NIMAGA?
39.7K subscribers
681 photos
11 videos
55 links
Nimaga? degan qiziqarli savollarga javob beradigan foydali kanal!

Reklama uchun — @MlRFAYZ
Download Telegram
to view and join the conversation
Nimaga delfinlar bir ko'zini ochib uxlashadi?

Ma'lumki, delfinlar sayyoradagi eng aqlli hayvonlardan biri, ular miya kuchini saqlab qola oladilar. Ular doimiy ravishda yirtqichlarni qidirib yurishlari kerakligi sababli, dengiz sutemizuvchilari, hatto miyasi uxlab yotgan paytda ham, qisman ongni saqlab qolishning aniq hiylasini ishlab chiqishgan.

Tadqiqotchilar bu "yarim uyqu" kun davomida hayvonlarning hushyorligiga salbiy ta'sir ko'rsatadimi-yo'qligini sinab ko'rishdi, lekin ular tungi hushyorligi doimiy ravishda tekshirilgandan keyin ham besh kun o'tgach, ular har doimgidek hushyor va sezgir bo'lib qolishganini aniqladilar.

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
Nimaga kimdir aksirsa "Sog' bo'ling" deymiz?

Agarda kimdir aksirsa "Sog' bo'ling" deyish odatga aylangan. Bu an'ana o'rta asrlardan kelib chiqqan bo'lib, inson aksirganda yurak to'xtaydi, ruh tanani tark etadi va yovuz ruhlar tomonidan tortib olinishi mumkinligiga ishonishgan. Inson aksirganda yurak bir millisekundga to'xtaydi. Bugungi kunda esa bu asosan madaniyat yuzasidan aytiladi.

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
Nimaga esnash "yuqumli"?

— Esnash o'zi nima?
Inson miyasi optimal haroratda ishlaganda eng yaxshi ishlash darajasiga yetadi. Miya qizib ketganda kognitiv holat yomonlashishi mumkin. Tana haroratning o'zgarishiga javob berishning bir necha usullariga ega. Masalan, terlash yoki titroq, qon tomirlarining kengayishi yoki torayishi va shu kabi javob reaksiyalari.

Miyaning termoregulyatsiyasi nazariyasi shuni ko'rsatadiki, esnash tanangizni sovutishga yordam beradigan yana bir mexanizmdir, xususan, miyani sovutish uchun ham.

— Nimaga esnash yuqumli? Yuqumli esnash faqat bir nechta jonzotlarga xos xususiyat, jumladan, insonlar primatlar va xonakilashtirilgan itlar. Mutaxassislarning fikricha, yuqumli esnash yuqori darajadagi jonzotlarga xos ijtimoiy aloqa vositasi bo'lishi mumkin.

Esnashning miyani sovutish nazariyasi kontekstida, ehtimol, esnash guruh ichidagi odamlarning kognitiv faoliyatini va hushyorligini oshirish vositasi sifatida yuqumli bo'lgan bo'lishi mumkin.

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
Nimaga tuyaqushlar boshini qumga tiqib berkinishadi?

Bu afsona Rim imperiyasi davriga to'g'ri keladi, o'sha paytda tuyaqushlar xavfdan biron bir joyda emas, balki qumda yashiringan deb ishonishgan.

Aslida esa tuyaqushlar ucholmaganliklari sababli tuxumlarini daraxtga emas, yerga qazilgan teshiklarga qo'yadi. Tuxumlarning bir tekis qizdirilishiga ishonch hosil qilish uchun ular vaqti-vaqti bilan boshlarini uyaga tiqib, tuxumni aylantiradilar, bu esa yashirinishga urinayotganga o'xshaydi - shuning uchun bu afsona kelib chiqqan.

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
Nimaga qadimgi Misrda mushuklar muqaddas hisoblangan?

Gap shundaki, qadimgi Misr davlati qishloq xo'jaligiga asoslangan edi. Bunday mamlakatning asosiy muammosi kemiruvchilar bo'lib, ular hosilni kamaytirardi.

Mushuklar esa kemiruvchilarga, ilonlarga qarshi kurashardi. Bundan tashqari mushuk vabo tarqatuvchi kalamushlarni ov qilib odamlarning hayotini saqlab qolgan. Shuning uchun, ham mushuklarni juda e'zozlashgan.

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
Forwarded from Abdusattor — IT Blog
Bu ishlarni 3 oy oldin menga shogir bo‘lgan yigit 3D MAX dasturida bajargan.

Guruhga o‘qiyotgan 2 ta yigitni interyer bo‘yicha ishga oldim.
15 tasi esa modeling bo‘yicha men bilan ish boshlayapdi. Eng yaxshi shogirdlarni saralab olyapman.

Bu boshlanishi hali ular kursni tugatgani yo‘q.

1-dekabrdan yangi guruh ochishni rejalashtiryapmiz.

👉 KURS HAQIDA BATAFSIL

Shogird tushib 3D MAX dasturini o‘rganmoqchi bo‘sangiz murojaat qiling 👉 @dizipro_chat

👉 @abdusattor
Nimaga sovuqda nafasni "huuu" deb chiqarsangiz sovuq, "haaa" deb chiqarsangiz issiq bo'ladi?

Kutilmagan va ajoyib savolga oddiy javob beramiz. "Huuu" deb nafas chiqarganda havo yo'llari siqiladi va natijada og'zi bo'shlig'ida ortiqcha bosim hosil bo'ladi va havo adiabatik ravishda harorati pasayadi.

"Haaa" deb nafas chiqarganda esa aksincha holat yuz beradi.

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
Nimaga shotlandiyalik erkaklar "yubka" kiyishadi?

Shotlandiya madaniyatining ajralmas qismi bo'lgan yubka... Yo'q aslida bu Kilt.

Kilt Shotlandiya madaniyatining eng muhim elementlaridan biri. Kilt tarixi XVI asrga borib taqaladi. Dastlab, Kilt katta, qalin jun matodan iborat bo'lgan. Uni faqat tog'da yashagan insonlar kiyishgan. Kilt jasorat va sharaf ramzi bo'lgan.

XVIII asrning ikkinchi yarmida, yakobitlar mag'lubiyatga uchraganidan so'ng, inglizlar shotlandlarga kilt kiyishni taqiqladilar, va bu an'ana XIX asrda qayta tiklandi.

Shotlandiyaliklar qadimda shimni madaniyatsizlik sifatida qabul qilishgan, chunki shim ko'chmanchilar xalqlar tomonidan o'ylab topilgan va shim kiyib yurgan erkaklarni masxara qilishgan.

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
Nimaga ichimliklar gazlanadi?

Gazlangan ichimliklar - bu karbonat angidrid bilan to'yingan, o'ziga xos ta'm bilan ajralib turadigan, ko'pchilik yoqtiradigan ichimliklardir.

Maxsus ta'mga qo'shimcha ravishda, bugungi kunda karbonat angidrid zararsizlantirish, dezinfektsiyalash, mikroblarga qarshi kurashishda ham ichimliklarning tarkibiga qo'shilmoqda

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
Nimaga tillar juda ko'p?

Hozirgi kunda dunyoda 7000 ga yaqin tillar mavjud. Lekin nega? Nima uchun tillar juda ko'p? Bu qadimgi savol, odamlar nima uchun juda ko'p tillarda gaplashishi haqidagi tushuntirishlar butun dunyo madaniyatlari afsonalarida keng tarqalgan. To‘g‘risi, odamlar nega shunchalik ko‘p tilda gaplashishiga nima sabab ekanligini aniqlash juda qiyin, balki ilojsiz. Buni lingvistik xilma-xillik orqali tushuntirish osonroq. Bizda javob bo'lmasligi mumkin, ammo bu yerda yangi tillarni shakllantirishga undaydigan 5 ta omil mavjud.

Odamlar qachonlardir faqat bitta tilda gaplashganmi? Buning javobini bilish esa ilojsiz. Bu haqida ikkita nazariya mavjud:

1. Monogenez nazariyasi, qadimgi odamlar Afrikadan ko'chib o'tishlari natijasida barcha tillar bitta ajdod tilidan paydo bo'lgan deb hisoblaydi.

2. Poligenezga nazariyasi, ko'plab ajdodlar tillari, qishloq xo'jaligi va hayvonlarni xonakilashtirish mustaqil ravishda rivojlangan.

Davomi bor...

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nimaga xodimlarning lavozimi ko'tarilmaydi?

— Negadir ko‘pchilik hali ham kasbdagi muvaffaqiyat professionallik darajasiga bog‘liq deb o‘ylaydi. Bu ham bir tomondan to'g'ri. Lekin ular eng asosiy narsani unutishadi.

— Bu soft skills, ya'ni moslashuvchan qobiliyatlardir. Tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish, notiqlik, ishbilarmonlik bilan muloqot qilish, jamoaviy ishlay olish, faoliyatni tashkil etish ko'nikmalari moslashuvchan ko'nikmalar hisoblanadi.

— Qanday kasb egasiga bo'lmasin, yuqoridagi ko'nikmalar juda muhimdir. Bu ko'nikmlarni umr davomida shakllantirib, rivojlantirish mumkin.

— Bir necha hafta avval Najot Ta'lim markazi "Amazon", "DHL", "xLTee" kabi loyihalarda ishlagan o'zbek yigiti Abdulla Xaydarov bilan shu mavzu doirasida master-klass o'tkazgan edi. Unda yuqoridagi ko'nikmalarni rivojlantirish haqida ham so'z borgan.

Master-klassning premyerasini bugun, 23-noyabr, soat 20:00 da ko'rishingiz mumkin.

Havola: https://youtu.be/wGWimf63e1E

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
Nimaga tillar juda ko'p? (2-qism)

— Aholining ko'chisi
...
Insonlar turli sivilizatsiya davrida turli joylarga ko'chishgan, bu esa tez-tez takrorlanib turgan. Buning natijasida esa tillarda turli o'zgarishlar bo'lb, shevalar o'zgarib borgan. Natijada esa turli mintaqadagi odamlar so'zlashadigan tillar turlicha bo'lib o'zgargan.

— Urush...
Albatta, migratsiya har doim ham tinch yo‘l bilan bo‘lavermaydi. Urush, shubhasiz, bugungi kunda odamlar gapiradigan tillarga ta'sir qilgan. Urush yangi tillarning paydo bo'lishiga yoki o'rnatilgan tillarning yo'q bo'lib ketishiga olib kelishi mumkin. Urush bir vaqtlar umumiy tilda gaplashgan aholini ajralishiga sabab bo'lgan, shuning uchun yangi tillar paydo bo'lgan. Urush biror tilning yo'qolib ketishiga ham olib kelishi mumkin, chunki zabt etilganlar yerlarda aholin o‘z tillarida gapirishga majbur etishgan. Natijada esa ba'zi bir tillar yo'q bo'lib ketgan.

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
Nimaga tillar juda ko'p? (3-qism)

— Geografik notekislik...
Ammo yuqoridagi sabablarning hech biri nima uchun tillar dunyo bo'ylab notekis taqsimlanganini tushuntirmaydi. Misol uchun, Yevropada siz ularni qanday hisoblashingizga qarab 225 ga yaqin mahalliy tillar mavjud . Ammo Papua-Yangi Gvineyada kamida 820 ta til mavjud. Bu, asosan, orolning notekis geografiyasi bilan bog'liq. Tog'lar, o'rmonlar, daryolar va botqoqliklar aholini ko'plab kichik qabilalarga ajratib turadi. Bu kichik guruhlar shu qadar uzoq vaqt davomida yakka istiqomat qilinganki, ular ko'p hollarda turli tillarni ishlab chiqishgan.

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
Nimaga tillar juda ko'p? (4-qism)

— Yomg'ir...
Hech bo'lmaganda dunyoning ba'zi qismlarida til xilma-xilligiga ta'sir qiladigan yana bir omil - bu yomg'irdir. Milliy evolyutsion sintez markazi tadqiqotchilari yaqinda Avstraliyadagi mahalliy tillarning xilma-xilligiga ta'sir qiluvchi omillarni aniqlash uchun kompyuter modellashtirishdan foydalanish bo'yicha tajriba o'tkazdilar. Tadqiqotchilar Avstraliyada yog‘ingarchilikning mamlakatdagi aborigen tillarining soni va tarqalishiga ta’sir qilishini aniqladilar. Bu qanchalik ahmoqona tuyulmasin, lekin bu haqida o'ylab ko'rsangiz, mantiqiy jihatdan haqiqatga yaqin bo'ladi. Avstraliyada yog'ingarchilik ma'lum bir hudud qancha odamni "boqishi"ni aniqlaydi. Ko'proq yog'ingarchilik bo'lgan hududlar ko'proq odamlar guruh yashaydi, bu esa qancha til rivojlanishiga ta'sir qiladi.

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nimaga biznesda marketing strategiya tuzish kerak?

— Qorong'i yo'lni ko'rish uchun yorug'lik kerak bo'lgani kabi, biznesda ham muvaffaqiyat qozonish uchun strategiya tuzib olish kerak bo'ladi. Strategiyani biznesning yo'l xaritasi deb e'tirof etish mumkin.

— Marketing strategiyada ketma-ketlik juda muhimdir. Avvalo, strategiya nima maqsadda tuzilayotganini aniqlashtirib olish kerak. Aniqlashtirilgan maqsad xarajatlarni anchagina tejab qolishga yordam beradi.

Najot Ta'lim Maktabi loyihasining navbatdagi soni ham aynan shu mavzularni o'z ichiga qamrab olgan. Unda shu va shunga o'xshash ma'lumotlar, marketing strategiya tuzish qanchalik foyda keltirishi haqida gap ketgan.

Loyiha premyerasini bugun, 26-noyabr, soat 20:00 da ko'rishingiz mumkin.

Havola: https://youtu.be/bfiM1uFReR0

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
Nimaga tillar juda ko'p (5-qism)

— Akustik moslashuv...
"Akustik moslashuv" - bu nafaqat nega juda ko'p tillar mavjudligini emas, balki nima uchun ularning barchasi bir-biridan juda farq qilishini tushuntiradigan yana bir omil. Ammo "akustik moslashuv" nimani anglatadi? Oddiy qilib aytganda, bu hayvonlarning so'zlashuvini moslashtirishi yoki o'zlarini eshitish uchun atrof-muhitga tarqatishi bilan bog'liq. Misol uchun, zich o'rmonlarda va issiq iqlimda undosh tovushlarni eshitish unlilarga qaraganda qiyinroq. 2015-yilda Nyu-Meksiko universiteti va Fransiyadagi "Dynamique du Langage-CNRS" Laboratoriyasi tadqiqotchilari butun dunyo bo‘ylab 628 ta tilni ko‘rib chiqdilar va ularning turli til xususiyatlarini tillar rivojlangan iqlim bilan solishtirishdi. "IFLScience" ma'lumotlariga ko'ra , ular "Zich daraxt qoplami bo'lgan iliq hududlarda paydo bo'lgan tillar kamroq undosh harflardan foydalanishi va buning o'rniga past chastotalarda uzatiladigan unli tovushlarning ko'pligi bilan ajralib turishini" aniqladilar. Umuman olganda, akustik moslashuv tillar o'rtasidagi unli va undosh tovushlarning o'zgarishining chorak qismi uchun javobgar bo'lishi mumkin deb taxmin qilinadi.

👉 @NIMAGA kanalini kuzatib boring!
Nimaga spirtli ichimliklar insonni mast qiladi?

Spirtli ichimliklar insonga juda tez ta'sir qiladi. Spirtli ichimliklar odatda 5 daqiqada miyaga yetib boradi va 10 daqiqa ichida inson mast bo'la boshlaydi. Qon tarkibida alkogol kontsentratsiyasi ko'tarila boshlaydi va inson o'zini yaxshi his qila boshlaydi. Bu vaqtda inson o'zini baxtli, ko'proq ijtimoiy va ishonchli his qiladi va kamroq stressga duch keladi.

Buning sababi shundaki, alkogol tarkibidagi etanol moddasi dopamin va serotonin garmonlarini ishlab chiqarilishini tezlashtiradi, bu garmonlar haqli ravishda "Inson kayfiyatini ko'taruvchi" gormonlar deb ataladi.

Mast bo'lgach, inson ko'proq jismoniy muvozanatsizlikni boshdan kechira boshlaydi. Buning sababi, spirtli ichimliklar markaziy asab tizimini susaytiradi va miyaning aloqa yo'llariga zarar yetkazadi, bu esa miya ma'lumotlarni boshqa organlarga yetkazishiga to'sqinlik qiladi.

P.S: Spirtli ichimliklar hayot uchun xavfli!

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
Sevgi Bu...

Sariq Mikrofon | 29-SON

TO'LIQ VIDEO 👉 youtu.be/4s_B98x5TCU

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nimaga korxona PR'ni amalga oshirishi kerak?

— Biznes egalari kuchli raqobatni yengishi uchun ham PR'ni amalga oshirishlari muhim sanaladi. Bu orqali mijozning sodiqligini oshirish ancha osonlashadi.

PR bu odamlarning ongida mahsulotingiz haqida ijobiy imij shakllantirishdir. Hozirda ko'p katta kompaniyalar bu ishni o'z bizneslariga tatbiq etishyapti. Ular buning orqasidan katta foyda olishga ham ulgurishgan.

— Ulardan biriga misol qilib, S7 aviakompaniyasini aytish mumkin. Bu kompaniya shunday aqlli yurish qiladiki, natijada bir o'q bilan ikki quyonni urishga muvaffaq bo'ladi.

Keling, bu haqida to'liqroq ma'lumotni bugun 30-noyabr, soat 20:00 da, Najot Ta'lim Maktabi loyihasining navbatdagi premyerasi orqali bilib olamiz.

Havola: https://youtu.be/gP-YaqHHlqk

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!