Nasr yolqini
56 subscribers
486 photos
94 videos
185 files
401 links
UrDU Filologiya fakulteti qoshidagi kanal

Assalomu alaykum!
Bu kanalda siz o'zbek, jahon adabiyotining nodir namularidan, qolaversa, yoshlar ijodidan, badiiy iqtiboslardan bahramand bo'lasiz.


Murojaat:
@Yuldashev_Jumanazar
Download Telegram
#Xorazm_adabiy_muhiti

Shuhrat Matkarim
(1960 - yilda tug'ilgan)

Fikrsiz odam (hikoya)

Bu odamning yuzi yo‘q. Demak ko‘zi yo‘q, qoshi yo‘q. Umuman boshi yo‘q.
Uning silliq taralgan sochi bor, xolos. Yana og‘zi ham. Lekin lablari yo‘q. Chunki, lablar qimtilishi yo kulishi muqarrar. Shuning bilan biror kayfiyat ifoda etilishi mumkin. Bu esa xavfli. Sababiki, bu odamning o‘z fikri yo‘q, demak o‘z kayfiyati yo‘q. Shuning uchun uning yuzi yo‘q, ko‘zi yo‘q, qoshi yo‘q, boshi yo‘q.
Yaltiragan sochlari orasida esa xuddi aqchadondagi kabi tirqish bor. Aqchadonga tanga tashlansa, bu tirqishga undan yuqoriroqda turgan odamlar fikr tashlaydilar. Va bu odamning yuzida, aytaylik, ko‘z paydo bo‘ladi jilmaygan yoki qosh paydo bo‘ladi chimirilgan.
Xullas, men shu odamni taniyman. Unga ishim ham tushib turadi. Yaqinda qabulida bo‘ldim.
– Assalomu alaykum!
– Keling, keling! – dedi u kursisidan turib meni kutib olar ekan mehr bilan. – Biz yoqlarga ham kelar ekansiz-ku!
Uning yuzida lablar paydo bo‘lgan, ular kular, ko‘zlar paydo bo‘lgan, ular tabassumdan qisilgan edi. Ishim bitishiga darrov ishondim. Va yana bildimki, yuqoridagilarning men to‘g‘rimdagi fikrlari yaxshi. Bundan qoniqish tuydim. Hammamiz ham xudbinmiz-da oz-moz!
Lekin kutilmaganda o‘sha ishim bitmadi. Qo‘ng‘iroq qildim xavotirlanib. O‘zimni tanitdim. U esa uzoq vaqt eslolmay turdi. Bo‘sh kelmadim. Yon bermadi. Ezmalik qilib yopishib oldim. Qayirib tashladi. Ovozida qahr bor edi uning .
Demak, o‘yladim men, yuqoriroqdagi kimgadir yoqmayman. Axir hammaga ham birday yoqish mushkul-da! Qolaversa, shu arzimagan ishimning bitishi uchun nega buncha xor bo‘lishim kerak?! Tutoqib ketdim. Otlandim. Yuziga tufurmoqqa. Bordim. Xonasida o‘tirgan ekan. Oq kuylak , qora kostyum – shim kiygan, galstuk taqqan bir maxluq. Qo‘li bor, oyog‘i bor, qulog‘i, sochi bor. Lekin yuzi yo‘q. Tufirdim! Sochidan pastga, galstugidan yuqoriroqqa. U qilt etmadi. Bir so‘z ham aytmadi. Na rahmat va na la’nat. Chunki uning yuzi yo‘q, ko‘zi yo‘q, qoshi yo‘q, boshi yo‘q. Unga baribir.
Shunday kun kechiradi fikrsiz odam.


@Firdavs_ul_iqbol
Forwarded from Firdavs ul-iqbol
#Xorazm_adabiy_muhiti
#Hayot_va_ijod

Pahlavon Mahmud
(1247—1326)


Mazmunan boy va teran, shaklan pishiq va go‘zal falsafiy ruboiylari tufayli «Xorazm Xayyomi» nomi bilan shuhrat qozongan bu ulug‘ inson Pahlavon Mahmud, Puryorvaliy deb dovrug‘ taratgan hassos shoir, yengilmas pahlavon va mashhur avliyodir. Eron, Hind kabi ko‘plab Sharq mamlakatlaridagi kurash musobaqalarida qatnashib, hamisha zafar quchgan, bir umr kuragi yerga tegmay, mamlakatning birinchi polvoni, pahlavonlar peshvosi bo‘lgan.
Ko‘pgina manbalarda shoirning «Kanz ul-haqoyiq» («Haqiqatlar xazinasi») nomli masnaviysi borligi aytiladi. Ammo Yo. Ishoqovning ma’lumot berishicha, eronlik olim Said Muhammad Ali Safir 1967 yili uni Mahmud Shabustariyga nisbat berib, nashr ettirgan.
Pahlavon Mahmud «din nazariyasi, falsafa va mantiqqa doir bir necha risolalar yozgan» bo‘lsa-da, ular hozirgacha topilgan emas. Pahlavon Mahmudning vasiyatiga ko‘ra shogirdlari uni o‘zining po‘stindo‘zlik do‘koni atrofiga dafn etganlar. Keyinchalik u qabr ustida maqbara tiklanib, avliyo poyiga Qo‘ng‘irot urug‘idan bo‘lgan Xiva xonlari ko‘milgan. Bu maqbara nodir me’morchilik yodgorligi sifatida mana necha asrdirki, barchaning diqqatini o‘ziga tortib kelmoqda. Dunyoning turli burchaklaridan kelayotgan sayyohlar bu buyuk insonning qabrini ziyorat qiladilar. Maqbara devorlariga shoir ruboiylari darj etilgan.
Pahlavon Mahmud Xivadagi futuvvatchilar jamoasining boshlig‘i, javonmardlar peshvosi bo‘lgan. Uning o‘zi ham mardlik va saxovatning eng oliy namunalarini ko‘rsatib, boshqalarga ibrat bo‘lgan. Ruboiylarida futuvvatning nazariy qoidalarini bayon qilgan.
Ma’lumki, javonmardlikka ko‘proq pahlavonlar talabgor bo‘lganlar. Shu jihatdan, Pahlavon Mahmud pahlavonlarni tarbiyalovchi ustozgina bo‘lib qolmay, balki javonmardlik odobini o‘rgatuvchi pir ham edi. Javonmardlarning shiori dunyodagi yovuzlikning barcha ko‘rinishlariga qarshi hamisha, hamma yerda ezgulikni himoya qilish, targ‘ib etish va qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Bu g‘oyalar Pahlavon Mahmudning ko‘pgina ruboiylarida o‘z aksini topgan.
Pahlavon Mahmud hayoti va ijodini o‘rganish, ruboiylarini topib, xalqqa yetkazishda taniqli olim va zabardast mutarjim To‘xtasin Jalolovning xizmatlari katta. Shoir ruboiylarini, shuningdek, Muinzoda, Vasfiy, Ulfat, Boqir, M. Abdulhakim kabi tarjimonlar ham tarjima qilganlar. Yo. Ishoqov, H. Homidiy, N. Komilov, S. S. Buxoriy, M. Hasaniy, Y. Jumaboev kabi olimlar bu buyuk vatandoshimiz adabiy merosi va tarjimai holini ma’lum darajada tadqiq etganlar.
Pahlavon Mahmud ruboiylari badiiy tasvir vositalariga boy, xalqona sodda va yengil uslubda, ifoda tarzi aniq va lo‘nda, o‘ynoqi, sershiddat tuyg‘ularga yo‘g‘rilgan. Barcha Sharq shoirlari kabi Pahlavon Mahmud ham ikki ulug‘ manba — Qur’oni karim va Hadisi sharifdan ta’sirlangani, ulardan ilhomlanib qalam tebratgani qudsiy nafas ufurib turgan ruboiylaridan shundoqqina sezilib turadi. Ayniqsa, ilohiy ishq tarannum etilgan va vahdati vujud falsafasini tushuntirishga bag‘ishlangan she’rlarida bu narsa yaqqol ko‘zga tashlanadi. Lekin shoir faqat ilohiy mavzular bilangina chegaralanmay, zaminiy dardni ham qalamga olgan. Pahlavon Mahmud ruboiylarida ilohiy va dunyoviy dard ko‘pincha birga, o‘zaro qo‘shilib zuhur etadi.
N. Komilov: «Pahlavon Mahmud ruboiylarini to‘rt guruhga bo‘lish mumkin: birinchisi — zamona ahlidan nolish, ijtimoiy tengsizlikni ifodalovchi ruboiylar; ikkinchisi — tariqat suluki haqida yozilgan ruboiylar; uchinchisi — vahdati vujud falsafasi asoslarini tushuntiruvchi ruboiylar va to‘rtinchisi — ilohiy ishqni tarannum etgan ruboiylar», — deb yozgan edi. Kezi kelganda, biz shu paytgacha shoirning axloqiy qarashlariga nisbat berib tadqiq etgan pand-nasihat ruhidagi ruboiylari aslida futuvvat ruknlarining she’riy ifodasidan iborat ekanligini ta’kidlab o‘tish lozim. Ha, bunday she’rlarida u javonmardlar axloqini targ‘ib etgan, ulardan ibrat olishga chaqirgan.

https://t.me/Firdavs_ul_iqbol
Forwarded from Firdavs ul-iqbol
#Xorazm_adabiy_muhiti

ЯНГИ ЙИЛ ЖОМ СЎЗИ

Гўё икки замон, икки асрни
Кўрган оқсоқолдек, нуроний, сипо –
Булутларни ўйнар ташқарида қиш,
Ўлтириб эски ва янги йил аро.
Ҳайкалтарош қиш бу! Бутун дунёни
Ўраб қўйди оппоқ чодирга – қорга,
Эрта-индин бизни бир қувонтириб,
Саҳна очади у яшил баҳорга.
           Қиш бобо, ижодинг барқарор кулсин,
           Сенга бу янги йил муборак бўлсин!

Қишлоқ устидаги чинорнинг бугун
Шохлари изғирин билан олишар.
Узун кечаларда ухлатмай уни
Қарғалар гоҳо-гоҳ шовқин солишар.
Гарчи ўтган умр қайтмас ҳеч қачон,
Чинор, япроқларинг қайтиб келади.
Бағрингга баргингдек митти қушчалар
Мангу қўшиқларни айтиб келади.
           Мағрур салобатинг шох ташлаб турсин,
           Чинор,янги йилинг муборак бўлсин!

Ҳоритиб йил бўйи чеккан ташвишлар,
Қаттиқ ухлаб қопти, ана, жон дала.
Тезда уйғотади  сени жон баҳор
Қувлашиб келади митти шўх қушлар.
Лекин, далам севар элимнинг қўлин,
Шундан тандирдаги нон юзи қирмиз.
Шундан ҳар чаноқда тошгани хирмон,
Очил дастурхондир шундан еримиз.
          Далам! Уйқинг яшил тушларга тўлсин,
          Сенга ҳам янги йил муборак бўлсин!

Ўзбек тупроғининг бир чеккасида
Кекса денгиз яшар якка-ягона,
Гўё ўғилларин сафарга йўллаб,
Интизор-интизор кутгувчи она.
Ўғиллар олисда, ташвишлар бисёр,
Тезда тўлиб оқар Аму ҳам, Сир ҳам.
Тўлқинлар ўйноқлаб тўлади Орол!
         Икки ўғлинг сенга мангу интилсин,
         Орол, янги йилинг муборак бўлсин!

Дўстлар! Ҳар янги йил дилга энг аввал
Умид ато этар – қанотлари оқ.
Сарбаланд парвозлар шундан бошланар,
Шундан туғилади юлдузлар, чақмоқ.
Янги йил жомини кўтариб, дейман:
Кўкка дўст тутунсин ҳар кўнгил, ҳар дил.
Дунёнинг  тонглари вақтида отсин,
Орзулар йўл олсин ишига дадил!
             Орзулар, қолган гап сизларга қолсин,
             Сизга бу янги йил муборак бўлсин!

Омон МАТЖОН

https://t.me/Firdavs_ul_iqbol
Forwarded from Firdavs ul-iqbol
#Xorazm_adabiy_muhiti

ЯНГИ ЙИЛ ЖОМ СЎЗИ

Гўё икки замон, икки асрни
Кўрган оқсоқолдек, нуроний, сипо –
Булутларни ўйнар ташқарида қиш,
Ўлтириб эски ва янги йил аро.
Ҳайкалтарош қиш бу! Бутун дунёни
Ўраб қўйди оппоқ чодирга – қорга,
Эрта-индин бизни бир қувонтириб,
Саҳна очади у яшил баҳорга.
           Қиш бобо, ижодинг барқарор кулсин,
           Сенга бу янги йил муборак бўлсин!

Қишлоқ устидаги чинорнинг бугун
Шохлари изғирин билан олишар.
Узун кечаларда ухлатмай уни
Қарғалар гоҳо-гоҳ шовқин солишар.
Гарчи ўтган умр қайтмас ҳеч қачон,
Чинор, япроқларинг қайтиб келади.
Бағрингга баргингдек митти қушчалар
Мангу қўшиқларни айтиб келади.
           Мағрур салобатинг шох ташлаб турсин,
           Чинор,янги йилинг муборак бўлсин!

Ҳоритиб йил бўйи чеккан ташвишлар,
Қаттиқ ухлаб қопти, ана, жон дала.
Тезда уйғотади  сени жон баҳор
Қувлашиб келади митти шўх қушлар.
Лекин, далам севар элимнинг қўлин,
Шундан тандирдаги нон юзи қирмиз.
Шундан ҳар чаноқда тошгани хирмон,
Очил дастурхондир шундан еримиз.
          Далам! Уйқинг яшил тушларга тўлсин,
          Сенга ҳам янги йил муборак бўлсин!

Ўзбек тупроғининг бир чеккасида
Кекса денгиз яшар якка-ягона,
Гўё ўғилларин сафарга йўллаб,
Интизор-интизор кутгувчи она.
Ўғиллар олисда, ташвишлар бисёр,
Тезда тўлиб оқар Аму ҳам, Сир ҳам.
Тўлқинлар ўйноқлаб тўлади Орол!
         Икки ўғлинг сенга мангу интилсин,
         Орол, янги йилинг муборак бўлсин!

Дўстлар! Ҳар янги йил дилга энг аввал
Умид ато этар – қанотлари оқ.
Сарбаланд парвозлар шундан бошланар,
Шундан туғилади юлдузлар, чақмоқ.
Янги йил жомини кўтариб, дейман:
Кўкка дўст тутунсин ҳар кўнгил, ҳар дил.
Дунёнинг  тонглари вақтида отсин,
Орзулар йўл олсин ишига дадил!
             Орзулар, қолган гап сизларга қолсин,
             Сизга бу янги йил муборак бўлсин!

Омон МАТЖОН

https://t.me/Firdavs_ul_iqbol