🏥 Навоий вилояти филиалида навбатдаги маънавий-маърифий соат ўтказилди
2026 йил 7 август куни Навоий вилояти филиалида шаҳар-туман тез тиббий ёрдам станциялари раҳбарлари иштирокида йиғилиш ўтказилди.
Филиал директори Жумаев Фарход Фарминович ўз нутқида аввало ижро интизомига қатъий риоя этиш, раҳбарият томонидан берилган топшириқларни белгиланган муддатларда, сифатли ва масъулият билан бажариш зарурлигини таъкидлади. Шунингдек, ҳар бир раҳбар ва масъул ходим ўз вазифасига масъулият билан ёндашиши, аниқланган камчиликларни ўз вақтида бартараф этиши ҳамда ижро назоратини кучайтириши лозимлигини қайд этди.
Туман ва шаҳарлар билан ишлаш ҳамда сифатни назорат қилиш бўйича директор ўринбосари Умаров Умурзоқ Эргаш ўғли чақирувлар ижроси, чақирув карталарини сифатли расмийлаштириш, натижасиз чақирувлар ҳамда ўлим билан якунланган ҳолатларни таҳлил қилиш бўйича вазифаларни белгилаб берди.Шунингдек,дори воситаларидан окилона фойдаланиш хамда санитар автотранспортларнинг техник холатини яхшилаш мухокама килинди.
Республика тез тиббий ёрдам маркази Навои вилояти филиали матбуот хизмати.
📝 Telegram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤2
#Ogohlik
🔴 🟦🟦🟦
❓ Kiberjinoyatchilarni qaysi belgilaridan bilib olish mumkin?
Albatta, bu katta qulayliklar yaratdi. Ammo u kiberjinoyatchilar uchun qo‘l kelayotgani ham sir emas.
❓Xo‘sh, kiberjinoyatchilarni qaysi belgilaridan bilib olish mumkin?
➡️ O‘zaro so‘zlashuv va yozishmalarni asosan “Telegram” yoki “WhatsApp” messenjerlari orqali davom ettiradi, ularni sir saqlashni (hatto, rahbari va oila a’zolaridan ham) talab qiladi.
➡️ Muloqotni rus tilida (ba’zan davlat tilida) olib boradi, so‘zlashuv va yozishmalar vaqtida tezkor harakat qilib, o‘tkazmalarni zudlik bilan amalga oshirish uchun ruhiy bosim o‘tkazadi.
➡️O‘zini Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Prokuratura yoki Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimi sifatida tanishtiradi.
➡️ “Telegram” messenjeri orqali bog‘lanib, soxta xizmat guvohnomasi rasmini yoki maxsus dasturlar orqali tayyorlangan videoxabar ko‘rinishidagi soxta murojaatni yuboradi. Turli bahonalar bilan (“yirik jinoyat sodir bo‘lgan, pulingiz jinoiy faoliyatni moliyalashtirmoqda”, “hisobingizdan pul yechilmoqda”, “maxsus operatsiya ketmoqda”) xodimni sarosimaga soladi va uning mobil qurilmasi yoki bank kartasi boshqaruvini qo‘lga kiritib, pul mablag‘larini o‘zlashtiradi.
✉️ “Telegram” messenjerida davlat organi va tashkilotlari rahbarlari va yuqori mansabdor shaxslari soxta akkauntlari yaratilib, undan qo‘l ostidagi xodimlarga “shoshilinch maxsus topshiriq”, “yuqori tashkilotdan tekshiruv”, “xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda” yoki “shaxsiy muammo” kabi xabarlar jo‘natiladi. Rahbarining nomini eshitib, xushyor tortgan xodimlarga o‘zaro yozishmalarni sir saqlash, tashlab berilgan karta raqamiga tezkorlik bilan pul (qarz) o‘tkazib berish talabi qo‘yiladi va pullar o‘zlashtiriladi.
📱 “Telegram” messenjeridan fuqaroning tanishi, hamkasbi, qarindoshi tomonidan yoki guruhlardan “Rahbaringizga ovoz bering”, “Tashabbusli budjetga ovoz bering” mazmunidagi havolalar yuboriladi. Havolaga kirilganda, telefon raqami va “Telegram”dan kelgan SMS-kodni kiritish so‘raladi.
🟠 SMS-kod kiritilishi bilan firibgarlar “Telegram” akkauntini to‘liq egallab oladi. Keyin firibgarlar shu shaxs nomidan uning barcha kontaktiga hamda hamkasblariga pul so‘rab xabarlar tarqatadi yoki xuddi shunday tuzoqli havolalarni ulasha boshlaydi.
‼️ Kiberjinoyatchilardan ogoh bo‘ling!
🚑 SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

Oxirgi yillarda insoniyat taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Bugun raqamli texnologiyalar sharofati bilan barcha narsani birgina kompyuter yoki telefon orqali nazorat qilish mumkin bo‘lib qoldi.
Albatta, bu katta qulayliklar yaratdi. Ammo u kiberjinoyatchilar uchun qo‘l kelayotgani ham sir emas.
❓Xo‘sh, kiberjinoyatchilarni qaysi belgilaridan bilib olish mumkin?
⬇️ Asosiy belgilari:
➡️ O‘zaro so‘zlashuv va yozishmalarni asosan “Telegram” yoki “WhatsApp” messenjerlari orqali davom ettiradi, ularni sir saqlashni (hatto, rahbari va oila a’zolaridan ham) talab qiladi.
➡️ Muloqotni rus tilida (ba’zan davlat tilida) olib boradi, so‘zlashuv va yozishmalar vaqtida tezkor harakat qilib, o‘tkazmalarni zudlik bilan amalga oshirish uchun ruhiy bosim o‘tkazadi.
⬇️ Xodimlar ishonchiga kirish usullari:
➡️O‘zini Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Prokuratura yoki Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimi sifatida tanishtiradi.
➡️ “Telegram” messenjeri orqali bog‘lanib, soxta xizmat guvohnomasi rasmini yoki maxsus dasturlar orqali tayyorlangan videoxabar ko‘rinishidagi soxta murojaatni yuboradi. Turli bahonalar bilan (“yirik jinoyat sodir bo‘lgan, pulingiz jinoiy faoliyatni moliyalashtirmoqda”, “hisobingizdan pul yechilmoqda”, “maxsus operatsiya ketmoqda”) xodimni sarosimaga soladi va uning mobil qurilmasi yoki bank kartasi boshqaruvini qo‘lga kiritib, pul mablag‘larini o‘zlashtiradi.
⬇️ Rahbar nomidan ish ko‘rish usuli:
✉️ “Telegram” messenjerida davlat organi va tashkilotlari rahbarlari va yuqori mansabdor shaxslari soxta akkauntlari yaratilib, undan qo‘l ostidagi xodimlarga “shoshilinch maxsus topshiriq”, “yuqori tashkilotdan tekshiruv”, “xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda” yoki “shaxsiy muammo” kabi xabarlar jo‘natiladi. Rahbarining nomini eshitib, xushyor tortgan xodimlarga o‘zaro yozishmalarni sir saqlash, tashlab berilgan karta raqamiga tezkorlik bilan pul (qarz) o‘tkazib berish talabi qo‘yiladi va pullar o‘zlashtiriladi.
⬇️ Turli soxta aksiyalar bo‘yicha havolalar tarqatadi:
📱 “Telegram” messenjeridan fuqaroning tanishi, hamkasbi, qarindoshi tomonidan yoki guruhlardan “Rahbaringizga ovoz bering”, “Tashabbusli budjetga ovoz bering” mazmunidagi havolalar yuboriladi. Havolaga kirilganda, telefon raqami va “Telegram”dan kelgan SMS-kodni kiritish so‘raladi.
🟠 SMS-kod kiritilishi bilan firibgarlar “Telegram” akkauntini to‘liq egallab oladi. Keyin firibgarlar shu shaxs nomidan uning barcha kontaktiga hamda hamkasblariga pul so‘rab xabarlar tarqatadi yoki xuddi shunday tuzoqli havolalarni ulasha boshlaydi.
‼️ Kiberjinoyatchilardan ogoh bo‘ling!
🚑 SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
👍1🔥1
🟦🟦🟦
Prezidentimiz mustaqilligimizning oʻttiz besh yilligi munosabati bilan bir guruh tibbiyot, shu jumladan, tez tibbiy yordam xizmati xodimlarini mukofotladi.
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan:
Xatamova Oygul Kiyomovna - Respublika tez tibbiy yordam markazining Navoiy viloyati filiali Konimex tumani tez tibbiy yordam stansiyasi shifokori.
“Doʻstlik” ordeni bilan:
Mamedov Narmurat Gurbanovich - Respublika tez tibbiy yordam markazining Qashqadaryo viloyati filiali Mirishkor tumani tez tibbiy yordam stansiyasi feldsheri.
“Shuhrat” medali bilan:
Abdiraxmonov Ravshan Ruzimurodovich - Respublika tez tibbiy yordam markazining Navoiy viloyati filiali Xatirchi tumani tez tibbiy yordam stansiyasi haydovchisi.
#tez_tibbiy_yordam #mukofot #35yil #Uzbekistan
Telegram | Facebook | Instagram | Web-site| YouTube

Respublika tez tibbiy yordam markazi yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlangan barcha tez tibbiy yordam xizmati xodimlarini muborakbod etib, ularning kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyatlar tilaydi.
#tez_tibbiy_yordam #mukofot #35yil #Uzbekistan
Telegram | Facebook | Instagram | Web-site| YouTube
Фидокорона меҳнат — юксак эътироф.
Инсон ҳаёти ва саломатлигини асраш, ҳар бир чақирувга ўз вақтида етиб бориш ва беморларга тезкор тиббий ёрдам кўрсатишдек масъулиятли вазифани сидқидилдан бажараётган тез тиббий ёрдам ходимлари меҳнати юксак эътибор ва эътирофга муносиб.
Республика тез тиббий ёрдам маркази Навоий вилояти филиалида мамлакатимиз мустақиллигининг 35 йиллиги муносабати билан соҳада кўп йиллик самарали меҳнати, касбий маҳорати ва масъулияти билан алоҳида ўрнак кўрсатиб келаётган бир гуруҳ ходимларни медаль ва кўкрак нишонлари билан тақдирлаш маросими бўлиб ўтди.
Тадбирда Навоий вилояти соғлиқни сақлаш бошқармаси бошлиғи Нурали Сафоев иштирок этиб, тез тиббий ёрдам хизмати ходимларини Мустақиллик байрами билан самимий муборакбод этди.
Тадбир давомида фидойи ходимларнинг меҳнати муносиб баҳоланиб, уларга медаль ва кўкрак нишонлари тантанали равишда топширилди.
Бундай юксак эътироф соҳа ходимларини халқ саломатлиги йўлида янада масъулият, ғайрат ва фидойилик билан хизмат қилишга руҳлантиради.

❤9🥰1
TEZ TIBBIY YORDAM TIZIMIDA YANA BIR MUHIM QADAM — RAQAMLI INTEGRATSIYA!
Bugungi kunda sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish, tibbiy xizmatlar sifati va tezkorligini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat bilan imis.uz platformasiga tez tibbiy yordam xizmatining “MedData-103” dasturi integratsiya qilindi.
Mazkur integratsiya tez tibbiy yordam xizmatida axborot almashinuvini yanada takomillashtirish, tibbiy ma’lumotlardan tezkor foydalanish hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlarini raqamlashtirishga xizmat qiladi.
🏥 Integratsiya jarayonlari va Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazi Navoiy viloyati filialida tizimning tashkil etilishi bilan Respublika tez tibbiy yordam markazi Navoiy viloyati filiali direktori Farxod Farmonovich shaxsan tanishdilar.
Tashrif davomida yangi tizimning ishlash mexanizmi, uning tez tibbiy yordam faoliyatiga tatbiq etilishi hamda kelgusidagi imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.
🚑 Zamonaviy raqamli texnologiyalar — tezkor, sifatli va samarali tibbiy yordam sari muhim qadamdir!

👍5❤2
🎆🎆🎆🎆🎆🎆🎆🎆
НАВОИЙ ВИЛОЯТИДА ТЕЗ ТИББИЙ ЁРДАМ ТИЗИМИ РИВОЖЛАНТИРИЛАДИ
Навоий вилоятида тез тиббий ёрдам хизматининг моддий-техника базасини мустаҳкамлаш ва аҳолига кўрсатилаётган шошилинч тиббий ёрдам сифатини ошириш масалалари муҳокама қилинди.
Соғлиқни сақлаш вазири ўринбосари Олим Омонов вилоят ҳокими Нормат Турсунов билан учрашиб, Республика тез тиббий ёрдам марказининг Навоий вилояти ҳудудий филиали учун қўшимча бино ажратиш, инфратузилмани ривожлантириш ва мавжуд имкониятлардан самарали фойдаланиш масалаларини муҳокама қилди.
Шунингдек, филиал эҳтиёжлари учун кўзда тутилган бинолар жойига чиққан ҳолда ўрганилиб, уларнинг техник ҳолати, жойлашуви ва тез тиббий ёрдам хизмати талабларига мослаштириш имкониятлари баҳоланди.
Учрашув якунида белгиланган вазифаларни ўз вақтида ва сифатли амалга ошириш бўйича аниқ чора-тадбирлар белгилаб олинди.
Мазкур ишлар Навоий вилоятида тез тиббий ёрдам хизматининг инфратузилмасини янада яхшилаш ва аҳолига тезкор ҳамда сифатли тиббий ёрдам кўрсатиш имкониятларини кенгайтиришга хизмат қилади.
👌Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати
💙 @NAVOIYLIKLAR_UZB - Навоийдаги энг тeзкор, энг кўп обуначиларга эга, расмий янгиликлар канали.

👍4❤🔥1👏1