar haqida kelishib olishdi.

🌎Telegram
🌍Instagram
🌏Facebook
#Hamkorlik
#Ruminiya

⚡️Ruminiyadagi "Global business development" vakili Stefan Tapescu va "MultiPath" ijrochi vakili Gabriel Radu maktabimiz bitiruvchi o'quvchilari bilan birgalikda seminar-trening tashkil etildi.

Uchrashuvda o'quvchilar AQSH, Yevropa, Avstraliya hamda bir qancha Osiyo mintaqalaridagi xorijiy universitetlariga hujjat topshirish jarayoni, grantlar, hujjat topshirish muddatlari, "Student Portfolio" ni yaratishda nimalarga e'tibor berish kerakligi yuzasidan zarur ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

🔥Xorijiy mehmonlar bu yildan boshlab hamkorlikni yo'lga qo'yishni hamda kelajakda ham hamkorlikni kengaytirish taklifini bildirishdi.

📗 Telegram  📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Seminar_trening
#Hamkorlik

⚡️OHANGARONDAN GAPIRAMIZ
❗️

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Nurafshon shahridagi Prezident maktabi va Ohangaron shahridagi ixtisoslashtirilgan maktab internati bilan hamkorlikda oʻquvchilarni Cambridge taʼlim tizimida o‘qitish tamoyillari muhokamasi yuzasidan hamkorlik uchrashuvi tashkil etildi.

🤝Uchrashuv davomida Nurafshon shahridagi Prezident maktabidan tashrif buyurgan ma'muriyat xodimlari va xorijiy o'qituvchilar maktab sharoiti bilan ham tanishib, kerakli tavsiyalar orqali o‘zlarining tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi.

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
#AJDODLAR_OYLIGI
#HAMKORLIK_MEMORANDUMI
#NAVOIY_582

🤝Mutafakkir bobomiz Mir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiya harbiy musiqa akademik litseyi hamda Nurafshon shahridagi Prezident maktabi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

⚡️Shuningdek, "Navoiy - ezgulik va ibrat timsoli" mavzusida hamkorlik konsert-dasturi ham tashkil etilib, tashrif buyurgan akademik litsey o`quvchilari uchun maktab sharoitlari va dars jarayonlari tanishtirib o`tildi.

Kelajakda har ikki tomonning tashabbusi bilan ko`plab loyihalar orqali yuqori hamkorlik yo`lga qo`yilishiga ishonamiz❗️

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
#Chavandozlar_maktabi
#Hamkorlik

🔥Toshkent viloyati "Chavandozlar" maktabi bilan hamkorlikda maktabimizda navbatdagi o'quv amaliy-mshg'ulotlari bo'lib o'tdi.

Amaliy mashg'ulot bilan birgalikda o'quvchilarga sohadagi barcha kerakli buyumlar va otlar parvarishi uchun muhim bo'lgan predmetlar ko'rgazmasi ham tashkil etildi.

⚡️Darvoqe, chavandozlik yoshlarda abjirlik, epchillik kabi xususiyatlarni shakllantirib, ularning o‘tkir zehnli va sog‘lom bo‘lishlarida muhim o‘rin tutadi.

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
#Chavandozlar_maktabi
#Hamkorlik

🔥Toshkent viloyati "Chavandozlar" maktabi bilan hamkorlikda maktabimizda navbatdagi o'quv yili uchun amaliy-mshg'ulotlar boshlandi.

⚡️Darvoqe, chavandozlik yoshlarda abjirlik, epchillik kabi xususiyatlarni shakllantirib, ularning o‘tkir zehnli va sog‘lom bo‘lishlarida muhim o‘rin tutadi.

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
#Hamkorlik_uchrashuvi
#UNFPA

Nurafshon shahridagi Prezident maktabiga UNFPA tashkiloti xodimlari tashrif buyurishdi va ular UNFPA tashkilotining asosiy g’oya va maqsadlari, loyihalari haqida o'quvchilarga tushunchalar berib o’tishdi.

Suhbat davomida:
📌Gender tengligi,
📌Reproduktiv salomatlik,
📌Demografiya

kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

🤝Alohida ta'kidlash joizki, bugungi hamkorlik uchrashuvi UNFPA tashkilotining ko‘plab loyihalarida volontyorlik qilib kelayotgan, maktabimizning 11-sinf o'quvchisi Abdumalikova Dilobar yordamida tashkil etildi❗️

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
#Hamkorlik

🎓 Nurafshon shahridagi Prezident maktabining 5-sinf ota-onalari ishtirokida "Ota-ona➡️o'quvchi➡️o'qituvchi" nomli kreativ tarzdagi uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Majlisda prezident maktabidagi eng kichik o'quvchilarning maktabga moslashuv jarayoni, 1-chorak tahlili, psixolog tavsiyalari va namunali o‘quvchilarni taqdirlash kabi bir qator masalalar ko‘rib chiqildi.

🔰Yig’ilishdan so‘ng 5-sinf rahbarlari Xabiba Atabayeva va Ziyoda Shagarovalar ota-onalarni o'quvchilar yotoqxonasi va sharoitlari bilan ham tanishtirishdi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
#Hamkorlik

⚡️Uzluksiz kasbiy rivojlanish (CPD) maktab o'qituvchilari uchun katta ahamiyatga ega va doimo rivojlanib borayotgan ta'lim jarayonida ularning o'sishi va samaradorligi uchun dinamik katalizator bo'lib xizmat qiladi.

💯Uzluksiz kasbiy rivojlanish bilan shug'ullanish o'qituvchilarga pedagogik mahoratini oshirish, innovatsion o'qitish usullarini qo'llash va o'z sinflariga zamonaviy texnologiyalarni kiritish imkonini beradi.

🤝Nurafshon Prezident maktabida Chirchiq pedagogika universiteti va Turon xalqaro maktabi bilan hamkorlikda Uzluksiz kasbiy rivojlanish (CPD) trening sessiyalari o‘tkazilmoqda.

🔥Mazkur seminarlar o‘quvchilarni o‘qitish va ta’lim sifatini oshirish orqali o‘zaro tajriba almashish va ta’lim tajribasini oshirish maqsadida har haftaning juma kuni o‘tkaziladi.

Birinchi mashg'ulot matematika o'qituvchisi Foman De La Kruz tomonidan "Metacognition" mavzusi bo'yicha o'tkazildi.

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
#Chavandozlar_maktabi
#Hamkorlik

🔥Toshkent viloyati "Chavandozlar" maktabi bilan hamkorlikda maktabimizda navbatdagi amaliy mashg'ulotlar bo'lib o'tdi.

⚡️Darvoqe, chavandozlik yoshlarda abjirlik, epchillik kabi xususiyatlarni shakllantirib, ularning o‘tkir zehnli va sog‘lom bo‘lishlarida muhim o‘rin tutadi.

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube