Negative
513 subscribers
15 photos
29 videos
1 file
200 links
Agar kanal sizga foyda keltirmasa kanal siz uchun emas! Yaxshisi kanalni tark eting!

@Negative_shorts qisqa lekin achchiq
gaplar
Download Telegram
Ana gap-u, mana gap!
(o'qib ko'rishga va mushohada qilishga arziydi).

- O‘g‘lim buzuq ayolga ilakishib qolibdi. Yashshamagurga yaxshi bir qiz topib uylantirsam, zora quyulib qolsa...

- Shu o‘g‘lim akalariga o‘xshamadi, o‘ta tanbal. Biror ishning boshini tutay demaydi. Uylantirsam, ro‘zg‘orni qanday eplaydi, hayronman!
Ha-ya, epchil-chaqqongina, qo‘lida hunari bor qizlardan taniganingiz bo‘lsa, tavsiya qilib yuboring...

- Katta o‘g‘limning fe’li xunuk, sal narsaga lovullab, jahllanib, urishib ketadi. Bunga og‘ir-vazmin, sermulohaza, yaxshi tarbiya ko‘rgan qizni olib berishim kerak...

- Shu desangiz, kichik o‘g‘lim bizdan yashirincha ichib-chekadigan odat chiqargan. Kechqurunlari allamahalgacha ko‘cha kezadi, shu paytgacha qayerda eding degan odam naq baloga qoladi! Halol-haromni farqlaydigan, ibodatli, muslima qiz bo‘lsa, shunga olib bersam. Xotini aqlli bo‘lsa, yomon yo‘ldan qaytarib oladi-da...

O‘z tuqqanini tarbiya qilolmagan onalarning bedavo o‘g‘il uchun «davo vositasi» bu.

Bir onaning o‘z bolasi rohatini o‘ylab boshqa onaning bolasini azobga duchor qilishi mana shunday «tadbir»lardan boshlanadi;
ayolning ayolga zulmi mana shunday fikrlardan boshlanadi;
oilalarning parokandaligi mana shunday «yaxshi niyat»lardan boshlanadi.

«Bunaqa o‘g‘illaringiz xotin emas, psixolog yoki psixiatrda seans olsin;
ichuvchi-chekuvchi o‘g‘lingizni yetaklab sovchilikka emas, narkologga boring;
bu o‘g‘illaringizga avvalo odam bo‘lish ilmini o‘qiting, keyin nikohlarini o‘qitasiz, muhtarammalar», - deydigan kimsa yo‘q.

Kelin ertaklardagi sehrgar pari ediki, tayoqchasini bir silkitib, maxluqni shahzodaga aylantirib qo‘ysa!

Va umuman, o‘z o‘g‘liga tarbiya bera olmagan, demakki onalik burchini, vazifasini bajara bilmagan ayol boshqa bir oilaning oqila qiziga qaynonalik qilishga qanchalik haqli?

---------------------------------------

Mazkur fikrlar oilada tarbiyaning o‘rni va ahamiyatini chuqur o‘ylashga undaydi. Ayolning o‘g‘liga tarbiya bera olmasligi va uning jismoniy yoki ruhiy muammolarini boshqa oilalar orqali hal qilishga harakat qilishi, ayniqsa, kelin tanlashda noto‘g‘ri yondashuvni ko‘rsatadi. Bunday holatlar oilaviy munosabatlarga zarar yetkazishi mumkin, chunki har bir bola va uning tarbiyasi o‘ziga xos xususiyatlarga ega va uning tarbiyasi faqat uning ota-onasi zimmasida.

Birinchidan, bolalarga tarbiya berishda ota-onaning mas'uliyati juda katta. Tarbiya nafaqat bilim berish, balki axloqiy, ma'naviy va ruhiy jihatlarni shakllantirishni ham o‘z ichiga oladi. Ota-ona o‘z farzandlariga nafaqat amaliy bilimlar, balki dunyoqarashni shakllantirishda ham katta rol o‘ynashi kerak. Oilada bo‘layotgan muammolarni boshqarish uchun o‘zaro muloqot va o‘zaro yordam zarur. Agar o‘g‘ilning yomon odatlari bo‘lsa, bu muammo to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘ziga va uning tarbiyasiga e'tibor berishni talab qiladi. Bunday holatlarda, boshqa oilalarning farzandlariga yuklama solish yoki ular orqali muammo hal qilishga urinish, faqat qo‘shimcha qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.

Ikkinchidan, kelin tanlashda faqat o‘g‘ilning ehtiyojlarini emas, balki uning umumiy tarbiyasi va shaxsiyatini ham hisobga olish lozim. O‘g‘ilning tarbiyasi nafaqat uning o‘ziga, balki oilaga, jamiyatga ham ta'sir qiladi. O‘g‘ilni tarbiyalashda ona-ota o‘rtasidagi birlashgan yondashuv, o‘zaro hamkorlik va sabr-toqat zarur. Bir o‘g‘ilni tarbiyalashda, boshqa o‘g‘il yoki kelinni mas'uliyatli qabul qilishni va barchasini yaxshilashni istash, faqat o‘zgalarni ayblashga olib keladi.

Xulosa qilib aytganda, o‘z farzandini tarbiyalashda ota-onaning mas'uliyati yuksak bo‘lishi lozim. Bolalar uchun yaxshi ta'lim, axloqiy tarbiya va mustahkam oilaviy munosabatlarni yaratish orqali o‘zgarishlarni amalga oshirish mumkin. Oilaviy muammolarni hal qilishda esa, barcha tomonlarning teng huquqli va mas'uliyatli yondashuvlari muhimdir.

@Negative_shorts
🔥13👍4💯32👏1
Tanishlarimdan ikki kishi bukmekerlik va xbetga mukkasidan ketgandi. kap-katta oilali, bolalari bor insonlar edi. Ertalab soat 5 larda Yangi zelandiyagi o'yinlarni jonli tomosha qilib, o'sha vaqtda pul tikib o'tiradigan darajada bog'lanib qolishgandi. Kechga tezroq ishdan chiqib Angliya va boshqa ligalarni o'yinlarida qanday koffisientlar borligini tekshirish uchun uyga shoshishardi. Bu tanishlarimni 3-4 yil shunday ahvolda ko'rdim.

Xbetga shu darajada berilib ketishganidan qaysi jamoa qanday ahvolda, qanday muammoalari bor, nimalar bo'ganligi haqida judayam yaxshi bilishardi. Pul yo'qotganlaridan pul topishlari ko'proq bo'lardi shunga yarasha.

Hosh topgan pullari nima qilishardi? Oilasiga bir daromad sifatida yordam bo'larmidi? Yashayotgan hayotini sifatini o'zgarib, daxshat sharoitlarda yasharmidi? Javob: Albatta, yoq.

Hecham yutgan puli bilan avtomobilini o'zgartirganini, qarzini uzganini, kiyim-kechak yoki telefonini o'zgartirganini, hech bo'lmasa sayohatga ketganini ko'rmadim. Chunki yutgan pulini programmadan yechib olganini eshitganim va ko'rganim yo'q. Ular uchun programmadan chiqarilgan pul - kelajakdagi o'ynab yutishlari mumkin bo'lgan miqdordan kamayishidir.

Oddiy odam sifatida tashqaridan qarasangiz bu vaziyat siz uchun ma'nosiz tuyuladi. Ammo o'ynayotgan odam buni farqiga bormaydi.

Manba

@Negative_shorts
👍8🔥2
Jinsingiz
Anonymous Poll
52%
Erkak
48%
Ayol
👎1
"Imposter Syndrome" (Soxtalik Sindromi).
Imposter syndrome – bu inson oʻz yutuqlari va qobiliyatlariga qaramay, oʻzini yolgʻonchi yoki munosib emasdek his qilishi bilan tavsiflanadigan psixologik holat. Bu sindromga chalingan odamlar oʻz muvaffaqiyatlarini tashqi omillar yoki omadlarga bogʻlaydi, lekin o'zining mehnati va mahoratini qadrlamaydi.

Belgilari:

1. Oʻz yutuqlarini tan olmaslik – inson muvaffaqiyatlarini tasodif yoki boshqa insonlar yordamiga bogʻlaydi.
2. Tanqid va muvaffaqiyatsizlikdan qoʻrqish – inson har doim "fosh boʻlish" va aslida unchalik aqlli yoki qobiliyatli emasligini isbotlovchi vaziyatga tushib qolishdan qoʻrqadi.
3. Oʻzini boshqalar bilan solishtirish – odam doimo oʻzini boshqalar bilan solishtiradi va oʻzini yetarlicha yaxshi emas deb his qiladi.
4. Perfeksionizm – mukammallikka intilish va ozgina xato qilganda oʻzini yaroqsiz deb hisoblash.
5. Ishlashga haddan tashqari koʻp harakat qilish – inson boshqalar oldida oʻzini isbotlash uchun haddan tashqari mehnat qiladi.

Turlari (Dr. Valerie Young tasnifi bo‘yicha):

1. Perfeksionist – mukammal natijalarga erishmoqchi boʻladi va hatto kichik xatolarni ham yoʻqotishga harakat qiladi.
2. Ekspert – hamma narsani bilishi kerak deb hisoblaydi va biror narsani bilmasa oʻzini yaroqsiz his qiladi.
3. Tabiiy iqtidor sohibi – biror narsani oson oʻzlashtira olmasa yoki uzoq oʻrganishga majbur boʻlsa, oʻzini qobiliyatsiz deb hisoblaydi.
4. Yakkalangan individualist – yordam soʻrashni zaiflik deb biladi va har narsani oʻzi hal qilishga harakat qiladi.
5. Superqahramon – oʻzini ishga, oila aʼzolariga yoki oʻqishga ortiqcha yuklaydi va ularni bajara olmasa oʻzini muvaffaqiyatsiz deb his qiladi.

Kelib chiqish sabablari:

Bolalikda mukammallik yoki yuqori talablar asosida tarbiyalanganlik;
Oilada doimiy ravishda qiyoslanish:
Ijtimoiy bosim va atrof-muhit taʼsiri;
Gender va madaniy stereotiplar;

Natijalari:

Oʻziga ishonchsizlik va motivatsiya pasayishi;
Stress va tashvish holatlarining kuchayishi;
Ish yoki oʻqishdagi muvaffaqiyatsizliklar;
Depressiya va boshqa psixologik muammolar;

Bundan qanday qutulish mumkin?

1. Muvaffaqiyatlarni eʼtirof etish – oʻz yutuqlaringni yozib bor va ularni tasodif deb emas, balki o'z mehnating natijasi sifatida qabul qil.
2. Ichki tanqidni nazorat qilish – oʻz-oʻzini haddan tashqari tanqid qilmaslikka harakat qil.
3. Yordam soʻrashni oʻrganish – hamma narsani oʻziga yuklash shart emas.
4. Mukammallik illyuziyasidan voz kechish – har qanday inson xato qiladi va bu tabiiy.
5. Oʻzingni rivojlantirish – oʻz ustingda ishlashni davom ettir, lekin bu seni haddan tashqari zoʻriqtirmasin.

Bu sindrom juda koʻp odamlarda uchraydi, hatto katta yutuqlarga erishgan shaxslarda ham. Muhimi – oʻzingni tan olish va o'z mehnatingni qadrlashni oʻrganish.

@Negative_Shorts
❤‍🔥7👍422🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Kim aybdor: oʻqituvchi yo oʻquvchi?
SUBYEKTIV

@Negative_shorts
🔥2
Real O‘zbekiston: Haqiqatni tan olish mardlik

Telefonni qo‘lingizga olib, internetni titsangiz, ikki xabardan bittasi ozish, diyeta qilish, qorinni yo‘qotish haqida bo‘ladi. Go‘yoki hamma ozishni xohlayapti, ammo atrofga nazar tashlasangiz, butunlay boshqacha manzara: og‘irlikka botgan odamlar, meshqorin erkaklar, terisi osilib yotgan ayollar, semiz bolalar…

Bitta yolg‘on aniq: moddiy holatdan noliydigan internet lo‘lilari va ijtimoiy tarmoq faollari xayoldagi qashshoqlar, aslida esa to‘kislik ichida yashaydiganlar. Ijtimoiy tarmoqlarda kambag‘alligidan shikoyat qilayotganlarning ko‘pchiligi kafe va oshxonalarning doimiy mijozi, ikki qo‘li bilan ovqatni yamlamay yutadiganlar.

Hozirgi kunda internet haqiqiy oyinaga aylandi: kim-kimni aldayapti, kim o‘zini nimagadir moslamoqchi bo‘lyapti – hammasi ko‘rinib turibdi. Internetda “ozish haqida maslahat” izlayotganlarning 90 foizi xuddi boqishga tayyorlangan qo‘ydek semiz.

Endi diniy doiralarga qarang: u yerdagi odamlarning aksariyati qorinboy va bilqillagan bellar bilan yuradi. Ular kam yeb, ozg‘in bo‘lishi, ruhiy va chiroyli jismoniy ko‘rinish timsoli bo‘lishi kerak emasmidi? Semiz Hijobashkalar haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Ular odamlarni dunyoviy hayotdan voz kechishga, nafsni jilovlashga chaqirishadi, lekin o‘zlarini nazorat qila olishmaydi. Bu qanday munofiqlik?

Hech kim tan olishni xohlamaydi, lekin haqiqat shu: xalqimiz to‘kin yashayapti, kambag‘allikni eslab-eslab yuradi. Ovqatga kelganda, boy-kambag‘al yo‘q – hamma bir xil. To‘ylarimiz, ziyofatlarimiz, ehsonli oshlarimiz, hattoki motam marosimlarimiz ham dabdabali taomlarsiz o‘tmaydi. "Kambag‘alman" degan odam ham haftasiga kamida yarim kilogramm go‘sht yeydi, palovni ko‘rsa, somsani ko‘rsa hamma narsani unutib ovqatga g‘arq bo‘ladi.

Har bir xalqda haqiqat bor: ba’zilari och qolishdan, ba’zilari esa ko‘p yeb, semizlikdan aziyat chekishadi. Biz ikkinchisimiz. Semizlik oqibatida paydo bo‘layotgan kasalliklar – qandli diabet, yurak xastaliklari, qon bosimi – bularning barchasi noto‘g‘ri ovqatlanishning hosilasi.

Endi o‘zingizga savol bering: real O‘zbekiston qanday? Hamma nolishni biladi, lekin deyarli hamma (90-yillar bn solishtirganda) shohona yashayapti. Hamma qashshoqligidan shikoyat qiladi, ammo kafe, restoranlardan joy yo‘q. Qorinboylar "kambag‘almiz" deyishadi, oshxonada esa "kambag‘allik yo‘q".

Bizga reallik kerak, yolg‘on emas. Iltimos, bir bor to‘g‘ri oyinaga qaraylik!

Manba

@Negative_shorts
1👏14👍3👎3🔥21💯1
Faqat bitta maqsadga eʼtibor qarating!

Hozirgi yoshlar orasida ko'p tarqalgan odat — o‘z yo‘lini topish uchun ko‘p sohalarga kirib ko‘radi.

Bugun biznes boshlaydi, ertaga IT’ga o‘tadi, keyin esa til o‘rganishga qaror qiladi. O‘zicha barcha imkoniyatlarni sinab ko‘rayapti. Lekin vaqt o‘tadi, natija esa yo‘q.

Muammo shundaki, odam har xil narsaga oz-ozdan e’tibor qaratsa, hech qaysi birida natija bo'lmaydi.

Atrofga qarang, muvaffaqiyatga erishganlarning barchasi bir xil yo‘ldan o‘tgan.

Ular bitta yo‘nalishni tanlagan va shu sohada yillar davomida ishlagan. Kuniga 10 ta narsa boshlamagan, har 2 oyda o'z kasbini o‘zgartirmagan, boshqalarning fikriga qarab boshlagan ishini tashlab ketmagan.

O‘ylab ko‘ring 2-3 oy ishlagan sohangizda mutaxassis bo‘lishingiz mumkinmi? Yo‘q.

Bir yil harakat qilmagan biznesingizdan daromad kelishini kutish to‘g‘rimi? Albatta, yo‘q.

Bugun IT, ertaga marketing, keyin savdo bilan shug‘ullanish natija beradimi? Afsuski, yo‘q.

Tez-tez yo‘nalishini o'zgartirish – bu vaqt yo‘qotishning eng xavfli ko‘rinishlaridan biri.

Chunki odam o‘zini harakat qilyapman deb o‘ylaydi, lekin aslida bir joy qotib turgan bo'ladi.

Eng yaxshi natijaga erishish uchun bir vaqtda ko'p ishlarga e'tibor qilish shart emas.

Bitta yo‘nalishni tanlang, unga to‘liq e’tibor qarating, sabr bilan ishlang – haqiqiy natijalar shunday keyin keladi.

Manba

@Negative_shorts
👍2🔥1🐳1
Musulmonning amallari boshqalarning ishiga xalal bermasligi kerak

Namoz o‘qimoqchimisan yoki Ro‘za tutmoqchimisan ? Bu sen bilan Alloh orasidagi ish – boshqalarni vaqtini olib, ishidan to‘xtatib, qilgan ibodating o‘tmaydi.

Duch kegan joyda joynamozingni tashlab, o‘zingni “pi…s dindor” qilib ko‘rsatmagin. Bu ishing riyokorlik va ko‘zbo‘yamachilikdan boshqa narsa emas. Eplasang rejalashtirib ibodat qil, sani ibodating men uchun emas, meniki sen uchun emas!

Ro‘za tutayotgan bo‘lsang o‘zing uchun tutayapsan, buni boshqalarga pesh qilaverma. Ro‘za tutmaganlar bilan ishing bo‘lmasin, atrofingda yeb-ichayotganlarga o‘qrayma, “ro‘zamni hurmat qil” deb ta’magirlik qilma. Sabring yetsa tut ro‘zangni.

Din – bu odob, axloq, va’z-nasihat. Din – bu zo‘ravonlik yoki o‘zingni boshqalardan ustun qo‘yishing uchun emas.

Xudoga faqat sen yaqin emassan !

Manba

@Negative_shorts
👍134🐳1
Farzandingizga har kuni 15 daqiqa kitob o‘qib berishning 15 foydasi:

Amerika Pediatrlari Uyushmasi tadqiqotlarining natijasiga ko‘ra, bola bilan har kuni 15 daqiqa davomida kitob mutolaa qilishning foydasi katta ekan.

1. Bola miyasining 90% uning 3 yoshiga qadar rivojlanib bo‘ladi. Shu davrda bolaga kitob o‘qish miya rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

2. Uch yoshlik bolaning so‘z boyligiga qarab u 3 sinfda «o‘qish»dan necha baho olishini oldindan bilsa bo‘ladi.

3. Kuniga 15 daqiqa davomida bolaga kitob o‘qib berilsa, u 1 yil mobaynida 1 millionga yaqin yangi so‘zni eshitgan bo‘ladi.

4. Birinchi sinf kitoblarini o‘qiy olmagan bola, keyinchalik 4 sinf kitoblarini ham o‘qiy olmaydi.

5. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ko‘p kitob o‘qilgan bo‘lsa, ular 1-sinfga qadar boshqalarga nisbatan tezroq alifbeni o‘rganadi, 20 gacha sanay oladi va o‘z ismlarini yoza oladi.

6. Bolaning maktab yoshigacha bo‘lgan davrida ota-onasi bilan kitob o‘qishi, uni maktab davrida kitobga qiziquvchanligi oshishiga olib keladi.

7. Yoshligidan kitob o‘qishga odatlangan bolada til nuqsonlari, gapirishda qiyinchiliklar bo‘lishi kam namoyon bo‘ladi.

8. O‘qish boshqalarning hissiyotlarini tushunishga yordam beradi.

9. O‘qish bolaning bilimlari asosidir.

10. Kitobdan olingan ma’lumot televizor, internet va radiodagi qabul qilingan ma’lumotdan ko‘ra ko‘proq miyaga ijobiy ta’sir qiladi. Undan tashqari kitob o‘qish zehnni charxlab, bola diqqatini bir joyda uzoq vaqt ushlay olish qobiliyatini kuchaytiradi.

11. Statistikani ko‘rsatishicha, maktabgacha yoshdagi bolalarga ota-ona kitob o‘qib bersa, kitobga bo‘lgan qiziqish 100% bo‘ladi. To‘rtinchi sinfga kelib kitobga bo‘lgan qiziqish 54%gacha tushib ketadi. Buning sababi, bola bilan ota-ona birga o‘qimasligida ekan.

12. Kitob tili adabiy va chiroylidir.

13. Kitobni qiziqish va ishtiyoq bilan bolaga o‘qib berish, keyinchalik unda kitobga mehr uyg‘onishiga olib keladi.

14. Televizordagi berilayotgan «lug‘at»dan ko‘ra kitobda berilayotgan matndagi «lug‘at» ikki barobar ko‘pdir.

15. Uyda 6-8 yoshli bolalarga ota-onasi kitob o‘qib berish davrini bolalarning biri kitobni sevganlari uchun xush ko‘rsalar, biri ota-onasi bilan ajoyib vaqt o‘tkazayotganlari uchun yaxshi ko‘rar ekanlar.

----------

Onalar bolalar bilan muloqot qilish va kitob o‘qishning muhimligini anglashsa, bu kelajak avlodning intellektual rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi.
Onaning bolalar tarbiyasidagi oʻrni beqiyos va juda muhim. Onalar bolaning birinchi murabbiyi, u hayotning dastlabki saboqlarini aynan onadan o‘rganadi.

@Negative_shorts
❤‍🔥5👍2🔥1
Ijtimoiy tarmoq va real hayot

Bizda ijtimoiy tarmoq va real hayot o‘rtasida juda katta paradoks mavjud, meni fikrimcha. Facebook, Instagram kabi platformalarda odamlar bildirayotgan fikrlarni o‘qisangiz va real hayotga nazar tashlasangiz, umuman boshqacha vaziyatga duch kelishingiz mumkin. Masalan, ijtimoiy tarmoqlarda ayollarni uyda o‘tirishini, ularni majburlab burqaga tiqmoqchi bo‘lgan ko‘pgina hojakalar aslida g‘irt xotinboz bo‘lishadi va ochiq-sochiq ayollarni ko‘rishsa so‘laklari oqadi. Yoki so‘z erkinligi, demokratiyani talab qiladigan ayrim liberalistlarga ozgina tanqidiy fikr bildirsangiz, darrov bloklashadi yoki "negativ" deb haqoratga o‘tishadi. Avtomobil monopoliyasi haqida og‘iz ko‘pirtirib gapiradigan odamlarni ko‘pchiligi olib sotarlik bilan shug‘ullanadigan namozxon hojakalar. Tag‘in yetmaganiga, 2 marta ag‘anagan avtomobilni ayol kishi haydagan, halol probeg deb quloqqa lag‘mon ilishadi.
Hozirgi kunda trendda bo‘lgan Xitoy mavzusi haqida gapirsak, Xitoydan tovar olib kelib, 2-3 baravar qimmatiga sotadigan hojakalar shuncha payt bozorlarimizda Xitoy mahsulotlari to‘lib ketganini bilishmaganmidi? Odamni shunchaki kulgusi qistaydi, 99% mahsulotlar Xitoydan keladiyu, tag‘in Xitoy bosib olarmush))) propaganda naqadar kuchli ta’sirga ega ekanligini guvohi bo‘lishimiz mumkin. Umuman olganda, bu kabi argumentlardan yuzlab keltirish mumkin.

Umumiy xulosa, agar toki o‘zimizni isloh qilib, gapirayotgan gaplarimizga avvalo o‘zimiz amal qilmas ekanmiz, rivojlanish bo‘lishi mumkin emas

Manba

@Negative_shorts
👍4🔥4👏3
Nikoh – bu hissiyotga berilib, har jabhada “baxtli intiho” bilan tugashi kutiladigan romantik hikoya emas.

Nikoh – zalvorli lekin muqaddas bir ahdlashuvdir.
Avvalo dinda muqaddas, keyin esa jamiyatda e’tirof etilgan bir mas’uliyatdir.
Bu yo’lni faqat qalbida mas’uliyat tuyg’usi bor insonlar bosib o’ta oladi.

Ayol turmushga chiqqanida ayolligini yo’qotmaydi.
Lekin “men!” degan kibrini tark qilib, sukut va muloyimlikni tanlashi kerak bo’ladi.
Chunki oila degan maskanda o’jarlik, qaysarilik osoyishtalikni buzadi, rahbarlikni talashish esa hamjihatlikni yakson qiladi.

Erkak esa oila qurganida kuch bilan emas, aql va bagʻrikenglik bilan bosh bo’lishi kerak.
Oilaga e’tiborsizlik va mas’uliyatdan qochish emas, balki posbonlik, gʻamxoʻrlik va yetakchilik qilishi lozim.

Itoatli ayol – qadri past xotin, degani emas.
Rahbar erkak – zoʻravon er, degani emas.
Har birining moʻtabar o’rni bor.
Kim oʻziga tegishli chegarani buzsa, avvalo oʻz o’rnini keyin esa oʻzgalarni yoʻqotadi.

Agar sen – ayol – bagʻrikenglikka, sabr-bardoshga va savobga umid bilan yashay olishga hozir boʻlmasang, turmushga chiqishga shoshilma!
Agar sen – erkak – aql bilan qaror chiqara olishga, uy ichini idora qilishga, muhofaza qilishga hamda ahdingga vafo qilib yashab olishga tayyor boʻlmasang – turmush qurishga shoshilma!

Nikoh – quchoqni yoki vaqtni qarshi jins vakili bilan to’ldirib olish emas, balki bir missiyani – tabiiy insoniy vazifani – ado etishdir.

Har kim Xoliq oldida oʻz qilgan ishlari uchun javob beradi – jufti uchun emas.

Ha, nikoh shartnomasi yerda imzolanadi, lekin uning oqibati – ikki abadiy diyornig bir boʻladi: yo mukofot, yoki jazo.

Shuning uchun, oʻz qoʻling bilan nikoh shartnomasini imzolashdan avval, o’rningni – mas’uliyatingni aniq bilib ol.
Nikohni muhabbat saqlamaydi – nikohni ahdga vafo saqlaydi.
Bu ahd esa, yillar bilan emas, niyatning sofligi va holiisligi bilan oʻlchanadi.
Sabr – savobli ish, lekin oʻzlikni yoʻqotish emas.
Oila – muhabbatni saqlash emas, balki mas’uliyatli munosabatlar orqali muhabbatni kamaytirmaslikdir.
Aqlli kelin qaysi yoʻldan koʻz yumib oʻtish kerakligini, qayerda muloyimlik bilan chegara qoʻyish kerakligini yaxshi biladi.

©Muhammad Azhariy

@Negative_shorts
🔥83👍21
Qisqa Videolar Epidemiyasi: Zamonaviy Raqamli Muammoning Chuqur Tahlili

Raqamli texnologiyalar taraqqiyoti bilan qisqa videolar hayotimizning ajralmas qismiga aylana boshladi. TikTok, Instagram Reels va YouTube Shorts kabi platformalar kun tartibimizda tobora ko'proq o‘rin egallamoqda. Bu hodisa "qisqa videolar epidemiyasi" deb nomlanib, inson diqqatini jalb qilish, vaqtni samarali boshqarish va ijtimoiy munosabatlarga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqotlarga ko‘ra, ushbu videolar miyadagi dofamin ishlab chiqarilishini kuchaytirib, psixologik bog‘liqlikni kuchaytiradi va kundalik faoliyatga salbiy ta’sir qiladi.

TikTok Xitoyning ByteDance kompaniyasi tomonidan yaratilgan bo‘lib, foydalanuvchilar u orqali qisqa videolar yuklaydi. 2020-yilga kelib, TikTok ikki milliarddan ortiq qurilmalarga yuklab olingan va 2021-yilda eng mashhur veb-sayt deb topilgan. O‘zbekistonda ham bu trend keskin kuchayib, Instagram foydalanuvchilari soni reels (qisqa videolar) sonining ko‘payishi, arzon internet va smartfonlar ommalashuvi sababli oshdi.

TikTok-ning muvaffaqiyati Instagram, YouTube, Snapchat kabi boshqa platformalarni ham qisqa video formatini joriy qilishga majbur qildi. Masalan, Instagram 2022-yilda Reels foydalanuvchilarini jalb etish uchun 120 million dollar, Snapchat esa 2021-yilda 250 million dollar ajratgan. Boshqa platformalar ham TikTok tavsiya algoritmini taqlid qilgan, bu esa foydalanuvchilar noroziligini keltirib chiqargan.

Qisqa videolar miyada lazzatlanish bilan bog‘liq bo‘lgan dofamin gormonini kuchli ishlab chiqaradi. Bu foydalanuvchida doimiy ravishda yangi video ko‘rish istagini paydo qiladi. Natijada boshqa faoliyatlar kamroq qiziqarli tuyulib, inson faqat qisqa kontentga qiziqa boshlaydi. Bu qaramlik shakllanishiga olib keladi — foydalanuvchi videoni tomosha qilishni to‘xtata olmaydi, vaqtini samarali boshqara olmaydi va real hayotdagi vazifalarni e’tiborsiz qoldiradi.

Qisqa videolarni haddan tashqari ko‘p tomosha qilish diqqat va markazlashuv qobiliyatini susaytiradi. Uzoq kontent yoki chuqur tafakkur talab qiladigan faoliyatlar foydalanuvchiga qiyin tuyuladi. Miya doimiy ravishda tezkor stimullarga ko‘nikib, sekin va murakkab jarayonlarga sabrsiz bo‘lib qoladi.

Bugungi kunda yoshlar orasida ijtimoiy tarmoqlarga bog‘liqlik ortib bormoqda. Telegram, Instagram va Facebook kabi platformalar hayotning ajralmas qismiga aylangan. Ijtimoiy tarmoqlar ma’lumot almashish, do‘stlar bilan aloqada bo‘lish, imkoniyatlardan xabardor bo‘lish uchun foydali bo‘lsa-da, ularning salbiy tomonlari — vaqtni isrof qilish, qaramlik va real hayotdan uzoqlashish kabi muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Qisqa videolarning salbiy ta’sirlarini kamaytirish uchun quyidagilar tavsiya etiladi: uzunroq formatdagi kontentlarga vaqt ajratish, matnli materiallar o‘qish, kitob mutolaa qilish, real suhbatlarni ko‘paytirish. Instagramga video ko‘rish uchun emas, balki o‘z kontentingizni joylashtirish maqsadida kirish tavsiya qilinadi. Ba’zan raqamli detoks – ijtimoiy tarmoqlardan vaqtincha voz kechish ham ruhiy holatni yaxshilashga yordam beradi.

Xulosa qilib aytganda, qisqa videolar zamonaviy jamiyatning ajralmas qismi bo‘lishiga qaramay, ularning miyada, diqqatda, vaqt boshqaruvi va ijtimoiy aloqalarga bo‘lgan salbiy ta’sirini inkor qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun ularni ongli ravishda iste’mol qilish, vaqtni me’yorida sarflash va real hayotdagi faoliyatlarga ustuvorlik berish muhim. Bu nafaqat o‘zimiz, balki atrofimizdagilar uchun ham foydali ijtimoiy o‘zgarishlarga yo‘l ochadi.

@Negative_shorts
🔥10👍1👏1
Kitob o‘qimang, u - ZARARLI
(psixologlar ham tan olishdan qo‘rqadi!)

1. Qisqa videolarga alergiya paydo bo‘ladi
Endi sizga 30 soniyali kulgili videolar zerikarlidek tuyuladi. 300 betli romanni esa “tez tugab qoladi” deb qolishingiz mumkin. Bu — juda xavfli bosqich.


2. Yolg‘onlarga ishonmay qo‘yasiz
“Kitob o‘qiganingizdan keyin, sizga: ‘Bu odam bolaligidan o‘ziga ishongan, shuning uchun hozir millioner’ deyishsa, siz: ‘Demak, hamma ayb menda ekan’, deb o‘zingizni emas, asli aybdor bo'lgan tizimni ayblay boshlaysiz. Bu esa sizga xavf tug'diradi!


3. Tanqidiy fikrlash qiynab yuboradi.
Teleko‘rsatuvda kimdir “kitob o‘qish muhim!” deb chiqsa, sizda unga qarata: “Unda nega hali ham saqich reklama qilyapsizlar?” degan tanqidiy savol tug'iladi. Kitoblar sizda fidoyilik tuyg'usini uyg‘otib qo‘yadi.


4. Pul emas, ma’no izlay boshlaysiz
Ish haqi, dollar kursi, uy-joy emas — endi sizni ko‘proq: “Yaratilishimdan ko'zlangan maqsad ortidan yuribmanmi, o'zi?” degan savol qiynay boshlaydi. Bu esa sizning moliyaviy kelajagingiz uchun juda yomon bo'lishi mumkin.

5. Ko‘zlar, qalb, miyani ishlatishga majbur bo‘lasiz
Bu uchta a’zoni birdaniga ishlatish — insonni charchatadi. Oson yo‘li bor: TikTok yoki Instagram. Kitob mutolaasi— mashaqqatli yo‘l.


6. Aqliy o‘rtamiyonalikdan ayrilib qolasiz
Hammaga birdek yoqadigan “hech narsaga aralashmay yuradigan odam” bo‘lolmaysiz, ortiq. Sizda o'zgacha qarashlar paydo bo‘ladi. Vaholanki, jamiyatga eng yoqimli inson — jim yurgan inson.


7. O‘zingiz bilan gaplasha boshlaysiz
“Men qayerdaman?”, “Kimman?”, “Qayerga ketayapman?” — bu savollar ko'plab kitoblar mutolaasidan keyin yuzaga chiqadi. Avvaliga boshqalar bilan, keyin esa faqat o‘zingiz bilan suhbat qurishni boshlaysiz. Bu — ortga qaytib bo'lmaydigan yo‘l.



Xulosa
Siz tinchgina, kitob o‘qimay qo'ya qoling!
Zamon allaqachon o‘zgargan. Endi sizdan faqat scroll qilish, like bosish, va kulib qo‘yish talab etiladi.
Kitob esa — buday ishlarni qilishingizga halaqit beradi.

O‘qishni boshlasangiz, sizdan hozirgi “siz” qolmasligi mumkin.

@Negative_shorts
👍11🔥6👎3💯21
Suvni asrashning yo‘llari

– Xojatxonadagi unsurdan “axlat chelak” sifatida foydalanmang yoki undagi suvni zaruratsiz tushirmang. Xojatxona suv ta’minotining to‘rtdan birini, xamda keragidan 40 foiz ortiq suv iste’mol qiladi.

– Tishingizni yuvyotganingizda yoki idish-tovoqni sovunlayotganingizda krandagi suvni o‘chirib turing. 2 daqiqa tish yuvish davomida kanalizatsiyaga 18 litr toza suv oqib ketadi.

– Ichish uchun bir shisha suvni sovutgichda saqlang. Kranda sovuq suvni bekordan bekorga yoqmang.

– Idish-tovoq yuvgich va kir mashinani faqat to‘lgandagina ishlating.

– Kran va quvurlarni oqyaptimi yoki yo‘qmi tekshiring va sozlang. Ko‘p uylarda ovqat qilish yoki boshqa ehtiyojlarga sarflanadigan suvga qaraganda quvurlardan suv oqishi hisobiga ko‘proq suv sarf bo‘ladi.

– Hammomga kam sarfli dush moslamasini va kranlarga suv oqishini oldini oladigan qurilmalar o‘rnating. Oddiy dush moslamasidan 5 daqiqada 100 litr suv oqadi, vaxolanki kam sarfli dush moslamasi 35 litr suv sarf qiladi.

– Meva va sabzavotlarni oqar suvda emas, chuqur idishda yuving. Ishlatilgan suv bilan xonaki o‘simliklarni so‘g‘orish mumkin.
Gazon (o‘t)ni har uch kunda salqin tushganda sug‘oring.

– Gazonga suv sarfini kamaytirish maqsadida pestitsidlarni kamroq soling.
– Shaxsiy avtomobilni chelakka suv olib, yuving. Shlangdan foydalanmang.
– Ko‘chalar, mahallarda oqib yotgan kranlarni yopib yurish, boshqalarni nazorat qilishni o‘rganing.
– Avtomobildan kamroq foydalaning! Bilasizmi, 1 litr yonilg‘i ishlab chiqarish uchun 10 litr suv sarf bo‘ladi.

Manba

@Negative_shorts
10🔥4
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tug‘ilishdan oldin, hech kim sizdan ruxsat so‘ramagan.

Hech qanday e-pochta, birorta WhatsApp xabari, hattoki oddiy bir maktub ham kelmagan, to‘g‘rimi?
Hech bo‘lmasa “Salom. Yer yuziga kelishni xohlaysizmi? U qadar zo‘r joy emas — biroz loy, og‘riq, aralash serotonin bor. Agar istasangiz, sizni bu xaosga qo‘shishimiz mumkin,” deb yozishganida balki “bir o‘ylab ko‘ray” derdingiz.

Ammo yo‘q. Bir kuni ko‘zingiz ochildi — yig‘layapsiz, hamshira shapaloq urdi, atrofingizda kimlardir bor, nega yalang‘ochman degan savollar?

Bu aslida bir o‘g‘irlab ketish holati do‘stim.
Yulduzlararo majburiy migratsiya. Nomini esa “tug‘ilish” deb qo‘yishgan. Go‘yoki bu mo‘’jiza. Ammo ehtimol siz shunchaki bir juftlikning bo‘sh vaqtda qilgan xatosi bo‘lishingiz ham mumkin.

Siz onangizning qornida bo‘lganingizda hech kim sizga:
“Qara do‘stim, tashqarida ijara muammosi bor, tanaga doir haqoratlar (body shaming) bor, imtihonlar bor, va 25 yoshga yetganingda ichingdagi bola o‘ladi,” demadi.
Chunki hech kim so‘ramadi.

Ammo bu dunyoga kelganingizdan keyin, sizdan doim tanlov qilish talab qilindi:
Kasb tanla, umr yo‘ldosh tanla, til tanla, telefon brendini tanla.
Lekin eng muhim tanlovni hech qachon o‘zingiz qilmadingiz:
Hayotni xohlaysizmi — yo‘qmi?

Bu — borliq darajasidagi zo‘ravonlik.
Dunyoga kelish — sizdan ruxsat olinmasdan imzolangan shartnoma.
Uning pastki qismida esa mayda harflar bilan yozilgan:
“Azoblanishni qabul qilaman. Sevganlarimning o‘lishini bilaman. O‘zim ham bir kun chirib yo‘q bo‘laman. Va yana boshqa minglab bandlar…”

Bola chog‘ingizda nega yig‘layotganingizni bilmas edingiz.
Chunki hujayralaringiz sezardi: bu ishda nimadir noto‘g‘ri.
Ongingiz buni anglamas edi, ammo ongosti hayotni xohlamasdi. Siz esa faqat “hayot menga og‘irlik qilmoqda holos,” derdingiz.

Shuning uchun ba’zilar o‘zini yoga gilamiga, ba’zilar Twitterga, boshqalar esa jarlik tubiga tashlaydi.
Chunki hammamiz yurak-yuragimizda bilamiz:
Bu yerda bo‘lish — bizning qarorimiz emasdi.

Ammo baribir har tong uyg‘onamiz, tishimizni yuvamiz, avtobusga chiqamiz, ofis eshigini ochamiz — xuddi bu hayotga o‘zimiz rozi bo‘lgandek.

Shuning uchun yana va yana so‘raymiz:
Nega bu yerda turibmiz?
Javob yo‘q.
Chunki avvalida hech kim: “Kelishni xohlaysanmi?” deb so‘ramagan edi.

Va ehtimol shuning uchun har bir “nega?” savoli aslida bir qichqiriqdir.

Manba

@Negative_shorts
3😢21🔥1
Birovga choh qazisang o‘zing tushasan

Rivoyat qilinishicha, ikki ayol qozi Ibn Abu Layloning huzuriga kirishibdi. U o‘z zamonida mashhur qozilardan bo‘lgan. Qozi: "Avval kim gapni boshlaydi?" deb so‘radi. Ulardan biri ikkinchisiga: "Sen boshla", dedi. Birinchi ayol so‘zga chiqib: "Ey qozi, mening otam vafot etgan. Bu ayol mening ammam bo‘ladilar. Men bu kishini onam deganman. Chunki otamdan keyin u meni o‘z tarbiyasiga oldi, yuvib, tarab voyaga yetkazdi", dedi. Qozi: "Keyin nima bo‘ldi?" deb so‘radi. Ayol davom etdi: "Amakimning bir o‘g‘li bor edi. U menga sovchi bo‘lib keldi. Ammam meni unga nikohlab berdi. Ammamning ham bir qizi bor edi. Oradan uch yil o‘tib, ammam turmush o‘rtog‘imni xulqi yaxshi ekanligini ko‘rgach, unga o‘z qizini berishni taklif qildi. Qizini ziynatlab, turmush o‘rtog‘imga ko‘rsatdi. Erimga qiz yoqib qoldi. Ammam unga shart qo‘ydi: "Senga qizimni turmushga beraman, lekin evaziga mening jiyanim, ya’ni ayolingni taqdirini meni qo‘limga topshirasan" dedi. Turmush o‘rtog‘im bu shartga rozi bo‘ldi. To‘y kuni ammam kelib menga: "Ering qizimga uylandi, sening masalangni menga topshirdi, sen taloqsan", dedi. Shu tariqa bir kecha-kunduzda men taloqqa chiqdim. Undan ko‘p o‘tmay ammamning turmush o‘rtog‘i uzoq safardan qaytib keldi. Men unga: "Ey ammamning turmush o‘rtog‘i, menga uylanasanmi?" deb so‘radim. U mashhur shoir edi. Ammamning turmush o‘rtog‘i taklifimga rozi bo‘ldi. Lekin men ham unga shart qo‘ydim: "Agar menga uylansang ammamning, ya’ni xotiningni taqdirini mening qo‘limga topshirasan" dedim. U bu shartga ham rozi bo‘ldi. Shunda ammamni chaqirdim. Unga: "Ering sening taqdiringni menga topshirdi, sen taloqsan", dedim va ammamni taloq qilgan bo‘ldim. Keyin uning turmush o‘rtog‘iga turmushga chiqdim. Xudo umringizni uzoq qilsin ey qozi, -dedi ayol.
Bu voqeani eshitgan qozi o‘rnidan turib ketdi va: "Ey Xudo!" deb hayratda qoldi. Ayol: "O‘tiring, hali asosiy voqea boshlangani yo‘q", dedi. Qozi: "Davom eting", deb unga javob qildi.
Ayol davom etdi: "Bir muddat o‘tib, shoir erim vafot etdi. Ammam esa sobiq turmush o‘rtog‘idan meros talab qilib keldi. Men unga: "Bu mening erim, sening merosda haqqing yo‘q?" deb aytdim. Turmush o‘rtog‘im vafotidan keyin idda muddatim tugagach, ammam o‘z qizi va kuyovi, ya’ni mening birinchi erim bilan keldi va ularni meros masalasida hukm chiqarishlarini talab qildi. Birinchi erim meni ko‘rishi bilan o‘tmishdagi baxtiyor kunlarimizni eslab, menga qayta muhabbati uyg‘otdi. Men unga: "Menga qaytasanmi?" dedim. U: "Ha", deb javob berdi. Men unga: "Lekin bir shart bilan: ammamning qizining taqdirini menga topshirasan", dedim. U rozi bo‘ldi. Shunda ammamning qiziga: "Sen taloqsan", dedim. Voqeaning bu tarzda rivoj topishini ko‘rgan qozi Ibn Abu Laylo boshini qo‘llari bilan changallab qoldi va: "Savol qayerda?" deb so‘radi.
Ammam: "Ey qozi, men va qizim taloq qilinganimiz va boshqa bir ayol esa ikki erkakni va merosni egallab olishi qonunga zid emasmi?", dedi. Ibn Abu Laylo qozi: "Allohga qasamki, bunda hech qanday shariatga zid narsani ko‘rmadim. Bir kishi ikki marta uylanib, ikki marta taloq qilgan va ishni boshqa birovga topshirgan", dedi.
Shundan so‘ng qozi hokimning oldiga borib voqeani so‘zlab berdi. Voqeani eshitgan hokim kulgudan o‘zini to‘xtata olmay: "Eh, shum kampira! Birovga chuqur qazima, o‘zing unga tushasan, deyishar edi, bu esa butun boshli dengizga cho‘kibdiku!" debdi.

Manba

@Negative_shorts
👍5😁31🔥1🗿1
Uni sevganimchalik boshqa hech kimni sevolmayman hissiyoti.

Bu hissiyotni boshdan kechirayotganlarga hurmatim bor.
Ammo sevgi yoki "muhabbat" deb ataluvchi bu kuchli his-tuyg'ular aslida ko'pincha xotira+biokimyo+yolg'izlik qo'rquvining aralashmasi ekanini tushunganimizda, bu gap shunchaki biroz fojiali-kulguli tus oladi.

Chunki siz sog‘ingan narsa aynan u odam emas.
Sizni o‘sha paytda faollashtirgan va avvalgi holatda juda yoqqan, muzdek bo‘lsa-da, lazzatli neyrotransmitterlar kokteyli.

Masalan, dopamin ajralgan — chunki siz o‘sha odam bilan bo‘lganingizda mukofotlangandek his qilgansiz.
Agar jinsiy hayotingiz yaxshi bo‘lgan bo‘lsa, ko‘p miqdorda oksitosin ajralgan — ya'ni jismoniy yaqinlik bo‘lgan, quchoqlashgan, ishonch paydo bo‘lgan.
Serotonin ham ajralgan — chunki uning yonida “men yaxshi odamman” degan ishonchingiz oshgan.
Ammo shu bilan birga, ba'zi paytlarda kortizol ham ishtirok etgan —
Chunki uni yo‘qotish qo‘rquvi ayrim kechalar sizni uyqusiz qoldirgan.

Ya’ni, o‘sha odam sizda faqat sevgi yoki muhabbat emas, balki emotsional “ko‘tarilish va qulash”ga bog‘liqlikni ham qo‘zg‘atgan.

Keyin qandaydir sabablarga ko‘ra yo‘llaringiz ajralgan. Siz xafa bo‘lgansiz.
“Endi hech qachon bunchalik sevila olmayman yoki sevishga qodir bo‘lmayman” deb o‘ylagansiz.
Yo‘q.
Aslida bo‘lgan narsa — endi hech qachon shunchalik qo‘zg‘alolmasligingiz haqidagi haqiqat edi.

Farqi shu.
Bunga shunchaki sevgi yoki muhabbat deyolmaymiz.
Bu miyadagi bir faoliyat.

Keyin o‘sha his-tuyg‘ular qaytib kelmagan yoki kela olmayapti, chunki miyangiz endi uni “xavf” sifatida kodlagan.
Yana shunchalik sevish — yana o‘sha xatoni takrorlash xavfi deganidir.
Prefrontal korteks bunga ruxsat bermagan, bermayapti ham.
Ya’ni, sizni himoya qilgan, qilmoqda.
Ammo siz baribir hanuz sog‘inasiz yoki sog‘ingansiz — chunki “bog‘liqlik” inson boshdan kechirishi mumkin bo‘lgan eng og‘ir tajribalardan biridir. U sizni orqaga chorlaydi.

Kognitiv terapiyalarda bunga “emotsional mulohaza xatoligi” deyiladi.
Ya’ni, biror narsani his qilganingiz uchun uni haqiqat deb o‘ylaysiz.
“Men uni juda sevaman, hatto ismini eshitsam yuragim siqiladi.”
Yo‘q.
Siqilayotgan yuragingiz emas — signal yuborayotgan miyangiz.

Mayli, miya kimyosini bir chetga qo‘yaylik — bu yerda yana emotsional jarohatlar bor:

“Endi hech kimni bunchalik sevolmayman” degan tuyg‘u — aksariyat hollarda, o‘sha munosabat davomida o‘zingizdan eng ko‘p voz kechgan oningizning miyangizda kodlanishidir.
Sizni o‘sha munosabatda juda sevuvchi qilgan narsa, o‘sha odamning kimligi emas — sizning o‘sha paytdagi o‘zingiz bo‘lgan.
Endi o‘sha versiyangizga qaytolmayapsiz, chunki endi o'sha siz yo‘qsiz.
Va shuning uchun siz muhabbat emas, shaxsiyatingizni motamini tutyapsiz.

Shuning uchun ko‘pchilik odam aslida o‘sha kishini emas,
o‘sha emotsional qulashni qayta boshdan kechirishni istaydi.
Chunki u yerda hanuz “juda sevuvchi siz” bor edi.
Va ba’zida inson sevishni emas, sevishga qodir holatini sog‘inadi.

Xulosa qilib aytganda:
Yana xuddi shunday sevmoq — yana xuddi shunday yonmoq degani.
Va tirik qolishni istagan miya, o‘sha olovga ikkinchi marta kirishni xohlamaydi.
Ammo baribir…
Ba'zida kimlardir o‘zini o‘sha olovga yana tashlashi kerak bo‘ladi…

Manba

@Negative_shorts
1🔥4