Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
1.08K subscribers
3.91K photos
309 videos
20 files
1.23K links
Download Telegram
#5_tashabbus
#Sport

⚡️⚡️Nurafshon shahridagi Prezident maktabida o'quvchilarning sportga bo'lgan qiziqishlarini oshirish va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida 5-6-7-sinflar o'rtasida voleybol sport musobaqasi o'tkazildi.

🤽Qizg'in baxslarga boy bo'lgan musobaqada g'olib bo'lgan 6-green sinf jamoasi va faxrli o'rinlarni olgan jamoalar speech timeda taqdirlanishdi.

🏆Keyingi o'yinlar 8-9-10-11-sinf jamoalari o'rtasida bo'lishi e'lon qilindi.

📗
Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
#5_tashabbus
#Sport

⚡️⚡️Yoshlarni jismonan chiniqtirish, ularni yanada sportga boʻlgan qiziqishlarini oshirish maqsadida Nurafshon shahridagi Prezident maktabida bir qator sport va milliy oʻyinlar musobaqalari tashkil qilib kelinmoqda.

🏆Jumladan 8-9-10-11-sinf o'g'il bolalari o’rtasida o’tkazilgan voleybol sport musobaqasida 11-Green sinf faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritdi va g’olib jamoalar speech timeda taqdirlandi❗️

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
#5_tashabbus
#Sport

Maktabimizda o’quvchilar o'rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni ommaviy sportga jalb etishni yangi bosqichga olib chiqish, o’quvchilar uchun kamondan o'q otish va ot sporti bo’yicha mashg’ulotlarni doimiy tashkil etish borasida tizimli ishlar yo’lga qo’yilgan.

🔥Yurtimizga iliq havoli kunlar kirib kelishi bilan bir qatorda Nurafshon shahridagi Prezident maktabida ot sporti va kamondan o’q otish sporti bo’yicha mashg’ulotlar davom etmoqda.


📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
#Sport
#Amir_Temur_kubogi
#687

Barchamizga ma'lumki, Amir Temur bobomiz o'zining jasurligi, donoligi, epchilligi, sportning ko'plab turlarida mohirligi bilan dunyo tamaddunida shon-shuhratga ega shaxsdir.

❗️Bugungi kunda bobomiz xotirasini yod etish, o'sib kelayotgan yosh avlodni bobomizdek jasur etib tarbiyalash yo'lida mamlakatimizda bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda.

🔥Shu munosabat bilan maktabimizning 8-9-10-sinf o'g'il bolalari o'rtasida "Amir Temur kubogi" tashkil etildi. Yigitlarimiz sportning "Arqon tortish", "Kamondan o'q uzish", "Tosh ko'tarish", "Stol tennisi" kabi turlari bo'yicha bellashdilar. Shijoatli va yuqori kayfiyatda bo'lib o'tgan musobaqaning g'olib va sovrindorlari O'zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan taqdirlanishdi.

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube