Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
977 subscribers
4.52K photos
332 videos
22 files
1.37K links
🔰Nurafshon shahridagi Prezident maktabining rasmiy kanali.

📌 Instagram:
https://www.instagram.com/nurafshonpm/

📌 Facebook:
https://www.facebook.com/share/g/17irS3fErt/

📌 Telegram bot:
https://t.me/NurafshonPS_bot
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik

Prezident ta'lim muassasalari agentligida O'zbekistonning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi favqulodda va muxtor elchisi Said Rustamov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv avvalida Agentlik rahbari Hilola Umarova tashkilot faoliyati va Agentlik tizimidagi ta'lim muassasalari haqida ma'lumot berdi.

✔️Uchrashuvda Agentlik tomonidan tashkil etilgan "Yangi O'zbekiston ta'limi: islohotlar yo'lida muvaffaqiyatli hamkorlik" xalqaro forumi doirasida Buyuk Britaniyaning Portsmut va Nottingham Trent universitetlari bilan imzolangan memorandumlar doirasida:

▶️ o'quvchilar almashinuvi;
▶️ o'qituvchilar uchun malaka oshirish dasturlari;
▶️ Agentlik tizimidagi ta'lim muassasalari bilan birgalikda qo'shma tadqiqotlar olib borish kabi masalalarda
hamkorlik qilish muhokama qilindi.
__
A meeting with the Extraordinary and Plenipotentiary Ambassador of Uzbekistan to the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland Said Rustamov was held in the Agency.
#Xalqaro_hamkorlik

Moskvaning Skolkovo boshqaruv maktabining rektori Yuriy Levin boshchiligidagi delegatsiyasi Prezident ta’lim muassasalari agentligida bo’ldi.

🔸Uchrashuv avvalida Agentlik va Skolkovo boshqaruv maktabi faoliyatiga bag’ishlangan taqdimotlar bo’lib o’tdi.

Tomonlar o’zaro qo'shma ta'lim loyihalari, xususan Agentlik tasarrufidagi maktablar va “Yangi O‘zbekiston” universiteti doirasida hamkorlikni yo’lga qo’yish istiqbollarini muhokama qilishdi.

⚡️Shuningdek, mehmonlar uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ekskursiya tashkil etilib, maktab faoliyati, o’quvchilarning loyihalari bilan tanishtirildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik
#Янги_Ўзбекистон_университети

Prezident ta'lim muassasalari agentligi, "Yangi O'zbekiston" universiteti hamda Massachusetts Institute of Technology J-WELL rahbariyati o'rtasida onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar:
hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlari,
"Yangi O'zbekiston" universitetida ochilishi ko'zda tutilgan yangi yo'nalishlar uchun o'quv dasturlari ishlab chiqish borasida hamkorlikni amalga oshirish;
universitet talabalarining MIT Campusda qisqa muddatli amaliyotini tashkil etish va Research & Development markazlar bilan bog'liq masalalar muhokama qilindi.

✔️Uchrashuv so'ngida, shuningdek MIT hamda "Yangi O'zbekiston" universiteti professorlari o'rtasida o'zaro almashinuv loyihalarini yo'lga qo'yish bo'yicha fikr almashildi.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik
#Koreya

⚡️⚡️⚡️⚡️O'zbekiston-Koreya Biznes Assotsatsiyasi vakili, Vazirlar Mahkamasining Savdo va investitsiyaviy hamkorlik bo'yicha maslahatchisi Edward Kim va bir qancha koreyalik kompaniya vakillari maktabimizga tashrif buyurishdi.

🔥Ular Nurafshon Prezident maktabiga yaqin hududda ulkan Nurafshon-Korea Smart City qurishni rejalashtirishgan. Ushbu loyiha 2023-2031-yillarga mo'ljallangan bo'lib, Smart Cityda maktabgacha ta'lim tashkiloti, maktab, universitet hamda bir qator binolar qurish rejalashtirilgan.

Qizig'i shundaki, mehmonlar Prezident maktabi bilan ham kelajakda ta'lim sohasida hamkorlik qilishni va maktab kutubxonasiga xalqaro kitoblarni taqdim etishni rejalashtirishdi.

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
#Xalqaro_hamkorlik
#Cambridge

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi hamda Cambridge University Press & Assessment xalqaro taʼlim tashkiloti oʻrtasida kelgusida amalga oshiriladigan loyihalar, keng koʻlamli ishlar boʻyicha muzokaralar olib borildi.

Cambridge University Press & Assessment xalqaro taʼlim tashkilotining maxsus vakili Darren Perrett Agentlik tizimidagi maktablarda oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

🗣Hamkorlik doirasida Ijod va Ixtisoslashtirilgan maktablarda ingliz tilini oʻqitish sifatini yanada takomillashtirish boʻyicha oʻz takliflarini bildirdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik
#Nurafshon_Prezident_maktabi

⚡️Agentligimiz tizimidagi Nurafshon shahridagi Prezident maktabiga Xalqaro maktablar Kengashi (CIS) vakillari tashrif buyurdi.

🟢 Xalqaro maktablar Kengashi - xalqaro taʼlimga qaratilgan aʼzolik tashkiloti hisoblanib, yurtimiz hududidagi barcha Prezident maktablari dastlabki 2 bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan.

✔️  Kengashga aʼzo boʻlish 3 bosqichda amalga oshiriladi:
hujjat topshirish;
— maktab jamoasi bilan onlayn suhbat;
— maktab faoliyatini oflayn oʻrganish.

  Prezident maktabiga tashkilot vakillari tashrif buyurib, oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar, taʼlim jarayonining sifatli tashkil etilgani, maktab binosining xavfsizlik talablariga javob berishi bilan tanishishni boshlashdi.

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
#xalqaro_hamkorlik

Agentlikning mas’ul xodimlari hamda tizimdagi maktablarning bir guruh o‘qituvchilari Pekin shahrida tajriba orttirish uchun jo‘nab ketdi


Shu yilning 19-24-fevral kunlari Xitoyning Pekin shahridagi Beijing International School maktabida ozbekistonlik va xitoylik oqituvchilari ortasida tajriba almashish borasida trening tashkil etilmoqda.

Ushbu trening davomida maktab rahbarlari va o‘qituvchilari xalqaro maktabda STEM fanlarini o‘qitish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirib qaytishadi.

Bundan tashqari trening davomida maktab boshqaruvi borasida seminarlar, o‘quvchilarning oliy ta’limga tayyorgarligini oshirish bo‘yicha darslar rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik

JANUBIY KOREYA TAʼLIM TASHKILOTI VAKILLARI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABIGA TASHRIF BUYURISHDI

Shu kunlarda Incheon Metropolitan City taʼlim boshqarmasi vakillari mamlakatimiz taʼlim tizimi bilan tanishish hamda ijodiy konvergensiya (Creative Convergence Education) boʻyicha xalqaro oʻquvchilar, oʻqituvchilar hamda talabalar almashish dasturi boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida respublikamizda boʻlib turibdi.

Delegatsiya vakillari bugun Muhammad al-Xorazmiy maktabida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati bilan uchrashdi.

O‘zaro muloqotda  ta’lim yo‘nalishida hamkorlikni oshirish, tizimdagi o‘qituvchi va o‘quvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, maktab direktorlari uchun treninglar, turli yoʻnalishlar boʻyicha onlayn va oflayn tarzda seminarlar tashkil qilish, shuningdek, maktablarga koreyalik oʻqituvchilarni jalb etish kabi masalalar yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Mehmonlar maktablarimizdagi taʼlim dasturlari, baholash tizimi, o‘quvchilarning zamonaviy axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt va robototexnika kabi yo‘nalishlarda yaratgan loyihalari bilan yaqindan tanishdi. Delegatsiya a’zolari va o‘quvchilar o’rtasida qiziqarli suhbatlar ham tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#Cambridge
#birinchi_kun

IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI HAMDA KEMBRIJ XALQARO TAʼLIM TASHKILOTI BILAN HAMKORLIKDA O’TKAZILAYOTGAN ILMIY-AMALIY TRENINGLAR HAFTALIGINING OCHILISH MAROSIMI HAMDA BIRINCHI KUN TRENING MASHG’ULOTLARI BO’LIB O’TDI.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik
#Cambridge
#ikkinchi_kun

Kembrij
xalqaro taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikda o’tkazilayotgan ilmiy-amaliy treninglar haftaligi qizg’in davom etmoqda.

Maʼlumot uchun, mazkur trening mashg‘ulotlari Kembrij universitetining 12 nafar professorlari tomonidan olib borilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik
#Cambridge
#4_kun

Kembrij
xalqaro taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikda oʻtkazilayotgan ilmiy-amaliy treninglar haftaligi qizgʻin davom etmoqda.

Bugun Prezident maktablarining ijrochi va akademik direktorlari uchun maktabda samarali boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, taʼlimning zamonaviy shakllarini olib kirish, oʻquvchilar va oʻqituvchilar jamoalari oʻrtasida sogʻlom va ijobiy ta’lim muhitini yaratish, maktablarga tajribali kadrlarni jalb qilish va ularning doimiy kasbiy rivojlanishini taʼminlab borish maqsadida o’quv seminari tashkil etildi.

Maʼlumot uchun, mazkur trening mashgʻulotlari Kembrij universitetining 12 nafar professorlari tomonidan olib borilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik

PREZIDENT MAKTABIDA BRITANIYALIK OLIMLAR BILAN UCHRASHUV

Buxoro shahridagi Prezident maktabiga Buyuk Britaniya olimlari tashrif buyurdi


Tashrif doirasida Sussex universiteti professorlari Simon Thompson, Marcelo Starikoff, Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murov Prezident maktabi pedagoglari, oʻquvchilar bilan samimiy muloqot qildi. Mehmonlar Buyuk Britaniyada oliy taʼlim tizimi, taʼlim dasturlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Uchrashuvdan soʻng britaniyalik olimlar Prezident maktabida oʻquvchilarning zamonaviy bilim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, laboratoriyalar, toʻgaraklar faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

“Yangi O’zbekiston” universiteti talabalari endi dunyoning birinchi raqamli institutida amaliyot o’tashadi!

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o’z yo’nalishida dunyoning 1-raqamli oliygohi - Massachusetts texnologiya instituti (MIT) jamoasi ishtirokida mahorat darslariga start berildi.

Tadbirni vazir Hilola Umarova ochib berdi hamda ikki tomonlama samarali hamkorlik aloqalari, amalga oshirilib kelinayotgan ishlar haqida fikr bildirdi.

✔️Shundan so’ng MIT vitse-prezidenti katta maslahatchisi Vijay Kumar so’zga chiqdi. U “Yangi O’zbekiston” universitetini MIT J-WELning Markaziy Osiyodagi eng yaqin strategik hamkori sifatida e’tirof etdi.

Ma’lumot o’rnida, ushbu mahorat darslariga Respublika bo’ylab 250 nafar soha vakillari qamrab olingan.

Shundan so’ng, tomonlar rahbariyati o’rtasida hamkorlikni kengaytirish boʻyicha MIT J-WEL bilan kelishuv imzolandi.

Ushbu kelishuvga ko’ra, endi “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari dunyoning 1-raqamli oliygohida amaliyot o‘tash va malaka oshirish imkoniga ega bo‘lishadi.

Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston” universiteti professor-o‘qituvchilari almashinuv dasturi bo‘yicha MITda tajriba oshirishadi.

Eslatib o’tamiz, mahorat darslari 2-mayga qadar davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM