Nematillo Ochilov
1.11K subscribers
336 photos
123 videos
382 files
682 links
Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida istiqomat qiluvchi dasturchi, @Nematillo_Ochilov

youtube.com/c/nematilloochilov
@NematilloOchilov - blog
@pythonuz - Python darslari
@js_uz - Java Script
@MQLUZ - Savdo robotlari
@sjtbot - Test kalitlarini tekshirish
Download Telegram
Obektni belgilangan hududda ekanligini nazorat qilish.

Obekt kordinatalarini doim aniqlay olasiz va obekt belgilab qo'ygan hududingizdan chiqib ketishini nazorat qilish uchun ushbu koddan foydalanishingiz mumkin.

Masalan sizda Tashkent cityda yetkazib berish xizmati bor deylik. Yetkazib beruvchi ish vaqtida Tashkent city hududidan chiqishi mumkin emas. Yetkazib beruvchi yukni olib ketayotganda telegram guruhingizga live locationni tashlab qo'yadi va bot uni ma'lum hududdan chiqib ketmasligini avtomatik nazorat qiladi. Agar belgilangan hududni tark etsa bot guruhga yetkazib beruvchi hududni tark etganini eslatadi.


# pip3 install Shapely
from shapely.geometry import Point, Polygon

# Obektni yaratish
obekt1= Point(41.113411, 65.365202)
obekt2 = Point(41.106910, 65.409277)

# Ko'pburchak yaratish. kordinatalar https://www.google.com/maps saytidan olindi
coords = [
(41.083028, 65.430785),
(41.072987, 65.418473),
(41.074045, 65.389805),
(41.089205, 65.356101),
(41.146976, 65.339829),
(41.146054, 65.381927),
(41.118575, 65.393169),
(41.095997, 65.389417)
]
poly = Polygon(coords)
print(obekt1.within(poly))
# >>> True # obekt1 kopburchak ichida
print(obekt2.within(poly))
# >>> False # obekt2 kopburchak ichida emas

Agar kodga tushunmagan bo'lsangiz kanal a'zolari 3000 taga yetganda ushbu kodni amaliy batafsil tushuntirib videodars tayyorlayman.

#location #geo #python #point #shapely #polygon

Kanalga a'zo bo'lish 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAD6YXE73Trzz2TcWdw