Networking Security
1.16K subscribers
131 photos
88 videos
39 files
91 links
🌐 Networking Security!

📋 IT & Cyber Security & Blog's

🖇Channel link: t.me/+kbSQJSsjzoc2YWYx

For @Networking_Security

Contact: @Muhammedov
Download Telegram
🌎Webbian

Webbian – bu Docker, Debian va noVNC asosida qurilgan, veb orqali boshqariladigan virtual operatsion tizimdir. Ushbu loyiha sizga operatsion tizimga istalgan qurilmadan, faqat internet brauzer yordamida kirish imkonini beradi.

Webbian imkoniyatlari:

Docker asosida boshqarish: Resurslarni samarali boshqarish uchun konteyner texnologiyasidan foydalanadi.

Debian ishonchliligi: Stabilligi va xavfsizligi bilan mashhur Linux distributivi.

noVNC texnologiyasi: OS ga brauzer orqali masofaviy ulanish imkonini beradi.


🧑‍💻Batafsil ma'lumot: Github

For @Networking_Security 🔐
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1273👨‍💻3👍2
⚠️ 2024-yilda yirik kripto firibgarliklari

2024-yilda kriptovalyutadagi fishing firibgarliklari 800 million dollardan ortiq yo‘qotishlarga sabab bo‘ldi , ikkinchi chorak va may oylarida 67 ta hodisa eng yuqori oy bo‘ldi, bu esa Muzli fishing va hamyonni quritish kabi ilg‘or taktikalar tufayli yuzaga keldi.

For @Networking_Security 🔐
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🤯17👨‍💻7👍5🤔2💯2😁1
❗️ Phishing nima? Qanday qilib himoyalanish mumkin?

Phishing – bu firibgarlar tomonidan shaxsiy ma'lumotlaringizni (parol, karta raqamlari va boshqalar) o'g'irlash uchun ishlatiladigan usul. Hozirda ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar orqali ham bunday hujumlar ko'paymoqda.

Phishing qanday amalga oshiriladi:

📬 Soxta xabarlar: Sizga haqiqiy tashkilotdan kelganga o'xshash xabarlar yuboriladi.

💸Oson pul topish: Oz vaqt ichida koʻp pul topish, yoki sizning pulingizni koʻpaytirib beradigan xabarlarga va arzon tovarlarga (musodara va boshqa turdagi tovarlarga) aldanib qolmang, Tekin pishloq qopqonda boʻladi shuni unutmang!

😀 Soxta saytlar: Xabarlar ichidagi havolalar sizni ma'lumotlaringizni o'g'irlaydigan saytga yo'naltiradi.

↔️ Zararli dasturlar (APK): Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlarda “Sizning rasmlaringiz” yoki shunga o'xshash nomdagi APK dasturlarni yuborishadi. Bunday fayllarni o'rnatganingizda, firibgarlar qurilmangizga to'liq ruxsat olib, ma'lumotlaringizni (bank kartasi, SMS kodlarni sizning ruxsatingizsiz) osongina qo'lga kiritishadi.

🛡Qanday himoyalanish kerak:

Noma’lum fayllarni ochmang: APK, PDF va boshqa shubhali noma’lum fayllarni yuklab o'rnatmang.

🔓 Fayllarni tekshiring: Faqat rasmiy maanbalardan (Google Play, App Store) dasturlarni yuklab oling.

🛡 Antivirusdan foydalaning va doimo yangilab boring: Zararli dasturlarni aniqlaydigan xavfsizlik vositalarini o'rnating.

↔️ Shoshilmang va tekshiring: Hech qachon shoshilib noma'lum dasturlarni yuklamang yoki ma'lumotlaringizni kiritmang.


Eslatma: Qurilmangiz xavfsizligi sizning qo'lingizda.

For @Networking_Security 🔐
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3💯14👍5🔥4👨‍💻421
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekistonda yangi internet firibgarlarning Telegram-kanallari paydo bo'ldi, ular "Razgon" deb nomlangan tizim orqali kriptobirja yordamida daromad olishni va'da qilmoqda.

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Kiberxavfsizlik markazi fuqarolarni bunday yolg‘on ma’lumotlarga ishonmaslikka chaqirdi va noqonuniy kriptoaktivlar muomalasi uchun ma’muriy hamda jinoiy javobgarlik mavjudligini eslatdi.

⚠️ O'zingizni va yaqinlaringizni himoya qiling! Firibgarlik qurboni bo'lib qolmaslik uchun doim ehtiyotkor bo'ling va shubhali takliflardan uzoqroq turing.


For @Networking_Security 🔐
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍18💯5🤔4🆒32🕊2❤‍🔥1
🕖Doimo osonroq yechimni izlang!
#tavsiya

Bir odam "Kompaniyamga dangasalarni ishga olaman, chunki ular innovatsiyaga sababchi bo'lishadi" degan ekan.

Aytilgan vazifani soatlab indamay qiladigan ishchidan ko'ra, bir xillikdan zerikib, natijaga erishishni qandaydir osonroq yo'li bo'lishi kerak deb izlanadigan ishchini kompaniyaga foydasi ko'proq tegadi. Shu sababli ham yerni hozirda ketmonda emas ekskavatorlarda qaziyapmiz!

Hulosa oʻzingizdan!


For @Networking_Security 🔐
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍24💯12🔥53👌32🕊2
🎃Lazarus xakerlarining yetakchisi bilan tanishing!

Uning ismi Pak InFBI tomonidan qidiruvda bo‘lgan Shimoliy Koreyalik Hacker.

🎓 Pxenyandagi Kim Chaek Texnologiya Universitetida ta'lim olgan.

ℹ️Chosun Expo – Lazarus Group kompaniyasida ishlagan.

Ayblovlar: WannaCry — 150+ mamlakatga zarar yetkazgan ransomware hujumi muallifi.

🎃Lazarus’ning eng yirik talonchiliklari:

Bangladesh Markaziy Banki – $81M
Axie Infinity (Ronin Bridge) – $625M
Harmony Bridge – $100M
Stake.com – $41M
Atomic Wallet – $100M
WazirX – $230M
Bybit – $1.4B (rekord talonchilik!)


For @Networking_Security 🔐
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14🔥29👍7👨‍💻7💯43
Ramazon hayitingiz muborak bo’lsin🌙

For @Networking_Security 🔐
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍41🕊6❤‍🔥53💯2
Тўлов_тизимлари_операторлари,_электрон_пуллар_тизимлари_операторлари.pdf
955 KB
11,25 млн сўмдан юқори пул ўтказмалари қатъий назоратда бўлади

2025 йил 2 июлдан тўлов тизимлари, электрон пуллар ва тўлов ташкилотлари устидан назорат кучайтирилади.

11,25 млн сўмдан юқори ўтказмаларда жўнатувчи ва қабул қилувчи ҳақида тўлиқ маълумотлар талаб қилинади.

Мажбурий маълумотлар:
Жисмоний шахслар – паспорт/ID-карта рақами, туғилган сана ва жойи.
Юридик шахслар – ташкилот номи ва СТИР.

Ҳар бир операция хавф даражасига қараб баҳоланади ва маълумотлар алоҳида сақланади.

For @Networking_Security 🔐
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23🤯125🤔5🤷5😁2👎1
Телеграмда вақтинча узилишлар кузатилмоқда

Ҳурматли фойдаланувчилар, ҳозирда Telegram мессенжерида техник узилишлар кузатилмоқда.

Баъзи фойдаланувчиларда хабарлар юборилмаслиги ёки кечикиб етиб бориши кузатилган.

“VPN” орқали зўрға қотиб ишламоқда.

For @Networking_Security 🔐
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15💯10👌5🕊21
🔎Google AQSh Adliya vazirligiga qarshi sudda yutqazdi.

AQSh Adliya vazirligi Google’ga qarshi navbatdagi antimonopol ishda g‘alaba qozondi. The Verge xabariga ko‘ra, sud kompaniyaning reklama texnologiyalari va onlayn qidiruv bozori ustidan noqonuniy nazoratni egallaganini isbotladi.

Endilikda Google uchun hal qiluvchi bosqich — Kolumbiya okrugi federal sudida bo‘lib o‘tadigan majlis. Unda Adliya vazirligi texnogigantni majburiy qayta tashkil etish bo‘yicha yakuniy rejani taqdim etadi. Natijada Google Android operatsion tizimi, Chrome brauzeri va qidiruv tizimini sukut bo‘yicha o‘rnatish huquqidan ayrilishi mumkin.

Kompaniyani hukumat panjasidan qutqarib qolishi mumkin bo‘lgan yagona narsa — mo‘jiza yoki Donald Tramp. Chunki, Google’ni bo‘lish g‘oyasi Jo Bayden hukumati tomonidan ilgari surilgan edi, yangi AQSh prezidenti esa Bayden bilan shaxsiy darajada ham ziddiyatlarga ega bo‘lishi mumkin.

For @Networking_Security 🔐
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10💯7👍4🤔3😁2
Eng yirik DDoS hujumlardan biri: 7.3 Tbit/s

Cloudflare ma’lumotlariga ko‘ra, tarixdagi eng kuchli DDoS hujum qayd etildi — 7.3 terabit/soniyasiga! 45 soniyada 37.4 TB “Musor” trafik yuborilgan — bu 9300 ta HD filmga teng!

🎯 Hujum "kovrovaya bombardirovka” usulida bo‘lib, bir IP manzilga qarshi 34 500 port orqali amalga oshirilgan. O‘rtacha 22 000 portga birdaniga trafik yuborilgan.

📡 Asosiy protokol — UDP. U TCP’dan farqli ravishda ulanishni talab qilmaydi va bu DDoS hujumlar uchun juda qulay.

🔻 UDP flood — bu portlarga katta hajmdagi paketlar yuborish orqali serverni resursdan chiqarish usuli. Bu nafaqat tarmoqni ishdan toxtatib qo‘yadi, balki serverni noto‘g‘ri portlarga javob qaytarishga majbur qiladi.

Batafsil: https://blog.cloudflare.com/defending-the-internet-how-cloudflare-blocked-a-monumental-7-3-tbps-ddos/

For @Networking_Security 🌐
💯144🔥4👨‍💻42👍2
🔓CoinMarketCap orqali kripto hamyonlari o‘g‘irlandi.

🔐 Mashhur kripto kurslar sayti CoinMarketCap da Hackerlar bosh sahifadagi rasm (“doodle”) orqali zararli JavaScript kod joylangan.

💻 Foydalanuvchilar sahifaga kirganda, ularga Web3 hamyonini “Ulash” taklifi ko‘rsatildi. Hamyon ulangan zahoti, Hackerlar foydalanuvchining aktivlarini oʻtkazib olishgan.

💰Yakuniy hisob: 110 foydalanuvchidan jami $43 266 o‘g‘irlangan.

🔧 Hujum supply‑chain (tashqi manba) orqali amalga oshirilgan: doodle uchun JSON API javobiga <script> teg qo‘shilgan va static.cdnkit.io orqali drainer yuklangan.

❗️Eslatma:
Sayt/Dasturlarga hamyon/ma'lumotlaringizni kiritishda ishonch hosil qiling Phishing qurboni boʻlib qolmang!

For @Networking_Security 🌐
💯178😁4👨‍💻3👍2😱2👌1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
GitHub-da yangi qulay vosita — FlareProx. Bu loyiha Cloudflare Workers yordamida HTTP-proksi ochishga mo‘ljallangan va trafikni istalgan manzilga yo‘naltirishni osonlashtiradi.

FlareProx barcha standart HTTP metodlarini qo‘llab-quvvatlaydi: GET, POST, PUT, DELETE va boshqalar.

Asosiy afzallik — chiqayotgan IP manzil Cloudflare global infratuzilmasi orqali yashiriladi.

Bepul tarifda kuniga 100 000 gacha so‘rov ishlatish mumkin.

Ishga tushirish juda oddiy: birgina buyruq bilan proksi-endpointlar yaratib bo‘ladi. Ularni console orqali yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri Python kodidan boshqarish mumkin.

Dasturchilar va Pentesterlar uchun kerakli vosita.

For @Networking_Security 🌐
👨‍💻164👍3🕊3
Telegram мессенжерида интернет назорат воситасига айланаётгани ҳақида фойдаланувчиларни огоҳлантирувчи хабарнома яратди.

Ҳозирча бу хабарнома синов серверида кўриниб турибди, лекин тафсилотлар маълум:

For @Networking_Security 🔐
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻14🤔5💯5🤯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🛡Nega SSH hujumga uchrashi deyarli imkonsiz?

SSH ulanishlari kuchli kriptografiya bilan himoyalangan. U assimetrik shifrlash (masalan, RSA)dan foydalanadi. RSA da ochiq kalit katta son n = p × q asosida yaratiladi. Bu sonni yana p va q ga ajratish — ya’ni faktorizatsiya — juda murakkab matematik masala bo‘lib, superkompyuterlar uchun ham amalda imkonsiz.

Shuningdek, SSH har bir ulanishda yangi seans kalitlari yaratadi va ular tarmoq orqali uzatilmaydi.

Shu sababli SSH trafikni yoki kalitlarni “buzib olish” deyarli imkonsiz.

For @Networking_Security 🔐
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9👨‍💻8👍32💯21
❗️Кўплаб карталардан оммавий пул ечиш ҳолатлари кузатилмоқда МАРКАЗИЙ БАНК ВА ИЧКИ ИШЛАР ВАЗИРЛИГИНИНГ КИБЕРХАВСИЗЛИК БЎЛИМИ ЭСА ЖИМ! НЕГА?

Фуқароларнинг карталаридан ўзи хоҳламаган ҳолда пуллари ечиб олинмоқда. Улар ҳеч қандай файларни юклашмаган ва кибер хужумга учрашмаган

For @Networking_Security 🔐
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍106💯5❤‍🔥3👾3🤔2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Telegram hisobga endi sms kodsiz kirish imkoniyati mavjud boʻladi

Passkeys — xavfsiz va qulay kirish!

Passkeys yordamida siz Telegramga:
- PIN-kod
- Barmoq izi
- Face ID
orqali bir zumda kira olasiz

For @Networking_Security
🔥7👨‍💻753💯2